Soliq kodeksi haqida ma’lumot. O’zbekiston Respublikasi yangi Soliq kodeksi
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
Download 190.5 Kb.
|
soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i (yangi soliq)
- Aylanmadan olinadigan soliq
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
Metallar bo‘yicha (qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlarini) soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi: oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin va molibden bo‘yicha – o‘rtacha arifmetik birja narxi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish narxi o‘rtasida olingan eng yuqori narxdan kelib chiqib. boshqa metallar bo‘yicha – ularga ishlov berish (ularni boyitish), qayta ishlash (affinaj) va (yoki) transport xarajatlari chegirib tashlangan holda o‘rtacha olingan realizatsiya qilish narxidan kelib chiqqan holda. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i (yangi soliq) Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i to‘lovchilari quyidagilarni qazib oluvchi yuridik shaxslar hisoblanadi: qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchilar; uglevodorod xomashyosi (tabiiy gaz, gaz kondensati va neft). Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i metall va uglevodorod xomashyolarini 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan, litsenziyalangan uchastkalarga tatbiq etiladi. Aylanmadan olinadigan soliq Amalda har choraklik bo‘lgan soliq hisoboti davri har oylikka o‘tkazilmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lashga o‘tish tartibi aniqlashtirilmoqda: O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab, ular import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlarni olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab; aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va (yoki) foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari va soliq maslahatchilari tegishli ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni olgan yoki faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan sanadan boshlab; yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa, ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yoki uning maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxatga olingan sanadan boshlab; oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga – oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha oddiy sheriklik shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab; bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan, budjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan e’tiboran to‘lashga o‘tadi. Soliq organlariga, agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqi berilmoqda, aynan qo‘shilgan qiymat solig‘idagidek. Download 190.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling