Soliq yuki sanoat ishlab chiqarish qulashi va jamiyat uchun sof foyda doirasida bir zarar, binobarin, mavjud soliq yangi yoki ortdi stavkalari joriy etish bo'yicha optimal ortiq tovarlar iste'moli kamroq


Soliq yuki kamaydi: odamlarning turmush darajasi sezilarli oshadi


Download 72.69 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2020
Hajmi72.69 Kb.
#100523
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq yuki

Soliq yuki kamaydi: odamlarning turmush darajasi sezilarli oshadi


 Bu qonun hujjati bilan mustahkamlab qoʻyildi.

Davlat toʻkin va iqtisodiy jihatdan qudratli boʻlishi mamlakatda ishbilarmonlaru tadbirkorlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlarga bevosita bogʻliq. Sababi, ular keltiradi-da asosiy daromadni gʻaznaga. Xalqni ish bilan taʼminlaydigan ham, ularning qozonini qaynatishga hissa qoʻshadiganlar ham oʻshalar, aslida. Shu bois, taraqqiyot yoʻlini tanlagan har qaysi davlat tadbirkorlarning ish faoliyati uchun hamma sharoitni yaratib berishga harakat qiladi. Zamonaviy tilda aytganda, buni qulay biznes muhitini yaratish, deyiladi. Uning bekami-koʻst boʻlishi uchun esa, albatta, soliq tizimi mukammal boʻlishi zarur. Bu masalaning bir tomoni...

Ikkinchi tomoni shu mamlakatda yashayotgan va mehnat qilayotgan odamlarning turmush darajasini oshirish. Qanday qilib, deysizmi? Turli toʻlovlar va soliqlardan yengilliklar yaratib berish orqali erishiladi, bunga.

Yodingizdami? Bundan chorak asr avval olgan maoshimizning deyarli oʻzdan bir qismi soliqqa bosib qolinardi. Tadbirkorlar toʻlaydigan oʻlpon shu darajada koʻp ediki, eplolmagan kuyib ketar edi. Yoʻlini topgan esa turli noqonuniy sxemalar orqali, xufiyona tarzda naqdiga ishlashga oʻtib olgandi. Chunki, besamar soliq tizimi shunga majbur qilgandi-da hammani. Oqibatida na xalqqa foyda kelardi, na davlat gʻaznasi toʻlardi va na odamlarning roʻzgʻorida baraka boʻlardi. Endi vaziyat tubdan oʻzgardi. Davlat rahbari tashabbusi bilan joriy yilda Soliq tizimini butunlay, tag-tugi bilan oʻzgartirish, uni zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos ravishda takomillashtirishga harakat boshlandi.

Agar bu yoʻnalishda joriy yilning oʻzida qilingan ishlarni tahlil qilib koʻrsak, Soliq yukini pasaytirish, qoʻshilgan qiymat soligʻini undirishning samarali tizimini joriy qilish, oylik ish haqidan olinadigan soliqni kamaytirishni koʻzda tutuvchi oʻnga yaqin Prezident hujjatlari imzolandi. Buning tag zamiriga qulay biznes muhitini yaratish, odamlar uchun yaxshi halol daromad, va pirovardida munosib turmush sharoitini taʼminlash kabi ezgu maqsad mujassam qilindi.

Birgina, fuqarolardan Pensiya jamgʻarmasiga olib qolinadigan 8 foizlik sugʻurta badallarining bekor qilinishi, jismoniy shaxslarning daromad soligʻi stavkasining 12 foizga tushirilishi, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasining 14 foizdan 12 foizga pasaytirilishi... Bu joriy yilning 29 iyunida Prezident farmoni bilan qabul qilingan yangi soliq konsepsiyasida aks etgan ayrim yangiliklar, xolos. Agar shu yoʻnalishda qabul qilingan hujjatlarni bir jamlab tizimdagi oʻzgarishlarni sanasak, ularning soni 30 dan oshadi. 

Galdagi vazifa esa bu yangiliklarni amaliyotga joriy qilish uchun tegishli huquqiy bazani takomillashtirib, bir tizimga soliqdan iborat. Yaʼni, Soliq kodeksi, bunga bogʻliq boʻlgan qonunlar, farmon va qarorlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritib olish.

Aynan shu maqsadda Davlat rahbari “2019 yilga byudjet va soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.

Hujjatga asosan, birinchi navbatda, “Fuqarolarning Pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda Soliq va Byudjet kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, joriy yilda Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingandi. Prezident imzolagan Qonunda esa Konsepsiyadagi ustuvor yoʻnalishlarni oʻzida jam qilgan masalalarni hayotga tatbiq qilishga qaratilgan normalar aks etgan.

Masalan, Qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish orqali fuqarolar tomonidanPensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan 8 foizlik sugʻurta badali, hamda Davlat maqsadli jamgʻarmalariga 3,2 foizlik ajratmalar bekor qilinmoqda (buning natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobida 5 trln. soʻm mablagʻ qoladi).

Shuningdek, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq 12 foiz stavkada olinadi (natijada fuqarolarning qoʻliga tegadigan puli 6,5 foizga oshadi).

Yana bir yangilik. Kelasi yildan yuridik shaxslarning foyda soligʻi stavkasi 14 foizdan 12 foizga, mulk soligʻi 5 foizdan 2 foizga, yagona ijtimoiy toʻlov 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi.

Intervyu: Soliq qoʻmitasi vakili -Asosiy vositalar, mulk va qurilishi tugallanmagan binolar va nomoddiy aktivlarni qoʻshilgan soliq qiymatiga kiritilishi hamda jismoniy shaxslarga mulk, yer va suvdan foydalanganlik soligʻi kiritiladi (68 mingta soliq toʻlovchi qoʻshiladi).

Bundan tashqari yillik tovar aylanmasi 1 mlrd. soʻmdan oshgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.Bunday xoʻjalik subyektlari soni 17 mingtani tashkil qilish kutilmoqda.

Boshlovchi (kadr ortidan) – 2019 yilgi Soliq siyosatining ustuvor yoʻnalishlariga asosan,soliq tushumlarining barqarorligini va bu tizimda adolatlilik tamoyilini taʼminlash maqsadida quyidagi tartiblar joriy qilinadi. Yaʼni,

• mobil aloqa xizmatiga aksiz soligʻi joriy etilmoqda (15%);

• ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish yoki qayta hisobga olishda moliya organlarining asossiz ishtirokini cheklash orqali byudjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlangan mablagʻlarni qaytarish tartibi takomillashtirilmoqda;

• Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlarini buzganlik uchun hisoblanadigan penya miqdori esa oshirilmoqda;

• yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlarning aniq roʻyxati belgilanmoqda;

• Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari – yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlari soliq solishdan ozod etilmoqda.

2019 yilga Byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq esa:

• Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan idoralarning hududiy boʻlinmalari xarajatlarini mahalliy byudjetlari vakolatlariga oʻtkazilmoqda;

• prognoz yil*** uchun Davlat byudjetini hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallarini tasdiqlash yoʻli bilan oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirish mexanizmni joriy qilish nazarda tutilgan;

• davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashni ifodalagan xarajatlarning dasturiy tasnifi joriy qilinayapti;

• XVF ning tavsiyalariga muvofiq byudjet tizimi byudjetlarining moliyaviy oqimlarini konsolidatsiya qilish belgilangan;

• byudjet jarayoni ishtirokchilari uchun “fiskal tavakkalchiliklari” tushunchasi ham amaliyotga kiritilmoqda.

Shu bilan birga, kelgusi yilda soliq solish tizimida yana bir qator oʻzgarishlar boʻladi. Xususan,
• Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga mol-mulk va yer soliqlari oshirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanishi nazarda tutilmoqda.

• Maydoni 4 sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga eng kam oylik ish haqining kamida bir baravari miqdorida yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanishi nazarda tutilmoqda.

• Yangi tartibga koʻra, har bir yollangan xodim uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qatʼiy belgilangan soliq toʻlash majburiyati bekor qilinmoqda;

• Yana bir ahamiyatli jihati. Kelasi yili Soliq tekshiruvlarining muddati, asosi, turlari ham qayta koʻrib chiqiladi.

Bu hali hammasi emas. 2019 yildan boshlab, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Qonunchilik palatasi koʻrib chiqilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladigan boʻldi.

Soʻnggi soʻz oʻrnida. Soliq tizimidagi oʻzgarishlar bilan biz yaqin vaqt ichida dongʻi ketgan mamlakatlardan oʻzib ketamiz, degan fikrdan yiroqmiz. Lekin, Boshida aytganimizdek, Prezidentning soliq tizimiga oid bir yilda 10 dan ortiq hujjatlarining imzolashi va bu yoʻnalishda 30 dan ortiq oʻzgarishlar boʻlishi 1-2 yilda Oʻzbekistonda qulay biznes muhiti yaratilishiga va odamlarining birini-ikki qilishga jiddiy kirishilganidan dalolat. Darvoqe, bunday oʻzgarishlar xorijiy investorlarning mamlakatimizga qiziqishining ortishiga ham sabab boʻladi.

Xullas, 2019 yildan bizda ham jahon tajribasida allaqachon qoʻllab kelinayotgan, tadbirkorlarning ham, oddiy odamlarning ham manfaatiga birdek xizmat qiladigan adolatli soliq tizimi ish boshlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi

O‘zbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori bo‘yicha 23-pozitsiyada.

Norma’ning yozishicha, «Heritage Foundation» Amerika markazi tomonidan «Wall Street Journal» bilan hamkorlikda 1995 yildan buyon har yili 186 mamlakatning reytingi tuzib kelinadi. «Iqtisodiy erkinlik indeksi» 4 ta guruhga birlashtirilgan 12 ta komponentni o‘z ichiga olib, 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha o‘lchanadi. Indeksning qiymati qancha katta bo‘lsa, tuzuvchilar fikriga ko‘ra, davlat shunchalik iqtisodiy jihatdan erkin bo‘ladi.

Umumiy reytingda O‘zbekiston o‘tgan yilda 12 pog‘onaga: 152 o‘rindan 140 o‘ringa ko‘tarilishni uddaladi. Mamlakat tomonidan to‘plangan umumiy ball 53,3 (o‘tgan yildagi qiymatga nisbatan +1,8) ballni tashkil etdi. 12 ta indikatordan 8 tasida yaxshilanish, uchta indikator - sud tizimining samaradorligi, monetar erkinlik va moliyaviy farovonlik bo‘yicha yomonlashuv kuzatiladi. Moliyaviy erkinlik ko‘rsatkichi hech qanday tarzda o‘zgarmadi. Biroq, O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 43 mamlakati orasida 36-o‘rinni egallagan va umuman mintaqaviy va jahon qiymatlaridan past ballga ega bo‘lgan holda ko‘proq erkin bo‘lmagan iqtisodiyotga ega mamlakatlar qatorida qolmoqda.

Mualliflar asoslanadigan baholash uslubiyatiga ko‘ra, «Soliq yuki» indikatori quyidagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha arifmetik qiymatlari asosida shakllanadi:• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi;

• korporatsiyalardan olinadigan foyda solig‘ining eng yuqori stavkasi;

• umumiy soliq yuki YaIMga nisbatan foizda.

Uchta faktorning har biri 100-ballik shkalaga o‘tkaziladi va teng vazni bilan yakuniy ko‘rsatkichga kiradi.

Indikator o‘zgarishini baholash uchun O‘zbekistonda 2018-2019 yillarning 9 oyi uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qabul qilingan:• 22,5 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan JShDSning eng yuqori stavkasi;

• o‘tgan yili 14 foiz va bu yil 12 foiz bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining eng yuqori stavkasi;

• umumiy soliq yuki (soliq tushumlarining davrning YaIMga nisbati).

«Soliq yuki» umumiy indikatorining hisob-kitobi qiymatning 0,3 foizga, 22,2 foizdan 21,9 foizgacha pasayganini ko‘rsatmoqda.

Bunda tarkibiy ko‘rsatkichlarning qiymatlari quyidagi tarzda shakllandi:• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi bo‘yicha qiymatning 84,8 dan 95,7 gacha – 10,9 foizga yaxshilanishi;

• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining eng yuqori stavkasi bo‘yicha qiymatning 94,1 dan 95,7 gacha - 1,6 foizga yaxshilanishi;

• umumiy soliq yuki bo‘yicha - 85,3 dan 85,6 gacha.

Shu tariqa, O‘zbekistonda «Soliq yuki» tarkibiy indikatori qiymati o‘rtacha jahon qiymatidan 14,7 foizga (100 foizdan 77,6 foiz) yaxshi, bu 23-pozitsiyaga to‘g‘ri keladi.

Soliq yuki darajasiga ta’sir etuvchi omillar.

Soliq yukiga baho berishdan avval, uni real holatini aniqlash lozim bo’ladi. Soliq yukini aniqlash

unga ko’pgina omillar ta’sir etishi tufayli ancha murakkabdir.

Umuman, soliq yukini soliqlar va yig’imlar yig’indisining har bir yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs

daromadidagi ulushi sifatida baholashimiz mumkin. Lekin bunda aynan qanday daromaddagi ulushi

degan masalani hal qilish zarur, chunki daromad deyilganda turlicha miqdoriy ko’rsatkichlarni

tushunish mumkin, (buni quyiroqda ko’rib chiqamiz).

Soliq yuki darajasini quyidagi omillar belgilab beradi:

1)


soliqlar, yig’imlar va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy ajratmalar soni;

2)


ularning stavkalar darajasi;

3)


har bir soliq bazasining o’ziga xos shakllanish xususiyati (soliq ob’ektiga kiruvchi elementlar

miqdori);

4)

soliq imtiyozlaridan foydalanish darajasi (imkoniyati).



Ushbu omillardan birining kamayishi (o’sishi) boshqa omillar o’zgarmagandagina soliq yuki

kamayishiga (o’sishiga) ta’sir etishi mumkin. Aytaylik soliq stavkalari pasaytirilsa-yu, soliqlar soni

ko’paysa yoki soliq ob’ekti elementlari kengaytirilsa, soliq stavkasining pasaytirilishi hech qanday

natija bermaydi va soliq yuki o’zgarmaydi yoki ko’tariladi. Masalan: 1995 yilda daromad (foyda)

solig’i bazasidan ish xaqlari chiqarildi, ammo soliq stavkasi 18% dan 38% ga ko’tarildi. Natijada

soliq yuki tushmadi, aksincha ortdi. 1998 yilda foyda solig’i stavkasi 35% tushirildi, ammo korxona

ixtiyorida qoladigan foydadan to’lanadigan yangi soliq ijtimoiy infratuzilma solig’i joriy etildi,

QQS, mol-mulk, yer soliqlari stavkalari oshdi, bazasi kengaytirildi. Natijada soliq yuki yana oshdi.

1999 yilda foyda solig’i 33% ga tushirildi 2011 yil yakunlari bo’yicha soliq yuki YaIMga nisbatan

22%ni tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish zahiralariga soliq joriy etildi, 2000 yildan yuridik

shaxslar daromad solig’i stavkasi 26% ga tushirildi, ammo mol-mulk solig’i stavkasi oshirildi, 2002

yilda daromad (foyda) va mol-mulk solig’i stavkalari pasaytirildi, ammo mol-mulklarning qayta

baholanishi hisobiga soliqqa tortiladigan mulk qiymati ko’proq oshdi; 2012 yildan foyda solig’i

stavkasi 9 %ni tashkil etdi.

Shuning uchun soliq tizimini shakllantirishda bu 4 xil omilni bir-biriga bog’liq holda qaralishi va

soliq yukining maqbul darajasini belgilashi lozimdir. Bu darajani belgilashda quyidagi holatlar

ta’sirini ham e’tiborga olish zarur:

mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;

soliq to’lovchilarning to’lov qobiliyati, umumiy moliyaviy imkoniyatlari;

bozor munosabatlarining, xususan, mulkchilik munosabatlarining holati;

inflyatsiyaning o’sish darajasi;

ma’lum davr xususiyatlariga ko’ra, davlatning o’z oldiga qo’ygan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy

vazifalari nisbati.

Agar iqtisodiy rivojlanishning ma’lum davri uchun soliqlarning fiskalligi ahamiyatliroq deb topilsa,

soliq yuki ancha yuqori qilib belgilanadi. Soliqlardan tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi

vosita sifatida foydalanish ahamiyatliroq deb topilsa, soliq yukini pasaytirishga to’g’ri keladi.

Darhaqiqat, soliqqa tortish ma’lum bir ma’noda davlat tomonidan o’z ijtimoiy xizmatlarini

majburiy sotish bo’lganligidan, soliq yukining darajasi ham shunga mos ravishda shakllanishi

taqozo etiladi. Ya’ni, davlat o’z ijtimoiy xizmatlarini sotish bo’yicha qanchalik katta taklifga ega

bo’lsa, soliq undirish bo’yicha ham shunchalik ko’p talabga ega bo’ladi. Bu iqtisodiy qonuniyatdir.

Biroq, har qanday holatda ham soliq to’lovchi yuqori soliqqa tortish darajasini salbiy voqelik

sifatida qabul qiladi. Chunki, u hech qachon to’layotgan soliqlariga mutanosib (teng) bo’lgan

davlatning ijtimoiy xizmatlarini his qila olmaydi. Aynan mana shu yerda «soliqqa tortish» (davlat

tomonidan) bilan «soliq to’lash» (soliq to’lovchi tomonidan)ning adolatliligi (mutanosibligi)

tushunchalari bir-biriga mos tushmaydi. Soliqqa tortishning maqbul darajasini o’rnatish soliq

yukining qay yo’sinda baholanishiga bog’liq, chunki soliq yuki soliqqa tortish tizimining

samaradorligini aniqlab beruvchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.

Yuqoridagilardan shuni anglash mumkinki, soliq yuki soliqqa tortish darajasini aniqlovchi

ko’rsatkich bo’lib, soliq to’lovchi tomonidan yaratilgan yangi qiymat yoki olingan yalpi

daromadning qancha qismi majburiy tarzda davlat ixtiyoriga qayta taqsimlanishini bildiradi.

Iqtisodiy adabiyotlarda «soliq yuki» tushunchasiga soliq tushumlarining yalpi ichki mahsulot

(YaIM) tarkibidagi ulushi, deb ta’rif beriladi. Masalan, prof. Т.Malikovning fikricha, soliq yuki

soliq yig’imlarining jami milliy mahsulotga nisbati bilan aniqlanadi. Prof. Q.Yahyoevning ta’rifiga

ko’ra, «mamlakat miqyosida hamma to’langan soliq va yig’imlarning YaIMdagi salmog’i... soliq

yukini ifodalaydi». Ushbu ta’riflar milliy iqtisodiyotdagi yalpi soliq yukini anglatadi. Ayni paytda

olimlar tomonidan soliq yukini nafaqat mamlakat miqyosida, balki tarmoqlar, hududlar yoki

alohida olingan soliq to’lovchilar uchun ham aniqlash mumkinligi ta’kidlanadi.

Soliq yukini makrodarajada aniqlash borasida olim va mutaxassislar tomonidan bir to’xtamga

kelingan. Biroq, uni mikrodarajada, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari miqyosida aniqlash

xususida esa qarashlar turlicha. Ya’ni, bir qator iqtisodchilar soliq yukini foyda yoki daromadga

nisbatan, boshqalari esa mahsulot sotish hajmiga nisbatan olishsa, ayrimlari qo’shilgan qiymatga

nisbatan aniqlash lozimligini ta’kidlashadi. Masalan, Q.Yahyoevning fikricha, «soliq yuki foydaga

yoki jami daromadga nisbatan olinadi». Т.Тoshmurodovning ta’rifiga ko’ra, «soliq yuki – xo’jalik

yurituvchi sub’ekt yoki fuqaro to’laydigan barcha soliqlar va to’lovlar yig’indisining daromadga

nisbatidir». U.Radjapovning ta’rificha, «coliq yuki – bu, soliq to’lovchi tasarrufidagi soliq

ob’ektining aynan qancha qismiga teng bo’lgan soliq summasini to’lashini anglatadi».

B.Isroilovning fikricha, «soliq yuki deganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki fuqarolarning davlat

yoki mahalliy byudjet hamda turli jamg’armalarga qat’iy belgilangan stavkada va tartibda

to’laydigan barcha soliqlar va to’lovlar yig’indisining to’lovchilar ish hajmiga, daromadga yoki

boshqa soliq ob’ektiga nisbati tushuniladi» Sh.Тo’rayev esa, «xo’jalik sub’ektlarining soliq yukini

davlat byudjetiga to’langan barcha soliqlar, to’lovlar va ajratmalar miqdorining xo’jalik

sub’ektining qo’shilgan qiymati miqdoriga nisbati orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir», deb

hisoblaydi. Ayrim manbalarda esa soliq yukiga faqat barcha to’langan soliqlar summasi sifatida

ta’rif berilganligini ham uchratish mumkin .

E’tibor beradigan bo’lsak, ushbu ta’riflarning barchasida to’langan soliqlar haqida gap ketadi.

Biroq, amaliyotda soliqlarning hisoblangan summasi bilan to’langan summasi o’rtasida katta farq

bo’lishi, ya’ni hisoblangan soliq summalarining barchasi ham shu hisobot davrida to’lanmasdan

qolish holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari, ta’riflarning aksariyatida soliqlarni nisbatlash manbai

sifatida turli moliyaviy ko’rsatkichlar keltirilgan. Masalan, Q.Yahyoev va Т.Тoshmurodovlarning

ta’riflarida foyda yoki daromad ko’rsatkichlari manba sifatida ko’rsatilgan bo’lsa, U.Radjapov va

B.Isroilovlarning ta’riflarida bir vaqtning o’zida ish hajmi, daromad yoki boshqa soliq ob’ekti soliq

yuki manbai sifatida qaralgan. Fikrimizcha, xo’jalik sub’ektlari yoki fuqarolar tomonidan

to’lanadigan soliqlarni ularning ish hajmi yoki daromadi yohud boshqa soliq ob’ektlariga nisbatlash

soliq yukini to’g’ri baholashga imkon bermaydi. Sababi, soliq to’lovchilarning ish hajmi o’z ichiga

chetdan sotib olingan xom ashyo, material, ish va xizmatlarni ham oladi. Chetdan kirim qilingan

material (ish, xizmat)lar qiymatini korxona to’laydigan soliqlarni nisbatlash manbaiga kiritishdan

esa hech qanday mantiq yo’q. Daromadni soliqlarni nisbatlash manbai sifatida qabul qilish esa faqat

fuqarolarga nisbatan qo’llanishi mumkin. Korxonalar tomonidan to’lanadigan soliqlar shakllanish

manbai ko’lami esa ularning daromadidan kengroq ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkich daromaddan

farqli o’laroq, ularning yangidan yaratgan qiymati yoki chetdan kirim qilingan material (ish,

xizmat)lar ustiga qo’shgan qiymati hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, soliq yukining mohiyatini

birmuncha to’laroq ochib beradigan ta’rif Sh.Тo’rayevga tegishli deyish mumkin, lekin unda ham

soliqlarning to’langan summasi haqida gap ketganligi berilgan ta’rifning ahamiyatini biroz

Бевосита солиќлар

Билвосита солиќлар

Ресурс ва мол-мулк солиѓи

kamaytirgan. Shu sababli, bizningcha, ushbu ta’riflar «soliq yuki» tushunchasining iqtisodiy

mohiyatini to’liq ochib bera olmaydi.

Fikrimizcha, yalpi soliq yukini aniqlashda soliqlar nisbatlanadigan manba YaIM bo’lsa, alohida

tadbirkorlik sub’ektida ushbu manba qo’shilgan qiymat bo’lishi lozim. Chunki, mamlakat yalpi

ichki mahsuloti mohiyatan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan, oraliq iste’mol

chegirilgan pirovard mahsulot, aniqrog’i, qo’shilgan qiymatlar yig’indisidan iborat.

Soliq yukini mikrodarajada baholash borasidagi yana bir munozarali holat – bu, soliq to’lovchilarni

tasniflashdagi fikrlar nomuvofiqligidir. Ayrim ilmiy ishlarda soliq yukini baholashda soliq

to’lovchilar asosan yuridik va jismoniy shaxslar sifatida o’rganiladi. Ushbu holatda yuridik shaxs

(korxona) zimmasiga tushuvchi soliq yuki aniqlanganda ish haqidan ushlanadigan soliqlar hisobga

olinmaydi, chunki bunday soliqlar yuki jismoniy shaxs(fuqaro)ga tegishli deb qaraladi.

2-rasmda keltirganimizdek, notijorat tashkilotlari ham soliq to’lovchi yuridik shaxslar hisoblanadi,

chunki ular mehnat haqiga nisbatan majburiy to’lovlarni amalga oshiradi, lekin ular tomonidan

soliq yuki nisbatlanadigan real qiymat yaratilmaydi. Bundan tashqari, ularni soliq yuki muammosi

umuman qiziqtirmaydi, chunki ularning ish haqlari kabi ijtimoiy to’lovlar ham byudjet yoki

jamoatchilik mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Тijorat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar

esa mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqaradi, shu orqali yangi qiymat yaratadi.

2.Soliq yukining rivojlangan mamlakatlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tarkibida

shakllanishi

Ma’lumki, mamlakatning mustaqil soliq tizimiga 1991 yilda asos solindi. 1991–1994 yillarda

respublika hukumati yumshoq monetar siyosatning inflyatsiya oqibatlarini bartaraf etish uchun

byudjet daromadlarini oshirishga qaratilgan qattiq fiskal siyosat olib bordi. O’sha paytda

tadbirkorlik sub’ektlariga turli xil soliqlar joriy qilingan ediki, ulardan ayrimlari hatto soliqning tub

iqtisodiy mohiyatini o’rganmagan va soliq to’lovchilar imkoniyati hisobga olinmagan holda ishlab

chiqilgan edi. Asosiy soliqlarning stavkalari juda yuqori o’rnatilgan edi. Masalan, dastlabki yillarda

yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining yuqori stavkasi 45 foiz, QQS

stavkasi 30 foiz qilib belgilangan, bularning barchasi esa tadbirkorlik sub’ektlari uchun og’ir

soliqlar zanjirini shakllantirgan edi. Biroq oradan sal vaqt o’tib, mavjud soliq tizimi mamlakat

iqtisodiy rivoji talablariga javob bera olmayotganligi ma’lum bo’ldi va 1995–1997 yillarda soliq

tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz berdi. Bunda asosan iqtisodiy asoslanmagan soliqlar bekor

qilindi, byudjet daromadlarini shakllantirishda tabiiy resurslarga soliqlar muhim rol o’ynay

boshladi.

Faqatgina 1998 yildan, ya’ni Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan mamlakatda soliq tizimini isloh


Download 72.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling