Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan Qayta topshirish Mavzu: Aksiz solig


Download 63.02 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi63.02 Kb.
#1145163
  1   2   3
Bog'liq
Aksiz Soliq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan




Qayta topshirish


Mavzu: Aksiz soligi

Qabul qildi:____________________
Bajardi: MM-50k-2 guruh talabasi
Otaqulov B.A
Toshkent 2023


Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi.
283-modda. Soliq to‘lovchilar
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar ham soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.


Download 63.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling