Soliq stavkalari
Download 55.94 Kb.
|
foyda solig\'i stavkalari 2023
Boshqa o‘zgarishlar
2023-yilning 1-aprelidan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) chet el investitsiyalari ulushi kamida 33 foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulk bo‘yicha bojxona bojidan mavjud imtiyozlar bekor qilinmoqda. Agar 2023-yilning 1-yanvariga qadar xorijiy investor hamda investitsiyalar va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan investitsiya shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa imtiyozlar bekor qilinmaydi. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning saqlanishi uchun soliq qarzi undiruvini soliq qarzi mavjud soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish muddati 30 kundan 60 kungacha uzaytirilmoqda. Jami daromadi 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lovchilarga soliq qarzini 6 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash haqida xabardor qilish huquqi berilmoqda (bundan ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar mustasno). Bunda foizlarni to‘lamasdan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati kalendar yil davomida bir marta taqdim etiladi. O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan ayrim tovarlar bo‘yicha bojxona bojining nol darajali stavkasini qo‘llashning amal qilish muddati 2024-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilmoqda. Budjet tashkilotlariga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlari 2024-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilmoqda. 2023-yil uchun ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning eng yuqori stavkalari hamda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlar stavkalarining miqdorlari 2022-yil darajasida saqlab qolinmoqda. Download 55.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling