Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

3.O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari zimmasiga qonun hujjatlariga rioya qilgan 
xolda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  belgilangan  tartibda  ro’yxatga  olish,  ularning  faoliyatini 
nazorat qilish,  hisoblab yozilgan va to’langan soliqlarini  hisobga olish yuklatilgan. 
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  identifikatsiya  raqami  berish    Davlat  soliq  qo’mitasi 
tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  xamma  soliq  idoralarida  foydalanadigan  «Soliq  to’lovchilarga 
identifikatsiya raqami berish va qo’llash tizimi» maxsus kompyuter dasturi orqali amalga oshiriladi. 
Ushbu  kompyuter  dasturi  orqali  soliq  inspeksiyalarida  soliq  to’lovchilarni  ro’yxatga  olishda 
qog’ozda  ish  yuritishni  yo’q  qilib,  soliq  to’lovchilar  to’g’risidagi  malumotni  maxsus  serverlarda 
saqlab  boriladi  va  kerakli  maqsadlarda  ishlatiladi.  Soliq  to’lovchilarni  kompyuter  dasturi  orqali 
ro’yxatga olish soliq inspektorini ishining samaradorligini oshirishga olib keladi. 
Hozirgi  kunda  Davlat  soliq  qo’mitasi  Ma’lumotlarga  ishlov  berishning  yagona  kompyuter 
tizimida quyidagi shakllardan foydalaniladi: 
1)
 
01-  shakl.  Soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxsni  ro’yxatga  olish  varaqasi.  01-shakl  soliq 
to’lovchi jismoniy shaxslarni soliq inspeksiyasida ro’yxatga olish uchun hujjat sifatida ishlatiladi va 
soliq to’lovchilarga identifikatsiya raqamini berish uchun mo’ljallangan. 
2)
 
02-shakl. Soliq to’lovchi yuridik shaxsni ro’yxatga olish varaqasi. 02-shakl soliq to’lovchi 
yuridik  shaxslarni  soliq  inspeksiyasida  ro’yxatga  olish  uchun  hujjat  sifatida  ishlatiladi  va  soliq 
to’lovchilarga identifikatsiya raqamini berish uchun mo’ljallangan. 
3)
 
03-shakl.  Soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxsning  ro’yxatga  olish  ma’lumotlaridagi 
o’zgarishlar.  03-ro’yxatga  olish  shakli  soliq  inspeksiyasida  ilgari  01-shakl  bilan  ro’yxatdan 
o’tkazilgan jismoniy shaxslarning ro’yxatga olish ma’lumotlarini  o’zgartiradi. 
4)
 
04-shakl. Soliq to’lovchi yuridik shaxsning ro’yxatga olish ma’lumotlaridagi o’zgarishlar. 
04-shakl SТYuSh to’g’risidagi quyidagi ro’yxat ma’lumotlari o’zgarganda to’ldiriladi: 
- korxonaning nomi yoki manzili; 
- faoliyat turi; 
- mulkchilik shakli; 
-  soliq  to’lovchining  holati.  04-shakl  faqat  ma’lumotlar  o’zgargandagina  to’ldiriladi,  hech 
qanday  o’zgarishlar  bo’lmagan  hollarda  04-shakl  biror  marta  ham  to’ldirilmasligi  mumkin. 
Korxona joylashgan hudud o’zgarganda oldingi hudud DSIsida 04-shaklni to’ldirib, undagi «Soliq 
to’lovchi holati» grafasida  «Ko’chib ketgan» deb ko’rsatilishi shart, keyingi hududdagi DSIda 04 
va 08-shakllarni to’ldirish kerak bo’ladi. 02-shakl esa to’ldirilmaydi.  
5)
 
06-shakl.  Soliq  to’lovchining  Davlat  soliq  qo’mitasida  ro’yxatga  olinganligi  va  unga 
identifikatsiya  raqami  berilganligi  to’g’risidagi  guvohnoma.  06-shakl  soliq  to’lovchi  yuridik  yoki 
jismoniy  shaxslarga  Davlat  soliq  qo’mitasida  soliq  to’lovchiga  identifikatsiya  raqami  berilgandan 
so’ng soliq nazoratchisi tomonidan to’ldiriladi. 
6)
 
07-shakl.  Хabarnoma.  Тashkilot  ro’yxatdan  o’tib,  SТIR  olgandan  so’ng  unga  xabarnoma 
jo’natiladi.  Bu  shakl  DSI  soliq  nazoratchisi  tomonidan  DSQdan  SТIRli  fayl  olingandan  so’ng 
to’ldiriladi. 
7)
 
08-shakl. Soliq to’lovchi yuridik shaxs to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar. 08-shakl soliq 
to’lovchi yuridik shaxs to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni qayd qilish varaqasi bo’lib, ularni 
ro’yxatga olishda yoki quyidagi ro’yxat ma’lumotlari o’zgarganda to’ldiriladi: korxona rahbari yoki 
bosh  hisobchisining  ismi-shariflari,  nizom  jamg’armasi,  hisob  raqami,  MFO,  bank,  tobelik  yoki 
vazirlik.  08-shakl  bir  marta  to’ldiriladi.  Lekin,  ba’zi  ma’lumotlar  o’zgargan  taqdirda  qayta 
to’ldirilishi mumkin. 
8)
 
09-shakl.  Soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxsning  soliqlarini  hisobga  olish  varaqasi.  Soliq 
to’lovchi  jismoniy  shaxslarning  soliqlarini  hisobga  olish  varaqasidan  mol-mulk  va  er  soliqlarini 

 
24 
qayd qilish va ushbu soliqlarni kompyuterda hisoblash uchun qo’llaniladi. 09-shakl mol-mulk va er 
soliqlarini to’laydigan har bir fuqaro uchun to’ldiriladi. 
9)
 
10-shakl.  Soliq  to’lovchi  yuridik  shaxslarni  tekshirish  dalolatnomalarini  qayd  qilish 
varaqasi.  
10)
 
15-shakl.  Хo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  korxona  va  tashkilotlarni  davlat  registriga 
o’tkazish  haqidagi  guvohnoma.  «Soliq  to’lovchi  yuridik  shaxslarning  Davlat  xo’jalik  yurituvchi 
sub’ektlari  ro’yxatiga  kiritish  guvohnomasi  Davlat  statistika  organlari  tomonidan  soliq  to’lovchi 
yuridik  shaxsga  beriladi.  Guvohnomani  kompyuterga  kiritishda  hujjat  turgan  joy  raqami  (HТJR) 
beriladi  va  shu  raqamni  guvohnomaga  yozib  qo’yiladi.  HТJR  to’qqizta  raqamdan    tarkib  topgan 
belgidir: 
1,2-belgilar – hujjatning shakl raqami (15 kod) 
3-belgi          - yilning oirgi raqami (agar 8 bo’lsa, u holda 2008) 
4,6-belgilar - yil boshidan kunning raqami 
7- belgi         - hujjat saklanadigan papkaning raqami (1-9) 
8,9-belgilar – papkadagi hujjat raqami (01-99) 
15-shaklda korxona bo’yicha kompyuterga quyidagi  ma’lumotlar kiritiladi: 
1. KТUТ (OKPO) bo’yicha korxonaning nomi  qo’lda kiritiladi. 
2.  DBIBТ  (SOOGU)  bo’yicha  boshqaruv  organi  qo’lda  yoki  ma’lumotnomadan  tanlab 
qo’yiladi. 
3.  MShТ (KFS) bo’yicha mulk egaligi qo’lda yoki ma’lumotnomadan tanlab qo’yiladi. 
4.  ТHShТ  (KOPF)  bo’yicha  tashkiliy–huquqiy  shakli  qo’lda  yoki  ma’lumotnomadan  tanlab 
qo’yiladi. 
5.  MHBТ  (SOAТO)  bo’yicha  korxona  joylashgan  manzili  qo’lda  yoki  ma’lumotnomadan 
tanlab qo’yiladi. 
 
 

 
25 
 
11)
 
16-shakl. Тadbirkorlarning soliqlarini hisobga olish varaqasi.  
Barcha  shakllarni  to’ldirishda  quyidagi  umumiy  qoidalarga  rioya  qilish  zarur.  Barcha 
shakllarda keltirilgan kataklarga quyidagi ro’yxatga muvofiq bitta belgini yozish lozim: 
-
 
o’zbek va rus alifbosining harflari: 
 






Yo  J 











Т 


Х 

Ch  Sh 
O’  G’  Q 


Yu  Ya   
 
 
 
-
 
lotin alifbosining harflari: 
 
























 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
-
 
arab raqamlari 
 










 
Ba’zi bir so’zlarni quyidagi tarzda o’zgartirish mumkin: 
 
Respublika Uzbekistan        
RUZ 
O’zbekiston Respublikasi 
O’ZR, O’ZR 
Oblast 
OBL 
Viloyat 
VIL, VIL 
Rayon 
RN 
Тuman 
ТN, TN 
 

 
26 
Shakllarning  barcha  bandlari  aniq,  bosma  harflar  va  arab  raqamlari  bilan  tuzatishlarsiz, 
sharikli ruchka bilan to’ldiriladi. Тo’ldirish chog’ida hujjatlar as osida to’ldirilayotgan ma’lumotlar 
hujjatda keltirilganiga aniq mos kelishi kerak. Shaklning bita bandining har bir so’zi bo’sh kataklar 
bilan ajratiladi. 
Misol: 
 
Т 

Sh 



Т 
 
Sh 
 
 
 
 
 
 
Barcha shakllarda sana quyidagi qoidaga ko’ra  yoziladi. Dastlabki ikki katakka oy kunini 
arab raqamlari  bilan  yozish  kerak.  Agar  u o’ndan  kichik  bo’lsa oldiga  nol  qo’yish  kerak.  Keyingi 
ikkita katakka oyning o’zi arab raqamlari bilan yozilishi kerak. Agar u o’ndan kichik bo’lsa oldiga 
nol  qo’yish  kerak. Keyingi  to’rtta  katakka  yil arab  raqamlari bilan  yoziladi.  Masalan, 2008  yil 25 
yanvar sanasi quyidagicha yoziladi: 
 








 
Shaklning  barcha  zarur  bandlari  aniq  qilib  to’ldiriladi,  hujjatlar  asosida  to’ldirilayotgan 
malumotlar  birlamchi  hujjatda keltirilganiga mos kelishi  kerak. Тo’ldirish chog’ida to’ldiriladigan 
bandning har bir katagiga faqat bitta belgi-bosma harf, belgi yoki arab raqami keltirilgan ro’yxatga 
muvofik yoziladi. 
Agar kerakli axborot mavjud bo’lmasa yoki tushunib bo’lmaydigan qilib yozilgan bo’lsa soliq 
inspektori  soliq  to’lovchini  shaklga  to’g’ri  malumotlar  yozish  va  varaqani  to’liqligicha  qayta 
rasmiylashtirish uchun chaqiradi. 
Ushbu  shaklda  yuridik  shaxsning  nomi;  raxbarlarining  ismi,  sharifi;  joylashgan  manzili; 
pochta indeksi; qishloq yoki shahar adresi; telefon raqami; teleks va faks nomerlari; asosiy faoliyat 
turi; mulkchilik shakli; davlat ro’yxatidan o’tgan sanasi va boshqa malumotlar aks ettiriladi. 
  Malumotlar kirgizib bo’lgandan so’ng soliq to’lovchi to’g’riligini tekshirib ko’radi va soliq 
inspektori bilan birgalikda imzo qo’yib to’g’riligini tasdiqlashadi. 
Soliq  inspektori  to’ldirilgan  shaklni  kompyuter  aloqasi  orqali  davlat  soliq  qo’mitasiga 
yuboradi. 
 Davlat  soliq  qo’mitasi  belgilangan  muddatda  berilgan  identifikatsiya  raqami  to’g’risida 
malumotni davlat soliq boshqarmasiga, o’z navbatida davlat  soliq inspeksiyalariga yuboradi. 
Olingan  identifikatsiya  raqami  davlat  ruyxatidan  o’tkazuvchi  organga  yuboriladi  va  soliq 
to’lovchi maxsus kodini  ruxsatnomasi bilan birgalikda oladi. 
Soliq  to’lovchi  berilgan  identifikatsiya  raqamini  barcha  to’lov  hujjatlarida,    hisobotlarida, 
shartnomalarida va boshqa xo’jalik va to’lov hujjatlarida ko’rsatib o’tishi shart bo’ladi. 
 
 
 
Nazorat savollari: 
 
1.
 
Тadbirkorlik  sub’ektlarini  xabardor  qilish  tartibida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  qanday 
tartibda amalga oshiriladi? 
2.
 
Soliq  to’lovchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  davlat  ro’yxatidan  o’tkazishda  qanday 
hujjatlar talab qilinadi? 
3.
 
Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamining mohiyatini ochib bering. 
4.
 
 Soliq  to’lovchilarning  identifikatsiya  raqamini  berish  nechta  bosqichda  amalga 
oshiriladi? 
5.
 
Soliq to’lovchilarni ro’yxatga olishda qanday shakllardan foydalaniladi? 

 
27 
4-mavzu. Soliqqa oid axborot bazasining shakllanishi va ma’lumotlarga ishlov berishda 
foydalanadigan kompyuter dasturlari  
 
Reja 
 
1.Soliqqa oid axborot bazasining tushunchasi, shakllantirishning maqsadi va tartibi. 
2. Soliq organlarida jamlanadigan hisobot turlari  
3.  Davlat  soliq  organlarida  ma’lumotlarga  ishlov  berishda  foydalanadigan  kompyuter 
dasturlari 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Soliq  organlarida  foydalaniladigan  dasturiy  mahsullar,  soliq  siri,  soliqqa  oid  ma’lumotlar, 
ma’lumotlar bazasi, administrator, SIAIJ-3, 1-N dasturi 
 
1.  Тadbirkorlik  sub’ekti  davlat  ro’yxatidan  o’tgach,  Davlat  soliq  inspeksiyasida  soliq 
to’lovchi  sifatida  ro’yxatga  olinadi  va  uning  zimmasiga  qonun  hujjatlariga  binoan  soliq  to’lash 
majburiyati yuklatiladi. Shu munosabat bilan soliq sub’ektlari va soliq organlari o’rtasida  huquqiy 
munosabatlar o’rnatiladi. 
Davlat  soliq  organlariga  kelib  tushadigan  axborotning  katta  hajmlarda  bo’lishi,  ularga  qisqa 
muddatlarda  unumli  va  aniq  ishlov  berish  zarurligini  inobatga  olib  xodimlarning  say-harakatidan 
bevosita  soliq  xizmati  organlarining  asosiy  funksional  vazifalarini  hal  etishda  kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanish soliq xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan. 
Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  beriladigan  operativ  topshiriqlar  elektron  pochta  orqali 
davlat soliq boshqarmalariga xamda davlat soliq inspeksiyalariga to’g’ridan-to’g’ri uzatilib, kerakli 
malumotlar shu tartibda jamg’arib olinmoqda.  
Soliq  to’lovchi  qonunga  binoan  soliq  organlariga  faoliyati  va  soliq  majburiyatlari  bilan 
bog’liq  bo’lgan  ma’lumotlarini  taqdim  etadi.  Ushbu  ma’lumotlar  orqali  soliq  organlarida  soliqqa 
oid axborotlar bazasi shakllanib boradi. 
  Soliq  to’lovchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  ro’yxatga  olinishi,  ularning  davlat  byudjeti 
oldidagi  majburiyatlarining  bajarilishi  xaqidagi  malumotlar  yagona  soliq  to’lovchilar  bazasida 
saqlanib kelmokda. 
  Davlat soliq qo’mitasining malumotlarga ishlov berish, soliq idoralarini kompyuterlashtirish 
boshqarmasi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  va  foydalanishga  topshirilgan  maxsus  dasturlari  orqali 
hozirgi  kunda  soliq  idoralarida  jamlangan  hisobotlar  modem  aloqasi  orqali    quyi  soliq  xizmati 
organlaridan Davlat soliq qo’mitasiga uzatilmokda.  
Soliqqa  oid axborotlar  bazasi  –   hisoblangan va  undirilgan  soliqlar,   soliq  to’lovchilarning 
faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar majmui. 
Jamlangan  ma’lumotlar  asosida  soliq  to’lovchilarning  yagona  ma’lumotlar  bazasi  (yagona 
reestr) shakllanadi. 
Soliq 
to’lovchilar  ma’lumotlar  bazasining  mavjudligi  soliq  organlarining  ish 
samaradorligini  oshirishda  ahamiyati  katta,  chunki  jamlangan  ma’lumotlar  orqali    soliq 
organlarining respublika bo’yicha yagona bazasi tashkil etiladi va shu orqali soliq organlari biri biri 
bilan  va  faoliyati  yuzasidan  bog’liq  bo’lgan  barcha  idoralar  bilan  bog’lanib,  kerak  bo’lganda 
ma’lumot almashib turish imkoniyati yaratilib beriladi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil qilishning asosiy maqsadi: 

 
Soliq inspektorining ish samaradorligini oshirish; 

 
Soliq to’lovchilarni ro’yxatga olishni takomillashtirish, ularning faoliyatini nazorat qilish; 

 
Soliq  tushumlari  bo’yicha  operativ  ma’lumotlar    hisobini  yuritish  va  har  bir  soliq  turi 
bo’yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishini nazorat qilish; 

 
Soliq  tushumlarini  tahlil  qilish  uchun  zarur  ma’lumotlarni  jamlash,  umumlashtirish  va 
guruhlash; 

 
28 

 
Soliqqa  oid  ma’lumotlar  bilan  tashqi  va  ichki  foydalanuvchilarni  belgilangan  tartibda 
ta’minlash; 

 
Kog’ozda ish yuritish hajmini kamaytirish. 
Soliq tizimini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, yangi informatsion texnologiyalardan 
foydalangan  holda  ma’lumotlarga  ishlov  berish,  soliq  inspektorining  ushbu  vazifalarni  amalga 
oshirish uchun kerak bo’lgan vaqti 30-35 marotabaga kamayadi. 
Soliq  organlariga  tushayotgan  ma’lumotlarni  belgilariga  ko’ra  quyidagilarga  ajratib  chiqish 
mumkin: 

 
Ro’yxatdan o’tish ma’lumotlari; 

 
Bank ma’lumotlari; 

 
Soliq organlariga topshirgan hisob, hisobotlari, balanslari; 

 
Jismoniy  shaxslarning  daromadlari,  mulkiy  daromadlari  va  tadbirkorlik  faoliyati 
to’g’risidagi ma’lumotlar; 

 
Jismoniy shaxslarni soliq organiga topshirgan deklaratsiyalari; 

 
Тekshiruv natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqalar. 
Davlat soliq organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo’lishi, ularga qisqa 
muddatlarda  unumli  va  aniq  ishlov  berish  zarurligi,  xodimlarning  say-harakatidan  bevosita  soliq 
xizmati  organlarining  asosiy  funksional  vazifalarini  hal  etishda  kompyuter  texnologiyalaridan 
foydalanish soliq xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan. 
Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  beriladigan  operativ  topshiriqlar  elektron  pochta  orqali 
davlat soliq boshqarmalariga xamda davlat soliq inspeksiyalariga to’g’ridan-to’g’ri uzatilib, kerakli 
malumotlar shu tartibda jamg’arib olinadi.  
Soliq  to’lovchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  ro’yxatga  olinishi,  ularning  davlat  byudjeti 
oldidagi  majburiyatlarini  bajarilishi  xaqidagi  malumotlar  yagona  soliq  to’lovchilar  bazasida 
saqlanadi. 
Soliq  organlarida  jamlangan  axborotlar  bazasi  bilan quyidagi organlar  va  tashkilotlar  bilan 
bog’lanish mumkin: 

 
Davlat boshqaruv organlari; 

 
Bojxona organlari; 

 
Bank tashkilotlari; 

 
Statistika organlari; 

 
Ichki ishlar bo’limlari; 

 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqalar. 
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1991 yil 12 avgustda Bosh davlat 
soliq  boshqarmasining  tuzilishi    hamda  1994  yil  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq 
Qo’mitasining tashkil bo’lishi respublikamiz soliq tizimini shakllantirishda juda muhim ahamiyatga 
ega  bo’ldi.  Davlatning  soliq  siyosatini amalga  oshirishda  asosiy  mavqeni  egallagan  soliq  idoralari 
soliq  qonunlariga  rioya  qilinishi  ustidan  nazoratni  ta’minlash  bilan  birga  tushuntirish  ishlarini 
amalga  oshiradilar.  Soliq  idoralari  tashkil  etilgan  paytdan  buyon  o’tgan  davr  mobaynida  davlat 
byudjetining daromad qismini uzluksiz to’ldirishni ta’minlaydigan muntazam tizimga aylandi. 
Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo’lishi, ularga 
qisqa  muddatlarda  yuqori  unumli  va  aniq  ishlov  berish  zarurligi,  xodimlarning  say-harakatidan 
bevosita  soliq  xizmati  organlarining  asosiy  funksional  vazifalarini  hal  etishda  foydalanish 
kompyuter  texnologiyalarini  soliq  xizmatlari  ishining  barcha  jarayonlariga  majburiy  tarzda  joriy 
etish masalalariga katta etibor berishni taqozo etadi. 
Shu munosabat bilan davlat soliq organlari faoliyatini o’tgan yillar ichida kompyuterlashtirish 
va  axborotlashtirish,  malakali  xodimlarni  shakllantirish,  kompyuter  uskunalari,  dasturiy 
mahsulotlar bilan taminlash sohasida ancha-muncha ishlar amalga oshirildi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  3  avgustdagi  “O’zbekiston 
Respublikasi  soliq  idoralarida  ma’lumotlarni  ishlashning  yagona  kompyuter  tizimini  (MIYaKТ) 

 
29 
yaratish  to’g’risida»gi  388-sonli  qarorini  amalga  oshirish  maqsadida  DSQda  MIYaKТning  3 
qismdan iborat bosqichlari ishlab chiqildi: 
-
 
Davlat soliq qo’mitasi bosqichi; 
-
 
Davlat soliq boshqarmasi bosqichi; 
-
 
Davlat soliq inspeksiyasi bosqichi. 
DSQning  1996  yil  8  avgustdagi  168-sonli  buyrug’iga  asosan,  O’zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  Banki  va  DSQ  o’rtasida  ma’lumotlar  almashishni  avtomatlashtirilgan  holda  elektron 
ko’rinishda qabul qilish ishlariga tayyorgarliklar boshlandi. 
DSQning 1996  yil 9 oktabrdagi 223-sonli va 1996 yil 18 oktabrdagi  «Qog’ozsiz ish yuritish 
texnologiyasiga  to’liqligicha  o’tish”  haqidagi  229-sonli  buyruqlariga  asosan  yuridik  shaxslarning 
hisob varaqlari, soliq qarzi bo’yicha (1-NN) va soliqlar hamda tushumlar bo’yicha (1-N) hisobotlar, 
jismoniy shaxslar bo’yicha bank hujjatlarini kiritish, soliq qarzi va ortiqcha to’lovlarni tahlil qilish 
va  hisobotlarni  tuzish  dasturlari  tajribaviy  ishlatish  uchun  joriy  qilindi  va  1997  yil  1  yanvardan 
boshlab to’liq qo’llashga o’tildi. 
Davlat  soliq  xizmati  idoralarini  zamonaviy  komyuter  texnologiyalari  orqali  bir-biri  bilan 
bog’lash, yagona axborotlar bazasini takomillashtirish maqsadida Davlat soliq qo’mitasi 2003 yilga 
qadar malumotlarga ishlov berishni yagona kompyuter tizimini (MIYaKТ) tashkil qilishni maqsad 
qilib qo’yilgan edi. 
Ushbu  konsepsiya  DSQda  soliq  axborotiga  ishlov  berishning  avtomatlashtirilgan  tizimini 
rivojlantirishning asosiy tamoyilini va yo’llarni belgilab berdi. 
Ishlab chiqilgan konsepsiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: 
- barcha tarkibiy qismlarni samarador va maqbul faoliyat ko’rsatadigan foydalanish tizimiga 
kiritish  hamda integratsiyalash bosqichida MIYaKТni boshqarishdan imkoni boricha katta samara 
olish; 
-  soliq  inspektorlarining  soliqlar  tushumini  yig’ish  bo’yicha  yanada  samaraliroq  ishlashiga 
erishish; 
- soliqlar va soliq to’lovchilar bo’yicha aniq axborot olish; 
- mavjud axborotni himoyalash. 
Soliq  xizmati  faoliyatining  turli  xillarini  avtomatlashtirish  bo’yicha  kichik  tizimlarni  barpo 
etish va foydalanishga topshirishning quyidagi bosqichlari belgilanadi: 
 -  soliq  axboroti  ma’lumotlariga  ishlov  berish  va  ularni  saqlash  uchun  Davlat  soliq 
qo’mitasining barcha uchta darajasi uchun  hisoblash, periferiya ofis uskunalari bilan qo’shimcha 
ravishda jihozlash; 
 -  soliq  idoralarining  har  bir  bo’linmasida  lokal  axborot  hisoblash  tarmoqlarini  (LAХТ) 
o’rnatish  uchun  kerak  bo’lgan  kommunikatsiya  uskunalari  bilan  jihozlash  va  barcha  muntazam 
hamda yordamchi dasturiy taminot bilan birga Davlat soliq qo’mitasining keng qamrovli korporativ 
axborot-taqsimlash tarmog’ini (KQKAХТ) yaratish; 
-  taqsimlangan  ma’lumotlar  bazalari  bilan  ishlash,  soliq  ma’lumotlarining  yagona  axborot 
makonini barpo etish uchun mijos-server, mijoz-tarmoq va internet texnologiyalarini joriy etish; 
- byudjetga soliq to’lovlarining o’z vaqtida va to’liq kelib tushishini ta’minlash  hamda soliq 
idoralarida  bugungi  kun  talabiga javob  beradigan  ma’lumotlarni  tezkor  ishlash  va  uzatish  tizimini 
yaratish uchun zamonaviy telekommunikatsiya vositalarini joriy etish. 
Ushbu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  1997  yil  31  dekabrda  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining  580-sonli  «Davlat  soliq  qo’mitasining keng  qamrovli  axborot  tarmog’ini 
yaratish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi. 
Ushbu qarorga asosan Respublika soliq tizimining barcha bo’g’inlarida yo’ldosh aloqa tizimi  
yo’lga qo’yildi.  
Davlat soliq  qo’mitasining malumotlarga  ishlov berish, soliq idoralarini  kompyuterlashtirish 
boshqarmasi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  va  foydalanishga  topshirilgan  maxsus  dasturlari  orqali 
hozirgi  kunda  soliq  idoralarida  jamlangan    hisobotlar  modem  aloqasi  orqali    quyi  soliq  xizmati 
organlaridan  Davlat  soliq  qo’mitasiga  uzatiladi.  Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  beriladigan 
operativ  topshiriqlar  elektron  pochta  orqali  davlat  soliq  boshqarmalariga    hamda  davlat  soliq 

 
30 
inspeksiyalariga to’g’ridan-to’g’ri uzatilib, kerakli malumotlar shu tartibda jamg’arib olinadi. Soliq 
to’lovchi    yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  ro’yxatga  olinishi,  ularning  davlat  byudjeti  oldidagi 
majburiyatlarining bajarilishi  haqidagi malumotlar yagona soliq to’lovchilar bazasida saqlanadi. 
Davlat  soliq  inspeksiyalarida  soliq  inspektorlarining  vazifalarini  bajarish  samaradorligini 
oshirish  maqsadida,  topshiriqlarning    sifatini  va  qisqa  muddat  ichida  bajarilishini  taminlash 
maqsadida,  xo’jalik  yurituvchi  subektlarni  taqdim  etayotgan  malumotlariga  o’z  vaqtida  ishlov 
berish  uchun  Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  1999  yilning  oxiri  2000  yilning  boshlarida 
MIYaKТning  YuShSI  AIJ-2  (ARMNIYuL-2  avtomatizirovannoye  rabochee  mesto  nalogovogo 
inspektora  yuridicheskix  lits)  dasturi  ishlab  chiqildi  va  foydalanishga  topshirildi.  Bu  dasturning 
afzalligi  kompyuter  qurilmalarining  tarmoq  orqali  bir  vaqtning  o’zida  ma’lumotlarni  ishlashga 
mo’ljallanganligidir. 
Ushbu maxsus kompter dasturi  quyidagi funsiyalarni bajarilishi ko’zda tutilgan: 
- soliq to’lovchilarni ro’yxatga olish, identifikatsiya raqami olib berish va soliq to’lovchilarni 
yagona davlat reestrini tashkil qilish; 
- xo’jalik yurituvchi subektlarni, yani yuridik va jismoniy shaxslarni taqdim etgan soliq turlari 
bo’yicha  hisobotlari, deklaratsiyalar, bank to’lov hujjatlari va boshqa malumotlari asosida shaxsiy  
hisob varaqalarini yuritish;  
-  xo’jalik  yurituvchi  subektlar  taqdim  etgan  bank  ko’chirmalari,  to’lov  topshiriqlari,  boshqa 
to’lov hujjatlari yordamida soliqlarni  hisobga olish va maxsus  hisobotlar tuzish; 
- xo’jalik yurituvchi subektlarning soliq qarzlari bo’yicha  hisobotlar tuzish; 
-  xo’jalik  yurituvchi  subektlarni  soliq  organlari  bilan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 
bo’yicha byudjetga o’tkazilgan summalarni solishtirib chiqish; 
-  xo’jalik  yurituvchi  subektlarning  faoliyatida  yo’l  qo’ygan  huquqbuzarliklari  sababli  
hisoblangan jarima va moliyaviy sanksiyalarning hisobini olib borish va boshqalar. 
Soliq  tizimining  takomillashtirilishi,  soliqlarning  bir  xillashtirilishi,  soliq  tizimida 
islohotlarning  amalga  oshirilishi  natijasida    YuShSI  AIJ-2  dasturi  takomillashtirilib  soliq 
organlarida YuShSI AIJ-3 dasturi ishlatila boshlandi.  
Dasturiy mahsulot YuShSI AIJ-3 quyidagilarni ta’minlab berdi: 
- yuridik shaxslarni ro’yxatga oladi; 
- yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarni to’ldirib kompyuterga kiritish orqali o’zgartiradi; 
- har  kunlik bank tushumlari asosida ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi; 
-  soliq  to’lovchilari  taqdim  etgan  hisobotlar,  avans  to’lovlari,  qayta  hisobotlar  ma’lumotlari 
shaxsiy hisob varaqaga kiritiladi va o’tkaziladi. 
-  kerakli  hujjatlar  asosida  soliq  to’lovlarini  shaxsiy  hisob  varaqalarida  kechish  yoki  to’lov 
muddatlarini  uzaytirish amallari bajariladi; 
-  bir  martalik  muomalalar  kerakli  hujjatlar  asosida  o’tkaziladi  va  shaxsiy  hisob  varaqalarga 
kiritiladi; 
- DSIga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar: 
a) DSI schyotlari reestri kiritiladi; 
b) DSI inspektorlari ma’lumotnomasi kiritiladi; 
v) DSI pasporti kiritiladi. 
Dasturiy mahsulotni ishlatishda hamma ma’lumotlarni ishlovchi kompyuterlar  tarmoq orqali 
ishlashlari shart. 
AIJ-3 Dasturiy mahsulotni ishga tushirish start.bat faylini ishga tushirish bilan boshlanar edi. 
3-avlod dasturiy mahsullarida  NC dasturi orqali ishga tushiriladi, ya’ni soliq to’lovchilarni hisobga 
olish  reg.exe,  shaxsiy  hisob  varaqalarni  yuritish  kls.exe,  bank  hujjatlari  asosida  ma’lumotlarni 
kiritish  bank.exe,  soliq  to’lovchilarning  akt  sverkalari    sver.exe  va  boshqalar.  Har  bir  model  o’z 
tarkibida Bosh menyu hamda yordamchi qatorni o’z ichiga oladi. 
Har  bir  dasturiy  modelni  Bosh  menyusi  ekranning  yuqori  qismida  joylashgan  bo’lib,  bir 
necha  punktlardan  iborat  bo’ladi.  Punktlardan  birining  tanlanishi  punkt  osti  menyusini  ishga 
tushiradi. 

 
31 
Yordamchi  qator  dastur  menyusining  quyi  qismida  joylashgan  bo’lib,  funksional 
tugmachalarning vazifasini ko’rsatib turadi. 
YuShSI  AIJ-3  dasturini  ishlatuvchi  xodimga  alohida  kompyuter  biriktirib  qo’yiladi.  Uning 
bajaradigan  ishi  shu  kompyuter  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Har  bir  xodim  faqat  o’zining  vazifasini 
bajaradi  va  o’z  hududidagi  ma’lumotlar  bazasiga  javob  beradi.  Administrator  har  bir  mijozni 
tizimga  ulaydi,  uning  parolini  belgilaydi,  bajarishi  lozim  bo’lgan  ishini  ko’rsatadi  va  uning  ish 
hududini  ko’rsatib  beradi.  Ishning  boshlanishidan  oldin  ma’lumotlar  bazasi  ma’muri  har  bir 
foydalanuvchining  vazifasini  belgilab,  parol  beradi.  Parol  juda  ham  maxfiy  sanaladi  va  faqat 
foydalanuvchi bilishi lozim. Foydalanuvchi o’z parolini doimiy ravishda o’zgartirishi mumkin. 
Foydalanuvchi  tomonidan  axborot-ma’lumot  tizimlari  punktining  tanlanishi  bilan 
ma’lumotlar  bilan  ishlash  modeli  ishga  tushadi.  Ekranning  yuqori  qismida  quyidagi  punktlardan 
ibora bo’lgan Bosh menyu paydo bo’ladi: 
- DSI ma’lumotlari (DSIda kiritiladi va tahrirlanadi), 
- DSQ ma’lumotnomalari (DSQda kiritiladi va tahrirlanadi), 
- Maxsus ma’lumotlar (faqat DSQda kiritiladi va tahrirlanadi), 
- chiqish. 
Punktlardan birini tanlash o’z-o’zidan menyu ostidagi menyuni ishga tushiradi.  
DSI ma’lumotlari punktini tanlash orqali quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin: 
- DSI hisob raqamlariga yangisini qo’shish; 
- ishlatilmayotgan hisob raqamlarni o’chirish; 
- hisob raqamini qidirish; 
- DSI schetlar reestrini qog’ozga chiqarish. 
Har  bir  buyruqni  bajarishda  ekranning  quyi  satrida  joylashgan  funksional  tugmalardan 
foydalaniladi. 
Masalan: Yangi hisob raqamini kiritish quyidagicha amalga oshiriladi: 
F2    Yangi  hisobni  ko’rsatish,  ENTER,    F3  izlash  ma’lumotnomadan  bo’limni  topish,      F4 
tahrirlash, Eslatma,  F4 qatorni tahrirlash, 1 N hisobi bo’yicha kodini qo’yish. 
Ishlatilmayotgan hisob raqamini o’chirish quyidagicha amalga oshiriladi: 
Kursorni  o’chirilishi  lozim  bo’lgan  qator  ustiga  qo’yib,  F8  o’chiriladi,  Ha  so’zi  tanlanadi, 
ENTER. 
DSIda schetlar reestrini qog’ozga chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi: 
F5  pechat,  fayl  yoki  printer  ko’rsatiladi,  agar  fayl  ko’rsatilgan  bo’lsa,  faylga  nom  beriladi, 
ENTER. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling