Soliq qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va turlari
Download 49.57 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi
- Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va turlari
- Soliqqa oid huquqbuzarlik
Toshkent davlat transport universiteti Ташкентский государственный транспортный университет Soliq va soliqqa tortish fanidan MUSTAQIL ISH Mavzusi : Soliq qonunchiligi buzilganda javobgarlikka tortish tartibi Qabul qildi: Soliq va soliqqa tortish fan o’qituvchisi Ergashev Sh.V. Topshirdi:SBXT-2 guruh talabasi Muratov Zafar REJA Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va turlari. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va turlari. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va turlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida soliq idoralarining jahon am aliyoti tajribasi asosida soliq subyektlarining o'zaro munosabatlarini, soliqqa tortish va huquqiy javobgarlik masalalari qonuniy belgilab berilgan. Soliqqa oid huquqbuzarlik - bu soliq qonun hujjatlari bilan yuridik javobgarlik nazarda tutilgan, huquqqa xilof, aybli harakat (harakatsizlik) bo'lib, soliq munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, soliq majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Soliq huquqbuzarligi sodir etilganda bevosita davlat majburlov choralari qo'llaniladi. Soliq sohasidagi davlat majburlov choralari deganda, 0 ‘.zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan, vakolatli davlat organlari tomonidan soliq sohasidagi huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralari yig‘indisi tushuniladi. Bu choralami qo‘llash, soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi hamda huquqbuzarliklaming oldini olish, bartaraf etish, buzilgan huquqlami qayta tiklashga qaratilgan bo‘ladi Soliq sohasidagi huquqbuzarlik bu ijtimoiy ma’noda, fuqarolar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlariga xavfni vujudga keltiruvchi xulq-atvor bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va ulaming buzilishiga olib keladi. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar qasddan (aksariyat hollarda) yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan xulq-atvor bo‘lib, uning natijasida fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga moddiy yoki ma’naviy zarar yetkaziladi. Huquqbuzarlik - bu huquq talablaridan chetga chiqish, muayyan imperativ yuridik majburiyatni buzish yoki huquqdan uning maqsadiga xilof ravishda foydalanish (huquqni suiste’mol qilish) dem akdir. Shunday qilib, soliq sohasidagi huquqbuzarlik tushunchalarining muqarrar belgilari huquqqa xiloflilik, aybdorlik, yuridik sanksiyalar bilan taqiqlanganligidir Soliq huquqbuzarligi uchun qonun hujjatlarida soliq javobgarligi belgilangan bo‘lib, bu davlat tomonidan majbur qilishning tarkibiy qismi bo'lgani holda uning barcha belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan va bir vaqtning o'zida o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bular quyidagilarda namoyon bo'ladi: soliq javobgarligiga soliq sohasidagi huquqbuzarlik asos bo‘ladi; u huquqbuzarga (yuridik va jism oniy shaxsga) nisbatan ma’muriy, moliyaviy va jinoiy jazo choralarini ham qo‘llanishidan iborat; javobgarlikka tortishning alohida tartibi belgilangan. Solijavobgarligi hamma vaqt ham huquqbuzarga muayyan salbiy oqibatlar keltirish bilan bog‘likdir. Soliq sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlikning m ohiyati davlat tom onidan soliq haqidagi qonun hujjatlari qoidabuzarlariga nisbatan soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarda qo'llaniladigan ta’sir etishning huquqiy choralari kompleksligidan iborat. Soliq sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlikning turlari ulaming qilmishning ijtimoiy xavfliligi, yetkazilgan zaraming miqdori, qonunda. belgilangan og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlami inobatga olgan holda quyidagi choralar tayinlanadi: moliyaviy (moddiy) javobgarlik; ma’muriy-huquqiy javobgarlik; jinoiy-huquqiy javobgarlik; Soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikka soliq to'lovchilar (xo'jalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari, fuqarolar) ham, davlat soliq xizmati organlari (ularning mansabdor shaxslari, fuqarolar) ham ega bo'lishi mumkin. Bu O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida, Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g'risida»gi Qonunda, O'zbekiston Respublikasining davlat soliq qo'mitasi to'g'risida Nizom va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. Soliq munosabatlari sohasida talablar quyidagi o'ziga xos xmsusiyatlaiga ega bo'ladi: ular yuridik shaxslar va jismoniy shaxslaiga birdek qo'llaniladi hamda soliq sohasida qonunchilikni ta’minlash, soliqlarni to'lash qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratiladi; moliyaviy jazo choralari, ma’muriy majburlov va jinoiy jazo choralarini soliqqa majburlash chorasi sifatidagi qo'llanilgan inexanizmlari tegishlicha moliya huquqi, ma’muriy va jinoyat huquqiy qonunchilik sohalari bilan uyg'un holda belgilanishi nazarda tutiladi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqqa oid majburlov choralari maxsus davlat vakolatli oiganlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan yoki sud orqali qo'llaniladi; soliq sohasidagi davlat majburlovining asosiy maqsadi — soliq qonunlariga qatiy amal qilinganlikni, soliqlarni o'z vaqtida va to'liq davlat budjetiga kelib turishini ta’minlashdan iborat; soliq sohasidagi majburlov choralarini qo'llash tartibi moliyaviyqonun hujjatlarida ma’muriy-protsessual me’yorlarda belgilab qo'yiladi, ya’ni ma’muriy huquq doirasida qo'llaniladi. Soliq sohasidagi majburiov choralari soddalashtirilgan tartibda (huquqbuzarlik aniqlanadi — qayd etiladi, bayonnoma yoki dalolatnoma vositasida — jazo qo'llaniladi) tatbiq etiladi. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasiga Soliq kodeksining 106- moddasida ham ta’rif belgilanib, unga ko‘ra soliq to'lovchining Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan g'ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi. Jismoniy shaxslaming soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik yoshi o'n olti yoshdan boshlab vujudga keladi. Soliq huquqbuzarligi iqtisodiy huquqiy mazmuniga ko‘ra turlari amaldagi Soliq kodeksining 17-bobida belgilangan bo'lib, ular quyidagilardan iborat. 113-modda. Davlat soliq xizmati oiganida hisobga turishdan bo'yin tovlash; 114-modda. Kirim qilinmagan tovarlami saqlash yoxud tovarlami (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum ni yashirish (kamaytirib ko'rsatish); 115-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish; 116-modda. Buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish; 117-modda. Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug'ullanish; 118-modda. Hisob varaq-fakturalami rasmiylashtirish tartibini buzish; 119-modda. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo'llanilish tartibini buzish; 120-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash muddatlarini buzish; 121-modda. Yer uchastkalaridan ularga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanish. Yuqoridagi qoidalami umumlashtirgan holda, soliq huquqbuzarligi bu soliq qonun hujjatlariga asosan huquqqa xilof aybli harakat yoki harakatsizlik bo'lib, soliq to'lovchining tegishli budjetlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi bilan yoki davlat soliq xizmati organlari (mansabdor xhaxslari) tom onidan soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzishda ifodalanadi. Download 49.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling