"soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi


Download 99.1 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi99.1 Kb.
#1626516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aisheva I mamuriyatchiligi

Soliq undirish usullari
Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:
1) kadastrli;
2) daromad manbaidan;
3) daromad egasi daromadni olganidan so'ng (deklaratsiya buyicha).
1-usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob'ektlar (yer, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o'rtacha daromadliligi to'grisidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi.
Oliy belgilariga ko'ra tasniflanadigan ob'ektning tavsifnomasi kadastrning tuzilishiga asos bo'ladi. Masalan, yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko'ra guruhlanadi. Xar bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o'rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi.
Soliqni to'lashning kadastrli usulining o’ziga xos xususiyati sifatida shuni ajratib ko'rsatish kerakki, soliqning to'lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog’lik bo'lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo’rg’onlarida yer solig’i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo'yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. Ob'ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o'rtacha daromadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko'p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo'lishi mumkinki, undan soliq apparati uncha rivojlanmagan holatda qo'llaniladi.
O'zbekiston Respublikasida yer solig’i kadastrli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi yer solig’Istavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili yangidan tasdiqlanadi.
2- usul soliqni soliq sub'ektiga daromadni to'laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig’i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to'lashdan bo'yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob qilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko'pincha fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi.
Soliqning daromad manbaida to'lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo’yicha to'lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to'lovni amalga oshiradigan fiskal agentlar to'lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar) da hisoblaydilar va ushlab qoladilar.
3- usul soliq to'lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya'ni ularning olgan daromadlari va o'zlariga tegishli bo'lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to'lanishi lozim bo'lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, dehqon (fermer) xo'jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek intellektual faoliyat bilan shug’ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san'at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortildi.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi hududidа quyidаgi sоliqlаr bеlgilаnаdi:
1) qo’shilgаn qiymаt sоlig’i;
2) аksiz sоlig’i;
3) fоydа sоlig’i;
4) jismоniy shахslаrdаn оlinаdigаn dаrоmаd sоlig’i;
5) yеr qа’ridаn fоydаlаngаnlik uchun sоliq;
6) suv rеsurslаridаn fоydаlаngаnlik uchun sоliq;
7) mоl-mulk sоlig’i;
8) yеr sоlig’i;
9) ijtimоiy sоliq.
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019 yil 27 iyundаgi ―Sоliq vа bоjхоnа imtiyozlаri bеrilishini yanаdа tаrtibgа sоlish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidаgi PF-5755-sоnli Fаrmоnigа muvоfiq 2019-yil 1-аvgustdаn bоshlаb yagоnа yеr sоlig’i to’lоvchisi hisоblаngаn qishlоq хo’jаligi tоvаrlаri ishlаb chiqаruvchilаri iхtiyoriy rаvishdа qo’shilgаn qiymаt sоlig’ini to’lаshgа o’tish imkоniyatigа egа bo’ldi, 2019-yil 1-sеntyabrdаn bоshlаb esа 2019-yil yanvаr оyidаn sеntyabr оyigаchа 1 milliаrd so’mdаn оrtiq pul аylаnmаsi (tushumi)gа egа bo’lgаn yoki 50 gеktаrdаn оrtiq qishlоq хo’jаligigа mo’ljаllаngаn yеr mаydоnlаrigа egа bo’lgаn yagоnа yеr sоlig’i to’lоvchilаri qo’shilgаn qiymаt sоlig’i to’lоvchilаri hisоblаnishi bеlgilаndi. Bu esа, o’z nаvbаtdа qishlоq хo’jаligi sоhаsidа fаоliyat yuritаyotgаn qishlоq хo’jаlik tоvаr ishlаb chiqаruvchi kоrхоnаlаr vа fеrmеr хo’jаliklаri tоmоnidаn qo’shilgаn qiymаt sоlig’ining mаzmun–mоhiyati vа uning mа’muriyatchiligini аmаlgа оshirish tаrtibi to’g’risidа bаtаfsil mа’lumоtgа egа bo’lish ehtiyojini yarаtаdi. Qo’shilgаn qiymаt sоlig’i – bu uch so’zdаn ibоrаt, kоrхоnаlаr uchun ko’prоq fоydа оlish vа iqtisоdiyotni kеngаytirish uchun imkоniyatdir. Bu uch so’zni siri nimаdа? Qo’shilgаn qiymаt sоlig’i bu bilvоsitа sоliq hisоblаnib, uning hаqiqiy yuki mаhsulоtni ishlаb chiqаruvchigа emаs, bаlki shu mаhsulоtning охirgi istе’mоlchisigа to’g’ri kеlаdi, chunki bu sоliq mаhsulоt qiymаtigа kiritilib, хаridоr tоmоnidаn to’lаb bеrilаdi. Hisоbgа оlish mехаnizmi оrqаli QQSni to’lаshdа sоliq to’lоvchi uchun аfzаllik yarаtilаdi. Lеkin bu mехаnizmni fаqаt QQS to’lоvchisi qo’llаshi mumkin. QQSni to’lаshgа o’tishni tаnlаgаn sоliq to’lоvchi аslidа o’z biznеsini rivоjlаntirish uchun kеng imkоniyatgа egа bo’lаdi.
Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri soliqlarga boʻlinadi. Toʻgʻri soliq mol-mulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa Egri soliqlar (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan soliqlar. Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, soliqlar tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) soliqlar va yigʻimlardan tashkil topadi.
Davlat tomonidan undirilgan soliqlar byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, huquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orqali bilvosita yoʻllar bilan qaytadi.
Oʻzbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar "Soliq toʻlovchining jurnali"da (1995 y. dan oʻzbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida Soliq tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-y. 24-apr.da qabul qilingan va 1998-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat soliqlari: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar — mol-mulk solig’i; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdo-sotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va boshqa Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- Davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- Ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- Iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Toʻlovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq toʻlovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
Adolatlilik tamoyili — daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi boʻyicha teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur.
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining oʻsishi oʻz navbatida soliqlarning oʻsishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya boʻlgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining oʻsib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
- Aholi sonining oʻsishi.
- Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
- Atrof-muhitning ifloslanishi.
- Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
- Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini taʼminlash harajatlari hajmining oʻsishi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bogʻliq boʻlmagan holda soliq undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllari uchun soliq meʼyorlarining ragʻbatlantiruvchi rolini taʼminlash;
- soliq toʻlovi boʻyicha barcha subʼektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida oʻrnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
— obʼektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
— soliq toʻlashdan alohida shaxs yoki maʼlum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish;
— soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
— soliq olinadigan summadan chegirish;
— soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum miqdorga kamaytirish)
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:

  • Oborotdan olinadigan soliqlar

  • Daromaddan olinadigan soliqlar

  • Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar

  • Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar .

Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlar ga infrastrukturani rivojlantirish solig’i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig’i, ekologiya, avtomobil mashinalarini qayta sotish solig’i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaaxslarning yer soliqlari kiradi. harajatlardan olinadigan soliqlarga esa ekologiya solig’i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovshilarning o’zi tulaydi, ya’ni soliqni huquqiy to’lovchisi ham, xaqiqiiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. To’g’ri soliq yukini boshqalarga ortish holati bu yerda bo’lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to’lanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi.
Jaxon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy qiyinchiliklarni borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan. AQSH da to’g’ri soliqlar salmog’ining byudjet daromadida 90 foizga yaqin bo’lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig’i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, to’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinshisini stavkasini oshirishni talab etadi.

Download 99.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling