Soliq sohasida axborot tizimi
Ortiqcha soliq to‘lovlarini hisoblashning yangi tizimi
Download 48.02 Kb.
|
Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish afzalliklari va istiqbollari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq hamkor”
Ortiqcha soliq to‘lovlarini hisoblashning yangi tizimi
2020-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining soliqlardan ortiqcha to‘lov summalarini boshqa soliq turidagi soliq qarzlariga singdirish amaliyotining avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirildi. Eski tizimda ushbu jarayon 8 bosqichni o‘z ichiga olib, amaliyotlar uchun tadbirkorlik sub’ektlari 10 kun va undan ortiq vaqt yo‘qotgan. Yangi tizim quyidagi afzalliklarga ega: jarayon to‘liq avtomatlashtirilib, inson omili ishtiroki cheklanishi oqibatida korrupsiyaga qarshi kurashishning yana bir yo‘li paydo bo‘ldi. Soliq to‘lovchi uyidan yoki ofisidan chiqmagan holda shaxsiy kabinet orqali soliqlardan mavjud ortiqcha to‘lov summasini, boshqa soliq turidagi qarzdorligiga hisobga olishni belgilab berish imkoni yaratildi. Yangi avtomatlashtirilgan tizim – xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va soliq sohasiga axborot texnologiyalarini tatbiq etish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. “Soliq hamkor” O‘tgan yili DSQ tomonidan ishga tushirilgan “Soliq hamkor” axborot tizimi mamlakatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Yangi tizim fuqarolarni Davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorlikka chorlaydi. Hamkor mazkur tizim orqali soliq to‘lovchi, soliq agenti yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan Davlat soliq xizmati organini xabardor etadi. Taqdim etilgan ma’lumot aniq, to‘liq va ishonchli bo‘lishi hamkor oldidagi eng asosiy talabdir. Tizim my.soliq.uz – elektron soliq xizmatlari portali va Soliq mobil ilovasi – “Soliq hamkori” bo‘limi orqali bir necha yo‘nalishda masofaviy hamkorlikni taklif etadi. Har bir fuqaro o‘z xabari holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin. “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali mahsulot yoki xizmat uchun to‘lov qilinganda chek taqdim etmaslik, to‘lov terminallari orqali savdo qilishni rad etish, narxlarni oshirish va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berish mumkin. Tizim orqali 4500 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Ularning 96,2 foizi bo‘yicha vakolatli organlarni xabardor qilgan holda tekshiruvlar tashkil etildi. Download 48.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling