Soliq ta’rifi va uning kelib chiqishi. Soliq tizimi raqamli kelajagi strategiyasi. E-soliq to’lov uchun mobil ilova va saytlar


Download 26.77 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi26.77 Kb.
#225872
1   2   3
Bog'liq
ABDUXALILOVA OYSHABONU I-81 mustaqil ish

Fizkal vazifasi (davlat xarajatlarini moliyalashtirish);

  • Ijtimoiy vazifasi (ijtimoiy tanglikni yumshatish);

  • Tartibga solish vazifasi (iqtisodiyotni tartibga solish);

    Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o’sishi o’z navbatida soliqlarning o’sishini taqozo etadi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.

    • Aholi sonining o’sishi;

    • Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya;

    • Atrof-muhitning ifloslanishi;

    • Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish;

    • Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlarihajmining o’sishi;

    Soliq tizimini raqamlashtirish strategiyasi 2020-yil 5-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 359-sonli qarori qabul qilindi. Bu hujjat tizimning ma’lumotlar almashishi bilan bog’liq bo’lgan bir qator muammolarini hal etishga qaratilgan:

    Soliq organlariga tashrif buyurmasdan soliqlarning ayrim turlarini to’lash imkoniyati joriy etilgan:

    • IP sug’urta badali (Kod: 38);

    • IP daromad solig’I (Kod: 47);

    • Daromad solig’i-deklaratsiya (Kod: 51);

    • Mulk solig’I (Kod: 66);

    • Yer solig’i (Kod: 67);

    • Jarimalarni to’lash (Kod: 99);

    • Hisoblangan foizlar uchun to’lov (Kod: 199);

    Foydalanuvchi to’lov amalga oshiriladigan obyektni mustaqil ravishda tanlashi mumkin. Soliq to’lovchi tomonidan tanlangan obyekt uchun to’lov avtomatik ravishda shaxsiy kartadan amalga oshiriladi.

    Jismoniy shaxslarning soliqlarni to’lash payme.uz, click.uz,u-pay.uz saytlarida joylashgan to’lov tizimlari saytlari orqali yoki ushbu to’lov tizimlarining Play Market-dan yuklab olinadigan tegishli mobil ilovalari orqali amalga oshiriladi. To’lov tartibi barcha mobil to’lov tizimlarida bir xil. “Xizmatlar uchun to’lov”-“Soliqlarni to’lash” bo’limida soliq turini tanlash,STIRingizni, to’lov miqdorini kiritish va “To’lash” tugmasini bosish kifoya. Tranzaktsiyadan so’ng,to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi to’g’risida SMS-xabar keladi. To’langan soliqlar to’g’risidagi ma’lumotlar xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan avtomatik ravishda soliq organlarining axborot tizimiga o’tkaziladi va soliq to’lovchining shaxsiy kartalariga joylashtiriladi. Shuningdek, to’langan soliq to’g’risida ma’lumotni soliq to’lovchi my.soliq.uz “Elektron soliq xizmatlari” portalining jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetidagi “Jismoniy shaxsning shaxsiy kartochkalari” elektron davlat xizmatidan foydalanib olishi mumkin.



    AGAR FOYDALANUVCHI NARXLARNING SUN’IY RAVISHDA OSHIRILISHI HOLATLARIGA GUVOH BO’LSA,MOBIL ILOVA ORQALI BU HAQIDA SOLIQ ORGANLARIGA XABAR BERISHI MUMKIN. JISMONIY SHAXSLAR MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI soliq MOBIL ILOVASI ORQALI TO’LASHLARI MUMKIN. YURIDIK SHAXSLAR VA YAKKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR SHAXSIY KABINETI ORQALI TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISHLARI MUMKIN. BUNING UCHUN, soliq MOBIL ILOVASU ORQALI TO’LOV TOPSHIRIQNOMA SHAKLLANTIRADI VA TO’LAYDI. USHBU TO’LOVLAR ONLINE TARZDA SOLIQ TO’LOVCHINING SHAXSIY HISOBVARAG’IDA QAYD ETILADI.
    Download 26.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling