Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan yakuniy nazorat uchun savollar
Download 75.35 Kb.
|
ССТ фанидан ЯН тест саволлари
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” fanidan YAKUNIY NAZORAT UCHUN SAVOLLAR Soliq kodeksiga muvofiq, “Soliqlar” tushunchasiga toʻliq berilgan ta’rif. Soliqlar deganda, soliq kodeksida belgilangan, O’zb Resp-si Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadi jamg’armasiga to’lanadigan majburiy beg’araz to’lov tushuniladi. Soliq kodeksida belgilangan soliq solish prinsiplari. Soliq solishning majburiyligi, aniqliligi va soliq orgnlarining soliq to’lovchilar bilan hamkorligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to’lovchining haqligi prezumstsiyasi prinsiplari Soliq elementlari. 7 ta elementi bor Soliq turlarini joriy etish huquqiga ega vakolatli organ. O’zbekiston respublikasi Oliy Majlis “Fiskal” soʻzining ma’nosi. Xazina A.Smit tomonidan keltirilgan soliq tamoyillari. Tenglik, aniqlilik, arzonlilik, qulaylilik Soliqlarning funksiyalari. Fiskal, tartibga solish, rag'batlantirish, nazorat qilish, axborot bilan ta'minlash Soliqlarning iqtisodiy mohiyati. davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o'rtasida vujudga keluvchi ob'ektiv majburiy to'lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Soliqlarning tartibga solish funktsiyasi. Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shartlarini soliqlar orqali tartibga soladi. Soliqlarni undiruvchi vakolatli organlar. Davlat soliq qo’mitasi Soliqqa tortish usullari. toʻlov manbaidan deklaratsiya, xabarnoma va kadastr orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ayrim soliq turlari boʻyicha soliq stavkasini kamaytirish muddati. Ko’pi bilan 3 yil muddatga Soliqlarning xos belgilari. majburiylik Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritilish muddati, bo’lim, moddalar soni. 2020-yil 1-yanvar. 483-modda Mahalliy soliqlar. Yer solig’i Soliq to’lovchi bu kim? Soliq kodeksiga muvofiq belgilangan soliqlar va yig'imlarni to'lashga majbur bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar. Soliq imtiyozi bu nima? Soliq imtiyozlari - davlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat. Soliq sub’ekti bu nima? soliq to'lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar Soliq agenti bu nima? Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to'lovchidan ushlab qolish va budjet tizimiga o'tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e'tirof etiladi. Soliq ob’ekti bu nima? soliqqa tortiladigan va soliqqa tortish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi soliq toʻlovchining daromadi, aylanmasi va mulki Soliq manbai bu nima? bu soliq to'lovchining to'laydigan soliqlari manbayi, ya'ni daromadi. Soliq bazasi bu nima? soliq ob'ektining soliq stavkasi qo'llaniladigan summa Soliq qarzi bu nima? Hisoblangan va to'lanmagan soliqlar, to'lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar summalari Soliqqa tortish birligi bu nima? Bu obyektning o’lchov birligi Soliq stavkasi bu nima? obʼyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilangan meʼyor Soliqqa tortish usullari necha xil ko’rinishda amalga oshiriladi? Soliqqa tortish usullari uch xil ko'rinishda amalga oshi- riladi. Ular quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Soliq stavkalarini qanday turlarga ajratish mumkin? qattiq, mutanosib, progressiv va reqattiq, mutanosib, progressiv va regressiv Bilvosita soliqlar guruhiga qaysi soliqlar kiradi? qo`shilgan qiymat solig`i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho qog`ozlar bo`yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar kiradi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qaysi guruhga kiradi? Umumdavlat, bevosita Foyda soligʻi qaysi soliqlar tarkibiga kiradi? Umumdavlat, bevosita Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar qanday soliqlarga bo’linadi? Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to'g'ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi To’g’ri soliqlar to'g'- ridan to'g'ri soliq to'lovchilarning o'zi to'laydi, ya'ni soliqni huquqiy to'lovchisi ham, haqiqiy to'lovchisi ham bitta shaxs bo'ladi. Egri soliqlar huquqiy to'lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentini 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmonning asosiy mazmun va mohiyati. O'Zbekiston Respublikasining Soliq Siyosatini Takomillashtirish Konsepsiyasi To'G'Risida Soliq kontseptsiyasi soliqlarni yo'nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga osh-sh goyalarining yaxlitligidir Davlat soliq qo’mitasi tomonidan soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini (STIR) berish va qo’llash tizimi qachon joriy etildi? 1997-yil 1-apreldan boshlab Jismoniy shaxslar qanday holatda foyda soligʻini toʻlashi mumkin? Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yillik aylanmasi bir milliard so'mdan ortiq bo'lganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining nechanchi moddasida soliqlar tarkibi keltirilgan? 17-modda Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan miqdorlariga nisbatan qoʻllaniladigan 0,7 dan 1,3 gacha pasayib boruvchi yoki oʻsib boruvchi koeffitsientlarni kiritishga qaysi vakolatli shaxslar haqli? Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qachon tashkil etilgan? 1994-yil Oʻzbekistonda birinchi Soliq kodeksi qachondan amaliyotga joriy etilgan? 1998-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimida 2035 yilgacha kutilayotgan natijalar. Egri soliqlar ulushini 35 foizga kamaytirish hisobiga soliq yukini optimallashtirish Soliq siyosatining tartibga solish vositalari. Soliq imtiyozlari, soliq jarimalari, soliq stavkasi Foyda soligʻi toʻlovchilari. Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olingan daromadlari bir milliard so'mdan ortiq bo'lgan yoki daromad solig'ini ixtiyoriy ravishda to'lagan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma qachondan bekor qilindi? 2020-yil 1-yanvar Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat subyektlarining milliy reestriga kiritilgan soliq toʻlovchilarga foyda soligʻi stavkasi necha foiz? Foyda soligʻining bazaviy stavkasi necha foiz? 15% 2022, 2023 yilda tovarlarni eksport (ishlarni)ga realizatsiya qilishdan olingan foydadan foyda soligʻi stavkasi necha foiz? 0 2022, 2023 yilda bozor va savdo koplekslarda xizmat koʻrsatishdan olingan foydadan olinadigan foyda soligʻining stavkasi necha foiz? 20% Tijorat banklari uchun foyda soligʻining stavkasi necha foiz? 20% Dividendlar va foizlar kurinishidagi daromadlar boʻyicha foyda soligʻining asosiy stavkasi necha foiz? 5% Foydaga soliq solish obyekti nima? Soliq to'lovchi tomonidan olingan foyda soliqqa tortiladi. Aktsiz solig’i O’zbekiston Respublikasida qachon joriy etilgan? 1992-yil 1-yanvar “Aksiz” soʻzi qanday ma’noni anglatadi? fransuz tilidan olingan boʻlib, "kesmoq, kesib olmoq" maʼnolarini bildiradi Aktsiz solig’i stavkalari va aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati kim tomonidan belgilanadi? O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Aktsiz solig’iga tortilmaydigan tovarlar Aksiz to'lanadigan tovarlar eksporti Aktsiz solig’i stavkalari va aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati kim tomonidan belgilanadi? O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Aktsiz solig’i stavkalari qanday belgilanadi? Tovar qiymatiga nisbatan foiz va naturada ifodalangan o'lchov birligiga mutlaq ko'rsatkichlarda Aktsiz solig’ining to’lovchilari bo’lib kimlar hisoblanadi? Aksiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar yuridik shaxslar Aksiz soligʻining qanday stavkalari mavjud? Aralash, qattiq va advalor Aksiz soligʻi obyekti bo’lib nimalar hisoblanadi? aktsiz to'lanadigan tovarlardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish Aksiz soligʻi obyekti bo’lib hisoblanmaydiganlarga qaysilar kiradi? ixtisoslashtirilgan gaz ta'minoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun suyultirilgan gaz sotish Aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga qaysi soliq turi tatbiq etilmaydi? Aylanma solig'i qo'llanilmaydi Tabiiy gazga nisbatan belgilangan aksiz soligʻi stavkasi? 20% Aksiz soligʻiga polietilen granulalari uchun stavka qancha qilib belgilangan? 30% Aksiz soligʻi solish maqsadida mobil aloqa xizmatlari uchun stavka necha foiz qilib belgilangan? 20% Aksiz soligʻi solish maqsadida zargarlik buyumlari uchun stavka necha foiz qilib belgilangan? 25% Qaysi tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmaydi? Respublika hududida ishlab chiqarilgan va olib kelingan pivo Aksiz soligʻi stavkalari qaysi me’yoriy hujjat bilan belgilanadi? O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.11.2021 yildagi 665-son 2020-2023 yillarda foyda solig’i bazaviy stavkasi necha foiz etib belgilandi? 15% 2022, 2023 yil uchun qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar va baliq xujaliklari uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 0 2022, 2023 yil uchun tijorat banklari uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 20% 2022, 2023 yil uchun asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslar uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 20% 2021-2023 yil uchun tsement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 20% Foyda solig'ining soliq solish ob’ekti nima? Soliq kodeksining 295-moddasiga muvofiq, soliq to'lovchi tomonidan olingan foyda daromad solig'i bo'yicha soliq solish ob'ekti hisoblanadi Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar) foyda solig’i ob’ekti hisoblanadimi? Daromadi deb etirof etiladi 2022 yil uchun qo’shilgan qiymat soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 15% 2023 yil uchun qo’shilgan qiymat soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 12% Jami daromadi bir milliard so’mdan oshmagan tadbirkorlar QQS va Foyda solig’ini to’lash o’rniga qaysi soliqni to’lovchisi bo’ladi? Daromad solig'i Aylanma soliq O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasi necha foiz? 12% O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi PF-5837-son “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan 2019 yilning 1 oktyabridan qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi necha foiz etib belgilandi? 15% Qo‘shilgan qiymat solig‘I (QQS) ob’ektiga nimalar kiradi? soliq solinadigan aylanma, soliq solinadigan import Soliq to’lovchilarning joylashishi mezoniga ko’ra qaysi soliq turlari stavkalari tabaqalashtirilgan? Qat'iy belgilangan soliq Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi nimadan iborat? Ish haqi shaklidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, moddiy ne'matlar va boshqa daromadlar ko'rinishidagi daromadlar Soliqlar to`lovchilar subyektiga ko’ra qanday guruhlanadi? Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilari bolib kimlar hisoblanadi? Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan umumiy daromadi bir milliard so'mdan oshmaydigan yuridik shaxslar. Aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydigan soliq toʻlovchilar toʻgʻri keltirilgan javobni tanlang? Aksiz to'lanadigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi va tog'-kon sanoati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 25 gektar va undan ortiq sugʻoriladigan ekin maydoni mavjud boʻlsa qaysi soliq turi tatbiq etilmaydi? Aylanma soliq Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 4% Lombard xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 25% Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 4% Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash muddatlari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang? tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq deklaratsiyasini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang? 5% Borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 1% Elektron tijorat subyektlarining Milliy reyestriga kiritilgan soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 2% Soliq kodeksiga asosan mol-mulk soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik shaxslar toifasini aniqlang? O'zbekiston Respublikasida soliqqa tortiladigan mol-mulkka ega bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida ko'chmas mulkka ega bo'lgan norezident yuridik shaxslar. 2022, 2023 yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi necha foiz? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi? O'rtacha yillik qoldiq qiymatiga nisbatan aniqlanadi. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi? O'rtacha yillik qiymatga nisbatan aniqlanadi Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi necha foiz belgilangan? Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig'ining bazaviy stavkasi 2%. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlarining yuridik shaxslarning mol-mulk soliq stavkasini aniqlang? 4% Soliq kodeksiga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0.1 MVt va undan koʻp boʻlgan taqdirda bunday manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilariga yuridik shaxslarning mol mulk soligʻidan imtiyoz necha yil qilib belgilangan? Ularga foydalanishga kiritilgan kundan boshlab 10 yil muddatda imtiyozli davr beriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon? Soliq 15-apreldan 15-oktabrgacha teng ulushlarda toʻlanadi 2022, 2023 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha? 0.37 yoki 0.25 2022, 2023 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 500 kv.m dan ortiq boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha? 0.49 Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha organlar belgilangan kadastr qiymati boʻlmasi shartli kiymati qancha miqdorda olinadi? Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida 210 000, 0 ming so'm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 84 000,0 ming so'm. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda mol-mulk soligʻi stavkasi qanday hisoblanadi? jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining necha barobari miqdoridan kelib chiqib soliq hisoblanadi? 2 marta Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qachondan boshlab toʻlanadi? mulk huquqi paydo boʻlgan oydan boshlab toʻlanadi Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon necha kvadrat metr qilib belgilandi? 60 Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda kadastr hujjatlarida belgilangan kadastr qiyimatiga nisbatan belgilanadigan eng kam me’yor qancha miqdorni tashkil qiladi? 42 000, 0 ming so'm (qirq ikki million so'm) Soliq kodeksining 421-moddasida belgilangan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qoʻllaniladimi? Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar mavjud emas Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxoʻrlar tomonidan qachondan boshlab toʻlanadi? Mulkiy huquqlar ular paydo bo'lgan oydan boshlab to'lanadi Soliq toʻlovchi mol-mulk soligʻidan imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgani holda Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatida turar joy obyekti boʻlganda soliq imtiyozi qaysi biriga tadbiq etiladi? soliq toʻlovchining ixtiyoriga koʻra faqat bitta obyektga Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, kimlar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligi toʻlovchisi hisoblanadi? Yer uchastkalariga mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijaraga berish huquqi asosida egalik qiluvchi yuridik shaxslar, O'zR. Norezidentlar yuridik shaxslardan er solig'ini to'lovchilardir. Qanday obyekt yuridik shaxslarning yer soliq solish obyekti hisoblanadi? Yuridik shaxslarga mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijaraga berish asosidagi yer uchastkalari. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkalari qachondan soliq bazasi sifatida qaraladi? Yer uchastkasiga bo'lgan huquq olingan oydan keyingi oydan boshlab hisoblanadi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi? Yer uchastkasining maydoni kamaytirilganda soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni qisqartirilgan oydan boshlab kamaytiriladi Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi? Agar yuridik shaxs soliq imtiyoziga ega bo'lsa, soliq solinadigan baza huquq paydo bo'lgan oydan boshlab kamayadi. Tasdiqlangan loyihaga muvofiq melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan sugʻoriladigan yerlar − ishlar boshlanganidan e’tiboran necha yil muddatga imtiyoz ega? 5 yil muddatga Qayta tiklanadigan manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0.1 MVt va koʻproq) uskunalari bilan band yer uchastkalari boʻyicha ular foydalanishga kiritilgan vaqtdan necha muddatga soliqdan ozod etiladi? 10 yil muddatga Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi? Joriy soliq davrining 10 yanvarigacha. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi? Joriy soliq davrining 1 mayigacha. Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar uchun yer soligʻini hisoblashda nechta hudud mavjud? 1, 2,3,4,5 -mintaqalar. Jismoniy shaxsga yer ajratilgan holda u ushbu yerdan foydalanmasa yer soligʻi toʻlaydimi? Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig'i yerdan foydalanish faktidan qat'i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadi. Qanday fuqarolarga yer soligʻidan imtiyoz beriladi? I va II guruh nogironlari, yolg'iz pensionerlar, boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan noturar joy obyektlari uchun yer soligʻidan imtiyoz mavjudmi? Imtiyoz berilmaydi Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: yuridik shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi? toʻrt barobar miqdorda Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: jismoniy shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi? 3 barobar miqdorda Noturar joy obyekti koʻp qavatli binoda joylashgan boʻlsa mazkur noturar obyektidan yer soligʻi qanday hisoblanadi? Qavatlar soniga bo'lish yo'li bilan hisoblangan Jismoniy shaxslarning yer soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon? 15 apreldan 15 oktyabrgacha teng ulushlarda amalga oshiriladi Soliq organlari har yili qaysi muddatda soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini jismoniy shaxslarga topshiradi? 1 martdan kechiktirmay Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti deb nimaga aytiladi? Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari. Quyidagilardan qaysilari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi? GESlarda gidravlika turbinalarini ishlatish uchun foydalaniladigan suv resurslari. Suv resurslarining soliq bazasi deb nimaga aytiladi? Ishlatilgan suv hajmi. Suv resurslarining soliq bazasi qanday tartibda aniqlanadi? Suv hajmi suvdan foydalanishni hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv hisoblagichlari ko'rsatkichlari asosida aniqlanadi. Soliq organlariga vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv xajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma kim tomonidan va qachon taqdim etiladi? Suv ta'minotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar taqdim etiladi Soliq organlari suv hajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olgandan keyin qancha muddat ichida soliq toʻlovchilariga yetkazib beradi? Suv ta'minotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar taqdim etiladi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi qanday tartibda aniqlanadi? Soliq solinadigan baza va qat'iy belgilangan soliq stavkalari asosida hisoblab chiqiladi. Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkasi miqdori qaysi Qonun hujjatiga asosan belgilanadi? O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi qonuni. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti qaysi muddatlarda taqdim etadi? soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha. Dehqon xoʻjaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini toʻlash qaysi muddatlarda amalga oshiriladi? soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha. Suv resurslaridan hujjatlarsiz foydalanilganda qanday ta’sir choralar koʻriladi? Soliq kodeksining 445-moddasiga asosan suv resurslaridan ruxsatnomasiz foydalanganda belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. 2022, 2023 yilda Avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan? Yer usti suv manbalari bo'yicha - 1 380, yer osti suv manbalari - 1 730 ta. 2022, 2023 yilda Sanoat korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan? 520-620 so`m Soliq davrida Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining (bhm) ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) boʻnak toʻlovlari – qaysi muddatda va qanday ulushda toʻlanadi? har oyning 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining o'n ikkidan bir qismi miqdorida. Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlarni toʻlaydilar:...? yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq; - qo'shimcha foyda solig'i; - bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar). Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish obyekti bu...? Foydali qazilmalarni qazib olish (qazib olish) hajmi yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob'ekti hisoblanadi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi qaysi hujjatga asosan belgilanadi? Prezident qaroriga asosan Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish bazasi qanday aniqlanadi? YQFsb = TMo`rb x Vtm,bu yerda: YQFsb - yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bazasi; TMo`rb - hisobot davrida kavlab olingan yoki ajratib olingan tayyor mahsulot hajmining o'rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati yoki foydali qazilmalarni kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxi; Vtm - hisobot davrida kavlab olingan (ajratib olingan) jami tayyor mahsulot Yuridik shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday? 1 oy Jismoniy shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday? Kalendar yili Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq davrini aniqlang? Kalendar yili soliq davri hisoblanadi Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating? 42. to'lov muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating? yilning har oyi, hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay, bosqichma-bosqich yakunlanadi Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating? yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating? 43. soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi? 747 300 so’m 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi? 920 000 so’m Ijtimoiy soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan javobni belgilang Paxta terimida mavsumiy qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilingan shaxslar Qaysi javobda ijtimoiy soliqning soliq solish obyekti koʻrsatilgan? Ish beruvchining mehnat xarajatlari Ijtimoiy soligʻini toʻlovchilar kimlar? Yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalari Ijtimoiy soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun pasaytirilgan soliq stavkalari kaysi meyoriy xujjatga asosan belgilanishi mumkin? O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasini necha foiz? 4.7% Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? 12% Byudjet tashkilotlariga ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? 25% Yakka tartibdagi tadbirkorlar ijtimoiy soliqni qancha miqdorda toʻlaydilar? Oyiga asosiy hisob-kitob summasining 1 barobaridan kam bo'lmagan miqdorda Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy soliq qaysi muddatda toʻlanadi? har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay Dehqon xoʻjaliklarining a’zolari tomonidan ijtimoiy soliq qaysi muddatda toʻlanadi? hisobot yilining 1 oktyabriga qadar “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrida yiliga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. asosiy hisob-kitob summasining 2,5 barobaridan kam bo'lmagan miqdorda “Hunarmand” uyushmasining hunarmandchilik faoliyati subyektlari boʻlgan, qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida oyiga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. asosiy hisob-kitob summasining 50 foizi miqdorida Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan oyiga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. asosiy hisob-kitob summasining 50 foizi miqdorida “SOS – Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? 7 % Byudjet tashkilotlari ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqsimlanadi? 99.2% Byudjet tashkilotlari boʻyicha ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga taqsimlanadi? 0.4% Byudjet tashkilotlari ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga taqsimlanadi? 0.4% Jismoniy shaxslar daromad solig’i stavkasi qaysi stavka turiga mos keladi? progressiv O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g`risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? 1997-yil 29-avgust Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi yoki uni to’lashni ixtiyoriy tanlagan YaTTlar uchun QQS stavkasi qancha? 15% Korxonalarning soliq majburiyatiga nimalar kiradi? Soliq va yig'imlarni to'g'ri hisoblash va o'z vaqtida to'lash Soliq nazoratiga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang? Soliq to'lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish Soliq nazorati qaysi shakllarda amalga oshiriladi? Soliq tekshiruvlari va soliq monitoringi Soliq tekshiruvlari nechta turdan iborat? 3 ta tur kameral, sayyor, soliq auditi QQS va foyda solig’ini ixtiyoriy to’layotgan YaTT joriy soliq davri yakunlari bo’yicha daromadlari 1 mlrd. so’mdan oshmasa, qachondan aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga qayta o’tishga haqli? 12 oydan keyin Soliq davri davomida tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 1 mlrd. so’mdan oshgan YaTT qachondan QQS va foyda solig’ini to’lashga o’tadi? bunday o'sish sodir bo'lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab Foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan foyda solig’ini to’lashga ixtiyoriy o’tgan YaTTlar qachondan ushbu tartibni qo’llay oladi? soliq solinadigan bazani soddalashtirilgan hisoblash uchun ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab YaTTlar foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy voz kechgan holda umumiy tartibiga qachondan boshlab o’tadi? keyingi soliq davridan boshlab YaTTlar tomonidan foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga o’tish to’g’risidagi bildirishnoma soliq organiga qachongacha taqdim etiladi? soliq davri boshlanishidan kamida 1 oy oldin 2020 yilda soliqni hisoblash va to’lashning soddalashtirilgan tartibi bo’yicha nima o’zgartirishlar kiritildi? 2020 yilda hisoblash va to'lashning soddalashtirilgan tartibi bekor qilindi. 2020 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik a’zolari uchun daromad solig’i qaysi tartibda to’lanadi? Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari o'z xohishlariga ko'ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini (qat'iy miqdorda) yoki yillik yalpi daromad deklaratsiyasiga muvofiq haqiqatda olingan daromadlari summasidan kelib chiqqan holda soliq to'lash huquqiga ega Fiskal siyosatning ajralmas va asosiy bo’lagi bo’lib qaysi siyosat hisoblanadi? Soliq siyosati Soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda nima ishlab chiqilishi lozim? Strategiya va taktika Soliq siyosati strategiyasi? Uzoq muddatli soliqda iqtisodiy munosabatlarning asosiy yo'nalishlari va chora-tadbirlari Soliq siyosati taktikasi? qisqa muddatli va kichik hajmdagi moliyaviy chora-tadbirlar Soliq solish printsiplari (majburiyligi. Soliq solishning aniqligi printsipi. Soliq solishning adolatliligi printsipi. Soliq tizimining yagonaligi printsipi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipi. Soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi.) majburiyligi. Soliq solishning aniqligi printsipi. Soliq solishning adolatliligi printsipi. Soliq tizimining yagonaligi printsipi. Soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipi. Soliq to'lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida soliq tizimiga tegishli moddalarni ko’rsating 63 , 144 moddalar Amaldagi Soliq Kodeksi necha moddadan iborat? 483 ta moddadan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi quyidagilarning qaysi birining huquqlarini, majburiyatlarini, vazifalarini belgilaydi? Soliq to’lovchilar Soliq imtiyozining turlarini ko’rsating? Soliqdan batamom ozod etish, soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish, soliq bazasini kamaytirish, soliq solish usulini tanlash huquqi Soliq majburiyati deganda nima tushunasiz? Soliq to'lovchining soliq qonunchiligiga muvofiq vujudga keladigan majburiyati. Soliq ma’murchiligi deganda nima tushunasiz? Soliq huquqi normalari asosida soliq siyosatini amalga oshirishga xizmat qiluvchi, soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi Soliq ma’murchiligi elementlari Soliq tizimi va soliq organlarining tuzilishi, soliq hisobotlarini tekshirish va tahlil qilish, soliq imtiyozlarini berish tartibi, soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik, soliq prognozlari va statistikasini yuritish, soliqni tartibga solish. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan soliq nazorati qanday shakllarda amalga oshiriladi? soliq tekshiruvlari va soliq monitoringi Soliq to‘lash uchun daromadning miqdori, manbai, mulk hajmi va boshqalar xususida yozilgan ariza nima deyiladi? deklaratsiya O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq vakolatli organlarga qaysi organlar kiradi? yig'imlarni undirish funktsiyasini bajaruvchi tashkilotlar Royalti bu nima? Har qanday nomoddiy aktivlardan foydalanish yoki foydalanish huquqi uchun to'lov Xodimlar tomonidan ish beruvchidan soliq davri mobaynida qiymati qancha bo‘lgan natura shaklida olingan sovg‘alari soliqqa tortilmaydi? 2.11 Xodimlar tomonidan ish beruvchidan soliq davri mobaynida qiymati qancha bo‘lgan moddiy yordam soliqqa tortilmaydi? 2.11 baravarigacha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi toʼgʼrisida»gi PF-5468-son farmoni qachon qabul qilingan? 29.06.2018 Nazorat-kassa texnikasining yoki hisob-kitob terminali qoʼllanilishi majburiy boʼlgani holda, qoʼllamasdan xizmatlar koʼrsatganlik, rad etganlik qancha miqdorda jarimaga tortiladi? ? besh million so'm jarima solinadi Soliq organlarida roʼyxatga olinmagan NKMni qoʼllagan yoki kvitantsiyalar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berganlik qancha miqdorda jarimaga tortiladi? yetti million so'm jarima solinadi Davlat byudjeti qaysi organ tomonidan qabul qilinadi? O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Qaysi soliq davlat byudjeti daromadlarida eng yuqori salmoqni tashkil etadi? Qo'shilgan qiymat solig'i Soliqqa tortishning kadastrli usulining o’ziga xos xususiyati nimada? Soliq to'lash vaqtining daromad olish vaqti bilan hech qanday aloqasi yo'q. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq yuki qaysi darajada aniqlanadi? Mikrodarajadagi soliq yuki Oʼzbekiston Respublikasi qaysi qonuniga yoki Prezidentining qaysi qaroriga asosan 2021, 2022, 2023 yil byudjet parametrlari tasdiqlandi? O`RQ-657-son 25.12.2020 Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini o’tkazib yuborilgan har bir kuni uchun qancha miqdorda penya hisoblanadi? 0.045 Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblashda nollik stavka qachon qo’llaniladi? Chet el valyutasida eksport uchun tovarlarni sotish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi PF-5468-sonli Farmonida nechta tizimli muammo ko’rsatib o’tilgan? 7 ta Resurs soliqlariga qaysi soliqlar kiradi? yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq. O’zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi O’RQ-741-sonli Qonuni qachon qabul qilingan? 2021 yil 29 dekabr Iqtisodiyotni rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlarga beriladigan imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar nima deyiladi? Soliq to'lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to'lovchilarga nisbatan soliq to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to'lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to'lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e'tirof etiladi Jismoniy shaxslarning ish haqidan hisoblangan daromad soligʼining summasini davlat byudjetiga oʼtkazib beruvchi shaxs bu? Soliq agenti 1990 yillarning boshida mamlakatimizda QQS necha foiz etib belgilangan edi? 0.3 2018 yilda jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq stavkalari necha foiz etib belgilangan edi? 1 barobari 0% 2-5 barobari 7.5% 6-9 barobari 16.5% 10 barobari 22.5 % Tovarlar narxiga kiritilgan va xaridor tomonidan toʼlanadigan soliqlar qanday nomlanadi? Soliq (yigʼim) toʼlamaganlik uchun jarimaning miqdori qancha? to'lanmagan soliq summasining qirq foizi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi Xizmatlar koʼrsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, oʼz faoliyatidan daromad oladigan, YaTT sifatida roʼyxatga olinmaydigan va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar nima deb ataladi? Oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar Oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar qanday tartibda roʼyxatdan oʼtishi mumkin? oʼzini oʼzi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq toʼlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʼyxatdan oʼtishi mumkin. Oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtishning afzalliklari nimada? Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati,Tasdiqlangan ish staji va pensiya,Rasmiy daromad,minimal soliq, o'ziga o'zi xo'jayin,Mijozlar bazasini kengaytirish,minimal xujjatlar 2020 yilda yagona ijtimoiy toʼlov oʼrniga joriy etilgan soliqni nomi? Ijtimoiy soliq 2020 yilda yagona soliq toʼlovi oʼrniga joriy etilgan soliq nomi? Aylanmadan olinadigan soliq 2020 yilda jismoniy shaxslarning deklaratsiya topshirish muddati qachon? 1-avgust 2022 yilda jismoniy shaxslarning deklaratsiya topshirish muddati qachon? 1-aprel Jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga berilgan mol-mulki uchun daromad soligʼi necha foiz? 12% Kimning taʼlim kontrakti uchun oʼtkazilgan ish haqlaridan daromad soligʼi ushlanmaydi? 1) fuqaro o'zining kontraktiga o'tkazsa; 2) ota-onalar 26 yoshga to'lmagan farzandining kontraktiga o'tkazsa; 3) 26 yoshga to'lmagan er yoki xotin turmush o'rtog'ining kontraktiga o'tkazsa. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs nima deb ataladi? Yakka tartibdagi tadbirkor Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʼi iqtisodiy mohiyatiga koʼra qanday soliq? To’g’ri soliq Tovarlarni eksport qilishda qoʼshilgan qiymat soligʼi qanday stavkada hisoblanadi? 0 daraja Ipoteka kreditlarini va ular boʼyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami qancha soʼmgacha boʼlgan miqdorda qoplashga yoʼnaltirilganda daromad soligʼidan imtiyoz qoʼllaniladi? 15 million so`mdan oshmagan taqdirda Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi stavkalari qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilanadi? O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti boʼlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi stavkasi necha foiz? 12% Rezident jismoniy shaxslarning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? 5% Norezident jismoniy shaxsning dividendlar va foizlar tarizidagi daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? 10% Norezident jismoniy shaxsning fraxtdan olinadigan daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? 6% 2022 yil 1 maydan Norezident jismoniy shaxsning mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʼyicha olingan daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinishi belgilanmoqda? 12 % Toʼlov manbaida hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi soliq agenti tomonidan qachon toʼlanadi? Pul mablag'larini olish uchun xizmat ko'rsatuvchi bankka xujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda; To'lov natura xolida amalga oshirilgan bo'lsa oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to'lovga qonun xujjatlarida ruxsat berilgan bo'lsa Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi qachon toʼlanadi? 1-fevraldan Daromadlar boʼyicha soliq solishdan ozod etilgan shaxslar soliq imtiyoziga boʼlgan huquq yoʼqotilgan taqdirda soliq agentiga qancha muddatda maʼlum qilishi kerak. soliq to'lovchi imtiyozga bo'lgan huquqni yo'qotgan paytidan e'tiboran o'n besh kun ichida Jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya qachongacha taqdim etiladi? 1-apreldan kechiktirmay Rezidentga aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʼgʼrisida deklaratsiyani qachongacha taqdim etadi? 1-apreldan kechiktirmay Deklaratsiyada aniqlangan xatolar toʼgʼrisida xabarnomani olgan soliq toʼlovchi necha kun ichida deklaratsiyaga zarur boʼlgan oʼzgartirishlarni kiritishi shart? 5 kun ichida Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti boʼlgan jismoniy shaxslar deklaratsiya asosida hisoblab chiqarilgan soliqni qaysi sanasidan kechiktirmay toʼlashlari kerak? 1-iyun Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qaysi muddatda taqdim etadi? ijaradan daromad olingan kundan boshlab birinchi oy tugaganidan keyin kunlar Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʼlovining eng kam stavkalari qaysi qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilanadi? O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi qonuni bilan Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida qachon toʼlaydi? har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kuniga qadar Mol-mulk ijarasi boʼyicha yil mobaynida toʼlangan va yilik hisoblangan soliq summalari oʼrtasidagi farq qachongacha soliq toʼlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim? kelgusi yilning 1-iyunidan Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani qachongacha topshiradi? 1-apreldan kechiktirmay Ijaraga beruvchi jismoniy shaxs koʼchmas mulk ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran necha kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qoʼyishi shart? 10 kun Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi necha yildan ortiq boʼlmagan muddatga tuziladi? 5 yildan ortiq bo’lmagan muddatga Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar deklaratsiya asosida necha foizlik daromad soligʼini toʼlaydi? 12% Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼini toʼlashning necha xil tartibi mavjud? 4 yoki 3 yil Faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlik subʼektlari daromad soligʼini toʼlash tartibini tanlash toʼgʼrisidagi bildirish xatini belgilangan muddatda taqdim etmasa qanday tartibda soliq toʼlaydi? Jarima asosida to`laydi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼining qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari qaysi meʼyoriy xujjat bilan tasdiqlanadi? O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi qonuni bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromad soligʼini qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʼlash muddati qachon? har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan oyning 15-kunidan kechiktirmay Yangi roʼyxatdan oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʼini qaysi oydan boshlab toʼlaydi? tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab Daromad soligʼini deklaratsiya asosida toʼlaydigan faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qachongacha topshirishi lozim? Daromad soligʼini deklaratsiya asosida toʼlashni tanlagan yangi roʼyxatdan oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qachongacha topshirishi lozim? tadbirkorlik subyekti davlat ro'yxatidan o'tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad soligʼini toʼlash muddatlari qachon? har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kuniga qadar Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani qachongacha taqdim etadi? hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida toʼlanadigan daromad soligʼi stavkasi qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilangan? O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar deklaratsiya asosida daromad soligʼini necha foizlik stavkada toʼlaydi? bazaviy hisoblash miqdorining 50% to'laydi Tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million soʼmdan oshgan yakka tadbirkorlar qachongacha soliq toʼlash tartibini tanlash boʼyicha bildirishnomani yuborishi lozim? yil yakunlariga koʻra - hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay Daromadlari yuz million soʼmdan oshgan yakka tadbirkorlar soliq toʼlash tartibini tanlash boʼyicha bildirishnomani taqdim etmasa qanday soliq toʼlaydi? Bildirishnoma ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatilgan muddatlarda taqdim etilmaganda yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq to'laydi. Download 75.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling