Sоliq va sоliqqa tоrtish
Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari
Download 96.5 Kb.
|
soliq va soliqqa tortish
4.Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari
Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Ko‘plab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tamoyillarni qayd etishgan. Soliqqa tortish tamoyillarini A. Smit o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab bergan: 1) Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim. 2) Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur. 3) Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak. 4) Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin. Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida esa soliqqa tortish tomoyillari soliq qonunchiligi tamoyillari deb atalib, uning besh tamoyili (4-modda) belgilab berilgan.
Har bir shaxs Kodeksda belgilangan soliq va to‘lovlarni to‘lashga majburdir, ya’ni soliq to‘lash qonun bilan majbur qilib qo‘yiladi. Aslida majburiylik soliqlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi. Huquqiy shaxslarni soliqqa tortish mulkchilik shaklidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazardan qonun oldida tengdirlar. Belgilangan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yoki pul mablag‘larining erkin harakatini bevosita yoki bilvosita cheklamaydi yoki soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyatini cheklashga yoki to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Manbalaridan qat’iy nazar, hamma daromadlar majburiy ravishda soliqqa tortiladi. Belgilangan soliq imtiyozlari ijtimoiy adolat tamoyiliga mos kelishi shart. Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. Soliqqa tortish tamoyillari to‘g‘risida turlicha yondashishlar mavjudligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. A. Smit tomonidan ishlab chiqilgan soliqqa tortishning 4 tamoyili, mamlakatimiz soliq kodeksida esa soliq qonunchiligining 5 tamoyili va boshqa iqtisodiy adabiyotlarda ham turlicha soliqqa tortish tamoyillari mavjudligi e’tirof etilgan. YUqorida keltirilgan soliqqa tortish tamoyillarini chuqurroq o‘rganish ularni umumlashtirish orqali eng maqbul, barcha jihatlarni to‘liq qamrab oladigan optimal soliqqa tortish tamoyillarini yaratish muammosining echimini topish hozirgi davr talabi bo‘lib qolmoqdi. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling