Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyekti. 237-modda. Soliq to‘lovchilar


-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi


Download 18.11 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi18.11 Kb.
#1155807
1   2   3   4
Bog'liq
Qo\'shilgan qiymat solig\'i

248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
Xaridorlarga realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to‘lovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:

  1. tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda;

  2. yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeksning 239-moddasi to‘rtinchi qism muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda.

Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling