Soliq sohasida axborot tizimi


Soliq ma’muriyatchiligi va raqamlashtirish


Download 48.02 Kb.
bet2/6
Sana07.05.2023
Hajmi48.02 Kb.
#1440231
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish afzalliklari va istiqbollari.

Soliq ma’muriyatchiligi va raqamlashtirish

O‘tgan yili iyunda Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 359-sonli qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Strategiyasi belgilandi. Unda DSQ ma’lumotlarini qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta’minotlar xarid qilish, axborot tizimlari majmuini yagona platformaga o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlarini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar nazarda tutildi.


Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi tizimi takomillashtirildi: Davlat soliq qo‘mitasining 14 ta hududiy bo‘linmalari darajasida markazlashtirilgan boshqaruv mexanizmi joriy etildi.




Hisobvaraq-faktura elektron shaklda

2020-yildan tadbirkorlik sub’ektlari orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimida hisobvaraq-fakturalarning elektron shaklidan foydalanishning majburiy tartibi joriy etildi. EHF eng qulay va ishonchli xizmatlardan biri bo‘ldi:


Birinchidan, hisobvaraq-fakturalar elektron shaklda shartnomaning ikkala ishtirokchisi – xaridor va sotuvchi tomonidan bir vaqtning o‘zida tasdiqlanadi, ya’ni bu hisobotlar bir-biriga mos kelishi demakdir. Shuning uchun, bu yerda QQS zanjirining uzilish xavfi bo‘lmaydi. Bunday dalillar ko‘pincha soliq xizmati tomonidan aniqlanadi, shundan so‘ng hisob-kitoblarni asoslab berish uchun so‘rov yuboriladi.


Ikkinchidan, agar korxona to‘liq EHF tizimiga o‘tadigan bo‘lsa, hisobotni taqdim etgandan so‘ng hisob-kitoblarning haqiqiyligi yoki realizatsiya va xarid qilingan hisobvaraq-fakturalar reyestrlariga mos ravishda aks etmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmatida savol tug‘dirmaydi. Bu kameral soliq tekshiruvi bilan bog‘liq tushuntirishlar va bildirishnomalar olishning oldini oladi.


Uchinchidan, QQS zanjirida uzilishning yo‘qligi uni qaytarish jarayonini soddalashtiradi va vaqtni 1 kungacha qisqartiradi.


Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda respublikamizda 23 ta elektron hisobvaraq-faktura operatori mavjud. EHF axborot tizimidan 373,1 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt foydalanib kelmoqda. Soliq to‘lovchilar o‘z xohishlariga ko‘ra EHF operatorini erkin tanlash huquqiga ega.


EHF orqali II yarim yillikda 798,4 trln. so‘mlik tovar aylanmasi soliq bazasiga kiritildi yoki I yarim yillikka nisbatan 3,5 baravarga (239 trln.so‘m) oshdi.





Download 48.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling