Soliq nazorati


Download 216.09 Kb.
bet36/39
Sana18.06.2023
Hajmi216.09 Kb.
#1557893
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
beknazar 1111111

Oldingi tahrirga qarang. Hujjatlarni qog‘oz shaklida taqdim etish yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. (173-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq organining talabiga ko‘ra telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron shaklda hujjatlar taqdim etish to‘g‘risidagi talabnomani yuborish va hujjatlarni taqdim etish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi. Soliq monitoringini o‘tkazishda ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq talab qilingan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan tegishli talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi. Agar talabnomani belgilangan muddatda ijro etish imkoni bo‘lmasa, yuridik shaxs talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida soliq organining soliq monitoringini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslarini uni ijro etish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida sabablarini hamda u talab etilayotgan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni qaysi muddatlar ichida taqdim etishi mumkin bo‘lsa, o‘sha muddatlarni ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) mazkur bildirishnoma asosida u olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishga yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli bo‘lib, bu haqda alohida qaror chiqariladi. Soliq monitoringini o‘tkazish davomida soliq organi yuridik shaxs tomonidan ilgari soliq organiga tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar ko‘rinishida taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas.

  • Oldingi tahrirga qarang. Hujjatlarni qog‘oz shaklida taqdim etish yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. (173-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq organining talabiga ko‘ra telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron shaklda hujjatlar taqdim etish to‘g‘risidagi talabnomani yuborish va hujjatlarni taqdim etish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi. Soliq monitoringini o‘tkazishda ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq talab qilingan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan tegishli talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi. Agar talabnomani belgilangan muddatda ijro etish imkoni bo‘lmasa, yuridik shaxs talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida soliq organining soliq monitoringini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslarini uni ijro etish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida sabablarini hamda u talab etilayotgan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni qaysi muddatlar ichida taqdim etishi mumkin bo‘lsa, o‘sha muddatlarni ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) mazkur bildirishnoma asosida u olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishga yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli bo‘lib, bu haqda alohida qaror chiqariladi. Soliq monitoringini o‘tkazish davomida soliq organi yuridik shaxs tomonidan ilgari soliq organiga tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar ko‘rinishida taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas.

Download 216.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling