Soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlik


Download 33.18 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi33.18 Kb.
#1245204
  1   2
Bog'liq
Soliqqa oid qonunbuzarliklar


Soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlik

Qonuniylik demokratik davlat tuzumining asosidir. Bu barchaning qonun oldida tengligi, jamiyatning har qanday a’zosi, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisining unga bir xil bo’ysunishi demakdir. O’zbekistan Konstitutsiyasiga muvofiq qonuniylikning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:

  • - Yuridik hujjatlar tizimida qonunlarning ustunligi, ya’ni ushbu hujjatlarning qonunlarga muvofiq bo’lishi; davlat boshqaruvi organlari qonunlar asosida va ularni bajarish yuzasidan chiqargan qarorlarning davlatning quyi organlari va mansabdor shaxslar hujjatlaridan ustun bo’lishi;

- mahalliy organlar markaziy hokimiyat organlarining huj-jatlarini qati’an bajarishi, joylarda qonunlarga muvofiq borayotgan operativ faoliyatga markaziy organlarning aralashishiga yo’l qo’yilmasligiga; - fuqarolarning huquq va erkinliklarini og’ishmay amalga oshirish, davlat va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarga nisbatan biron-bir zo’ravonlik qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
- fuqarolariing jamiyat, davlat va boshqa fuqarolar oldidagi o’z huquqiy burchlarini qattiq turib bajarishlari.
Qonuniylik jamiyat normal faoliyatining asosi, mustaqil davlatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishning zarur va g’oyat muhim shartdir. Uning yashashi huddi ana shunga bog’liq, qonuniylikning jamiyat xayotidagi real roli huddi ana shundan iborat. U ijtimoiy munosabatdaga barcha ishtirokchilarning harakat birligini, intizom va hukuqiy tartibni ta’minlaydiki, bularsiz iqtisodiyotni shakllantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo’lmaydi. Demokratizm qoidalarini (mansabdor shaxslarning xalq tomonidan nazorat qilinishini va x.k.) buzish qonunsizlik va o’zboshimchalikka, fuqarolarning demokratik huquqlari kamsitilishiga, ularning tashabbuskorligi va faolligi pasayishiga olib keladi. Lekin chinakam xalq hokimiyatini qonunlarning fuqarolar, ularning tashkilotlari va birlashmalari tomonidan bir xil tushunilishi va og’ishmay bajarilishini ham tasavvur etib bo’lmaydi. Demokratiyasiz qonuniylik yo’q, lekin qonunsizlik demokratiya ham yo’q;. Qonuniylikni mustahkamlashning asosiy maxsus vositalari ishontirish, oldini olish, qonunni bo’zuvchilarga bevosita jamoat ta’siri ko’rsatish, qonuniylikning yuridik kafolatlarini takomillashtirishchdan iboratdir. Qonuniylikni buzishlarga qarshi kurashda huquq talablarini bajarishga davlat tomonidan majbur qilishdan ham zarur darajada foydalaniladi. Yuridik javobgarlik - bu talablarning eng asosiy ifodasi-dir. U tartibbuzarlarga nisbatan qonuniy huquqiy sanktsiyalarni qo’llashdan iboratdir. Jinoiy javobgarlik (jinoyat sodir etganlik uchun), ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik (ma’muriy huquqbuzarlik uchun, xizmatda yoki ishda intizomiy nojo’ya harakat, fuqarolik huquqbuzarligi) farqlanadi. Yuridik javobgarlik-murakkabhuquqiy hodisa bo’lib uning mohiyati tushunchasi va mazmuni haqida huquq fanida uzoq va jushkin bahslar bormoqda. Ushbu bahslarning mohiyatiga chukurlashmagan holda yuridik javobgarlik - jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqiy norma sanktsiyasida nazarda tutilgan huquqbu-zarlikni sodir etganlik uchun muayyan shaxsiy yoki mulkiy nomakbul oqibatlarni boshdan kechirishga majburligidir. Hukukshunoslikda huquqning biron-bir sohasiga mansubligiga qarab, yuridik javobgarlikning quyidagi turlarini farqlash odat bo’lgan: a) intizomiy javobgarlik, b) yollanma mehnat kishilarining moddiy javobgarligi; v) ma’muriy; g) jinoiy; d) fuqaroviy-huquqiy javobgarlik.

Download 33.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling