Soliq va soliqqa tortish


Download 42.6 Kb.
bet1/6
Sana07.04.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1336853
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RES-WPS Office


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUT
"Soliq va soliqqa tortish " yo'nalishi
Iqtisodiyot nazariyasidan

Mavzu:Yalpi talab , yalpi taklif ,ularning tarkibi va ularga ta'sir qiluvchi


omillar

KURS ISHI

Toshkent -2023
Reja:

Kirish
1. Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi


2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar
3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi
4.Yevropa davlatlarida yalpi talab va yalpi taklif omili.
Xulosa.
Adabiyotlar
KIRISH
Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayoygan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеtel istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifinio’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatgaegadir.Shuning uchun ushbu ishidamakroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, engavvaloyaxlit olingan ko’rib chiqiladi vauning makrodarajadagi asosiyko’rsatkichlari bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiymazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchiomillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishningmuvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi.


1.Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar Yalpi talab - bu barcha iste’molchilar, (uy xo’jaliklari, korxonalar davlat va chet elliklar) narxlarning o’rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtisodiyotdagi yalpi sarflar miqdorini bildiradi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasining oshishi, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi yalpi talabning oshishiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham yalpi talab hajmining o’zgarishiga olib keladi.

1-chizma. Yalpi talab egri chizig’i.

Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari ta’sir etuvchi omillar quyidagilar: Iste’molchilik sarflaridagi o’zgarishlar. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o’zgarishi natijasi hisoblanadi. Aholi sonining o’zgarishi ham mazkur sarflarga tas’ir ko’rsatadi.Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo‘lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aktsiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko‘chmas mulklarga egaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi. Iste‘molchilik sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy qimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste‘molchilik sarflari o‘sadi. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda iste‘molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.Iste’molchining kutishi. Iste‘molchilik sarflari hajmidagi o‘zgarish, uning narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga bog‘liq. Jumladan, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadi ko‘payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor bo‘ladi. Natijada bu davrda iste‘molchilik sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste‘molchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste‘molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste‘mol miqdorining kamayishiga olib keladi.Iste’molchi qarzlari. Iste‘molchi qarzlari ko‘p bo‘lganda, u joriy daromadini unga to‘lab, o‘zlarining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin.


Soliq. Daromad solig‘i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste‘molchilik sarflarini ko‘paytiradi, soliqlarning oshish esa iste‘molchilik sarflarini kamaytiradi.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling