Soliq yuki sanoat ishlab chiqarish qulashi va jamiyat uchun sof foyda doirasida bir zarar, binobarin, mavjud soliq yangi yoki ortdi stavkalari joriy etish bo'yicha optimal ortiq tovarlar iste'moli kamroq


Download 72.69 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2020
Hajmi72.69 Kb.
#100523
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq yuki

Soliq yuki: uni keskin kamaytirish kerakmi?

O zbekiston iqtisodiyotining hozirgi ahvoli, raqobatbardoshligi, uning rivojlanish sur'atlari, bunga to sqinlik qilayotgan muammolar to g risida mulohaza yuritilayotganda, bu muammolarning yechimi izlanayotganda, ba'zilar beixtiyor "Iqtisodiyotning gardaniga yuklangan soliq yuki og ir. Hamma gap ana shunda. Shuning uchun mazkur og irlikni keskin kamaytirish kerak. Bunga erishsak, olam guliston! Qolgani o z-o zidan hal bo lib ketadi!" degan "tayyor javob"ga ko nikkandaymiz. "Soliq tizimini isloh qilmasdan turib, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligiga erishish mumkin emas!" deb "bong" urayapmiz. Bunday "bong"lar ayrimlarning qulog iga moydek yoqayapti. Yon-atrofga bundoq astoydil qaramasdan, iqtisodiyotimizni "davolash" maqsadida "diagnoz"ni qo yib tashlayapmiz.

Afsuski, bunday "diagnoz"lardan iqtisodiyotimiz "shifo" topayotgani yo q. Bizningcha, avval bir-ikki masalaga oydinlik kiritib olish kerak. Eng avvalo...

"Soliq yuki" nima degani? U qanday o lchanadi?

"Soliq yuki" deganda, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) tarkibidagi soliqlar miqdorining yalpi ichki mahsulot miqdori (hajmi) ga nisbati tushuniladi. Unga boshqacha ta'rif ham berish mumkin: davlat xarajatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatiga soliq yuki, deyiladi. Garchi bu ta'riflar bir-biridan shaklan biroz farq qilsa-da, ular mohiyatan bir narsani, ya'ni soliq yukining mazmunini belgilaydi.

Soliq yuki, ko pchilik o ylaganidek, to g ri ma'nodagi emas, balki ko chma ma'nodagi og irlik o lchovidir. Ya'ni uni to g ri ma'nodagi og irlik o lchovining birliklari bo lgan tonna, sentner, kilogramm yoki grammlarda ifodalab bo lmaydi. Soliq yuki nisbatning ifodasi bo lganligi uchun koeffitsiyentda yoki foizda ifodalanadi. Amaliyotda esa uni foizda aks ettirish qabul qilingan.

Ko pchilik hollarda soliq yuki ikki xil tarzda o lchanadi. Birinchisida faqat soliqlarning sof miqdori inobatga olinsa, ikkinchisida soliqlarning tarkibiga boshqa ijtimoiy ajratmalar yoki boshqa maqsadli fondlarga ajratmalar ham qo shib hisoblanadi. Bular, odatda, soliq yukini aniqlashdagi nisbatning (kasrning) suratini tashkil etadi. Uning maxraji esa ikkala holda ham bir ko rsatkichga YAIMning miqdori (hajmi)ga teng bo lishi kerak.

Ko rinib turibdiki, nisbatning suratida ikki xil ko rsatkich (birisi kichik, ikkinchisi esa katta) aks etayapti. Bunday holatlarda soliq yukining darajasi (og irligi) ham ikki xil bo lishi, tabiiydir.

Soliq yukining og irligini nafaqat mamlakat miqyosida, balki tarmoqlar, hududlar, korxonalar yoki alohida olingan xo jalik yurituvchi sub'yektlar uchun ham aniqlash mumkin. Buning uchun uni o lchashning umumiy tartibiga rioya qilish kerak. Bunda, tabiiyki, ijtimoiy yoki boshqa maqsadli jamg armalarga ajratmalarning miqdorini aniqlashda unchalik muammo bo lmaydi. Ammo tarmoq, hudud, korxona yoki alohida olingan xo jalik yurituvchi sub'yektlar doirasida YAIMni aniqlashda ba'zi bir muammolar bo lishi mumkin.

Uning og irligi qay darajada?

Statistik ma'lumotlarga nazar tashlansa, hozirgi kunda mamlakatimizda soliq yukining og irligi 30 foiz atrofida ekanligini a n bo ladi. Bu O zbekiston YAIMning shuncha qismi soliqlarga to g ri keladi, demakdir. Bu holat boshqa mamlakatlarda qanday? Misol uchun, Daniyada 60 foiz, Shvetsiyada 58,4, Norvegiyada 55,3, Finlyandiyada 53,1, Belgiyada 51,5, Gollandiyada 51,4, Avstriyada 47,5, Portugaliyada 45,7 foiz va hokazo.

Shu o rinda biz "Mamlakatimizda soliq yuki og ir deb nega noliyapsiz? Bundoq tevarak-atrofga qarasangiz-chi?!" demoqchi emasmiz. Ularni qayd etishdan maqsad mana bu savolga javob topish: soliq yukining og irligi O zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga ta'sir qilayotgan ekan, nega yuqorida biz keltirgan davlatlarning iqtisodiyoti raqobat degan narsani nazar-pisand qilmayapti? Gap boshqa joyda emasmikan, nima dedingiz?

Siz bilan bizga qo yib bersa, soliq yukining og irligi qancha past bo lsa, shuncha yaxshi. Axir biz ham tirik jonmiz. Yengillik kimga yoqmaydi? Lekin masalaning boshqa tomonlari ham bor-ku! Ularni inobatga olmaymizmi? Loaqal yana bir masalaga aniqlik kiritib olaylik.

Necha foizga qadar chidab turish mumkin?

To g risini aytib qo ya qolaylik: masala bu shaklda ko ndalang qo yilganda "O z peshona terim bilan topgan va ona sutidek halol daromadimning bir qismini soliqlar shaklida nega davlatga berishim kerak?" degan fikrda bo lgan yoki shunday kayfiyatda yurganlar ham oramizda yo q emas.

Fanda soliq yukining og irligi 30-33 foizga yetgunga qadar uning bu darajasi ishlab chiqarishning o sish sur'atlariga salbiy ta'sir ko rsatmasligi isbotlangan. Buni amaliyot ham tasdiqlaydi. Xullas, oddiy tilda aytsak, soliq yukining og irligi 30-33 foizga yetgunga qadar chidasa bo ladi.

Shunday ekan, keling, siz bilan biz havas qilayotgan va yuqorida keltirilgan davlatlardagi soliq yukining og irlik darajasiga yana bir bor e'tibor beraylik. Nima, 60 foizlik soliq yukini ko tarib kelayotgan daniyaliklarning joni toshdanmikan? 58,4 foizlik soliq yukiga ega bo lgan shvedlar nega indashmayapti?

E'tirozlar avjga chiqqan paytda "Bundan 10-15 yil oldin soliq yukining og irlik darajasi qanday edi? Hozir qancha? Og irlik oshibdimi yoki kamayibdimi? Kamaygan bo lsa qanchaga kamayibdi? Hadeb kamaytiraversak, buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin? Doimiy ravishda kamaytiraverishning iloji bormi yoki yo qmi?" kabi bir qator savollarga oldin javob berib, keyin fikr yuritishimiz kerakligi negadir esimizdan chiqadi. Darvoqye...

Soliq yukining og irligini kamaytirish nimaga bog liq?

Eng asosiy va muhim javob shuki, soliq yukining og irligini kamaytirish byudjet xarajatlarining hajmi (miqdori)ga bog liq. Boshqa sharoitlar teng bo lgan taqdirda, byudjet (davlat) hisobidan qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga rozi bo lsak, davlat ham o zining soliq siyosatida xo jalik yurituvchi sub'yektlar (soliq to lovchilar) zimmasiga yuklangan soliq yukini kamaytirish (pasaytirish) bilan bog liq chora-tadbirlarni amalga oshiraveradi. Matematik tilda aytadigan bo lsak, soliq yukining og irlik darajasi va byudjetdan qilinadigan xarajatlarning hajmi (miqdori) o rtasida to g ri proporsional bog liqlik bor. Byudjetdan katta hajmdagi xarajatlarning qilinishi soliq yukining nisbatan og ir bo lishini taqozo etadi va aksincha.

"Soliq yukining og irligini keskin kamaytirish kerak!" deyayotganlar endi mantiqning tegishli qoidalariga rioya qilgan holda, "Byudjet xarajatlarini ham keskin kamaytirish kerak!" deb aytishlari mumkin. Bunday deyishga asoslari bormikan? Ayting, shu kechayu kunduzda byudjetdan qilinayotgan xarajatlarning qay biri keraksiz? Qaysi birini keskin qisqartirsa bo ladi?

O ki byudjetdan xalq ta'limi sohasini moliyalashtirish bilan bog liq xarajatlarni keskin qisqartiraylikmi? Unda o quv yurtlarining holi ne kechadi? Ziyo tarqatayotgan muallim-ustozlarimizning ko ziga qanday qaraymiz?

Balki sog liqni saqlash sohasini byudjetdan moliyalashtirish bilan bog liq xarajatlarni keskin qisqartirish kerakdir? U holda tibbi t maskanlaridagi ahvolni qanday yaxshilaymiz? Shifo baxsh etuvchi tibbiyot xodimlarini qayerdan topamiz?

Bemorlarning murakkab operatsiyalari oddiy qaychi-pichoq bilan qilinmaydi, albatta. Bunday hollarda "kuf-suf" ham yordam berolmay qoladi. Nima qilamiz? Padari buzrukvorimizni yoki jigarbandimizni ko tarib xorijga chopamizmi? Qachongacha?!...

Bunday muolajalarga zarur bo lgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini shu maqsadlar uchun byudjetdan qilinayotgan xarajatlarni keskin qisqartirish evaziga sotib olishning iloji yo q.

Endi o zingiz bir tasavvur qilib ko ring: yuqoridagilardan mahrum bo lganlarning holi ne kechadi? Bu yorug dunyoda madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalarining "meva"laridan bebahra yashayotgan mavjudotni kim deb atash mumkin? Axir yashashdan maqsad faqat qorin to ydirish emas-ku?!

Ana shunday sharoitda madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalarini moliyalashtirish bilan bog liq xarajatlarning keskin qisqartirilishi ular faoliyati doirasining ham keskin qisqarishiga va bu esa, o z navbatida, mafkuraviy bo shliqning vujudga kelishiga olib kelmaydimi? "Xarajatlarni keskin qisqartirish kerak" deyayotganda masalaning bu jihatlarini hisobga olmaymizmi?

Fanni moliyalashtirish bilan bog liq xarajatlarni keskin qisqartirsak nima bo larkan? Har qanday jamiyat taraqqiyotini fanning rivojlanishi belgilab beradi. Bu hyech kimga sir emas. Buning aynan shundayligi isbot ham talab etmaydi. Rivojlangan mamlakatlar taraqqiyot darajasining negizida nima yotibdi? "Yapon mo jizasi"ning asosini nima tashkil etadi? Janubi-Sharqiy Osiyodagi bir necha mamlakatlar nisbatan qisqa vaqt ichida "Osiyo yo lbarslari" nomiga nimaning evaziga erishdi?

Byudjetdan ijtimoiy ta'minot maqsadlari uchun mo ljallangan mablag larni keskin qisqartiraylikmi? Balki aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar narxidagi farqni byudjetdan qoplash amaliyotiga chek qo yish kerakdir? Yoki ko p bolali va kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar berishni to xtatish lozimdir?

Biz uchun, balki, byudjetdan iqtisodiyotga va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga qilinayotgan xarajatlar kerak emasdir? Fuqarolarning ma'lum bir guruhi (chunki bu ish hammaning ham qo lidan kelavermaydi) o zining xususiy yoki shaxsiy manfaatiga mos keladigan biznesni rivojlantirish bilan o zini ovutsa, pulni pulga urishtirib, pul tug dirish bilan band bo lsa, unda O zbekistonning umummilliy, umumdavlat va umumxalq manfaatlariga mos keladigan ishlarini kim qiladi? Ishonchingiz komil bo lsin, chetdan bunday ishlarni Sem yoki Jorj amaki biz uchun kelib, tekinga qilib bermaydi.

Byudjet xarajatlarining ma'lum bir qismi davlat hokimiyati, boshqaruv va huquq-tartibot hamda fuqarolarning o zini o zi boshqarish organlarini saqlashga sarf qilinayapti. "Bor-e!" deb shu xarajatlarni keskin qisqartirib yuborsak, nima bo larkan? Shu narsalar (organlar) bizga kerakmi o zi? Ularning bahridan kechsak, ertasi kundan boshlab aqlimiz kirib, musichai beozordek bo lib, o rnatilgan tartib-qoidalarga ko r-ko rona itoat qilishni boshlaymizmi? O zgalarning haqiga xiyonat qilish, jinoyatchilik va hokazolar barham topadimi?...

Hukumatning zahira jamg armasini yaratish ham byudjet mablag lari hisobidan amalga oshiriladi. Bu zahira jamg armasining nima uchun mo ljallanganligidan bexabarlarga sodda qilib aytib qo yaylik: jamg arma ehtiyot shart uchun, ko zda tutilmagan xarajatlarni qoplashga, jumladan, siz bilan bizni turli balo-qazolardan asrashga, tabiiy ofatlar natijasida ko rgan zararlarimizning bir qismini qoplashga mo ljallangan.

Buning ustiga, tabiiy ofat tufayli suv toshqini sodir bo lganda, o zining shaxsiy jamg armasidan 1,0 mln. yevro miqdorida mablag ajratib, "Xalqimning dardiga malham bo lay!" deb oyog ini qo lga olib chopadigan Shumaxerlar bizda hali ko paygani yo q. Shuning uchun ham bu muammoni hal etish davlatning zimmasida. Hodisa sodir bo lganda (avvalo, xudoning o zi asrasin-u) siz bilan biz qo lni cho ntakka tiqib, "Endi nima qildik?" deb yoki ilojsizlikdan boshni qashib o tirganimizda, davlatning ham shunday holda ish tutishiga haqqi yo q. U bunga tayyor turishi kerak va turayapti ham. Shunday paytda televideniye ekranlari orqali namoyish etilayotgan yoki gazeta sahifalarida bayon qilinayotgan va tabiiy ofatlar natijasida yillab chodirlarda hayot kechirayotgan yoki bir tog ora toza va issiq suvga zor bo layotgan xalqlarning ahvoliga (ularning umidsiz jovdiragan ko zlariga) bir nazar solib qo ysangiz, foydadan xoli bo lmas.

Byudjet xarajatlarining ma'lum bir qismi mamlakatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ham sarf qilinayapti. Bu xarajatlarni keskin qisqartirish niyatida bo lganlar yurtimizdagi tinch-osoyishtalikka o zidan o zi erishilmayotganligini esdan chiqarishi kerak emas. Mamlakatda tinchlik bu ne'mat xususida faqat xayol surish yoki va'z o qish evaziga ta'minlanmaydi. Buning uchun chegara-sarhadlarimizni mustahkamlash, zamonaviy qurol-aslaha va texnika sotib olish, harbiy qo shinlarimizning shaxsiy tarkibini baquvvat qilib tayyorlash ham kerak. Bularning hammasi havodan olinmaydi.

Bugun har qanday nokas sarhadlarimizga tumshug ini tiqa olmayapti. Har qanday zo ravon yurtimizga xo jayinlik qilmayapti. Ona tuprog imiz oyoq osti bo lmayapti. "Ertaga nima bo larkan?" deb tashvishga tushayotganimiz yo q. Tizginimizni o zgalarning qo liga berib qo ymasdan, tahlikasiz hayot kechirayapmiz.

Mana, bizning hozirgi sharoitimizda soliq yukining og irligini kamaytirish, eng avvalo, byudjetdan qilinishi lozim bo lgan xarajatlarning miqdorini kamaytirishga bog liqligi va shu kecha-kunduzda ularni keskin qisqartirish nimalarga olib kelishi to g risida fikr-mulohazalarimiz ana shulardan iborat. Nazarimizda, hozirgi kunda soliq yukini kamaytirish uchun byudjet xarajatlarini keskin qisqartirishdan ko ra, undan-da muhimroq bo lgan yana bir masalaga aniqlik kiritmoq lozim.

Soliq yuki soliq to lovchilar o rtasida qanday taqsimlangan?

Ming afsuski, bu savolga javob berayotib, "Amalda soliq yuki soliq to lovchilar o rtasida adolat tarozisiga muvofiq ravishda taqsimlangan" deya olmaymiz. Bunga tilimiz bormaydi. Bunday deyishga vijdonimiz ham yo l qo ymaydi. O rni kelganda, uyalamiz ham.

Tevarak-atrofimizga, sirtdan bo lsa-da, nazar tashlab, hammaning ham bir xilda soliq to lamayotganligini aniqlashimiz siz bilan bizdan unchalik ko p aqlni talab etmaydi. Kuzatishlar va tahlillar natijasida kimlarningdir qonunda belgilangan soliqlarni o z vaqtida va belgilangan miqdorda to liq to lab qo yayotganliklarini aniqlashimiz mumkin. Bu toifadagilar soliqni birovning haqi, deb bilishadi. Unga xiyonat qilish noinsoflikdan boshqa narsa emasligini ular allaqachon anglab yetishgan. Shuning uchun ham o z harakatlarini shunga monand ravishda qilishadi.

Taassufki, bu toifadagilarning safi keng emas. Shunday bo lsa ham, davlatimiz insof qilib kelayapti. "Boriga baraka!" deyapti. Bundaylarni xudoning o zi yarlaqasin.

Ikkinchi toifadagilar qonunda belgilangan soliqlarning to lash zarur ekanligini hamma vaqt ham xush ko rishaverishmaydi. Iloji bo lgan joyda uni belgilanganidan kamroq to lashga harakat qilishadi. Bu yo lda turli-tuman "nag ma-usul"lardan foydalanishdan ham tap tortishmaydi. Soliqlarni, iloji boricha, kamroq to lash imkoni bor joyda ular o zlarini tomdan tashlashga tayyor.

Nadomatlar bo lsinki, bu toifaga kiruvchi soliq to lovchilarning soni anchagina. Buni davlat bilsa-da, hamon chidab turibdi. "Bularga ham bir kun insof kirib qolar!" deb arg amchini uzun tashlab qo yibdi. Bundaylarga xudoning o zi insof bersin!

Uchinchi toifadagilar soliq to lash borasida qarg ishga uchraganlardir. Mabodo zig ircha soliq summalarini "falokat bosib" to lab qo ysalar, o sha kecha ularga uyqu harom. Ular soliqlarni to lamaslik uchun allaqachon qalovini qalashtirib qo yganlar. Nima bo lsa bo lsin, ishqilib, soliq to lamasalar bo ldi. Konstitutsiyamizning 51-moddasida "Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliq va mahalliy yig imlarni to lashga majburdirlar" deb aks ettirilgan tartib yetti uxlab, ularning tushiga ham kirmagan.

Nachora, bundaylar ham oramizda yo q emas. Ularning borligidan ham davlat ogoh. Lekin ularning "xurmacha qiliq"larini bilsa-da, davlat hanuzgacha ularning hiqildog idan olayotgani yo q. Solig ini to lamagani uchun ularning mol-mulkini musodara qilmayapti. Nega? Chunki bu dunyo hisobli dunyo. Davlatni laqillatayapman, deb o ylamang. Shunday o ylayotgan bo lsangiz, chuchvarani xom sanabsiz. Bir kun kelib, baribir, hisob berasiz. Buni qaytar dunyo, deydilar.

Soliq yukining amalda taqsimlanishiga oid haqiqiy vaziyat ana shunday. Endi o zingiz o ylab ko ring: bunday vaziyatda soliq yukining asosiy og irligi kimning zimmasiga tushayapti? Kim burni yerga tekkudek bo lib, belini bukib, peshonasidan shoda-shoda terini to kib, soliq yukining asosiy og irligini tortayapti-yu, kim tarallabedod qilib yuribdi? Soliqlarni o z vaqtida va to liq to lab kelayotganlar aslida solig ini qisman to layotgan yoki umuman to lamayotganlar zimmasiga yuklanishi kerak bo lgan soliq yukini o z gardanlariga qo shimcha ravishda olishmayaptimi? Bunday sharoitda quyidagi savolning kun tartibiga qo yilishi tabiiy:

Soliq yuki soliq to lovchilar o rtasida tekis taqsimlanganda vaziyat qanday bo lar edi?

Savolning bu shakl va mazmunda qo yilishi barcha soliq to lovchilarning bir xil miqdorda soliq to lashi kerakligini anglatmaydi. Oddiy tilda aytadigan bo lsak, ob'yektiv ravishda cho ntagi qappayganlar ko proq, cho ntagi nochorlar esa kamroq; boylar ko proq, kambag allar esa kamroq; salohiyati kuchlilar ko proq, salohiyati kuchsizlar esa kamroq va hokazo soliq to lashlari kerak. Shuning uchun ham soliq yukining soliq to lovchilar o rtasida tekis taqsimlanishi soliqlar olinishining barchaning ahvoliga bir xil ta'sir ko rsatish orqali ifodalanadi. Boshqacha aytganda, soliq yukining soliq to lovchilar o rtasida bir xil taqsimlanishi ularning manfaatlariga bir xil darajada ta'sir ko rsatishni anglatadi.

Shunga erishilsa, birovning burni yerga tegib, boshqa birovning dimog i ko kka yetmaydi. Birov ayshu ishratda, boshqa birov esa g amu tashvishda yashamaydi.

Eng asosiysi, soliq yukining soliq to lovchilar o rtasida bir tekis taqsimlanishi natijasida mamlakat miqyosida umumiy soliq yukining tomonlar (davlat va soliq to lovchilar) manfaatlariga ziyon yetkazmasdan pasaytirilishiga erishiladi. Bizga shu narsa kerak emasmidi?!

Va, nihoyat, yana bir savolga aniqlik kiritaylik.

Soliq yukining og irligini hamma vaqt ham salbiy ma'noda talqin qilish o rinlimi?

Biz shunga ko nikib qolayapmiz. Soliq yuki qancha yuqori bo lsa, shuncha yomon va aksincha, deb o ylayapmiz. Bizning-cha, bunday emas. Nazarimizda, soliq yukining og irligini faqat salbiy ma'noda talqin etadiganlar, uni hammaga "ola bo ji" sifatida ko rsatishga harakat qilayotganlar daryoga g arq bo layotganlarning oddiy xasga yopishishlarini eslatishadi. Yengilgina xas daryoga g arq bo layotganlarni qutqarib qola olmaganidek, asossiz soliq yukining darajasiga yopishaverish ham siz bilan biz kutayotgan natijani bermaydi.

Shu o rinda 30-35 foizli soliq yuki og irligining dastidan noliyotganlar 50-60 foizli soliq yukini mardlarcha ko tarib, raqobatbardosh iqtisodiyotga erishganlardan o rnak olsalar arzimaydimi?

Qissadan hissa

YAqinda bir maqolani o qib qoldim. Maqola muallifi mamlakat aholisi jon boshiga to g ri keladigan yillik o rtacha daromad 3000 AQSH dollaridan oshmayotgan mamlakatlar uchun soliq yukining maqbul darajasi 15 foiz bo lishi kerakligi, masalan, iqtisodiyoti "fenomenal" sur'atlar bilan rivojlangan Xitoyda soliq yukining darajasi 36 foizdan 13 foizgacha pasaytirilganligini aytib, bu masalada Gollandiyadan emas, balki yuqori o sish sur'atlariga ega bo layotgan Tailand, Gonkong va boshqa shunga o xshash mamlakatlardan o rnak olishga chaqirayapti.

Nazarimizda, bu mamlakatlardan soliq yukini pasaytirish masalasida o rnak olmasak, ular xafa bo lishmas. Chunki ilojimiz yo q. "Nega?" deysizmi? Buning ming bir sababi bor. Bittaginasini aytib qo ya qolaylik: soliq yukining darajasini 13 foizgacha pasaytirgan Xitoyda har bir oilada, hyech bo lmaganda 2 kishi (er va xotin) ishlab, bir kishi (farzand) "Yeyman!" deb og zini ochib turgan edi. Bizda-chi? Bir kishi (er yoki xotindan birovi) ishlab, o rtacha 4-6 kishi (farzandlar va ...) shunday deb turibdi.

Eng muhimi, bu masalani hal etish jarayonida Prezidentimiz tomonidan doimo ta'kidlanib kelinayotgan va Konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga 13 yil to lishi munosabati bilan o tkazilgan tantanada baralla yangragan "Oldimizda turgan barcha muammo va vazifalarni yechishda "Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini ta'minlash uchun" degan teran ma'noli fikrni aslo unutmasligimiz kerak" degan so zlar har birimizning qulog imizga qo rg oshindek quyilgan bo lishi va xatti-harakatlarimiz shunga mos ravishda bo lmog i lozim.

Ma'zur tutasiz, shuning uchun ham, soliq yukining og irligini siz aytganingizdek, birdaniga keskin kamaytira olmaymiz. Masalaning barcha tomonlarini puxta o ylashimiz kerak. Hyech bir narsani (taqdirni) e'tibordan chetda qoldirishga haqqimiz yo q. Shundan so ng hamma narsani, Prezidentimiz aytganidek, tarozining ikki pallasiga qo yib, yetti o lchab, bir kesishimiz kerak. Buning nomini soliq yukini asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich pasaytirib borish, deyiladi. Va biz shunday qilayapmiz ham.

Yana bir masala. Bizning yuqoridagi fikrlarimizdan "O zbekiston soliq tizimi ideal! O rnatilgan soliq yukining darajasiga oid hyech qanday muammolar yo q! Muallif soliq yukining pasaytirilishiga qarshi!" degan xulosalar kelib chiqmasligi kerak. Bunaqangi fikrlarni bildirishdan biz juda ham yiroqmiz.

Beayb Parvardigor! Boz ustiga, soliq tizimimiz va amaldagi soliq yuki ham farishta emas. Ularning kuchsiz joylari, kamchiligu nuqsonlarining qayerda ekanligini o zimiz juda yaxshi bilamiz. Bilishga harakat ham qilayapmiz. O qiyapmiz. Tahlil etayapmiz. Mushohada yuritayapmiz. O rganayapmiz. Lekin xulosa chiqarishga shoshilayotganimiz yo q.

"U yerda undoq ekan!", "Bu yerda bundoq ekan!", "Bizda ham shunday bo lishi kerak!" deb xulosa chiqarib, har tomonga sakrash bizga to g ri kelmaydi. Qolaversa, har qanday musiqaga yo rg alayveradigan "o yinchi" ham emasmiz. Bu masalada oqilona yo lni topishda ota-bobomizdan qolgan "Musulmonchilik astachilik" degan purhikmat aqidaga og ishmay amal qilaveramiz.

Ha, bularni aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi.

Tohir MALIKOV, iqtisod fanlari doktori, professor.

Manbaa: "Xalq so'zi", 24.01.06

O‘zbekiston Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi uzoq muhokama qilingandan so‘ng oxir-oqibatda davlat rahbarining Farmoni bilan qabul qilingan edi. Har qanday muhim yo‘nalishlardagi islohotlar Qaror qabul qilingunga qadar muhokama qilinadi. Qaror qabul qilingandan keyin esa u faqat qat’iy ijro etilishi ijro intizomining eng muhim tamoilidir. Shundan kelib chiqib, 2019 yilgi soliq-byudjet siyosati qabul qilingan farmon asosida ishlab chiqildi.

Hozirda soliq islohotlari yana davom etib, qo‘shilgan qiymat solig‘ining «uzluksiz zanjiri» joriy qilinishiga e’tibor qaratilmoqda. Lekin, uluksiz zanjirga erishish o‘ta murakkabligini barcha mutaxassislar yaxshi bilishadi.

Soliq islohotlari konsepsiyasini muhokama qilish jarayonida ekspertlar hamjamiyati xufiyona iqtisodiyotning ulushi nihoyatda yuqoriligiga e’tibor qaratdilar. Ko‘pgina ekspertlar soliq yukini pasaytirish orqali iqtisodiyotni legallashtirish mumkin degan fikr bildiradi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning soliq yuki boshqa mamlakatlarnikidan yuqori emasligi ham turli manbalarda e’tirof etilmoqda. Agar jahonda soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘rtacha 30 foiz bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 20 foizni tashkil etadi. (2019 yilga —24 foiz rejalashtirilgan) Ijtimoiy to‘lovlarni hisobga olganda bu ko‘rsatkich 34—38 foiz atrofida. Sanoati rivojlangan va ijtimoiy yo‘naltirilgan mamlakatlarda u o‘rtacha 40 foizni tashkil etadi. Olmoniya va Farangiston, va Skandinav davlatlarida 50 foizdan yuqoriroq. Ya’ni O‘zbekistonda soliq yuki yuqori emas. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining «uzluksiz zanjiri» joriy qilinsa yana bir necha foizga oshishi mumkin.

Bizda soliq yuki boshqa davlatlarnikiga nisbatan yuqori emasligi hammaga yaxshi ma’lum. Aslida bizning sharoitda gap, soliq yukini pasaytirsh haqida emas, balki soliqlar tarkibini o‘zgartirish haqida, ketishi kerak.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish haqida gapirar ekanmiz, biz vertikal iqtisodiy munosabatlarni — ularning gorizontal turiga utkazishni hal etishimiz darkor. Tepadan pastga topshiriqlar va pastdan tepaga hisobotlar emas, balki xo‘jaliklar aro o‘zaro munosabatlar rivoj topishi kerak. Bu sharoitlarda iqtisodiyotni boshqarish san’ati iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etishdan iborat va bu munosabatlarni pullik hisob kitoblar bilan tartibga solish lozim (ma’muriy munosabatlar o‘rniga). Bu jarayon xo‘jalik munosabatlar «tannarxini» (transaksion xarajatlarni) pasaytirilishi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligining oshishi bilan davom etadi.

Qo‘shilgan qiymat soligi esa (QQS) xo‘jalik munosabatlarning orasida turadigan juda jiddiy to‘siqdir. Agar undan qutila olmasak (shubhali reytinglarga ko‘ra soliq yuki bo‘yicha 60 o‘rinda tursak ham) iqtisodiy taraqqiyotga erisha olmaymiz.


Download 72.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling