Soliqlar, ularning vazifalari va turlari


Soliqlarning turlari va tasnifi


Download 249.38 Kb.
bet6/13
Sana07.03.2023
Hajmi249.38 Kb.
#1245408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Soliqlar, ularning vazifalari va turlari KURS ISHI

1.3 Soliqlarning turlari va tasnifi
Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri, asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng munozarali masalalardan hisoblanadi.
Soliq stavkalari respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlarini mablag’ bilan ta'minlashda muvozanat darajasini hamda xo’jalik sub'ektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya- byudjet munosabatlarini sog’lomlashtirish bilan chambarchas bog’liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlaganlari holda, moliya-byudjet munosabatlarining pul muomalasiga ko’rsatadigan salbiy ta'siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini tashkil etadi.
Soliq elementlari tarkibida soliq stavkalari alohida o’rin tutadi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq stavkasi deganda soliq ob'ektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me'yor tushuniladi.
Soliq stavkasining ahamiyati soliq ob'ektini qancha qismi qanday miqdorda majburiy to’lov sifatida byudjetga undirishini xarakterlaydigan masalaga javob beradi.
Soliq stavkalarini mohiyati shundaki, ular soliq ob'ekti, soliq birligi va soliq normalariga asoslangan holda soliq mexanizmini samarali ishlashini ta'minlaydi. Soliq stavkalaridan davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida foydalanilsa, boshqa tomondan soliq imtiyozlarini bir turi sifatida ular orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantirish rolidan foydalaniladi.
Soliq stavkalari ikki xil ko’rinishda: qat'iy stavkalarda va nisbiy (foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat'iy stavkada belgilangan holda soliq ob'ektiga nisbatan qat'iy so’mda belgilanadi. Masalan, yer solig’ining har bir gektari uchun qat'iy so’mda soliq miqdori o’rnatilgan. Yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa nisbiy stavkada yoki foizda soliq miqdori belgilangan.


Download 249.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling