21. Kimning ta’lim kontrakti uchun o‘tkazilgan ish haqlaridan daromad solig‘i ushlanmaydi?
A) 26 yoshga to‘lmagan erining (xotinining) kontraktiga o‘tkazsa
B) 26 yoshga to‘lmagan farzandininig kontraktiga o‘tkazsa
C) fuqaro o‘zinining kontraktiga o‘tkazsa
D) barcha javob to‘g‘ri
22. Rezident-jismoniy shaxslar qo‘shimcha daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni topshirish muddati qachon?
A) hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechikmay
B) hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyunidan kechikmay
C) hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechikmay
D) hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvaridan kechikmay
23. Soliq solish obyekti deganda:
A) korxona va tashkilotlarning jami yillik oboroti tushuniladi
B) soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi
C) oborot, daromad, mol-mulk qiymati, yer maydoni
D) foyda massasi, ko‘chmas mulk, amortizatsiya summasi
24. Soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdori nima?
A) soliq stavkasi
B) soliq bazasi
C) soliq obyekti
D) soliq predmeti
25. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ob’ekti nima?
A) sof foyda
B) ishlab chiqarish tannarxi
C) muomala xarajatlari
D) soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan import
26. Mahsulot taqsimotiga oid bitim nima?
A) shartnoma
B) chet ellik investor bilan tuzilgan hujjat
C) chet ellik investorga yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquq
D) shartnoma bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |