Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

3.  Soliqlarni  prognoz  qilishda  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasi,  solishtirma 
dalolatnoma,  soliq  qarzi,  ortiqcha  to’langan  summa,  oldindan  to’langan  summa,  penya,  umidsiz 
qarz kabi  tushunchalardan foydalaniladi. 
Soliq  to’lovchining  majburiyatiga  muvofiq  davlat  byudjetiga  va  davlat  maqsadli 
jamg’armalariga  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  har  bir  turi  bo’yicha  hisoblangan, 
(qo’shimcha  yoki  kamaytirishga  hisoblangan),  to’langan  (undirilgan),  qaytarilgan  (amaldagi 
qonuchilikda  belgilangan  tartibda  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  bir  turidan  boshqa 
turiga  o’tkazilgan),  to’lov  muddati  kechiktirilgan  (bo’lib-bo’lib  to’lash  imkoni  berilgan)  va 
hisobdan  chiqarilgan,  soliq  tekshiruvlari  natijasida  qo’shimcha  yoki  kamaytirishga  hisoblangan 
summalar,  shuningdek  penya  va  jarimalarning  hisoblangan  hamda  to’langan  (kechilgan) 
summalarining  hisobi  yuritiladigan  Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  belgilangan  elektron 
shakldagi  hujjat  –  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  varaqasi  deb  yuritiladi.  Solishtirma 
dalolatnomada  soliq  organi  va  soliq  to’lovchining  ma’lumotlari  yoki  hisobotlari  bo’yicha 
muayyan sanaga hisoblab chiqariladigan: hisoblangan (hisoblab yozilgan, qo’shimcha hisoblangan, 
kamaytirilgan, tekshirishlar natijalari bo’yicha aniqlangan summalar) va kelib tushgan(qaytarilgan, 
hisobga olingan, to’lov muddatlari uzaytirilgan, hisobdan chiqarilgan) soliqlar, majburiy ajratmalar, 
badallar va boshqa to’lovlar bo’yicha summalarni aks ettiradigan, shu jumladan hisoblangan penya 
va qo’llanilgan moliyaviy jarima summalari ko’rsatiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning 
tegishli  bitta  turi  bo’yicha  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  to’langan  va 
to’lash uchun hisoblangan summasi o’rtasidagi ijobiy farq ortiqcha to’langan summadir.  Soliqlar 
va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  tegishli  bitta  turi  bo’yicha  byudjet  va  byudjetdan  tashqari 
maqsadli  jamg’armalarga  hisoblanadigan  summaning,  qonunda  belgilangan  to’lov  muddati 
kelmasdan to’langan summa oldindan to’langan summa hisoblanadi.  
Penya  –  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  belgilangan  to’lov  muddatidan  keyingi 
kundan  e’tiboran  muddati  o’tkazib  yuborilgan  har  bir  kun  uchun,  to’lov  kuni  ham  shunga  kiradi, 
0,05  foiz  miqdorida  hisoblanadigan  moliyaviy  sanksiyadir.  Soliq  qarzini  to’lashni  kechiktirish 
yoki  bo’lib-bo’lib  to’lash  –  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  yoki  u  vakolat  bergan  organ  tomonidan  bir  oydan  yigirma  to’rt  oygacha 
muddatga vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo’lgan korxonalarga davlat tomonidan yordam 
ko’rsatish maqsadida to’lash muddatini, soliq to’lovchi qarz summasini bir yo’la yoki bosqichma-
bosqich to’lagan holda, keyinroq muddatga ko’chirishdir.  
Sud  qaroriga  binoan  majburiyatlarning  tugatilishi,  qarzdorning  bankrotligi,  tugatilishi  yoki 
vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o’tishi oqibatida uzish mumkin bo’lmagan qarz – 
umidsiz qarz  deb e’tirof etiladi.  
Soliq to’lovchining shaxsiy hisob karotochkasidagi byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli 
jamg’armalarga  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bir  turidan  ortiqcha  to’lov  summasini  ushbu 
soliq  turi  bo’yicha  tushayotgan  mablag’  hisobidan  boshqa  to’lovlar  turidagi  mavjud  soliq  qarzini 
kamaytirishga belgilangan tartibda  yo’naltirish –  ortiqcha to’lov summasi hisobidan soliq qarzi 
summasini qoplashdir. 
Qo’shilgan  qiymat  solig’i  bo’yicha  manfiy  farq  –  soliq  to’lovchining  ma’lumotlariga 
asosan qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha shaxsiy  hisob kartochkasida byudjet qarzdorligi sifatida 
hisobga  olingan  Soliq  kodeksiga  muvofiq  hisobga  kiritiladigan  qo’shilgan  qiymat  solig’i 
summasining  (nol  stavkasi  bo’yicha)  soliq  solinadigan  aylanmalarga  doir  hisoblab  yozilgan 
qo’shilgan qiymat solig’idan oshib ketgan qismi hisoblanadi.  
 

 
15 
Nazorat savollari 
1.
 
Soliq hisob-kitoblari yuritilishining o’ziga xos xususiyatlari va ularning mohiyati  
2.
 
Soliqlarni hisoblashda qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
3.
 
Soliqqa tortiladigan baza haqida tushuncha bering  
4.
 
Soliq stavkalarining turlarini ayting 
5.
 
Soliqlarni hisoblashda soliq organlarida qo’llaniladigan tushunchalarni izohlab bering 

 
16 
3-mavzu. Тadbirkorlik  sub’ektlarining davlat ro’yxatidan o’tish tartibi. Soliq to’lovchi 
sifatida ro’yxatga olish va ular bo’yicha yagona reestr yuritish tartibi  
 
Reja 
 
1.Тadbirkorlik  sub’ektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazishning  zaruriyati  va  mohiyati. 
Ro’yxatdan o’tkazish tartibi. 
2.  Soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqami  (SТIR)    tushunchasi  va  undan  foydalanishning 
mohiyati.  
3. Soliq to’lovchi huquqiy va jismoniy shaxslarni ro’yxatga olishda foydalaniladigan shakllar. 
 
Tayanch iboralar: 
Ariza,  ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyasi,  adliya  boshqarmasi,  nizom,  statistika  bo’limi, 
Davlat soliq inspeksiyasi, SТIR, Soliq organlarida ro’yhatdan o’tkazish shakllari. 
 
1.  O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  sub’ektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  24  maydagi  PQ-357  sonli  “Тadbirkorlik 
sub’ektlarini  davlat  ro’yxatiga  olish  va  hisobga  qo’yishning  xabardor  qilish  tartibini  joriy  etish 
to’g’risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish, 
tegishli ravishda, adliya organlari yoki tumanlar hokimliklari huzuridagi Тadbirkorlik sub’ektlarini 
ro’yxatga  olish  inspeksiyalari  tomonidan  bir  vaqtning  o’zida  ularni  soliq  va  statistika  organlarida 
hisobga qo’yiladi.  
Ariza - xabarnomani bergan paytdan boshlab tadbirkorlik sub’ektini davlat ro’yxatiga olib, 
unga  davlat  ro’yxatiga  olinganlik  to’g’risidagi  guvohnomani  berishgacha  o’tadigan  muddat  ko’pi 
bilan ikki ish kunini tashkil etadi. 
Shu  qaror  bilan    tumanlar  davlat  soliq  inspeksiyalari  bilan  ro’yxatga  oluvchi  organlar 
o’rtasida  soliq  to’lovchilarning  identifikatsiya  raqamlari  berilganligi  to’g’risidagi  tegishli 
so’rovnomalarni  qabul  qilish  va  ushbu  axborotni  ro’yxatga  oluvchi  organlarga  uzatish  uchun 
elektron pochta aloqasi tashkil etildi. 
Тijorat  faoliyati  uchun  mo’ljallangan  tovarlarni  olib  keluvchi  yuridik  shaxs  bo’lmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi 
va  muddatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004  yil  2  sentabrdagi  413-son 
qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinadi. 
Davlat  soliq  va  statistika  organlarida  hisobga  qo’yish  bilan  xabardor  qilish  asosida  davlat 
ro’yxatidan o’tkazish:  
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik 
kompaniyalari    shaklida  tashkil  etilayotgan  xo’jalik  boshqaruvi  organlari,  shuningdek  Тoshkent 
shahrida  tashkil  etiladigan  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar,  bozorlar  hamda  soliq 
maslahatchilari tashkilotlari - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;  
-  tegishli  ravishda  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  viloyatlarda  tashkil  etiladigan  xorijiy 
investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar,  bozorlar  hamda  soliq  maslahatchilari  tashkilotlari  - 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri (KТYaDR) O’zbekiston Respublikasi 
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan yuritiladi. 
Davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  uchun  zarur  hujjatlarni  tayyorlash  muassislarning  ixtiyoriga 
ko’ra: 
- muassislarning o’zlari tomonidan; 
- shartnoma asosida - O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, konsalting firmalari 
yoxud boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.  
Тadbirkorlik  sub’ektini  xabardor  qilish  asosida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilganlik  uchun 
davlat boji yoki ro’yxatdan o’tkazish yig’imi to’lanadi. 

 
17 
O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Adliya 
vazirligida  va  viloyatlar  adliya  boshqarmalarida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilganlik  uchun  tegishli 
miqdorlarda  davlat  boji  to’lanadi.  Davlat  bojining  20  foizi  Sudlar  va  adliya  organlarini 
rivojlantirish 
jamg’armasiga,  qolgan  summa  tegishli  ravishda  respublika  byudjetiga, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga o’tkaziladi. 
Тadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi uchun Тadbirkorlik sub’ektlarini 
davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  inspeksiyalarida  ro’yxatdan  o’tkazish  yig’imi  undiriladi,  ularning 
stavkalari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar davlat hokimiyati vakillik 
organlari tomonidan belgilanadi. Ro’yxatdan o’tkazish yig’imlarining cheklangan stavkalari har yili 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. Ro’yxatdan o’tkazish 
yig’imlaridan kelib tushgan mablag’lar faqat ro’yxatdan o’tkazuvchi organlarning moddtiy-texnika 
bazasini mustahkamlash va xodimlarini rag’batlantirishga yo’naltiriladi. 
Davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik uchun dehqon xo’jaliklari, shuningdek davlat korxonalari 
negizida  tashkil  qilinadigan  aksiyadorlik  jamiyatlaridan  ro’yxatdan  o’tkazish  yig’imi  olinmaydi. 
Shuningdek, borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlaridan 
ro’yxatdan  o’tkazish  yig’imi  belggilangan  stavkaning  20  foizi  miqdorida  olinadi.  Borish  qiyin 
bo’lgan va tog’li tumanlarda tashkil etiladigan savdo korxonalaridan ro’yxatdan o’tkazish yig’imi 
eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida olinadi.  
Тadbirkorlik  sub’ektlarining  bir  xil  yoki  adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan  firma 
nomiga ega bo’lishini oldini olish maqsadida tadbirkorlik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tkazilgunga 
qadar  tumanlar  davlat  statistika  organlarida  bir  xil  yoki  adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan 
firma nomi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. 
Bir  xil  yoki  adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan  firma  nomi  mavjud  emasligi  haqida 
ma’lumotnoma  olish  uchun  ariza  beruvchi  shaxsan  o’zi  kelib,  pochta  aloqasi,  elektron  pochta 
aloqasi  yoki  faksimil  aloqa  orqali  tuman  davlat  statistika  organiga  so’ralayotgan  firma  nomi, 
shuningdek  firma  nomining  5  tagacha  muqobil  varianti  ko’rsatilgan  ariza  bilan  murojaat  qiladi. 
Тuman davlat statistika organi arizani olganidan keyin Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Тoshkent  shahar  davlat  statistika  organlariga  elektron  pochta  aloqasi  yoki  faksimil  aloqa  orqali 
tegishli so’rovnoma yuboradi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo’mitasining  mas’ul  xodimi  so’ralayotgan  va 
qabul  qilinishi  mumkin  bo’lgan  firma  nomini  firma  nomlarining  markazlashtirilgan  ma’lumotlar 
bazasiga  tegishli  yozuvni  kiritish  yo’li  bilan  zaxiraga  qo’yish  bo’yicha  zarur  harakatlarni  amalga 
oshirishi  shart.  Bir  xil  yoki  adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan  va  ro’yxatdan  o’tkazilgan 
tegishli  yuridik  shaxs  bilan  ro’yxatdan  o’tkaziladigan  yuridik  shaxsni  adashtirilishiga  olib  kelishi 
mumkin bo’lgan firma nomini zaxiraga qo’yish mumkin emas.  
Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar  davlat  statistika  organi 
olingan  ma’lumotni  uni  so’ragan  tuman  davlat  statistika  organiga  elektron  pochta  aloqasi  yoki 
faksimil  aloqa  orqali  yuboradi.  Тuman    davlat  statistika  organi  zaxiraga  olingan  firma  nomini 
yoxud bir xil yoki adashtirish dajarasida o’xshash bo’lgan firma nomi KТYaDRda mavjud ekanligi 
haqidagi ma’lumotnomani olgach tegishli ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va beradi. Bir xil yoki 
adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan  firma  nomi  mavjud  ekanligi  haqidagi  ma’lumotnomani 
olgan  ariza  beruvchi,  qaytadan  ariza  bilan  boshqa  firma  nomlarini  ko’rsatgan  holda  bir  xil  yoki 
adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan  firma  nomi  mavjud  emasligi  haqida  ma’lumotnoma 
berishni so’rab murojaat qilishga haqli. 
Arizani ko’rib chiqish va tegishli ma’lumotnomani berish muddati 2 ish kunini tashkil etadi. 
Bir  xil  yoki  adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan  firma  nomi  mavjud  ekanligi  yoki  mavjud 
emasligi  haqida  ma’lumotnoma  berganlik  uchun  to’lov  olinmaydi.  Bir  xil  yoki  adashtirish 
darajasida  o’xshash  bo’lgan  firma  nomi  mavjud  emasligi  haqida  ma’lumotnomaning  amal  qilish 
muddati 2 oy.  
Тadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza beruvchi  
ro’yxatdan  o’tkazuvchi  organga  shaxsan  kelib  yoki  pochta  orqali  belgilangan  shakldagi  ariza-
xabarnoma taqdim etadi. Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza-xabarnomaga: 

 
18 
davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi, 
bunda davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sis hujjatlarining 
notarial  tasdiqlangan  bo’lishi  talab  etilmaydi.    Yuridik  shaxsni  davlat  ro’yxatidan  o’tkazuvchi 
organga taqdim etiladigan  ta’sis  hujjatlari  bo’lib ustav  yoki  ta’sis  shartnomasi  va  ustav  yoki  faqat 
ta’sis shartnomasi, bunda mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun 
-  ta’sis  shartnomasi  va  ustav,  to’liq  shirkatlar  uchun  esa  -  faqat  ta’sis  shartnomasi,  aksiyadorlik 
jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer xo’jaliklari hamda yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaliklari 
uchun - faqat ustav;  
davlat bojining belgilangan miqdori to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati;  
bir  xil  yoki  adashtirish  darajasida  o’xshash  bo’lgan  firma  nomi  mavjud  emasligi  haqidagi 
ma’lumotnomaning asl nusxasi; 
uch nusxada muhr va shtamp eskizlari ilova qilinadi. 
Davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  uchun  yuqorida  ko’rsatilgan  hujjatlarga  qo’shimcha  ravishda 
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
a)  bozorlar  uchun  -  bozor  tashkil  qilishga  er  uchastkasi  ajratib  berish  to’g’risidagi 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashining,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar 
hokimliklarining qarori  hamda bozorning ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan miqdorning 
kamida 30 foizi miqdorida mablag’ kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat; 
b)  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  va  xorijiy  sarmoya  ishtirokidagi  boshqa 
korxonalar uchun: 
-  xorijiy  muassis  to’g’risida  yuridik  shaxs  ro’yxatdan  o’tkazilgan  joydagi  savdo  reestridan 
olingan,  O’zbekiston  Respublikasining  konsullik  muassasasi  tomonidan  belgilangan  tartibda 
legalizatsiya  qilingan,  bular  mavjud  bo’lmagan  taqdirda,  muassis  ro’yxatdan  o’tkazilgan  davlat 
Тashqi  ishlar  vazirligida  mazkur  mamlakatning  O’zbekiston  Respublikasidagi  konsullik 
muassasasida  yoki  diplomatik  vakolatxonasida  legalizatsiya  qilinib,  keyinchalik  O’zbekiston 
Respublikasi  Тashqi  ishlar  vazirligining  Konsullik  boshqarmasida  tasdiqlangan  ko’chirma  taqdim 
etiladi.  
Хorijiy  muassis  to’g’risida  savdo  reestridan  ko’chirmada  xorijiy  yuridik  shaxsning  nomi, 
uning  joylashgan  manzili,  ustav  fondi  miqdori,  tashkiliy-huquqiy  shakli,  ro’yxatdan  o’tkazilgan 
sanasi, faoliyat ko’rsatish muddati hamda xorijiy yuridik shaxs nomidan imzo qo’yish huquqiga ega 
bo’lgan shaxs haqida ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak. Ushbu ko’chirma berilgan paytdan boshlab 1 
yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs - norezident o’z pasportining nusxasi taqdim 
etadi.  Ushbu  hujjatlar  davlat  tiliga  tarjima  qilingan,  tarjima  belgilangan  tartibda  notarial 
tasdiqlangan  holda  taqdim  etilishi  kerak.  Agar  xorijiy  muassisning  korxona  yoki  tashkilot  ustav 
fondiga  ulushi  intelektual  mulk  bo’lsa,  u  holda  ariza  beruvchi  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda baholovchi tomonidan tuzilgan baholash to’g’risidagi hisobotni taqdim etishi kerak; 
-  har  bir  ta’sischi  tomonidan  korxona  ustav  fondidagi  o’z  ulushining  30  foizini 
kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan, vaqtinchalik so’mlardagi va valyutadagi jamlovchi 
hisob  raqamlariga  pul  mablag’lari  kiritilganligi  haqida  bank  ma’lumotnomasi,  mol-mulkni 
O’zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib  kirilganligini  tasdiqlovchi  bojxona  hujjati,  mol-mulkni 
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat 
va boshqalar; 
v)  dehqon  xo’jaliklari,  ya’ni  yuridik  shaxslar  hamda  fermer  xo’jaliklari  uchun  -  tuman 
hokimining er uchastkasi ajratib berish to’g’risidagi qarori nusxasi; 
g) yuridik shaxslarni qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish yoki o’zgartirish yo’li bilan 
qayta tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun; 
-  qayta  tashkil  qilinayotgan  yuridik  shaxsga  ma’lum  bo’lgan  barcha  kreditorlar  yozma 
ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqida axborot 
e’lon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat; 
-  qo’shib  yuborish  yoki  o’zgartirish  orqali  qayta  tashkil  etilayotgan  yuridik  shaxslarning 
ularning  barcha  kreditorlari  va  qarzdorlariga,  shu  jumladan  tomonlar  da’volashayotgan 
majburiyatlarga  nisbatan  barcha  majburiyatlari  bo’yicha  huquqiy  vorislik  to’g’risidagi  qoidalar 

 
19 
ko’rsatilgan  topshirish  dalolatnomasi    yoki  bo’lish  va  ajratib  chiqarish  orqali  qayta  tashkil 
etilayotgan yuridik shaxslar uchun bo’lish balansi; 
-  qayta  tashkil  qilinayotgan  yuridik  shaxsning  ro’yxatdan  o’tkazish  to’g’risidagi 
guvohnomasining asl nusxasi, muhri va shtampi.  
Yakka tadbirkorni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza-xabarnomaga quyidagilar 
ilova qilinadi:  
1.
 
3x4 sm o’lchamdagi ikkita fotosurat;  
2.
 
davlat bojining belgilangan miqdori to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati;  
3.
 
yakka tadbirkor xohishiga ko’ra uch nusxada muhr va shtamp eskizlari;  
4.
 
pasport nusxasi. 
Yuridik  shaxs  bo’lmagan  dehqon  xo’jaliklarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  uchun 
tadbirkorlik  sub’ektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  inspeksiyasiga  dehqon  xo’jaligi  rahbari 
tomonidan  shaxsan  o’zi  kelib  yoki  pochta  aloqasi  orqali  belgilangan  shaklda  davlat  ro’yxatidan 
o’tkazish to’g’risida ariza-xabarnoma taqdim etiladi va unga quyidagilar ilova qilinadi: 
-  tuman  hokimining  dehqon  xo’jaligini  yuritish  uchun  er  uchastkasi  ajratib  berish 
to’g’risidagi qarori; 
- ariza beruvchining xohishiga ko’ra muhr va shtamp eskizlari uch nusxada; 
- pasport nusxasi.  
Тadbirkorlik  sub’ektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  va  ularni  hisobga  qo’yish  xabardor 
qilish tartibida amalga oshiriladi. 
Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish ularni soliq va statistika organlarida 
hisobga  qo’yish  bilan  bir  vaqtda  tegishlicha,  adliya  organlari  yoki  tumanlar  yoki  shaharlar 
hokimliklari  huzuridagi  Тadbirkorlik  sub’ektlarini  ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyalari  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Zarur  hujjatlar  ilova  qilingan  holda  ariza-xabarnoma  topshirilgan  sanadan  boshlab  davlat 
ro’yxatidan  o’tkazilganlik  to’g’risida  guvohnoma  berish  bilan  tadbirkorlik  sub’ektini  davlat 
ro’yxatidan o’tkazishgacha bo’lgan muddat 2 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatni tashkil qiladi. 
Davlat  ro’yxatidan  o’tkazishni  asoslangan  holda  rad  etish  to’g’risidagi  qaror  ro’yxatdan 
o’tkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi va hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab 3 ish soati 
ichida ariza beruvchiga beriladi.  
Тadbirkorlik  sub’ektiga  ro’yxatdan  o’tayotganda  KТUТ  xos  raqami  ketma-ketlik  tartibida 
beriladi.  Ro’yxatdan  o’tkazuvchi  organlarda  KТUТ  xos  raqamining  yo’q  bo’lishiga  yo’l 
qo’yilmaydi. KТUТ xos raqami berilganidan keyin, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ elektron pochta 
aloqasi  orqali  tuman    davlat  soliq  inspeksiyasiga  soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqamini 
(SТIR)  berish  uchun  belgilangan  shakl  bo’yicha  so’rovnoma  yuboradi.  Elektron  pochta  aloqasi 
mavjud bo’lmagan holda soliq to’lovchining identifikatsiya raqamini (SТIR) berish uchun tegishli 
so’rovnoma faksimil aloqa orqali yuboriladi.  
Тuman  davlat  soliq  inspeksiyasi  tegishli  so’rovnomani  qabul  qilib  olgach,  aniq  vaqt 
rejimida  soliq  to’lovchilarning  identifikatsiya  raqamilari  (SТIR)  markazlashtirilgan  bazasi  orqali 
tadbirkorlik  sub’ektiga  soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqamini  (SТIR)  beradi  va  ayni  vaqtda 
soliq  to’lovchilarning  identifikatsiya  raqamilari  markazlashtirilgan  bazasiga  tegishli  yozuvni 
kiritadi. 
Тadbirkorlik  sub’ektiga  soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqami  (SТIR)  berilib,  soliq 
to’lovchining  identifikatsiya  raqami  (SТIR)  berilganligi  to’g’risidagi  ma’lumotnoma 
rasmiylashtiriladi  va  ro’yxatdan  o’tkazuvchi  organlarga  elektron  pochta  orqali  yuboradi.  Elektron 
pochta  aloqasi  bo’lmagan  taqdirda  soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqami  (SТIR)  berilganligi 
to’g’risidagi ma’lumotnoma faksimil aloqa orqali yuboriladi. 
Soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqamini  (SТIR)  berish  va  uni  ro’yxatdan  o’tkazuvchi 
organga yuborish muddati 8 ish soatidan ortiq bo’lmagan vaqtni tashkil qiladi.  
2.  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasining  1995  yildagi  4-sonli  “Soliqlar  va 
boshqa  majburiy  to’lovlarning  soliq  to’lovchilarini  ro’yxatga  olish  tartibi”  to’g’risidagi 

 
20 
yo’riqnomaga binoan soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar ro’yxati tuman va shahar davlat 
soliq inspeksiyalarida olib boriladi.  
O’zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonunga binoan soliq xizmati 
xodimlaring  asosiy  funksiyalari  sifatida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  qonun  hujjatlarida 
belgilangan  tartibda,  ro’yxatga  olish  (identifikatsiya)  raqamlarini  bergan  holda  soliq  to’lovchilar 
sifatida ro’yxatga qo’yish haqida hujjatlarni berish qayd qilingan.  
Ushbu  vazifa  2008  yil  1  yanvargacha  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining 
1997  yil  11  martdagi  130-sonli  “O’zbekiston  Respublikasida  soliq  to’lovchilarga  identifikatsiya 
raqami  berish  va  undan  foydalanish  tartibi”  to’g’risidagi  Qarorga  binoan  davlat  soliq  idoralari 
tomonidan amalga oshirilib kelindi.  
2008 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Soliq 
kodeksining  77-moddasida    soliq  to’lovchilarni  hisobga  qo’yishning  umumiy  qoidalari    belgilab 
berildi. 
Davlat soliq xizmati organlari soliq to’lovchilarning hisobini  yuritadi. Soliq to’lovchilarning 
xisobini  yuritish  ularni  hisobga  qo’yish  va  ular  to’g’risidagi  hisob  ma’lumotlarini  yuritish  orqali 
amalga oshiriladi. 
Soliq  to’lovchi  hisobga  qo’yilayotganda  unga  soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqami 
beriladi hamda soliq to’lovchi to’g’risidagi hisobga qo’yish ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasi 
soliq to’lovchilarning yagona reestriga kiritiladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  soliq  to’lovchilarning  yagona  reestri  O’zbekiston  Respublikasi 
Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  yuritiladi.  Davlat  soliq  xizmati  organi  tomonidan  soliq 
to’lovchiga  identifikatsiya  raqami  berilganligi  to’g’risidagi  guvohnoma  yoki  soliq  to’lovchi  bir 
vaqtning o’zida davlat  soliq xizmati  organlarida va  davlat  statistika organlarida  hisobga  qo’yilgan 
holda  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilgan  taqdirda  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilganlik  to’g’risidagi 
guvohnoma soliq to’lovchining hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. 
Identifikatsiya  raqami  bu  -  soliq  to’lovchilarga  beriladigan  maxsus  kodlar  bo’lib,  u  soliq 
to’lovchilarga markazlashtirilgan tartibda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan beriladi. 
Soliq to’lovchiga identifikatsiya raqami berish quyidagilarni ta’minlashga qaratilgan: 
-  O’zbekiston  Resupblikasi  soliq  to’lovchilarining  identifikatsiya  raqamlari  yagona  reestrini 
shakllantirish; 
-  qonunga  binoan  soliq  to’lovchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  to’liq  va  sifatli  ro’yxatga 
olish; 
-  soliq  to’lovchilarga  identifikatsiya  raqami  berish  orqali  tumanda,  viloyatda,  respublika 
miqyosida  soliq  to’lovchilarni  yagona  bazasini  tashkil  qilish  va  soliq  to’lovchilarning  hamma 
malumotlarini jamlash. 
-  soliq  to’lovchilarni  byudjet  bilan  munosabatlarini  nazorat  qilish,  to’lagan  soliq  va 
to’lovlarini hisobga olish va kompyuter dasturlari orqali yuritish; 
- soliq to’lovchilarga berilgan identifikatsiya raqami orqali davlat boshqaruv organlari, bank 
muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan malumot almashish; 
Soliq to’lovchilarga berilgan identifikatsiya raqami davlat, sotsial taminoti, sug’urta bo’yicha 
majburiyatlarini bajarishda va hamma to’lov hujjatlarida ishlatiladi. 
Identifikatsiya  raqami  soliq  to’lovchilarning  barcha  soliq  majburiyatlari  va  barcha  ijtimoiy 
huquqlari  bo’yicha  yagona  hisoblanadi.  Uni  davlat  hokimiyati  va  nazorat  organlari  bilan,  davlat 
ijtimoiy  sug’urtasi  hamda  boshqa  sug’urta  jamg’armalarida  to’lovlar  (mablag’lar)  olish  buyicha, 
barcha o’zaro munosabatlarida qo’llanadi va o’zgartirilmaydi. 
Identifikatsiya  raqami  bir  marta  beriladi  va  faqat  yuridik  shaxsning  tugatilishi,  jismoniy 
shaxsning  vafoti  yoki  boshqa  mamlakatga  ko’chib  ketishi  munosabati  bilan,  ushbu  voqealar  ro’y 
bergandan  keyin uch  yil o’tgach, bekor qilinishi mumkin. Shundan keyin ushbu kod  boshqa  soliq 
to’lovchiga beriladi. 
Identifikatsiya  raqami  soliq  to’lovchilarga  yuridik  (jismoniy)  shaxslarga,  ular  o’zlari 
yashaydigan  joydagi  davlat  soliq  inspeksiyasida  ro’yxatdan  o’tkazish  hujjatlarini  to’ldirgandan 
keyin  beriladi.  Ro’yxatdan  o’tkazish  ma’lumotlari  davlat  soliq  inspeksiyasida  kompyuter  orqali 

 
21 
kiritilib, elektron pochta orqali O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga beriladi. Davlat 
soliq  qo’mitasida  esa  identifikatsiya  raqamini  berishda  har  bir  soliq  to’lovchining  ma’lumotlari 
tekshiriladi.  Berilgan  identifikatsiya  raqami  yoki  uni  berish  rad  etilganligi  to’g’risidagi 
ma’lumotlar,  rad  etish  sabablari  ko’rsatilgan  holda,  elektron  pochta  orqali  davlat  soliq 
inspeksiyasiga qaytariladi. 
Davlat soliq qo’mitasidan identifikatsiya raqami berilgani to’g’risidagi ma’lumotlar olingach, 
davlat  soliq  inspeksiyasida  soliq  to’lovchilarga  identifikatsiya  raqami  berilganligi  to’grisidagi 
guvohnoma taqdim etiladi. 
Identifikatsiya raqamini: 
-
 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  tuzilayotgan  xo’jalik,  fuqarolik,  huquqiy  va 
mehnat shartnomalarida, ularga ilovalarda; 
-
 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  bitishuvlar  sodir  etilganlagini  belgilovchi  yoki 
tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan, schet-fakturalarda va transport hujjatlarida; 
-
 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  moliyaviy,  mulkiy  va  qiymat  ifodasiga  ega  bo’lgan 
boshqa  majburiyatlarning  yuzaga  kelishini,  shuningdek,  ularning  bajarilganligi 
belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda; 
-
 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qiymat ifodasiga   ega bo’lgan aktivlarga, mulk 
egasi huquqi sotib olinganligini va berilganligini belgilovchi va tasdiqlovchi, shuningdek, 
bunday huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda; 
-
 
davlat  soliq  inspeksiyasida  ro’yxatdan  o’tkazishga  asos  bo’ladigan  hujjatlariga,  davlat 
hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  hamda  Vazirlar  Mahkamasining  tegishli  qarorlari 
bilan  ushbu ishlarga vakillik qilingan  boshqa organlar tomonidan (tadbirkorlik faoliyati, 
shuningdek,  faoliyatning  boshqa  muayyan  turlari  bilan  shug’ullanish  uchun)  berilgan 
litsenziyalarga; 
-
 
bank to’lov hujjatlarining elektron shakllariga; 
-
 
davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan hisobot hujjatlariga; 
-
 
davlat  maxsus  jamg’armalaridan  ijtimoiy  nafaqalar  berish  bo’yicha  ro’yxatdan  utkazish 
va to’lov hujjatlariga qo’yish majburiydir. 
Identifikatsiya raqami soliq to’lovchilarning quyidagi toifalariga beriladi: 
1.
 
Yuridik shaxslarga; 
2.
 
O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga,  xorijiy  fuqarolarga  va  fuqaroligi  bo’lmagan 
shaxslarga  asosiy  yashash  joyi  bo’yicha,  doimiy  yashash  joyiga  ega  bo’lmagan,  biroq 
soliq majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi hududida paydo bo’lgan fuqarolarga. 
Soliq majburiyatlari deganda jismoniy yoki yuridik shaxsda daromad olish manbai mavjudligi 
yoki soliq solishning boshqa ob’ekti mavjudligi tushuniladi. 
Soliq  to’lovchilarni  identifikatsiya  raqami  to’qqizta  raqamli  belgidan  iboratdir,  dastlabki 
sakkiz  raqam    soliq  to’lovchilarning  o’z  raqamini,  oxirgi  to’qqizinchi  raqam  esa  Davlat  soliq 
qo’mitasining identifikatsiya raqamini berilishini nazorat qiluvchi raqam. 
Shunday qilib, SТIRning strukturasi quyidagicha: 
                Х Х Х Х Х Х Х Х        Х 
                  ---  1   ---                   --2-- 
                s.t.t.raqami        nazorat raqam 
Soliq  to’lovchining  identifikatsiya  raqamini  kodlashtirish  uchun  seriyali  tartib  usulidan 
foydalaniladi. 
Soliq  to’lovchilarga  beriladigan  identifikatsiya  raqamlar  2  klassifikatsion  gruppalarga 
bo’lingan: 
20000000Х  dan      29999999Х  gacha    (DSI  lar  tomonidan  berilgan)  30000000Х  dan    
39999999Х  gacha  (Ro’yxatdan  o’tkazuvchi  organ  tomonidan  berilmoqda)  yuridik  shaxslarga 
beriladigan identifikatsiya raqami; 
40000000Х dan   79999999Х gacha (60000000Хdan boshlab Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ 
tomonidan berilmoqda) jismoniy shaxslarga beriladigan identifikatsiya raqami; 
00000000Х dan    19999999Х gacha 

 
22 
va 
80000000Хdan    99999999Х  gacha  qolgan  oraliq  kodlar  zaruriyat  tug’ilganda  ishlatish 
maqsadida zahira qilingan. 
Kodlashtirishning  mazkur  tuzilishi  o’zgarmas  va  universal  hisoblanadi  hamda  O’zbekiston 
Respublikasida  soliq  to’lovchilarning  identifikatsiya  raqamini  berish  va  ularni  qo’llash  tizimida 
foydalanilishi kerak. 
Yuridik  shaxsni  ro’yxatdan  o’tkazish  u  tashkil  etilgan  joy  bo’yicha  soliq  inspeksiyasi 
tomonidan  faqat  bir  marta  amalga  oshiriladi.  Soliq  to’lovchiga  identifikatsiya  raqami  berish  uch 
bosqichga bo’linadi va har bir bosqich bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. 
1-bosqich:  Yuridik  yoki  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  jismoniy  shaxs  davlat 
ro’yxatidan o’tish bilan bir qatorda, davlat soliq inspeksiyasiga soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan 
o’tadi.  Davlat  soliq  organi  tadbirkorlik  sub’ektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  inspeksiyasidan 
olgan  ma’lumotlari  asosida,  tegishli  shakllarni  soliq  to’lovchi  to’g’risidagi  malumotlar  bilan 
to’ldiradi. 
2-bosqich:  Тegishli  ma’lumotlar  ishlov  berib  bo’lingandan  keyin,  Davlat  soliq  qo’mitasiga 
kompyuter aloqasi orqali  yuboriladi. 
3-bosqich: Davlat soliq qo’mitasi soliq to’lovchiga yuridik yoki jismoniy shaxsga belgilangan 
tartibda  identifikatsiya  raqami  beradi  va  ma’lumotlarni  kompyuter  aloqasi  orqali  soliq 
inspeksiyalariga yuboradi. 
Yuridik  shaxsni  soliq  inspeksiyasida  ro’yxatdan  o’tkazish  o’sha  joydagi  davlat  soliq 
inspeksiyasida  to’ldirilgan  ro’yxatdan  o’tkazish  hujjatlari  asosida  Davlat  soliq  qo’mitasida  unga 
identifikatsiya  raqami  berilganda  hamda  unga  davlat  soliq  inspeksiyasida  soliq  organlaridan 
ro’yxatdan  o’tkazilganlik  to’g’risidagi  guvohnoma  va  identifikatsiya  raqami  berilgandan  keyin 
tugallangan hisoblanadi.  
Qonunda  belgilangan  hollarda  mustaqil  yuridik  shaxs  sifatida  ish  ko’ruvchi  hamda  alohida 
hisob-kitob raqamiga ega bo’lgan vakolatxonalar va filiallarini ro’yxatdan o’tkazishda, ro’yxatdan 
o’tkazish ma’lumotlarida bosh korxonaning identifikatsiya raqami ham  ko’rsatiladi. 
Jismoniy shaxs bo’lgan soliq to’lovchilarga identifikatsiya raqami tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanuvchi  soliq  to’lovchi  tuman  davlat  soliq  inspeksiyasida  soliq  majburiyatlari  paydo 
bo’lishi  yuzasidan  ro’yxatdan  o’tkazish  hujjatlarini  to’ldirganlan  keyin  beriladi.  Boshqa  soliq 
to’lovchilarga, jismoniy shaxslarga ro’yxatdan o’tkazish shakllari uyma-uy yurib rasmiylashtiriladi. 
Soliq organlari bilan davlat hokimiyati va boshkaruvchi organlari o’rtasida axborot ayirboshlashni 
bir xillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi fuqarosining pasport raqami va identifikatsiya 
raqami (shaxsiy kodi) ko’rsatiladi. 
Jismoniy shaxsni ro’yxatdan o’tkazish yashash joyi bo’yicha davlat soliq inspeksiyasida faqat 
bir marta amalga oshiriladi. Har bir soliq to’lovchi faqat bitta identifikatsiya raqamiga ega bo’lishi 
mumkin. 
Jismoniy  shaxsni  soliq  inspeksiyasida  ro’yxatdan  o’tkazish  davlat  soliq  inspeksiyasida 
to’ldirilgan  ro’yxatdan  o’tkazish  hujjatlari  asosida  Davlat  soliq  qo’mitasida  unga  identifikatsiya 
raqami berilgandan keyin tugallangan hisoblanadi. 
Тadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  jismoniy  shaxslar  o’z  pasportidagi  ma’lumotlar 
o’zgargan taqdirda Davlat soliq inspeksiyasiga kelib asosiy ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlarining 
o’zgarganini bildirib, ro’yxatdan o’tkazish hujjatlarini to’ldiradilar. 
Yuridik  yoki  jismoniy  shaxsning  faoliyatida,  manzilida  yoki  hisob  raqamida  o’zgarishlar 
bo’lsa, davlat soliq inspeksiyasini 10 kun muddat ichida xabar qilishi kerak va soliq idora organi 
soliq to’lovchining yagona reestirida o’zgartirish kiritishi lozim.  
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami:  
- soliq organlarida registratsiyadan o’tish uchun kerak bo’lgan  hujjatlarida; 
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun olgan litsenziyalarida; 
-  Vazirlar  Maxkamasining  SТIR  berish  to’g’risidagi  qaroriga  binoan  boshqa  faoliyat  turi 
bo’yicha shug’ullanish ruxsatnomalarida; 
- to’lov talabnomalarida; 

 
23 
- davlat soliq organlariga taqdim etiladigan hisobotlarida; 
- ijtimoiy taminot idoralariga taqdim etiladigan hujjatlarida; 
-xo’jalik subektlari o’rtasida tuziladigan bitim va shartnomalarda; 
- xo’jalik subektlarida moliyaviy, mulk va boshqa majburiyatlari paydo bo’lganda va Vazirlar 
Maxkamasining qaroriga asosan boshqa vaziyatlar paydo bo’lganda ko’rsatilishi shart. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling