Soliq tizimi asoslari 2-Mavzu
O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Download 141.33 Kb.
|
Soliq tizimi asoslari 2-mavzu
O'zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko'rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo'lib ko'rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O'zbekistonning o'z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir. Respublikamizning o'z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to'grisida”gi qonun birinchi qonun bo'ldi. U o'zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o'rnatdi. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bulmaganlardan olinadigan daromad soligi to'grisida”gi qonunga bir qancha o'zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan soliq ob'ekti kengaytirildi, ya'ni ilgari daromad soligini jamoa xo'jaligi orqali to'lab yurgan jamoa a'zolari to'gridan to'gri o'zlari to'laydigan bo'ldilar. 1993 yil 7 mayda O'zbekiston Respublikasining “Maxalliy soliqlar va yigimlar to'grisida”gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig`i, yer solig`i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob'ektlari qurilish soligi, reklama soli\i, avtomobilь vositalarini qayta sotish solig`i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har xil yigimlar kiritildi. Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag`batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar to'gri keladi. Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini oshirishga ta'sirini kuchaytirishga bagishlandi. Ularga soliqlardan xilma-xil imtiyozlar berildi. Ayniqsa yuridik shaxslarning foydaga (daromad) solig`idan imtiyozlar ko'p edi, 1995 yildan boshlab korxonalar har bir foiz maxsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi. Xalq xo'jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko'plab korxonalar va tashkilotlarning foyda soligini daromad soligi to'lashga o'tishi amalga oshirildi. Uning o'rtacha stavkasi 37 foiz etib belgilandi. Soliq to'lovchilar uchun imtiyozlar ko'zda tutildi. 1995 yildan boshlab soliq tizimini birxillashtirish boshlandi. Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab \zilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz unidirish va boshqalar bekor qilindi. Jamoa xo'jaligi a'zolari va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o'rnatildi. Ya'ni, jamoa xo'jaligi a'zolari mehnatiga haq to'lash jamgarmasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad soligi to'grisidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o'zgartirildi. Download 141.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling