Soliq va soliqqa tortish


Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 42.6 Kb.
bet4/6
Sana07.04.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1336853
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RES-WPS Office

Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining ozgarishi yalpi taklifning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy hususiyatga ega: agar ular ozgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig’i joyini ozgartiradi.
Yalpi taklifga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar:
1. Resurslar narxining o’zgarishi. Resurslar narxi - tayyor mahsulot

narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko’payishiga, ularining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurslar taklifining ko’payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Yer resurslari yangi yerlarning ochilishi, sug’orish, yangi texnik takomillashuvlar tufayli ko’payishi mumkin. Yer resurslari taklifining ko’payishi yerga bo’lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi.


Mehnat resurslari. Ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi ishchi va xizmatchilarga to’langan haqidan tarkib topadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, ish haqining o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat) resurslarining ko’payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi.
Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini o’stirib borsa, yalpi taklif osish tamoyiliga ega bo’ladi. Agar jamiyat o’z daromadining asosiy qismini tejab, uni investitsion tovarlar sotib olishga yo’naltirsa, yalpi taklif o‘sadi. Agar mamlakatda asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling