Soliq sohasida axborot tizimi
Onlayn nazorat-kassa mashinalari
Download 48.02 Kb.
|
Soliq to‘lovchilarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish afzalliklari va istiqbollari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq mobil ilovasi
Onlayn nazorat-kassa mashinalari
2020-yildan Onlayn-NKM va virtual kassalar tizimiga o‘tish jarayoni boshlandi. Onlayn NKM – bu kassa mashinalarining yangi avlodi bo‘lib, bugungi kunda undan barcha dorixonalarda, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish punktlarida, yirik savdo tarmoqlarida, shuningdek, 2021 yildan boshlab yillik tushumi 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi kerak. Onlayn-NKM chekini bermaslik soliq huquqbuzarligi hisoblanadi. Ayni paytga qadar Davlat reyestriga 13 ta Onlayn-NKM, 11 virtual kassa dasturiy mahsuloti va 20 ta texnik xizmat ko‘rsatish markazi kiritilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar eski uslubdagi texnologiyalarga nisbatan aniq ustunliklarni qayd etmoqda: hisobotlarni qog‘oz shaklida bermaslik, savdo va xodimlarni masofadan boshqarish, qo‘shimcha qurilmalarni ulash va boshqalar. 2020-yilda naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga jami 105 mingta onlayn-NKM, virtual kassa o‘rnatildi. Natijada, Toshkent shahrida I yarim yillikda 3,6 mingta onlayn-NKM orqali 1,4 mln.ta 456 mlrd. so‘mlik chek berilgan bo‘lsa, II yarim yillikda 22 mingta onlay-NKMdan 40,7 mln.ta 11,1 trln. so‘mlik chek berilgan yoki cheklar soni 29,1 baravarga va summasi 24 baravarga oshgan. Onlayn-NKMdan tushumlarning yuqori darajasi insofli soliq to‘lovchilar va chek o‘yinlarining ommalashish natijasidir. O‘yin shartlari juda sodda – onlayn-NKM va virtual kassadan berilgan cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish kifoya. Bunday cheklar odatdagi cheklardan QR-kodi va fiskal belgisi mavjudligi bilan farq qiladi. Yutuqli chek o‘yinlari fuqarolar sotib olingan tovarlar (ishlar yoki xizmatlar) uchun to‘lovni tasdiqlovchi cheklar va boshqa hujjatlarni talab qilishga odatlanishiga o‘ziga xos turtki bo‘ldi. Soliq mobil ilovasi DSQ Soliq mobil ilovasi 2020-yilda amalga oshirilgan eng ommabop loyihalardan biri bo‘ldi. Mazkur yangi ilova soliq to‘lovchilarga karantin davrida uydan chiqmagan holda soliq majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi. Ilovada yuridik va jismoniy shaxslar uchun bir qator elektron soliq xizmatlari jamlangan. Xususan, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini mobil ilova orqali to‘lashlari mumkin. STIRni aniqlashi, onlayn-NKM chekini ro‘yxatdan o‘tkazishi, huquqbuzarlik haqida xabar berishi, shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlarini (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, penya) bilib olishi mumkin. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun ham bir qator xizmatlar mavjud. Ilovaga “Soliq hamkor” tizimi integratsiya qilingan, shuningdek, masofadan turib o‘zini o‘zi band qilish va onlayn-NKM chekini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Download 48.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling