Soliqlar va soliqqa tortish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Soliq to’lovchiga shaxsiy hisob kartochkasi ochishda, yuritishda, boshqa tumanga jo’natishda, boshqa tumandan qabul qilishda va yopishda asos bo’lib soliq to’lovchining ro’yxatga olish, ro’yxatdan chiqarish yoki qayta ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlari hisoblanadi. Soliq to’lovchi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq majburiyatining bajarilishi hisobini yuritish maqsadida har bir soliq to’lovchi uchun soliq organlarida soliq to’lovchi tomonidan to’lanadigan barcha soliq turi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi byudjet klassifikatsiyasi asosida shaxsiy hisob kartochka ochiladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasi quyidagi soliq to’lovchilar bo’yicha ochiladi: hisobot yili boshiga faoliyat ko’rsatib kelayotgan soliq to’lovchilarga; yangi tashkil bo’lgan soliq to’lovchilarga; «Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to’lovini qoplash majburiyati paydo bo’lgan soliq to’lovchilarga; yuridik manzili o’zgarganligi sababli boshqa tumandan kelgan soliq to’lovchilarga; ma’lum bir tumanda soliq organida ro’yxatda turib, boshqa tuman hududida soliq solish ob’ektiga va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlariga ega bo’lgan soliq to’lovchilarga; ma’lum bir tumanda soliq organida ro’yxatda turib, boshqa tuman hududida tekshiruv natijasida aniqlangan soliq solish ob’ekti va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlari bo’yicha soliq majburiyati paydo bo’lgan soliq to’lovchilarga. Yuridik shaxslar Davlat soliq organlarida hisobga qo’yilishi bilan bir vaqtda dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, pensiya jamg’armasiga yagona ijtimoiy to’lov, pensiya jamg’armasiga ish xaqidan 3,5% ajratma, fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotiga ajratma kabi to’lov turlari bo’yicha ShHKlar ochiladi. Soliq to’lovchilarga shaxsiy hisob kartochkalar soliq organi tomonidan: hisobot yili boshiga ro’yxatda bo’lgan va faoliyat ko’rsatayotgan soliq to’lovchilarga, shaxsiy hisob kartochkalari qoldiq summalarini ko’chirib o’tkazish jarayonida; hisobot yili davomida yangi yoki qayta ro’yxatdan o’tgan soliq to’lovchilarga vakolatli organlarning ro’yxatga va qayta ro’yxatga olish hujjatlari olingan sanadan boshlab bir ish kuni ichida; Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunning 15-moddasi bo’yicha ajratmalarni amalga oshiradigan soliq to’lovchilar bo’yicha tuman 43 Ijtimoiy ta’minot bo’limidan ma’lumot kelib tushgan kundan so’ng bir ish kunidan oshmagan muddatda; ma’lum bir tumanda soliq organida ro’yxatda turib boshqa tuman hududida soliq solish ob’ekti va soliq solish bilan bog’liq ob’ektiga ega bo’lgan soliq to’lovchilarga, soliq solish ob’ektini o’z tasarrufiga olib, soliq organiga ma’lumotlar taqdim etgan yoki soliq ob’ekti unga tegishli ekanligi aniqlangan hujjat kelib tushgan kundan so’ng bir ish kunidan oshmagan muddatlarda ochiladi. Soliq to’lovchi haqida shaxsiy hisob kartochkada soliq to’lovchining to’liq nomi, soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (SТIR), soliq to’lovchi majburiyati paydo bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar nomi, yuridik manzili, yuqori tashkiloti, mulkchilik shakli, faoliyat turi, soliq to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi, MFO kodi va bankdagi asosiy (birlamchi) hisob raqami, rahbari va bosh hisobchisining ismi sharifi hamda telefon raqamlari, soliq va majburiy to’lovlar hisob raqamlari kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Shaxsiy hisob kartochkasiga barcha yozuvlar o’z vaqtida, ketma-ketlik tartibida, sanalari ko’rsatilgan holda va kiritilayotgan yozuvlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlar: soliq hisobotlari, aniqlashtirilgan soliq hisobotlari, to’lov hujjatlari, bank ko’chirmalari, ariza va boshqa vakolatli organlar hujjatlari, xo’jalik va fuqarolik sudi qarorlari hamda ajrimlari asosida tegishli ustunlarda aks ettiriladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasidagi mavjud barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turi bo’yicha hisobot yilining yil oxiriga qoldiq, soliq qarzi, penya yoki ortiqcha to’lov summalari keyingi yilning yil boshiga qoldiq summasi sifatida soliq to’lovchining shu soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turlari bo’yicha ochilgan yangi shaxsiy hisob kartochkalariga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o’tkaziladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasidagi qoldiq summalarini yildan yilga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o’tkazish vakolati faqat ma’lumotlar bazasi administratoriga beriladi. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob kartochkasidagi hisobot yili oxiriga qoldiq summalarini keyingi yilning yil boshiga qoldiq summalari sifatida o’tkazish soliq organida hisobga qo’yilgan barcha soliq to’lovchilar bo’yicha amalga oshiriladi. Hisobot yilida yangi hisobga qo’yilgan soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob kartochkasida qoldiq summasi sifatida «nol» aks ettiriladi. Yuridik manzili o’zgarganligi munosabati bilan qayta hisobga qo’yilgan soliq to’lovchilarga ochiladigan ShHKda qoldiq summalar sifatida avval ro’yxatda bo’lgan tuman soliq organida «shaxsiy varaqani uzatish» operatsiyasi amalga oshirilgan sanasiga shaxsiy hisob kartochkasidagi mavjud qoldiq summalar aks ettiriladi. Ma’lum bir tuman yoki shahar soliq organida hisobga qo’yilgan bo’lib, ikkinchi bir tuman yoki shahar hududida soliq solish ob’ekti va soliq solish bilan bog’liq ob’ekti paydo bo’lgan hisobot yili boshiga soliq to’lovchilar shaxsiy hisob kartochkasida qoldiq summa sifatida «nol» aks ettiriladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasida yil boshiga o’tgan yildan o’tkazilgan qoldiq summa noto’g’riligi aniqlangan taqdirda uni to’g’rilab o’zgartirish kiritish faqat tegishli hujjatlar asosida ma’lumotlar bazasi adminstratori tomonidan amalga oshiriladi. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob kartochkalarida amalga oshirilgan har bir operatsiya va uni amalga oshirgan mas’ul xodim familiyasi dasturiy mahsul tomonidan maxsus elektron jurnalda qayd etib boriladi. Har bir operatsiyaning eski holati keyinchalik nazoratda ushlash uchun arxivlab saqlab qolinadi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning shaxsiy hisob kartochkadagi o’tgan yil oxiriga qoldiq summasi hisobot yili boshiga shaxsiy hisob kartochkaning tegishli «qoldiq» (saldo) qatorining «soliq qarzi», «penya» yoki «ortiqcha to’lov» ustunlarida aks ettiriladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisoblangan, undirilgan hamda to’langan summalar, tekshiruv natijasida aniqlangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda qo’llanilgan jarimalar soliq to’lovchining ShHKga quyidagi hujjatlar asosida kiritiladi: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi hamda obodonlashtirish va 44 ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining joriy to’lovlari to’g’risidagi taxmin qilinayotgan ma’lumotnomalar; soliq hisobotlari va aniqlashtirilgan soliq hisoboti; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha haqiqatda undirilganligini tasdiqlovchi to’lov hujjatlari va bank ko’chirmalari, bank birlamchi hujjatlari; soliq organi va boshqa nazorat qiluvchi organlarning tekshiruv dalolatnomalari va tekshiruv natijalari bo’yicha qarorlari asosida to’ldiriladigan ma’lumotnomalari vakolatli organlar qarorlari asosida ayrim soliq to’lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi summalarining to’lov muddatini uzaytirish, bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish, hisobdan chiqarish, penya hisoblanishini to’xtatish to’g’risidagi hujjatlar. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha shaxsiy hisob kartochkasiga ma’lumotlar kiritish va ularni o’zgartirish huquqi faqat shaxsiy hisob kartochkasini yuritish vakolatiga ega bo’lgan hisobga olish bo’limining mas’ul xodimlari va ma’lumotlar bazasi administratoriga beriladi. Shaxsiy hisob kartochkalarga ma’lumotlarni kiritish va ularni o’zgartirish huquqi berilgan xodimlarga ma’lumotlar bazasi administratori tomonidan alohida «parol» yoki elektron raqamli imzo («parol») berilib, ushbu «parol» asosida ma’lumotlar bazasiga kirishga ruxsat beriladi. Shaxsiy hisob kartochkalariga ma’lumot kiritish va ularni o’zgartirish huquqini beruvchi «parol»ni mas’ul xodim va ma’lumotlar bazasi administratori tomonidan boshqa shaxslarga oshkor qilinishi ta’qiqlanadi. Mas’ul xodimlarga alohida berilgan parollar belgilangan muddatlarda, lekin bir oydan oshmagan muddatda ma’lumotlar bazasi administratori va mas’ul xodim tomonidan o’zgartirilib, o’zgartirishlar kiritilganligi ular tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi. Ma’lumotlar bazasida parollarni qayd qilish daftari va elektron jurnali yuritiladi. Elektron jurnalda har bir xodim va uning amaldagi paroli avtomatik tarzda qayd qilib boriladi. Elektron jurnaldagi ma’lumotlar shifrlanadi hamda u bilan ishlashga faqat ma’lumotlar bazasi administratoriga ruxsat etiladi. Belgilangan muddatlarda o’z parollarini yangilamagan xodimlarga dasturiy mahsul tomonidan ogohlantirish yuboriladi. Shaxsiy hisob kartochkalarga boshqa xodim paroli bilan ma’lumotlar kiritish yoki kiritilgan ma’lumotlarni o’zgartirish qat’iyan taqiqlanadi. Shaxsiy hisob kartochkalarga kiritilgan har bir yozuvning muallifi dasturiy mahsul tomonidan maxsus elektron jurnalda qayd etib boriladi. Shuningdek, shaxsiy hisob kartochkalaridagi har bir ma’lumotni kiritgan xodimning familiyasi, ismi va sharifi foydalangan shaxslar elektron reestrida saqlaniladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasidan o’zgartirish kiritishsiz ma’lumotlar olish huquqiga ega bo’lgan boshqa xodimlarga faqat ma’lumotlarni ko’rish imkonini beruvchi «parol» beriladi. hisobga olish bo’limining soliq to’lovchi shaxsiy hisob kartochkasini yuritish uchun mas’ul xodimi hamda bo’lim boshlig’i soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisoblangan (kamaytirishga hisoblangan), undirilgan (to’langan, qaytarilgan), to’lov muddati kechiktirilgan (hisobdan chiqarilgan, bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan) hisoblangan penya va jarima summalarini ShHKlarda to’g’ri va to’liq aks ettirish, shuningdek ularning hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish uchun shaxsan javobgardir. Soliq organining rahbari va ma’sul o’rinbosari soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobini yuritish ishlarining nazoratini olib borish bo’yicha javobgardir. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish quyidagi ish yuritish hujjatlari asosida hujjat turiga qarab guruhlarga bo’linadi: - soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq to’lovchining solishtirma dalolatnomasi hamda shaxsiy hisob kartochkasidan ko’chirma; - moliya organi, bank muassasasi va boshqa vakolatli tashkilotlardan olingan, byudjet klassifikatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan bank operatsiyalarining to’lov hujjatlari va bank ko’chirmalari, to’lov reestrlari; 45 - hisobga olingan yoki qaytarilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha ortiqcha to’lov hujjatlari; - shaxsiy hisob kartochkalarini boshqa tuman yoki shahar soliq organiga jo’natish va qabul qilish yuzasidan hujjatlar; - soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni majburiy undirish bo’yicha hujjatlar; - soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq majburiyatlarini bajarishda to’lov muddatlarining o’zgartirilishi yuzasidan hujjatlar; - soliq to’lovchilarning soliq majburiyatlari to’xtatilganligi to’g’risida hujjatlar; - tugatilgan soliq to’lovchilarning soliq majburiyatlari ijrosi to’g’risidagi hujjatlar; - qayta tashkil bo’lgan soliq to’lovchilarning soliq majburiyatlari ijrosi bo’yicha hujjatlar; - Davlat byudjetining kelgusi yildagi asosiy parametrlari to’g’risidagi Prezident qarori, shuningdek byudjet klassifikatsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi Moliya vazirligining buyruqlari. Soliq to’lovchining yozma murojaatiga asosan 3 ish kunidan oshmagan muddatda hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi soliq majburiyatlarining bajarilishi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bilan hisob-kitoblarning holati to’g’risida shaxsiy hisob kartochkasidan ko’chirma taqdim etadi. Soliq to’lovchining yozma murojaatida soliq to’lovchi to’liq nomi, SТIR, manzili, qaysi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turlari bo’yicha shaxsiy hisob kartochkalaridan ko’chirma zarurligi, ko’chirmalar olish maqsadi, qaysi davr uchun so’ralayotganligi aniq ko’rsatilishi lozim. Shaxsiy hisob kartochkasi ko’chirmasida soliq to’lovchining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turi bo’yicha yil boshiga qoldiq summasi, so’ralgan davr oxiriga qoldiq summalari kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. ShHKga kiritilgan ma’lumotlarning sanalari bo’yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari va ma’lumotlariga asosan bo’nak va haqiqatda hisoblangan summalar, undirilgan (to’langan, qaytarilgan) to’lovlar summasi, hisoblangan, undirilgan va hisobdan chiqarilgan penyalar, tekshirish dalolatnomalariga asosan qo’shimcha hisoblangan yoki kamaytirilgan to’lovlar, shuningdek qo’llanilgan moliyaviy jarimalar, vakolatli organlar karorlariga asosan to’lov muddati kechiktirilgan (bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan yoki hisobdan chiqarilgan) to’lovlar aks ettiriladi. Yozma ariza bilan murojaat qilingan sanaga soliq to’lovchi va uning tarkibiy bo’linmasi tomonidan amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan hisobotlar to’liq taqdim etilmagan bo’lsa, shaxsiy hisob varaqalardan ko’chirmalar berilishi taqiqlanadi. hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi soliq to’lovchining yozma murojaatiga asosan soliq turlari bo’yicha shaxsiy hisob kartochkasidan ko’chirma taqdim qilishdan oldin korxona tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, tekshiruv natijalari bo’yicha belgilangan shakl ma’lumotlari hamda to’lov hujjatlarini bank ma’lumotlari asosida to’g’ri va to’liq kiritilganligini ko’rib chiqishga majburdir. Soliq to’lovchining soliq turlari bo’yicha shaxsiy hisob kartochkadan ko’chirmasi hisobga olish bo’limi boshlig’i, mas’ul xodimi va DSI boshlig’i yoki DSI boshlig’i o’rinbosari tomonidan imzolanib, inspeksiyaning muhri bilan tasdiqlanadi. Soliq to’lovchilarga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha taqdim etilgan solishtirma dalolatnoma larda soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasidagi yakuniy natijalar aks ettirilib, soliq to’lovchi talab qilgan davrdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: yil boshiga soliq turlari bo’yicha qoldiq (soliq qarzi, penya yoki ortiqcha to’langan soliq) summalari; talab qilgan davrda hisoblangan va undirilgan summalar; to’lov muddati o’tkazib yuborilgan kunlar uchun hisoblangan va undirilgan penya; soliq tekshiruvi dalolatnomalariga asosan qo’shimcha yoki kamaytirishga hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek qo’llanilgan moliyaviy jarimalar; talab qilingan davr oxiriga qoldiq (soliq qarzi, penya yoki ortiqcha to’langan soliq) summalari; 46 vakolatli organlarning bayonnomasi qarori asosida to’lash muddati kechiktirilgan (bo’lib- bo’lib to’lash imkoni berilgan yoki hisobdan chiqarilgan) soliq qarzi va penya summalari. hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi soliq to’lovchining yozma murojaati bo’yicha solishtirma dalolatnomani taqdim qilishdan oldin soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlari, soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha belgilangan shakl ma’lumotlarini va bank ma’lumotlari asosida to’lov hujjatlarining to’g’ri va to’liq kiritilganligini ko’rib chiqishga hamda Soliq Kodeksining 49-moddasiga asosan soliq to’lovchiga taqdim etishga majburdir. Agarda soliq to’lovchi yozma murojaat qilgan sanaga soliq to’lovchi yoki uning tarkibiy bo’linmasi tomonidan amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan soliq hisobotlari yoki soliq majburiyati yuzasidan boshqa ma’lumotnomalar to’liq taqdim etilmagan bo’lsa, soliq xizmati organi xodimi tomonidan soliq to’lovchi bilan solishtirma dalolatnoma tuzmasligi uchun asos bo’ladi. Solishtirma dalolatnoma, bir tomondan soliq organi raxbari yoki uning mas’ul o’rinbosari, hisobga olish bo’limi boshlig’i yoki hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi hamda ikkinchi tomondan soliq to’lovchi korxonaning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksining 68-moddasiga asosan soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning ShHKlarini ochish uchun asos bo’lib vakolatli organlar tomonidan soliq ob’ektining, ya’ni mol-mulki va er maydonining ro’yxatga olinganligi yoki yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxs, ya’ni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Davlat ro’yxatidan o’tganligi, shuningdek amaldagi qonunchilik asosida ro’yxatga olishning alohida tartibi joriy qilingan yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organida ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi hujjatlar hisoblanadi. Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarlarning ShHKlari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dasturiy mahsulda yuritiladi. Soliq to’lovchi jismoniy shaxs va xususiy tadbirkorning ShHKsi byudjet klassifikatsiyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 69-moddasiga asosan byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq har bir soliq to’lovchi uchun alohida unga tegishli soliqlar va boshka majburiy to’lovlarning har bir turlari bo’yicha ochiladi va yuritiladi. Soliq to’lovchilar tomonidan byudjetga soliq va boshqa majburiy to’lovlar, penya va jarimalar bo’yicha soliq majburiyatining bajarilishi hisobini yuritish uchun soliq organlarida byudjet klassifikatsiyasi asosida DSQ tomonidan belgilangan kod asosida ShHK ochiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ShHK tuman hokimliklari xuzuridagi Тadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-sonli «Тadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi «Тadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to’g’risida»gi PQ-357-sonli qarorlari asosida O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 80-moddasiga asosan ro’yxatdan o’tayotgan xususiy tadbirkorlarga SТIR olish uchun soliq organiga taqdim etgan belgilangan shakldagi ma’lumotnomalar «Axborotlar tizimi» bo’limi ma’sul xodimi tomonidan tegishli tartibda ro’yxatga olinib, belgilangan tartibda DSIdagi kitob asosida «Jismoniy shaxslarni soliqka tortish va nazorat» bo’limi «Uchastka soliq inspektorlari bilan ishlash shu’basi» boshlig’iga shaxsan topshiradi. «Uchastka soliq inspektorlari bilan ishlash shu’basi» boshlig’i, istisno tarikasida uchastka soliq inspektori belgilangan tartibdagi ma’lumotnomani 3 ish kuni ichida tuldirib «Хisob tahlil va Soliq statistikasi» bo’limiga bergan ma’lumot asosida ochiladi. O’zbekiston Respulikasi Soliq kodeksining 373-moddasiga binoan Davlat ruyxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan faoliyatini vaqtincha to’xtatib va faoliyatini boshlagan yakka tadbirkorlar to’g’risidagi ma’lumot axborot asosida «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va nazorat» bo’limi boshlig’iga topshiradi. «Jismoniy shaxslarni soliqka tortish va nazorat» bo’limi boshlig’i, istisno tariqasida «Uchastka soliq inspektorlari bilan ishlash shu’basi» boshlig’i belgilangan tartibda ma’lumotnomani 1 ish kuni ichida tuldirib hisobga olish bo’limiga taqdim qilingan ma’lumot asosida soliq to’lovchiga ShHK ochiladi. 47 Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni soliq solish ob’ekti vujudga kelgan vaqtda O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksida belgilangan tartib bo’yicha hisobga qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan jismoniy shaxslarga tegishli mulki hisoblangan kvartiralar, uy-joylar, dala-hovlilar, er maydonlar va bino inshootlari bo’yicha er va mol-mulk soliqlariga, tegishli organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek Davlat soliq qo’mitasining 2006 yil 20 iyundagi 154-sonli buyrugi bilan tasdiklangan «Davlat soliq xizmatining uchastka soliq inspektori to’g’risida»gi Nizom asosida ma’lumotlar uchastka soliq inspektori tomonidan taqdim etilgan shakldagi hujjat ma’lumoti bo’yicha ShHK ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan jismoniy shaxslarning majburiyatlaridan kelib chikib, soliq to’lovchilarni hisobga olish va soliq hisoblash bo’yicha hujjat ma’lumoti uchastka soliq inspektorlari tomonidan 2 ish kuni ichida tuldirib hisobga olish bo’limiga taqdim etadi, shuningdek soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish davri yakuni bilan 1 yanvar holatiga bo’lgan solishtirma dalolatnoma tuzadi. Asosiy ish joyidan tashqari daromad olgan jismoniy shaxslarning yakuniy yillik daromadlari bo’yicha hisoblangan jismoniy shaxslarning daromad solig’iga, jismoniy shaxsning olgan daromadi to’g’risidagi DSIga kelib tushgan ma’lumotlar asosida hisoblangan daromad solig’i bo’yicha «Deklaratsiyalash» shu’basi ma’sul xodimi tomonidan taqdim etilgan ma’lumot asosida ShHK ochiladi. Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibda mexnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilarning ShHKlari quyidagi holatlarda ochilishi shart: hisobot yili boshidan faoliyat ko’rsatib kelayotgan xususiy tadbirkorlarga; hisobot yilida yangi tashkil bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga; turar joyi manzili o’zgarganligi sababli boshqa tumandan kelgan soliq to’lovchilarga; Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning faoliyati yuzasidan o’tkazilgan tekshirish yakunlari bo’yicha soliq qonunchiligining buzilganligi to’g’risida qo’llanilgan moliyaviy jarimalarga; ma’lum bir tumanda soliq organida ro’yxatda turib boshqa tuman hududida soliq solish ob’ektiga yoki faoliyat ko’rsatish uchun ijaraga olingan ob’ektga ega bo’lgan soliq to’lovchilarga; ma’lum bir tumanda soliq organida ro’yxatda turib boshqa tuman hududida soliq solish ob’ekti bo’yicha ushbu hudud soliq organi tomonidan o’tkazilgan tekshiruv natijasida moliyaviy jarima qo’llanilgan soliq to’lovchilarga; hisobot yilining boshiga o’tgan yil ohiriga bo’lgan qoldiq summa, ya’ni soliq qarzi, penya, jarima, ortiqcha to’lov bilan faoliyat ko’rsatmayotgan soliq to’lovchilarga. Jismoniy shaxslar tomonidan turar joylari va noturar joylari uchun er va mol-mulk egalariga quyidagi holatlarda ShHKlar ochilishi shart: hisobot yilining boshiga (oxiriga) er va mol-mulk solig’i bo’yicha yildan-yilga o’tgan qoldiq summalarga er va mol-mulk solig’i to’lovchi jismoniy shaxslarga; hisobot yilining boshiga tuman yoki shahar DSIlari uchastka soliq inspektorlari tomonidan hisobga olingan soliq to’lovchilar bo’yicha belgilangan shakl ma’lumoti asosida turar va noturar joylari uchun er va mol-mulkka egalik qiluvchi fuqarolarga va amaldagi soliq qonunchiligi bo’yicha imtiyozga ega bo’lmagan jismoniy shaxslarga; hisobot yili boshiga tuman hokimligining karoriga binoan ajratilgan er va mol-mulkka egalik qilish huquqini olgan fuqarolarning turar va noturar joylari to’g’risidagi «Er munosabatlari va ko’chmas mulk kadastri» idoralaridan olingan ma’lumoti asosida tuman yoki shahar DSIlar uchastka soliq inspektorlari ma’lumoti asosida va amaldagi soliq qonunchiligi bo’yicha imtiyozga ega bo’lmagan jismoniy shaxslarga. Soliq organida yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi, turar va noturar joylarda er va mol-mulkka egalik qiluvchi fuqarolarga hamda asosiy ish joyidan tashqarida daromad olgan jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasini to’liq shakllantirish uchun ma’lumotlar Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo’limining mas’ul xodimlari tomonidan hisobga olish bo’limiga quyidagi muddatlarda topshiriladi: yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun ro’yxatdan va qayta ro’yxatdan o’tgan soliq to’lovchi jismoniy shaxslar tomonidan ro’yhatdan o’tgan kundan 3 48 ish kuni ichida; ma’lum bir tuman soliq organida ro’yxatda turib ikkinchi bir tuman hududida soliq solish ob’ektiga ega bo’lgan yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi soliq to’lovchi jismoniy shaxslar tomonidan soliq ob’ekti tasarrufiga o’tgan kundan 5 kun muddat ichida; ma’lum bir tuman soliq organida ro’yxatda turib ikkinchi bir tuman hududida faoliyat ko’rsatish uchun ijaraga olingan ob’ektga ega bo’lgan yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi soliq to’lovchi jismoniy shaxslar ijara shartnomasi imzolangan kundan boshlab 5 kun ichida, ushbu holat aniqlangan taqdirda ijara shartnomasi qachon tuzilgangini aniqlab, 3 kunlik muddat ichida; asosiy ish joyidan tashqari daromad olgan jismoniy shaxslar bo’yicha korxona, tashkilot va boshqa tuman soliq organlaridan tegishli ma’lumot kelib tushgandan so’ng 2 ish kuni ichida; Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan turar va noturar joylarda er va mol- mulkka egalik qiluvchilarga SТIRga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar bo’yicha vakolatli organlarning qaror va ma’lumotlari hamda notarial idoralarning oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 kun muddat ichida; ShHK ochish uchun ma’lumotlar soliq to’lovchiga SТIR berilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida; Тurar va noturar joylarda er va mol-mulkka egalik qiluvchi SТIRga ega bo’lgan ma’lum bir jismoniy shaxsdan boshqasiga o’tganda er va mol-mulkka egalik qilish huquqini berish haqidagi vakolatli idoralarning qaror va ma’lumotlari hamda notarial idoralarning oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan kundan 5 kun muddat ichida; soliq to’lovchi jismoniy shaxsning vafot etishi munosabati bilan, soliq majburiyatlarining boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga o’tishi haqidagi ma’lumot va hujjatlar vakolatli organlar tomonidan soliq organiga taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida uchastka soliq inspektori tomonidan ma’lumotlar taqdim etiladi. Uchastka soliq inspektorlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar Axborot tizimlari sho’’basining mas’ul xodimi tomonidan jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasida ishlovchi dasturiy mahsulga taqdim etilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida soliq to’lovchilarning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Soliq to’lovchiga SТIR berilgan kundan boshlab 1 ish kunida uchastka soliq inspektori ma’lumotlarni hisobga olish bo’limining ma’sul xodimiga taqdim etadi. Soliq to’lovchining ShHKda soliq to’lovlari hisoblanganligi va kamaytirishga berilgan hamda haqiqatda to’langan, qaytarilgan to’lovlar, hisoblangan va tulangan penya summalari aks ettiriladi. Jismoniy shaxslar shaxsiy hisob kartochkalari yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi, fuqarolarning turar va noturar joylariga er va mol-mulkka egalik qiluvchi hamda asosiy ish joyidan tashqari daromad olgan jismoniy shaxslarga quyidagi tartibda ochiladi: soliq to’lovchilarning turar joy manzili bo’yicha; faoliyatini amalga oshirish hududi va faoliyat turi bo’yicha; soliq solish ob’ektini, soliqqa tortish bilan bog’liq ob’ektlarni joylashgan joyi yoki ro’yxatga olingan hudud bo’yicha; o’tkazilgan tekshiruv natijasida jarima qo’llanilgan hudud bo’yicha. Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar Davlat soliq organlarida soliq to’lovchi sifatida ro’yxatda turishi bilan dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda quyidagi to’lov turlari bo’yicha ShHKlar ochiladi: Тadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilarga: belgilangan faoliyat turi bo’yicha tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning qat’iy belgilangan daromad solig’i; pensiya jamg’armasiga sug’urta badali; suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig’i; asosiy ish joyidan tashqari daromad olgan fuqarolar bo’yicha jismoniy shaxslarning daromad solig’i; 49 er va mol-mulk solig’i; boshqa to’lovlar; SORJga to’lovlar. Er va mol mulk solig’i to’lovchi jismoniy shaxslarga: mol-mulk solig’i; er solig’i; asosiy ish joyidan tashqari daromad olgan fuqarolar bo’yicha jismoniy shaxslarning daromad solig’i; boshqa to’lovlar; SORJga to’lovlar. Soliq to’lovchilar tomonidan byudjet oldidagi soliq majburiyatini bajarish bo’yicha byudjet bilan hisob-kitob qilishda byudjetga soliq va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bo’yicha to’lovlarni qabul qilish va Davlat byudjetiga o’tkazib berish tartibi O’zbekiston Davlat byudjeti parametrlari va asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori asosida tasdiqlangan respublika va mahalliy byudjet ijrosi to’g’risidagi vakolatli organlar qarori asosida belgilanadi. Byudjet soliq va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga ajratmalar bo’yicha kelib tushgan mablag’lar to’g’risidagi yozuv soliq to’lovchining ShHKga tegishli bank muassasasining har kunlik to’lov hujjatidan ko’chirma hamda ilovasidagi to’lov topshiriqnomasining nusxasi va uchastka soliq inspektori tomonidan 5-shakl to’lov pattasi orqali undirilgan soliqlar bo’yicha reestr ko’rinishidagi ma’lumotlar asosida kiritiladi. Soliq organlari tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga tushgan tushumlar 1 ish kunidan kechiktirmay tegishliligi bo’yicha soliq to’lovchilarning ShHKlariga kiritiladi. Soliq to’lovchining ShHKlariga byudjetga soliq va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga ajratmalar bo’yicha kelib tushgan va kaytarilgan mablag’larni, bank muassasasi tomonidan mablag’ o’tkazilganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar asos bo’lib hisoblanadi: - byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’langan soliq va boshqa majburiy ajratmalar bo’yicha to’lov hujjatlari; - soliq to’lovchining to’lov topshiriqnomalari va to’lov kvitansiyalari; - soliq organi tomonidan ortiqcha to’lovlarni qaytarish to’g’risidagi hulosalari va moliya bo’limi to’lov topshiriqnomalari; - uchastka soliq inspektorlari tomonidan undiriladigan 5-shakl ko’rinishidagi pattalar; - inkasso topshiriknomasi bilan undirilgan to’lovlar. Soliq organiga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bank to’lov hujjatlarining elektron ko’rinishidagi shakli «Bank-kliyent» dasturiy mahsuli orqali yoki hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan tegishliligi bo’yicha soliq to’lovchining soliq turi bo’yicha ochilgan ShHKsiga kiritiladi. Bank to’lov hujjatlaridan ko’chirma qog’ozda chop etilgan ko’rinishda olingandan so’ng elektron olingan ma’lumotlar taqqoslanadi va farq aniqlangan taqdirda, aniqlik kiritilib, farq bartaraf qilinadi. Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning ShHKlari quyidagi holatlarda yopiladi: 1. Soliq kodeksining 373-moddasiga asosan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini butunlay to’xtatish yoki vaqtinchalik to’xtatish to’g’risida ariza bilan davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga murojaat qilib, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan axborotnoma taqdim qilinganda; 2. Amaldagi qonunchilik asosida ro’yxatga olishning alohida tartibi joriy qilingan eksport-import faoliyati bilan shug’ullanish uchun yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini butunlay to’xtatish yoki vaqtinchalik to’xtatish to’g’risida ariza bilan ro’yxatga olingan DSIga murojaat qilganda; 3. Buning uchun soliq to’lovchining tugatish ishlari bo’yicha mas’ul xodimi 3 ish kuni ichida hisobga olish bo’limining mas’ul xodimiga soliq to’lovchining ish jildi va faoliyat ko’rsatgan davr byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga o’tkazilgan mablag’lar bo’yicha bank hujjatlarini hamda o’tkazilgan hujjatli tekshiruv natijasi bo’yicha to’ldirilgan ma’lumotlarni to’liq 50 ta’minlab berilishi shart. 4. Fuqarolarning turar va noturar joylarida er va mol-mulkka egalik qilgan jismoniy shaxsning vafot etishi hamda er va mol-mulkka egalik qilish huquqi vakolatli organning qarori, notarial idoralarning oldi-soti shartnomalariga asosan boshqa jismoniy shaxsga o’tganda. Ushbu holatlarda hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi soliq to’lovchi jismoniy shaxsning ShHKda belgilangan soliq va pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmaga hisoblashni to’xtatib, soliq to’lovchi bilan 2 nusxada solishtirma dalolatnoma tuzadi. Solishtirma dalolatnoma 2 tomonlama tasdiqlanib, 1-nusxasi soliq to’lovchiga taqdim etiladi, 2-nusxasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo’limida saqlanadi. Soliq to’lovchi bilan rasmiylashtirilgan solishtirma dalolatnomaga asosan soliq to’lovchi jismoniy shaxsda soliq va boshqa majburiy to’lovlari bo’yicha soliq qarzi hosil bo’lsa Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo’limining ma’sul xodimi tomonidan mavjud soliq qarzini amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda undirish choralari ko’riladi va soliq qarzi penyasi bilan birga to’liq undirilgandan so’ng qayta solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirilib ShHK yopiladi. Solishtirma dalolatnomaga asosan soliq to’lovchi jismoniy shaxsda soliq va boshqa majburiy to’lovlari bo’yicha ortiqcha to’lov hosil bo’lsa, soliq to’lovchining yozma murojaatiga asosan Soliq kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda qaytarilib, qayta solishtirma dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ShHK yopiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling