Soliqlar, ularning vazifalari va turlari
Soliq turlari bo’yicha 2020-2021 yillar davomida byudjetga tushgan tushumlar to’g’risida ma’lumot (mlrd. so’m)19
Download 273.71 Kb.
|
Abdusattorov Dilshod kurs ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. 2020-2021 yil byudjet tushumlarining ulushi (foizda) 20
Soliq turlari bo’yicha 2020-2021 yillar davomida byudjetga tushgan tushumlar to’g’risida ma’lumot (mlrd. so’m)19
2020 yilda soliq turlari bo’yicha byudjetga tushumlar hajmi 103, 5 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021 yilga kelib bu ko’rsatkich 127, 8 trln. so’mni tashkil etdi va 123,5 foizga oshdi. 2021 yilda bevosita soliqlar hajmi 58,5 trln. so’mni, bilvosita tarmoqlar 31,3 trln. so’mni, resurs soliqlari va mol-mulk solig’i 22,1 trln. so’mni, davlat boji va jarimalar 3,3 trln. so’mni, boshqa soliqlar va yig’imlar 5,4 trln. so’mni tashkil qilgan (2-jadval). 6-rasm. 2020-2021 yil byudjet tushumlarining ulushi (foizda)20 2021 yilda byudjet tushumlari 2020-yilga nisbatan 46 foiz bilvosita soliqlar, 30 foiz bevosita soliqlar, 17 foiz resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i, 3 foiz davlat davlat boji va jarimalar, qolgan 4 foizi boshqalar soliqlar hisobiga o’sganligi aks ettitilgan. (6-rasm). Yuqoridagi ma’lumotlar tahlil qilinganda bilvosita va bevosita soliq to’lovlari budjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etishi ko’rinadi. Bu soliqlar davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirishda mustahkamlikni, uzviylikni ta’minlaydi. Bu soliqlarsiz budjetni rejali moliyalashtirishning iloji yo’qdir. Shuning uchun ularning ahamiyati budjet daromadlarini shakllantirishda beqiyosdir. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, Respublikamizda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining asosiy daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlar va yig’imlar bilan bog’liq muammolar markazida ularning mahalliy budjetlar xarajatlarini to’liq miqdorda moliyalashtira olmasligidadir. Shuning uchun ham umumdavlat soliqlaridan mahalliy budjetlarga ajratmalar, ya’ni tartibga solinadigan soliqlardan to’liq yoki qisman ajratmalar belgilash tizimi amal qiladi va ulardan kelib chiqib mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlari yana bir qadar oshirilgan bo’lsada, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlari qonunchilik nuqtai-nazaridan bir qadar cheklangan, amalda esa o’z hududlarida undiriladigan barcha soliqlar va yig’imlarni nazorat qilish tizimi amal qiladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo’nalish qilib belgilanishi lozim.
Download 273.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling