Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-§. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish
Download 383.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
3-§. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish
145. Soliq organlarining bevosita soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslari ko‘rsatilgan obyektlar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan ma’lumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini ko‘zdan kechirish mumkin. Ko‘zdan kechirish davomida suratga olish va videoyozuvlar amalga oshiriladi, hujjatlardan nusxa olinadi yoki tekshirish bilan bog‘lik boshqa harakatlar amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchining talabiga binoan ko‘zdan kechirish xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. 146. Bevosita soliq auditini o‘tkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshirilayotgan shaxsning hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan xizmat guvohnomalari ko‘rsatilgan va soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) ushbu shaxsning soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi. Soliq organlarining soliq auditini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur hududlarga yoki binolarga (bundan turar joy binolari mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan
dalolatnomani ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq shaklda tuzadi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar yoki xuddi shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. 147. Soliqlarni hisoblash uchun buxgalteriya hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, birinchi navbatda, soliq organlarida mavjud bo‘lgan va soliq to‘lovchidan olingan ma’lumotlar o‘rganiladi. Bunday axborotga quyidagilar kiradi: soliq to‘lovchining o‘tgan davrlar uchun taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisoboti; soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari; davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar. 148. Agar soliq to‘lovchi tomonidan soliqlar hisoblash uchun zarur bo‘lgan buxgalteriya hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan yoxud hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda soliq organlari mustaqil ravishda soliqlarni yalpi hududiy mahsulot deflyatori miqdorida mos davriga nisbatan hisoblaydi. Mol-mulk solig‘ining hisob-kitobi mol-mulkning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, amortizatsiya normalari va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi. Yer solig‘i summasining hisob-kitobi yer uchastkasining maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi. 149. Soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil o‘tmagan taqdirda, soliqlarni hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunday axborotga quyidagilar kiradi: soliq organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar; soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 150. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatli organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida soliqlarni hisoblab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: soliq organlari olingan ma’lumotlar asosida soliqlarning hisobot davriga belgilangan stavkalarini qo‘llagan holda soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlaydi; agar olingan ma’lumotlar asosida soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliqlar soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi axborot asosida hisoblab chiqariladi. Shunga asosan soliq to‘lovchilarning o‘xshash faoliyati quyidagi o‘xshash ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi: faoliyat turi; foydali qazilmalarning ro‘yxati va kavlab chiqarish hajmlari; ishlab chiqariladigan tovarlarning (xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish) ro‘yxati va hajmlari, tovar aylanmasi hajmlari; xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar, o‘qitilgan shaxslar (bitiruvchilar), amalga oshiriladigan bitimlarda jalb etilgan shaxslar soni; mehnat shartnomalari bo‘yicha, fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan shaxslar soni, shuningdek, o‘rtacha oylik mehnatga haq to‘lash fondi; mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun resurslar va xomashyo iste’moli hajmi; sof foydaning sof tushumga (tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda olingan daromad aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘isiz hisoblangan summa) nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko‘rsatkichi yoki sof foydaning xarajatlarga nisbati kabi rentabellik ko‘rsatkichlari; soliq to‘lovchining joylashgan joyi. 151. Soliq to‘lovchi faqat naqd pulsiz tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan taqdirda, soliqlarni hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) uchun tushgan mablag‘lar qismida soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi xizmat ko‘rsatuvchi bankning axboroti asosida amalga oshiriladi. 152. Faqat chakana savdo, umumiy ovqatlanish va naqd pulga xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar uchun soliq organlari olingan daromadlarni xizmat ko‘rsatuvchi banklarning hisobvaraqlariga tushgan naqd pul tushumi ma’lumotlari asosida aniqlaydi. 153. Mehnatga haq to‘lash fondini hisob-kitob qilish orqali aniqlash moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalaridan qat’i nazar, o‘xshash soliq to‘lovchilarda ishchi-xodimlar soni va tarkib topgan o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 154. Tekshirilayotgan shaxs ko‘rsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi. Soliq auditini o‘tkazuvchi shaxsga hududlarga yoki binolarga (bundan turar joy binolari mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi ro‘yxatga olish ma’lumotlarida ko‘rsatilgan manzilida joylashmagan taqdirda, soliq organlari Soliq kodeksining 111- moddasiga muvofiq soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishi mumkin. 155. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish uchun ularga kirishga to‘sqinlik qilingan holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilganidan keyin soliq to‘lovchi tomonidan hudud va binolarga kirishga ruxsat berilgan taqdirda, soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinadi hamda ko‘zdan kechirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 156. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish natijasida ushbu Nizomga 18-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma tuziladi. 157. Agar mazkur soliq solish bilan bog‘liq obyektlar boshqa viloyat hududida joylashgan taqdirda, ushbu obyektlarni ko‘zdan kechirish, mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda savdo qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organi mansabdor shaxsining murojaati asosida obyekt joylashgan joydagi soliq organi rahbarining (o‘rinbosarining) buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi.
Download 383.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling