«soliq va soliqqa tortish» fanidan yakuniy nazorat uchun test savollari variant # 1


Jismoniy shaxslarning ishlanmagan vaqt uchun oladigan haqlari qanday daromadlari tarkibiga kiradi?


Download 40.01 Kb.
bet20/23
Sana21.04.2023
Hajmi40.01 Kb.
#1374520
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
«soliq va soliqqa tortish» fanidan yakuniy nazorat uchun test sa

9. Jismoniy shaxslarning ishlanmagan vaqt uchun oladigan haqlari qanday daromadlari tarkibiga kiradi?
A) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar
B) mulkiy daromadlar
C) moddiy naf tarzidagi daromadlar
D) boshqa daromadlar


10. Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas. Qaysi prinsip?
A) adolatlilik prinsipi
B) majburiylik prinsipi
C) yagonalilik prinsipi
D) oshkoralik prinsipi


11. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bazasi nima?
A) ko‘chmas mulk ob’ektlari qiymati
B) ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati
C) bino-inshootlarning qiymati
D) barcha javoblar to‘g‘ri


12. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydigan qatorni toping?
A) notijorat tashkilotlar tomonidan tijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari
B) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari
C) dehqon xo‘jaliklari tomonidan foydalaniladigan yer osti suv resurslari
D) fermer xo‘jaliklari tomonidan foydalaniladigan yer osti suv resurslari


13. Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar?
A) soliq siri
B) soliq hisoboti
C) moliyaviy hisobot
D) balans


14. Aksiz solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanadi?
A) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar
B) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar
C) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar
D) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni eksport qiluvchi yuridik shaxslar



Download 40.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling