Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan yakuniy nazorat uchun savollar
Download 30.64 Kb.
|
ССТ фанидан ЯН тест саволлари
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” fanidan YAKUNIY NAZORAT UCHUN SAVOLLAR Soliq kodeksiga muvofiq, “Soliqlar” tushunchasiga toʻliq berilgan ta’rif. Soliq kodeksida belgilangan soliq solish prinsiplari. Soliq elementlari. Soliq turlarini joriy etish huquqiga ega vakolatli organ. “Fiskal” soʻzining ma’nosi. A.Smit tomonidan keltirilgan soliq tamoyillari. Soliqlarning funksiyalari. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati. Soliqlarning tartibga solish funktsiyasi. Soliqlarni undiruvchi vakolatli organlar. Soliqqa tortish usullari. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ayrim soliq turlari boʻyicha soliq stavkasini kamaytirish muddati. Soliqlarning xos belgilari. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritilish muddati, bo’lim, moddalar soni. Mahalliy soliqlar. Soliq to’lovchi bu kim? Soliq imtiyozi bu nima? Soliq sub’ekti bu nima? Soliq agenti bu nima? Soliq ob’ekti bu nima? Soliq manbai bu nima? Soliq bazasi bu nima? Soliq qarzi bu nima? Soliqqa tortish birligi bu nima? Soliq stavkasi bu nima? Soliqqa tortish usullari necha xil ko’rinishda amalga oshiriladi? Soliq stavkalarini qanday turlarga ajratish mumkin? Bilvosita soliqlar guruhiga qaysi soliqlar kiradi? Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qaysi guruhga kiradi? Foyda soligʻi qaysi soliqlar tarkibiga kiradi? Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar qanday soliqlarga bo’linadi? To’g’ri soliqlar Egri soliqlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentini 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmonning asosiy mazmun va mohiyati. Soliq kontseptsiyasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini (STIR) berish va qo’llash tizimi qachon joriy etildi? Jismoniy shaxslar qanday holatda foyda soligʻini toʻlashi mumkin? Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining nechanchi moddasida soliqlar tarkibi keltirilgan? Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan miqdorlariga nisbatan qoʻllaniladigan 0,7 dan 1,3 gacha pasayib boruvchi yoki oʻsib boruvchi koeffitsientlarni kiritishga qaysi vakolatli shaxslar haqli? Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qachon tashkil etilgan? Oʻzbekistonda birinchi Soliq kodeksi qachondan amaliyotga joriy etilgan? Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimida 2035 yilgacha kutilayotgan natijalar. Soliq siyosatining tartibga solish vositalari. Foyda soligʻi toʻlovchilari. Foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma qachondan bekor qilindi? Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat subyektlarining milliy reestriga kiritilgan soliq toʻlovchilarga foyda soligʻi stavkasi necha foiz? Foyda soligʻining bazaviy stavkasi necha foiz? 2022, 2023 yilda tovarlarni eksport (ishlarni)ga realizatsiya qilishdan olingan foydadan foyda soligʻi stavkasi necha foiz? 2022, 2023 yilda bozor va savdo koplekslarda xizmat koʻrsatishdan olingan foydadan olinadigan foyda soligʻining stavkasi necha foiz? Tijorat banklari uchun foyda soligʻining stavkasi necha foiz? Dividendlar va foizlar kurinishidagi daromadlar boʻyicha foyda soligʻining asosiy stavkasi necha foiz? Foydaga soliq solish obyekti nima? Aktsiz solig’i O’zbekiston Respublikasida qachon joriy etilgan? “Aksiz” soʻzi qanday ma’noni anglatadi? Aktsiz solig’i stavkalari va aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati kim tomonidan belgilanadi? Aktsiz solig’iga tortilmaydigan tovarlar Aktsiz solig’i stavkalari va aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati kim tomonidan belgilanadi? Aktsiz solig’i stavkalari qanday belgilanadi? Aktsiz solig’ining to’lovchilari bo’lib kimlar hisoblanadi? Aksiz soligʻining qanday stavkalari mavjud? Aksiz soligʻi obyekti bo’lib nimalar hisoblanadi? Aksiz soligʻi obyekti bo’lib hisoblanmaydiganlarga qaysilar kiradi? Aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga qaysi soliq turi tatbiq etilmaydi? Tabiiy gazga nisbatan belgilangan aksiz soligʻi stavkasi? Aksiz soligʻiga polietilen granulalari uchun stavka qancha qilib belgilangan? Aksiz soligʻi solish maqsadida mobil aloqa xizmatlari uchun stavka necha foiz qilib belgilangan? Aksiz soligʻi solish maqsadida zargarlik buyumlari uchun stavka necha foiz qilib belgilangan? Qaysi tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmaydi? Aksiz soligʻi stavkalari qaysi me’yoriy hujjat bilan belgilanadi?. 2020-2023 yillarda foyda solig’i bazaviy stavkasi necha foiz etib belgilandi? 2022, 2023 yil uchun qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar va baliq xujaliklari uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 2022, 2023 yil uchun tijorat banklari uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 2022, 2023 yil uchun asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslar uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 2021-2023 yil uchun tsement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? Foyda solig'ining soliq solish ob’ekti nima? Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar) foyda solig’i ob’ekti hisoblanadimi? 2022 yil uchun qo’shilgan qiymat soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 2023 yil uchun qo’shilgan qiymat soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? Jami daromadi bir milliard so’mdan oshmagan tadbirkorlar QQS va Foyda solig’ini to’lash o’rniga qaysi soliqni to’lovchisi bo’ladi? O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasi necha foiz? O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi PF-5837-son “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan 2019 yilning 1 oktyabridan qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi necha foiz etib belgilandi? Qo‘shilgan qiymat solig‘I (QQS) ob’ektiga nimalar kiradi? Soliq to’lovchilarning joylashishi mezoniga ko’ra qaysi soliq turlari stavkalari tabaqalashtirilgan? Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi nimadan iborat? Soliqlar to`lovchilar subyektiga ko’ra qanday guruhlanadi? Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilari bolib kimlar hisoblanadi? Aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydigan soliq toʻlovchilar toʻgʻri keltirilgan javobni tanlang? Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 25 gektar va undan ortiq sugʻoriladigan ekin maydoni mavjud boʻlsa qaysi soliq turi tatbiq etilmaydi? Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? Lombard xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash muddatlari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang? Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang? Borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? Elektron tijorat subyektlarining Milliy reyestriga kiritilgan soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? Soliq kodeksiga asosan mol-mulk soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik shaxslar toifasini aniqlang? 2022, 2023 yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi necha foiz? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi? Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi? Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi necha foiz belgilangan? Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlarining yuridik shaxslarning mol-mulk soliq stavkasini aniqlang? Soliq kodeksiga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0.1 MVt va undan koʻp boʻlgan taqdirda bunday manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilariga yuridik shaxslarning mol mulk soligʻidan imtiyoz necha yil qilib belgilangan? Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon? 2022, 2023 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha? 2022, 2023 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 500 kv.m dan ortiq boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha? Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha organlar belgilangan kadastr qiymati boʻlmasi shartli kiymati qancha miqdorda olinadi? Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda mol-mulk soligʻi stavkasi qanday hisoblanadi? Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining necha barobari miqdoridan kelib chiqib soliq hisoblanadi? Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qachondan boshlab toʻlanadi? Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon necha kvadrat metr qilib belgilandi? Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda kadastr hujjatlarida belgilangan kadastr qiyimatiga nisbatan belgilanadigan eng kam me’yor qancha miqdorni tashkil qiladi? Soliq kodeksining 421-moddasida belgilangan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qoʻllaniladimi? Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxoʻrlar tomonidan qachondan boshlab toʻlanadi? Soliq toʻlovchi mol-mulk soligʻidan imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgani holda Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatida turar joy obyekti boʻlganda soliq imtiyozi qaysi biriga tadbiq etiladi? Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, kimlar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligi toʻlovchisi hisoblanadi? Qanday obyekt yuridik shaxslarning yer soliq solish obyekti hisoblanadi? Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkalari qachondan soliq bazasi sifatida qaraladi? Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi? Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi? Tasdiqlangan loyihaga muvofiq melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan sugʻoriladigan yerlar − ishlar boshlanganidan e’tiboran necha yil muddatga imtiyoz ega? Qayta tiklanadigan manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0.1 MVt va koʻproq) uskunalari bilan band yer uchastkalari boʻyicha ular foydalanishga kiritilgan vaqtdan necha muddatga soliqdan ozod etiladi? Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi? Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi? Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar uchun yer soligʻini hisoblashda nechta hudud mavjud? Jismoniy shaxsga yer ajratilgan holda u ushbu yerdan foydalanmasa yer soligʻi toʻlaydimi? Qanday fuqarolarga yer soligʻidan imtiyoz beriladi? Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan noturar joy obyektlari uchun yer soligʻidan imtiyoz mavjudmi? Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: yuridik shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi? Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: jismoniy shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi? Noturar joy obyekti koʻp qavatli binoda joylashgan boʻlsa mazkur noturar obyektidan yer soligʻi qanday hisoblanadi Jismoniy shaxslarning yer soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon? Soliq organlari har yili qaysi muddatda soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini jismoniy shaxslarga topshiradi? Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti deb nimaga aytiladi? Quyidagilardan qaysilari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi? Suv resurslarining soliq bazasi deb nimaga aytiladi? Suv resurslarining soliq bazasi qanday tartibda aniqlanadi? Soliq organlariga vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv xajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma kim tomonidan va qachon taqdim etiladi? Soliq organlari suv hajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olgandan keyin qancha muddat ichida soliq toʻlovchilariga yetkazib beradi? Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi qanday tartibda aniqlanadi? Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkasi miqdori qaysi Qonun hujjatiga asosan belgilanadi? Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti qaysi muddatlarda taqdim etadi? Dehqon xoʻjaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini toʻlash qaysi muddatlarda amalga oshiriladi? Suv resurslaridan hujjatlarsiz foydalanilganda qanday ta’sir choralar koʻriladi? 2022, 2023 yilda Avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan? 2022, 2023 yilda Sanoat korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan? Soliq davrida Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining (bhm) ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) boʻnak toʻlovlari – qaysi muddatda va qanday ulushda toʻlanadi? Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlarni toʻlaydilar:...? Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish obyekti bu...? Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi qaysi hujjatga asosan belgilanadi? Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish bazasi qanday aniqlanadi? Yuridik shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday? Jismoniy shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday? Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq davrini aniqlang? Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating? Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating? Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating? Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating? 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi? 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi? Ijtimoiy soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan javobni belgilang Qaysi javobda ijtimoiy soliqning soliq solish obyekti koʻrsatilgan? Ijtimoiy soligʻini toʻlovchilar kimlar? Ijtimoiy soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun pasaytirilgan soliq stavkalari kaysi meyoriy xujjatga asosan belgilanishi mumkin? Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasini necha foiz? Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? Byudjet tashkilotlariga ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? Yakka tartibdagi tadbirkorlar ijtimoiy soliqni qancha miqdorda toʻlaydilar? Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy soliq qaysi muddatda toʻlanadi? Dehqon xoʻjaliklarining a’zolari tomonidan ijtimoiy soliq qaysi muddatda toʻlanadi? “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrida yiliga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. “Hunarmand” uyushmasining hunarmandchilik faoliyati subyektlari boʻlgan, qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida oyiga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan oyiga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. “SOS – Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? Byudjet tashkilotlari ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqsimlanadi? Byudjet tashkilotlari boʻyicha ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga taqsimlanadi? Byudjet tashkilotlari ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga taqsimlanadi? Jismoniy shaxslar daromad solig’i stavkasi qaysi stavka turiga mos keladi? O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g`risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi yoki uni to’lashni ixtiyoriy tanlagan YaTTlar uchun QQS stavkasi qancha? Korxonalarning soliq majburiyatiga nimalar kiradi? Soliq nazoratiga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang? Soliq nazorati qaysi shakllarda amalga oshiriladi? Soliq tekshiruvlari nechta turdan iborat? QQS va foyda solig’ini ixtiyoriy to’layotgan YaTT joriy soliq davri yakunlari bo’yicha daromadlari 1 mlrd. so’mdan oshmasa, qachondan aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga qayta o’tishga haqli? Soliq davri davomida tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 1 mlrd. so’mdan oshgan YaTT qachondan QQS va foyda solig’ini to’lashga o’tadi? Foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan foyda solig’ini to’lashga ixtiyoriy o’tgan YaTTlar qachondan ushbu tartibni qo’llay oladi? YaTTlar foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy voz kechgan holda umumiy tartibiga qachondan boshlab o’tadi? YaTTlar tomonidan foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga o’tish to’g’risidagi bildirishnoma soliq organiga qachongacha taqdim etiladi? 2020 yilda soliqni hisoblash va to’lashning soddalashtirilgan tartibi bo’yicha nima o’zgartirishlar kiritildi? 2020 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik a’zolari uchun daromad solig’i qaysi tartibda to’lanadi? Fiskal siyosatning ajralmas va asosiy bo’lagi bo’lib qaysi siyosat hisoblanadi? Soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda nima ishlab chiqilishi lozim? Soliq siyosati strategiyasi? Soliq siyosati taktikasi? Soliq solish printsiplari (majburiyligi. Soliq solishning aniqligi printsipi. Soliq solishning adolatliligi printsipi. Soliq tizimining yagonaligi printsipi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipi. Soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi.) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida soliq tizimiga tegishli moddalarni ko’rsating Amaldagi Soliq Kodeksi necha moddadan iborat? O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi quyidagilarning qaysi birining huquqlarini, majburiyatlarini, vazifalarini belgilaydi? Soliq imtiyozining turlarini ko’rsating? Soliq majburiyati deganda nima tushunasiz? Soliq ma’murchiligi deganda nima tushunasiz? Soliq ma’murchiligi elementlari Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan soliq nazorati qanday shakllarda amalga oshiriladi? Soliq to‘lash uchun daromadning miqdori, manbai, mulk hajmi va boshqalar xususida yozilgan ariza nima deyiladi? O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq vakolatli organlarga qaysi organlar kiradi? Royalti bu nima? Xodimlar tomonidan ish beruvchidan soliq davri mobaynida qiymati qancha bo‘lgan natura shaklida olingan sovg‘alari soliqqa tortilmaydi? Xodimlar tomonidan ish beruvchidan soliq davri mobaynida qiymati qancha bo‘lgan moddiy yordam soliqqa tortilmaydi? Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi toʼgʼrisida»gi PF-5468-son farmoni qachon qabul qilingan? Nazorat-kassa texnikasining yoki hisob-kitob terminali qoʼllanilishi majburiy boʼlgani holda, qoʼllamasdan xizmatlar koʼrsatganlik, rad etganlik qancha miqdorda jarimaga tortiladi? Soliq organlarida roʼyxatga olinmagan NKMni qoʼllagan yoki kvitantsiyalar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berganlik qancha miqdorda jarimaga tortiladi? Davlat byudjeti qaysi organ tomonidan qabul qilinadi? Qaysi soliq davlat byudjeti daromadlarida eng yuqori salmoqni tashkil etadi? Soliqqa tortishning kadastrli usulining o’ziga xos xususiyati nimada? Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq yuki qaysi darajada aniqlanadi? Oʼzbekiston Respublikasi qaysi qonuniga yoki Prezidentining qaysi qaroriga asosan 2021, 2022, 2023 yil byudjet parametrlari tasdiqlandi? Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini o’tkazib yuborilgan har bir kuni uchun qancha miqdorda penya hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblashda nollik stavka qachon qo’llaniladi? O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi PF-5468-sonli Farmonida nechta tizimli muammo ko’rsatib o’tilgan? Resurs soliqlariga qaysi soliqlar kiradi? O’zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi O’RQ-741-sonli Qonuni qachon qabul qilingan? Iqtisodiyotni rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlarga beriladigan imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar nima deyiladi? Jismoniy shaxslarning ish haqidan hisoblangan daromad soligʼining summasini davlat byudjetiga oʼtkazib beruvchi shaxs bu? 1990 yillarning boshida mamlakatimizda QQS necha foiz etib belgilangan edi? 2018 yilda jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq stavkalari necha foiz etib belgilangan edi? Tovarlar narxiga kiritilgan va xaridor tomonidan toʼlanadigan soliqlar qanday nomlanadi? Soliq (yigʼim) toʼlamaganlik uchun jarimaning miqdori qancha? Xizmatlar koʼrsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, oʼz faoliyatidan daromad oladigan, YaTT sifatida roʼyxatga olinmaydigan va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar nima deb ataladi? Oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar qanday tartibda roʼyxatdan oʼtishi mumkin? Oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtishning afzalliklari nimada? 2020 yilda yagona ijtimoiy toʼlov oʼrniga joriy etilgan soliqni nomi? 2020 yilda yagona soliq toʼlovi oʼrniga joriy etilgan soliq nomi? 2020 yilda jismoniy shaxslarning deklaratsiya topshirish muddati qachon? 2022 yilda jismoniy shaxslarning deklaratsiya topshirish muddati qachon? Jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga berilgan mol-mulki uchun daromad soligʼi necha foiz? Kimning taʼlim kontrakti uchun oʼtkazilgan ish haqlaridan daromad soligʼi ushlanmaydi? Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs nima deb ataladi? Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʼi iqtisodiy mohiyatiga koʼra qanday soliq? Tovarlarni eksport qilishda qoʼshilgan qiymat soligʼi qanday stavkada hisoblanadi? Ipoteka kreditlarini va ular boʼyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami qancha soʼmgacha boʼlgan miqdorda qoplashga yoʼnaltirilganda daromad soligʼidan imtiyoz qoʼllaniladi? Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi stavkalari qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilanadi? Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti boʼlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi stavkasi necha foiz? Rezident jismoniy shaxslarning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? Norezident jismoniy shaxsning dividendlar va foizlar tarizidagi daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? Norezident jismoniy shaxsning fraxtdan olinadigan daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? 2022 yil 1 maydan Norezident jismoniy shaxsning mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʼyicha olingan daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinishi belgilanmoqda? Toʼlov manbaida hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi soliq agenti tomonidan qachon toʼlanadi? Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi qachon toʼlanadi? Daromadlar boʼyicha soliq solishdan ozod etilgan shaxslar soliq imtiyoziga boʼlgan huquq yoʼqotilgan taqdirda soliq agentiga qancha muddatda maʼlum qilishi kerak. Jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya qachongacha taqdim etiladi? Rezidentga aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʼgʼrisida deklaratsiyani qachongacha taqdim etadi? Deklaratsiyada aniqlangan xatolar toʼgʼrisida xabarnomani olgan soliq toʼlovchi necha kun ichida deklaratsiyaga zarur boʼlgan oʼzgartirishlarni kiritishi shart? Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti boʼlgan jismoniy shaxslar deklaratsiya asosida hisoblab chiqarilgan soliqni qaysi sanasidan kechiktirmay toʼlashlari kerak? Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qaysi muddatda taqdim etadi? Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʼlovining eng kam stavkalari qaysi qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilanadi? Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida qachon toʼlaydi? Mol-mulk ijarasi boʼyicha yil mobaynida toʼlangan va yilik hisoblangan soliq summalari oʼrtasidagi farq qachongacha soliq toʼlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim? Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani qachongacha topshiradi? Ijaraga beruvchi jismoniy shaxs koʼchmas mulk ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran necha kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qoʼyishi shart? Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi necha yildan ortiq boʼlmagan muddatga tuziladi? Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar deklaratsiya asosida necha foizlik daromad soligʼini toʼlaydi? Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼini toʼlashning necha xil tartibi mavjud? Faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlik subʼektlari daromad soligʼini toʼlash tartibini tanlash toʼgʼrisidagi bildirish xatini belgilangan muddatda taqdim etmasa qanday tartibda soliq toʼlaydi? Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼining qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari qaysi meʼyoriy xujjat bilan tasdiqlanadi? Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromad soligʼini qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʼlash muddati qachon? Yangi roʼyxatdan oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʼini qaysi oydan boshlab toʼlaydi? Daromad soligʼini deklaratsiya asosida toʼlaydigan faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qachongacha topshirishi lozim? Daromad soligʼini deklaratsiya asosida toʼlashni tanlagan yangi roʼyxatdan oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qachongacha topshirishi lozim? Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad soligʼini toʼlash muddatlari qachon? Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani qachongacha taqdim etadi? Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida toʼlanadigan daromad soligʼi stavkasi qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilangan? Yakka tartibdagi tadbirkorlar deklaratsiya asosida daromad soligʼini necha foizlik stavkada toʼlaydi? Tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million soʼmdan oshgan yakka tadbirkorlar qachongacha soliq toʼlash tartibini tanlash boʼyicha bildirishnomani yuborishi lozim? Daromadlari yuz million soʼmdan oshgan yakka tadbirkorlar soliq toʼlash tartibini tanlash boʼyicha bildirishnomani taqdim etmasa qanday soliq toʼlaydi? Download 30.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling