Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20

3.  Хo’jalik  yurituvchi  subektlarni  soliq  va  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  davlat  byudjeti 
oldidagi majburiyatlarining bajarilishini soliq organlarida yuritiladigan operativ-buxgalterlik  hisobi 
yordamida olib boriladi. 
Soliq  va  majburiy  to’lovlarning  operativ-buxgalterlik    hisobi  bu    hisob  va    hisobot  tizimi 
bo’lib,  soliqlar  va  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  byudjetga  to’lashga    hisoblangan  va  byudjetga 
o’tkazilgan  summalarni,  moliyaviy  sanksiyalar  summalarini,  soliq  qarzi  va  ortiqcha  to’lov,  
hisoblangan penya va boshqa malumotlarni o’z ichiga qamrab olgan. 
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha operativ-buxgalterlik  hisobini  yuritish tartibi Davlat 
soliq qo’mitasining me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi. 
Soliqlar  va  majburiy  to’lovlarning  operativ-buxgalterlik    hisobini  soliq  to’lovchilar 
ro’yxatdan o’tgan davlat soliq inspeksiyalarida olib boriladi. 
Тo’lashga  hisoblangan va byudjetga o’tkazilgan soliq va majburiy to’lov summalari  hisobi 
Moliya Vazirligi tasdiqlagan daromadlar va xarajatlar klassifikatsiyasiga asosan olib boriladi. 
Ushbu  klassifikatsiya  respublika  va  maxalliy  byudjetlarini  tashkillashtirish  borasida  asosiy 
metodologik hujjat  hisoblanadi. 
Klassifikatsiyaga binoan har qaysi soliq va majburiy to’lov turlari o’ziga tegishli byudjetning 
bo’limi va paragrafiga o’tkazilishi kerak.   
O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksini  127-moddasiga  binoan  soliq  organi  soliq 
summasini  soliq  to’lovchining    hisob-kitoblari  va  daromadlar  to’g’risidagi  deklaratsiyasida 
ko’rsatilgan  miqdorda,  shuningdek  tegishli  davlat  organlari  taqdim  etgan  malumotlar  asosida  
hisoblab chikadi. 
Agar  soliq  to’lovchi  daromadlar  to’g’risidagi  deklaratsiyani,  soliqlar  va  yig’imlar  bo’yicha  
hisob-kitoblarini  vaqtida  taqdim  etmasa  yoki  ulardagi  summani  ko’rsatmagan  bo’lsa,  soliq  organi 
o’zidagi mavjud malumotlar asosida soliqlar va yig’imlar summasini  hisoblab chiqarishga va soliq 
to’lovchiga xabarnoma berishga  haqlidir. 
Soliqlar  va  yig’imlarni  yuridik  shaxslar  nakd  pulsiz  tartibda  tegishli  summani  byudjet 
klassifikatsiyasiga binoan tegishli bo’lim va paragrafga, jismoniy shaxslar esa nakd pul bilan va pul 
o’tkazish yo’li bilan amalga oshiradilar. 
Davlat soliq organlari xodimlari soliq to’lovchilarni shaxsiy  hisob varaqalarini yuritish uchun 
quyidagi hujjatlardan foydalanidalar: 
1.Yuridik  shaxslar  soliq  qonunchiligida  belgilangan  muddatlarda  soliq  organlariga  davlat 
byudjetiga    hisobot  davrida  to’lashga    hisoblangan  soliq  summalari  aks  ettirilgan  buxgalterlik  
hisobotlarini va soliqlar bo’yicha  hisoblarini taqdim etadilar. 

 
51 
Ushbu  hujjatlar  asosida  soliq  inspektori  xo’jalik  yurituvchi  subektning  shaxsiy    hisob 
kartochkasiga  soliqlar  bo’yicha  byudjetga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  summalarni    hisoblab 
qo’yadilar; 
2. Soliq to’lovchi yuridik shaxslarning taqdim etgan avans to’lovlari  haqidagi malumotlar; 
3. Byudjetga to’lashga hisoblangan soliq va majburiy to’lov summalarini byudjetga o’tkazish 
uchun  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar    bank  muassalariga  to’lov  topshiriqnomalarini  topshiradilar. 
Ushbu  to’lov  topshiriqnomalarida  soliqning    hisob  raqami,  byudjet  klassifikatsiyasiga  binoan 
byudjetning daromad qismidagi bo’limi va paragrafi, inspeksiya nomi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
Soliq  to’lovchilarning  shaxsiy  hisob  kartochkasida  summalar  milliy  valyuta  –  so’mda 
yuritiladi.  
 hisobotlarni  qabul  qilish  bo’limi  (sho’’basi)ning  mas’ul  xodimi  tomonidan  soliqlar  va 
boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qabul qilingan soliq hisobotlariga, soliq hisoboti qabul qilingan 
sana  va  shaxsiy  hisob  kartochkasiga  kiritilishi  lozim  bo’lgan  hisoblangan  soliq  summasini 
ko’rsatgan  holda  hisoblashga  qabul  qilingan  soliq  hisobotlari  reestri  bilan  birga  1  ish  kunidan 
oshmagan muddatda  hisobga olish bo’limining mas’ul xodimiga taqdim etadi.  
Reestr  ikki  nusxada  tuziladi,  topshirgan  va  qabul  qilgan  ma’sul  xodimlar  tomonidan 
imzolanib,  uning  birinchi  nusxasi    hisobga  olish  bo’limida,  ikkinchi  nusxasi    hisobotlarni  qabul 
qilish bo’limida saqlanadi. 
 Hisobga olish bo’limi uchun reestr asosida taqdim qilingan soliq turlari bo’yicha hisobotlar 
shaxsiy hisob kartochkalarga ma’lumotlar kiritish  yoki kiritilgan ma’lumotlarni o’zgartirish uchun 
asos bo’ladi. 
Elektron  tarzda  taqdim  qilingan  soliq  hisobotlari  bo’yicha  shaxsiy  hisob  kartochkalariga 
ma’lumotlar  kiritish  yoki  kiritilgan  ma’lumotlarni  o’zgartirish  uchun  asos  bo’lib,    hisobotlarni 
qabul  qilish  bo’limi  yoki  sho’’basi  mas’ul  xodimining  elektron  imzosi  bilan  tasdiqlangan  soliq 
hisobotlari amal qiladi.  
Hisobga  olish  bo’limi  mas’ul  xodimi    hisobotlarni  qabul  qilish  bo’limi  yoki  sho’’basi 
mas’ul  xodimi  tomonidan  soliq  hisobotida  ko’rsatib  berilgan  soliq  summasini  soliq  to’lovchining 
shaxsiy  hisob  kartochkasiga  kiritadi  va  kiritilganligi  to’g’risida  soliq  hisobotiga  shaxsiy  hisob 
kartochkasiga kiritilgan soliq summasi va sanasini ko’rsatib imzo bilan tasdiqlaydi.    
Shaxsiy  hisob  kartochkasiga  kiritilayotgan  har  bir  yozuv  bo’yicha  yozuv  kiritilgan  sana, 
mazmuni  va  yozuv  kiritish  uchun  asos  bo’lgan  hujjat  turi  hamda  ularni  kiritgan  xodimning 
familiyasi, ismi, sharifi shaxsiy hisob kartochkasida aks ettiriladi.  
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblangan, kamaytirishga hisoblangan summalari 
bo’yicha  yozuv  shaxsiy  hisob  kartochkasining  «Hisoblangan»,  «Kamaytirishga  hisoblangan» 
summalarga ajratilgan ustunlariga kiritiladi.  
Hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob 
kartochkasiga  belgilangan  tartibda  ma’lumotlar  kiritilgandan  so’ng  imzo  bilan  tasdiqlangan  soliq 
hisobotlari reestrning ikkinchi nusxasi bilan birga bir ish kunidan oshmagan muddatda  hisobotlarni 
qabul  qilish  bo’limi  yoki  sho’’basining  mas’ul  xodimiga  taqdim  etadi.  Shu  bilan  birga  ayrim 
hollarda soliqlar  va  boshqa majburiy  to’lovlar  bo’yicha  soliq  to’lovchi  tomonidan  aniqlashtirilgan 
soliq hisobotlari taqdim etiladi. 
Soliq  to’lovchi  tomonidan  amaldagi  soliq  qonunchiligida  ko’rsatilgan  muddatgacha  soliq 
organiga  yozma  ravishda  o’zgarish  sabablari  aniq  ko’rsatgan  holda  belgilangan  tartibdagi  soliq 
hisoboti  shakllari  asosida  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  taqdim  etilganda,  soliqlar  va  boshqa 
majburiy  to’lovlar  qo’shimcha  hisoblashga  yoki  kamaytirishga  berilgan  taqdirda,  to’lov  muddati 
etib,  tegishli  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  turi  bo’yicha  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti 
topshirilayotgan  davr  uchun  amalda  bo’lgan  soliq  qonunchiligida  belgilangan  to’lov  muddati 
belgilanadi.  
Agar  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  bo’yicha  hisoblab  chiqarilgan  soliq  yoki  boshqa 
majburiy  to’lov  summasi  ilgari  taqdim  etilgan  soliq  hisoboti  bo’yicha  hisoblab  chiqarilgan  va 
to’langan  soliq  yoki  boshqa  majburiy  to’lov  summasidan  ortiq  bo’lsa,  tegishli  soliq  yoki  boshqa 
majburiy to’lovni to’lash bo’yicha soliq majburiyatlariga, tegishli soliqni to’lash muddatidan kelib 

 
52 
chiqib mazkur tafovutga qonunda belgilangan tartibda penya hisoblanadi. 
Agar  aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  bo’yicha  hisoblab  chiqarilgan  soliq  yoki  boshqa 
majburiy  to’lov  summasi  ilgari  taqdim  etilgan  soliq  hisoboti  bo’yicha  hisoblab  chiqarilgan  va 
to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan kam bo’lsa, soliq hisoboti taqdim etilgan 
kundan  e’tiboran  shaxsiy  hisob  kartochkasida  soliq  yoki  boshqa  majburiy  to’lov  summasi  tafovut 
miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi.   
Aniqlashtirilgan  soliq  hisoboti  bo’yicha  hisoblangan  yoki  kamaytirishga  hisoblangan 
summalar  shaxsiy  hisob  kartochkalarda  mos  ravishda  «Hisoblangan»  yoki  «Kamaytirishga 
hisoblangan» ustunlarida aks ettiriladi. 
Soliq  to’lovchilar  tomonidan  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar 
oldidagi  soliq  majburiyatini  bajarish  bo’yicha  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha 
to’lovlarni  amalga  oshirish  O’zbekiston  Respublikasining  Soliq  Kodeksi  va  O’zbekiston 
Respublikasi  Adliya  Vazirligidan  2001  yil  19  fevraldagi  1009-son  bilan  ro’yxatdan  o’tgan 
«O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  kassa  ijrosi  to’g’risida»gi  Yo’riqnomada 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Soliq  to’lovchi  tomonidan  o’tkazilgan  yoki  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  undirilgan 
soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  to’g’risida  yozuv  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob 
kartochkasiga  tegishli  bank  muassasasining  har  kunlik  shaxsiy  hisob  kartochkasidan  ko’chirmasi 
hamda uning ilovasidagi to’lov va inkasso topshiriqnomasi yoki boshqa to’lov hujjatlarning nusxasi 
asosida kiritiladi. 
Soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkalariga  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 
bo’yicha  kelib  tushgan  mablag’lar  bank  muassasasi  tomonidan  mablag’  o’tkazilganligini 
tasdiqlovchi quyidagi bank hujjatlari asosida kiritiladi: 

 
Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’langan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha bank to’lov ko’chirmasi; 

 
soliq to’lovchining to’lov topshiriqnomalari va to’lov kvitansiyalari; 

 
soliq organlarining majburiy undiruv bo’yicha inkasso topshiriqnomalari va memorial orderlar; 
 
 
 

 
soliq  organi  tomonidan  ortiqcha  to’langan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  qaytarish 
to’g’risidagi  hulosalariga  asosan  vakolatli  organlar  tayyorlanadigan  moliya  bo’limi  to’lov 
topshiriqnomalari; 

 
53 

 
«Kamolot»  jamg’armasi  tomonidan  taqdim  etiladigan  jamg’armaga  ajratmani  to’lagan  xo’jalik 
yurituvchi  sub’ektlarining  bank  va  to’lov  hujjatlari  ilova  qilingan,  Kamolot  yoshlar  ijtimoiy 
harakati jamg’armasiga yagona soliqdan ajratma bo’yicha undirilgan mablag’lar reestri;  

 
fuqarolarning  shaxsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlariga  badal  to’lagan  soliq 
to’lovchilarining reestri; 
Хo’jalik  sudi  qarorlari  asosida  qarzdor  korxonalar  mol-mulki  sotuvidan  tushgan 
mablag’ning  Sud  ijrochilari  tomonidan  taqdim  qilinadigan  Sudlar  va  adliya  organlarini 
rivojlantirish  jamg’armasiga  o’tkazilgan  mablag’lar  reestri  asosida  shaxsiy  hisob  kartochkasiga 
kiritiladi.  
Soliq organiga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha bank to’lov hujjatlarining elektron ko’rinishidagi shakli «Bank-kliyent» dasturiy 
mahsuli  orqali  yoki    qo’lda    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  tegishliligi 
bo’yicha  soliq  to’lovchining  soliq  turi  bo’yicha  ochilgan  ShHKsiga  kiritiladi.  Bank  to’lov 
hujjatlaridan  ko’chirma  qog’ozda  chop  etilgan  ko’rinishda  olingandan  so’ng  elektron  olingan 
ma’lumotlar taqqoslanadi va farq aniqlangan taqdirda, aniqlik kiritilib, farq bartaraf qilinadi.  
 Hisobga olish bo’limining ma’sul xodimi to’lov hujjatlarining to’liq bo’lmasligi natijasida 
ShHKga  kirmay  qolgan  summalar  reestrini  tuzib  shu  kunning  o’zidayoq  yozma  ravishda  ushbu 
summalarga aniqlik kiritilishi to’g’risida bank muassasasiga murojaat qiladi.  
 Hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  bank  ma’lumoti  asosida  aniqlik  kiritilgan 
to’lovlarni tegishliligi bo’yicha soliq to’lovchi ShHKga kiritadi. 
Тo’lov hujjatlari qonunchilikda belgilangan davo qilish muddatlari tugagunga qadar alohida 
ish jildlariga tikilgan holda saqlanadi.  
Ayrim  hollarda  soliq  to’lovchilar  tomonidan  to’langan  to’lovlar  bo’yicha  bank  to’lov 
hujjatlari noto’g’ri to’ldirilib o’tkazilgan deb hisoblanadi. Bunday hollar to’lovni amalga oshiruvchi 
korxona  nomi  yoki  SТIR  noto’g’ri  ko’rsatilganda,  soliq  organi  nomi  yoki  SТIR  noto’g’ri 
ko’rsatilganda,  to’lov  hujjati  noto’g’ri  rasmiylashtirilganda,  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 
hisob  raqami  noto’g’ri  yozilganda,  to’lov  maqsadi  noto’g’ri  yozilganda,  soliq  to’lovchini  yuridik 
yoki jismoniy shaxs ekanligini aniqlash imkoniyati bo’lmaganda sodir bo’ladi. 
Yuqoridagi  holatlar  aniqlangan  taqdirda    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  bank 
muassasasiga  yoki  soliq  to’lovchiga  to’lov  hujjati  bo’yicha  noaniqliklarga  aniqlik  kiritib  berish 
yuzasidan  murojaat  qiladi  va  noaniqliklar  bartaraf  etilgandan  so’ng  shaxsiy  hisob  kartochkasiga 
tegishli o’zgartirish kiritadi. 
Soliq  to’lovchi  tomonidan  noto’g’ri  o’tkazilgan  mablag’ni  qaytarish  to’g’risidagi  arizasida 
quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim: 

 
soliq to’lovchining nomi va SТIRi; 

 
soliq to’lovchining yuridik manzili; 

 
noto’g’ri o’tkazilish hisobiga ortiqcha to’lov hosil bo’lgan to’lov turi; 

 
noto’g’ri o’tkazilish hisobiga ortiqcha to’lov hosil bo’lish sababi; 

 
to’lov qaytariladigan bank rekvizitlari; 
Noto’g’ri  o’tkazilgan  summa  soliq  organi  tomonidan  amaldagi  soliq  qonunchiligida 
belgilangan muddatda va tartibda soliq to’lovchiga qaytariladi. 
Noto’g’ri to’langan mablag’ soliq to’lovchining  yozma murojaatiga asosan qaytarilgandan 
so’ng bank to’lov hujjatlari ko’chirmasi asosida qaytarilgan summa to’g’risida yozuv shaxsiy hisob 
kartochkasiga  kiritilib,  noto’g’ri  tushgan  mablag’  hisobiga  hosil  bo’lgan  ortiqcha  to’lov  summasi 
yopiladi. 
Ayrim  soliq  to’lovchilar  «Nol»  darajali  stavka  bo’yicha  qo’shilgan  qiymat  solig’i 
to’laydilar.  Bunda  «Nol»  darajali  stavka  hisobiga  ortiqcha  to’lov  hosil  bo’ladi.  QQS  bo’yicha 
manfiy  qoldiq  hisobiga  hosil  bo’lgan  ortiqcha  to’lov  summasi  qonunchilikda  belgilangan  tartibda 
Moliya  vazirligi  tomonidan  qaytarib  beriladi.  Soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasida 
qaytarilgan mablag’ni aks ettirish uchun asos bo’lib Moliya vazirligining soliq to’lovchiga mablag’ 
qaytarilganligi  to’g’risidagi  xati  va  unga  ilova  qilingan  bank  hujjati  nusxasi  hisoblanadi.  Soliq 
to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasiga  mablag’  qaytarilganligi  to’g’risidagi  yozuv  sanasi 

 
54 
sifatida  Moliya  vazirligining  soliq  to’lovchiga  mablag’ni  qaytarganligi  yuzasidan  taqdim  qilgan 
to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan sana hisobga olinadi.  
Ma’lumki,  soliq  tekshiruvlari  natijasida  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  qo’shimcha 
hisoblanishi  yoki  kamaytirilishi  mumkin.  Shuningdek,  soliq  huquqbuzarliklari  uchun  moliyaviy 
jarimalar qo’llaniladi. Soliq tekshiruvini o’tkazgan soliq organining mas’ul xodimi, soliq tekshiruvi 
natijasi bo’yicha qaror nusxasini soliq to’lovchiga topshirgan kunidan e’tiboran bir kun ichida soliq 
tekshiruvi natijasi  bo’yicha  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalardan  qo’shimcha 
(kamaytirishga)  hisoblangan  to’lovlar,  qo’llanilgan  moliyaviy  jarimalar  va  penyalar  to’g’risida 
shaxsiy  hisob  kartochkasiga  o’tkazish  uchun  soliq  xizmati  organi  rahbari  yoki  o’rinbosarining 
munosabat belgisi qo’yilgan ma’lumotni  hisobga olish bo’limiga taqdim etadi.  
 Hisobga  olish  bo’limi  mas’ul  xodimi  taqdim  etilgan  ma’lumot  asosida  byudjet  va 
byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  bo’yicha  qo’shimcha  hisoblangan  yoki  kamaytirilgan 
summalarni, moliyaviy jarimalarni va penyalarni shaxsiy hisob kartochkasiga o’tkazadi. Ma’lumot 
nusxasi    hisobga  olish  bo’limi  mas’ul  xodimida  saqlanib,  ro’yxatga  olish  kitobida  qayd  qilib 
boriladi.  Тaqdim  etilgan  ma’lumot  bilan  dasturiy  mahsulga  kiritilgan  ma’lumot  o’rtasida  farq 
aniqlangan  taqdirda    hisobga  olish  bo’limi  ma’sul  xodimi  aniqlangan  farq  to’g’risida  inspeksiya 
boshlig’i nomiga bildirgi kiritib, tafovut belgilangan tartibda bartaraf etilgandan so’ng, byudjet va 
byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  bo’yicha  qo’shimcha  hisoblangan  yoki  kamaytirilgan 
summa, moliyaviy jarimalar va penyani shaxsiy hisob kartochkasiga o’tkazadi. 
Soliq  Kodeksining  104-moddasiga  asosan  o’tkazilgan  soliq  tekshiruvi  natijasi  bo’yicha 
byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  qo’shimcha  hisoblangan  summalar 
natijasida hosil bo’lgan soliq qarzini soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organi qarorining nusxasini 
olgan  kundan  e’tiboran  o’ttiz  kun  ichida  soliq  to’lovchi  tomonidan  to’lamasligi  soliq  organi 
tomonidan  ushbu  to’lanmagan  summani  majburiy  undiruvga  qaratish  uchun  asos  bo’ladi.  Soliq 
to’lovchi  tomonidan  soliq  tekshiruvi  natijasi  bo’yicha  qarorda  ko’rsatilgan  soliqqa  oid 
huquqbuzarliklar bartaraf etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy to’lovlar va penya summasi 
to’langan  taqdirda,  davlat  soliq  xizmati  organining  qaroriga  asosan  soliq  to’lovchiga  nisbatan 
qo’llaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Bunda tekshirish o’tkazgan mas’ul xodim 
tomonidan soliq xizmati organi rahbari  yoki o’rinbosari nomiga bildirgi kiritilib, unda o’tkazilgan 
tekshirish  natijasi  bo’yicha  qarorda  ko’rsatilgan  jarima  qismi  bekor  qilinishi  bildiriladi.  Soliq 
xizmati  organi  rahbari  tomonidan  bildirgida  keltirilgan  holat  bo’yicha  munosabat  belgisidan  kelib 
chiqib,    hisobga  olish  bo’limi  xodimi  tomonidan  shaxsiy  hisob  kartochkasiga  tegishli  o’zgartirish 
kiritiladi.  
Soliq  tekshiruvi  natijasi  yuzasidan  Хo’jalik  sudiga  moliyaviy  sanksiya  qo’llash  uchun 
yuborilgan tekshiruv materiallari bo’yicha Sud qarori soliq organiga kelib tushgandan so’ng bir ish 
kunidan oshmagan muddatda tekshiruv o’tkazgan mas’ul xodim tomonidan qo’llanilgan moliyaviy 
sanksiya summasini shaxsiy hisob kartochkasiga belgilangan tartibda kiritish uchun ma’lumotnoma 
taqdim etadi.  Hisobga olish bo’limi mas’ul xodimiga soliq xizmati organi rahbari yoki o’rinbosari 
tomonidan munosabat belgisi qo’yilgan ma’lumot shaxsiy hisob kartochkasiga moliyaviy sanksiya 
summasini kiritish uchun asos bo’ladi. 
Ayrim  hollarda  Hukumat  qarori  bilan  soliq  to’lovchilarning  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to’lovlar  bo’yicha  soliq  qarzi  va  penyalarni  to’lov  muddatini  kechiktirish,  hisobdan  chiqarish  va 
bo’lib-bo’lib to’lash imkoni beriladi.  
Soliq  kodeksining 54-moddasiga asosan  soliq  qarzdorligini  to’lashni kechiktirish va  (yoki) 
bo’lib-bo’lib  to’lash  vaqtinchalik  moliyaviy  qiyinchilikka  ega  bo’lgan  korxonalarga  davlat 
tomonidan yordam ko’rsatish maqsadida to’lash muddatini soliq to’lovchi qarz summasini bir yo’la 
yoki bosqichma-bosqich to’lagan holda keyinroq muddatga ko’chirishdan iboratdir. 
Тo’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  yoki  u  vakolat  bergan  organ  tomonidan  bir  oydan 
yigirma to’rt oy muddatga beriladi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzini, shu jumladan penya to’lashni 
kechiktirish  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lash  va  hisobdan  chiqarish  O’zbekiston  Respublikasining  Soliq 

 
55 
Kodeksi,  Bankrotlik  to’g’risidagi  Qonuni,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Qarorlari  hamda 
Adliya  vazirligidan  2005  yil  14  yanvarda  1442-son  bilan  ro’yxatga  olingan  «Byudjet  va  Davlat 
maqsadli  jamg’armalariga  to’lovlar  bo’yicha  qarzlarni  to’lash  muddatini  kechiktirish  va  (yoki) 
bo’lib-bo’lib  to’lash  imkonini  berish,  penya  hisoblashni  to’xtatish,  shuningdek  penya  va  jarima 
sanksiyalarni hisobdan chiqarish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.  
Soliq qarzi summalarini to’lashni kechiktirish  yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish va 
hisobdan  chiqarish  vakolatli  organlar  qarorlari,  jumladan  sud  qarori,  Muddati  o’tkazib  yuborilgan 
debitorlik  va  kreditorlik  qarzlarini  qisqartirish  va  byudjetga  to’lovlar  intizomini  mustaxkamlash 
bo’yicha Respublika komissiyasining yig’ilish bayonnomasi asosida yuqori soliq organining yozma 
ko’rsatmasi bo’yicha amalga oshiriladi.  
Soliq  to’lovchi  tomonidan  topshirilgan  soliq  hisobotlari,  shuningdek,  aniqlashtirilgan  soliq 
hisobotlari,  ma’lumotnomalar,  o’tkazilgan  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo’yicha  qo’shimcha 
hisoblangan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  hamda  qo’llanilgan  penya  va  jarimalar  bo’yicha 
soliq  qarzi  summalarini  vakolatli  organlar  qarorlari  asosida  hamda  amaldagi  qonunchilik  asosida 
soddalashtirilgan  soliq  tizimi  joriy  qilingan  yangi  ro’yxatdan  o’tgan  mikrofirma  va  kichik 
korxonalarga  berilgan  imtiyoz  asosida  to’lov  muddatini  uzaytirish,  bo’lib-bo’lib  to’lash  imkonini 
berish  tartibi  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasida  «Тo’lov  muddati  kechiktirilgan 
summa»  ustunida,  muddati  tugagandan  so’ng  qayta  tiklangan  summa  esa  «Тo’lov  muddati 
tiklangan summa» ustunida aks ettiriladi. 
Soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  soliq  qarzi  va  penya  summalarini  to’lashni 
kechiktirish  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lash  imkonini  berish  tegishli  vakolatli  organ  bayonomasi  yoki 
qarori olingandan so’ng quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
Vakolatli  organning  yig’ilish  bayoni  yoki  qarorida  belgilangan  talablarga  asosan  soliq 
to’lovchining  solishtirma  dalolatnomasida  mavjud  soliq  qarzi  summalarini  ortiqcha  to’lov  hosil 
bo’lishiga  yo’l  qo’yilmagan  holda  tegishli  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  to’lashni 
kechiktirish  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lash  to’g’risida    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi 
tomonidan soliq to’lovchi bilan soliq xizmati organi o’rtasida uch nusxada solishtirma dalolatnoma 
tuziladi. (6-ilova) 
Solishtirma  dalolatnoma,  soliq  xizmati  organi  rahbari  yoki  o’rinbosari,  mas’ul  xodimlari 
hamda  soliq  to’lovchi  sub’ektning  boshlig’i  va  bosh  hisobchisi  tomonidan  tasdiqlanadi.  Unda 
tegishli  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  vakolatli  organning  bayonnoma  qarori 
talablari,  shuningdek  soliq  qarzini  tiklanish  muddati  ko’rsatiladi.  Ushbu  dalolatnomaga  asosan 
shaxsiy hisob kartochkasiga tegishli o’zgarishlar kiritiladi. 
Soliq to’lovchining tegishli soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi va penya 
summalarini to’lashni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan soliq qarzi summalari 
bo’yicha  yuqori  soliq  organi  tomonidan  taqdim  etilgan  jadval  shakllarini  belgilangan  tartibda 
to’ldirib, soliq organi  rahbari  yoki o’rinbosari  imzosi bilan tasdiqlangan holda, rasmiylashtirilgan 
solishtirma  dalolatnomasining  bir  nusxasi  ilova  qilinib, 2 ish kunidan oshmagan  muddatda  Davlat 
soliq boshqarmasiga taqdim etiladi. 
 Hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  byudjet  va  byudjetdan  tashqari 
maqsadli jamg’armalar bo’yicha soliq qarzi summalarini to’lov muddati kechiktirilgan yoki bo’lib-
bo’lib  to’lash  imkoni  berilgan  soliq  to’lovchining  bank  muassasasidagi  2-  kartotekada  turgan  har 
bir  soliq  turi  bo’yicha  qo’yilgan  inkasso  va  to’lov  topshiriqnomalarini,  debitori  hisob  raqamiga 
qo’yilgan  inkasso  topshiriqnomalarini  hamda  valyuta  hisob  kartochkasiga  qo’yilgan 
taqdimnomalarni ijrosini  vaqtincha  to’lov  muddati  kechiktirilgan  sanagacha  to’xtatib  turish  uchun 
soliq  to’lovchiga  xizmat  ko’rsatuvchi  bankka  yozma  ravishda  ma’lum  qilinadi.    Hisobga  olish 
bo’limi mas’ul xodimi tomonidan muddati kechiktirilgan yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan 
soliq qarzi summasiga penya hisoblash shu muddatga to’xtatiladi. 
Kechiktirilgan soliq qarzi miqdorida majburiy undiruv harakatlari vaqtincha to’lov muddati 
kechiktirilgan  sanagacha  to’xtatiladi.  Vakolatli  organ  tomonidan  qaror  qabul  qilinishiga  qadar 
so’ndirilgan  soliq  qarzi  qaytarilmasligi  yoki  navbatdagi  to’lovlar  hisobiga  e’tiborga  olinmasligi 
kerak.    Soliq  qarzini  kechiktirish  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lash  imkoni  berilgan  davrda  soliq 

 
56 
to’lovchining joriy to’lovlari bo’yicha soliq qarzi mavjud bo’lmasa hamda vakolatli organ qarorida 
ko’rsatib o’tilgan bo’lsa, soliq organi tomonidan undiruv amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan 
tartibda to’lov muddati kechiktirilgan soliq qarzi summasiga qaratilishi mumkin.  
Тo’lov  muddati  kechiktirilgan  davrida  soliq  to’lovchining  to’lov  muddati  kechiktirilgan 
to’lov turi bo’yicha ortiqcha to’lov summasi hisobot, qayta hisobot yoki oldindan to’lov natijasida 
hosil  bo’lgan  taqdirda,  ortiqcha  to’lov  summasi  miqdorida  muddati  kechiktirilgan  soliq  qarzi 
summasi  tiklanib  ortiqcha  to’lov  va  muddati  kechiktirilgan  soliq  qarzi  miqdori  ushbu  summaga 
kamaytiriladi. 
 Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan har oy yakuni bo’yicha hisobot oyidan 
keyingi  oyning  5-sanasigacha  muddati  kechiktirilgan  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lash  imkoni  berilgan 
soliq qarzi va penyaning qoldiq summalari to’g’risida yuqori soliq organiga ma’lumot taqdim qilib 
boradi.  
Тo’lov muddatini kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish bo’yicha belgilangan 
muddat tugagandan so’ng majburiy undirish bo’yicha vaqtincha ijrosi to’xtatilgan barcha hujjatlar 
qayta ijroga qaratiladi. 
Ayrim  hollarda  soliq  to’lovchilarning  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  soliq 
qarzi,  penya  va  moliyaviy  sanksiyalari  hisobdan  chiqariladi  va  hisobdan  chiqarish  vakolatli 
organning yig’ilish bayoni  olingandan so’ng quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
 Hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  soliq  to’lovchi  bilan  soliq  xizmati 
organi  o’rtasida  vakolatli  organning  yig’ilish  bayonida  ko’rsatilgan  sanaga  tegishli  soliqlar  va 
boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi va penyalari to’g’risida o’zaro ikki yoqlama imzo va 
muhr bilan tasdiqlangan holda uch nusxada solishtirma dalolatnoma tuziladi. 
Agar  vakolatli  organning  yig’ilish  bayonida  hisobdan  chiqariladigan  soliq  qarzi  va  penya 
aniq ko’rsatilgan bo’lsa,  ortiqcha to’lov hosil bo’lishiga  yo’l qo’yilmagan  holda qarordagi summa 
olinadi. 
Solishtirma  dalolatnomada  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  turlari  bo’yicha  hisobdan 
chiqarilayotgan soliq qarzi va penya to’liq ko’rsatilishi lozim. 
Solishtirma dalolatnomaga asosan soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasida hisobdan 
chiqarilgan miqdorda soliq qarzi va penya summasi kamaytiriladi.  
 
 
 

 
57 
 Hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  hisobdan  chiqarilgan  soliq  qarzi  va  penya 
to’g’risida ma’lumotlarni aks ettiruvchi jadvalni belgilangan tartibda to’ldirib, soliq organi rahbari 
yoki o’rinbosari imzosi bilan tasdiqlangan holda, rasmiylashtirilgan solishtirma dalolatnomasining 
bir nusxasini ilova qilib, ikki ish kuni ichida yuqori soliq organiga taqdim etadi. 
 Hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  byudjet  va  byudjetdan  tashqari 
maqsadli  jamg’armalar  bo’yicha  hisobdan  chiqarilgan  soliq  qarzi  summalari  bo’yicha  soliq 
to’lovchining  bank  muassasasidagi    2-kartotekada  turgan  har  bir  soliq  turi  bo’yicha  inkasso  va 
to’lov  topshiriqnomalari  va  debitori  hisob  raqamiga  ushbu  summaga  qo’yilgan  inkasso 
topshiriqnomalari hamda valyuta hisob kartochkasiga qo’yilgan taqdimnomalarni ijrosiz chaqirtirib 
olish uchun soliq to’lovchining bankiga yozma murojaat qilinadi. 
Mas’ul  bo’lim  tomonidan  hisobdan  chiqarilgan  soliq  qarzi  summasi  bo’yicha  majburiy 
undirish uchun ijroda bo’lgan barcha hujjatlar, jumladan,  ogohlantirish, talabnoma, sud idoralarga 
yuborilgan arizalar va ijrodagi sud buyruqlari belgilangan tartibda ijrodan chiqariladi.(9-ilova) 
Ma’lumki,  Davlat  ro’yxatidan  o’tkazilgan  paytdan  e’tiboran  yagona  soliq  to’lovi 
to’lovchilariga  hisoblangan  yagona  soliq  to’lovini  to’lash  muddatini  kechiktirish  imkoniyati 
berilgan.  
Ayrim  soliq  to’lovchilarga  joriy  qilingan  alohida  soliq  solish  tizimi  bo’yicha  hisoblangan 
soliq  summalarini  to’lov  muddatini  uzaytirish  va  bo’lib-bo’lib  to’lash  imkonini  berish  tartibi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi 3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik 
korxonalarni  rivojlantirishni  rag’batlantirish  borasidagi  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida»gi 
hamda  2006  yil  7  iyuldagi  «O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ba’zi  farmonlariga 
o’zgarishlar  kiritish  to’g’risida»gi  3771-sonli  Farmoni  hamda  2005  yil  2  avgustdagi  1502-sonli 
«Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini to’lash muddatini 
kechiktirish xuquqini berish tartibi to’g’risida»gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.  
 Hisobotlarni qabul qilish bo’limi yoki sho’’basi tomonidan soliq to’lovchining kechiktirish 
huquqini  berish  to’g’risidagi  arizasi  belgilangan  tartibda  ko’rib  chiqilib,  kechiktirish  huquqini 
olishga haqli bo’lsa, uch nusxada xulosa tayyorlanadi,  hisobga olish bo’limiga va soliq to’lovchiga 
yagona soliq to’lovi bo’yicha kechiktirish huquqini berish to’g’risida xulosa  taqdim etiladi. 
Хulosalar  hisobotlarni  qabul  qilish  bo’limi  yoki  sho’’basida  ro’yxatga  olinib,  birinchi 
nusxasi  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  hisobotlar  yig’ma  ish  jildida,  ikkinchi  nusxasi    hisobga 
olish bo’limining alohida ish yuritish jildida saqlanadi.  
Хulosa    hisobotlarni  qabul  qilish  bo’limi  tomonidan    hisobga  olish  bo’limiga  va  soliq 
to’lovchiga, soliq to’lovchi uchun yagona soliq to’lovini to’lashning birinchi muddati boshlanishiga 
ko’pi bilan o’n kun qolgungacha taqdim etib boradi.  
 Hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  kechiktirish  huquqiga  ega  bo’lgan  yagona  soliq 
to’lovi to’lovchisi bo’yicha tegishli xulosa olgandan so’ng yagona soliq to’lovidan topshiriladigan 
choraklik  soliq  hisobotlari  asosida  hisoblanadigan  soliq  summalari  to’lov  muddatini  xulosada 
belgilangan  muddatgacha  kechiktirish  uchun  shaxsiy  hisob  kartochkasining  «Тo’lov  muddati 
kechiktirilgan summa» ustunida aks ettirib boradi. 
Soliq  to’lovchining  yagona  soliq  to’lovidan  hisoblangan  summalarining  to’lov  muddatini 
kechiktirish  bo’yicha  belgilangan  muddat  tugagandan  so’ng  soliq  organi  tomonidan  jami  to’lash 
muddati kechiktirilgan yagona soliq to’lovi summasini o’n ikki oy ichida teng ulushlar bilan to’lash 
to’g’risidagi yozuvni soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasiga kiritadi. 
Soliq Kodeksining talablari asosida kechiktirish huquqini olgan soliq to’lovchi kechiktirish 
huquqi  amal  qilish  davrida  faoliyatini  to’xtatsa,  kechiktirish  huquqi  bekor  qilinadi  hamda  shaxsiy 
hisob  kartochkasida  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  hisoblangan  yagona  soliq  to’lovi  qayta 
tiklanadi va belgilangan tartibda majburiy undiruvga qaratiladi. 
Yagona  soliq  to’lovini  to’lovchilarning  kechiktirish  huquqidan  voz  kechish  to’g’risidagi 
yozma  murojaati  asosida  muddati  kechiktirilgan  summa  soliq  organi  tomonidan  shaxsiy  hisob 
kartochkasida qayta tiklanishi mumkin. 
Soliq  to’lovchining  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  shaxsiy  hisob 
kartochkalarida  penya  hisoblash  Soliq  kodeksi  va  2007  yil  9  oktabrdagi  1724-son  bilan  Adliya 

 
58 
Vazirligidan  ro’yxatdan  o’tgan  Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarga  penya  hisoblash  tartibi 
to’g’risida NIZOM asosida amalga oshiriladi. 
1.  Penya  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasida  aks  ettirilgan  soliq  qarzi 
summasiga  to’lov  muddati  tugagandan  keyingi  kundan  boshlab  har  bir  kechiktirilgan  kun  uchun 
0,05 % miqdorida hisoblanadi. 
Misol: 
ming so’m 
Soliq turi 
Soliq 
qarzi 
Ortiqcha 
to’lov 
Qoldiq 
(+,-)* 
Penya 
hisoblash 
davri 
Хisob-
langan 
penya 
Qo’shilgan qiymat solig’i 
100,0 

Х 
Х 
Х 
Foyda solig’i 
325,0 

Х 
Х 
Х 
Ta’lim 
muassasalarini 
rekonstruktsiya 
qilish, 
kapital 
ta’mirlash 
va 
jixozlash 
jamg’armasiga ajratma 
 

 
200,0 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
Respublika  yo’l  jamg’armasiga 
ajratma 

65,0 
Х 
Х 
Х 
Jami 
425,0 
265,0 
-160,0 
15 kun 
1,2 
*) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; 
     «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. 
Berilgan  misol  bo’yicha  hisoblangan  penya  summasi  1,2  ming  so’mni  (160,0  x  15  kun  x 
0,05%) tashkil qiladi. 
2.  Soliq  to’lovchi  tomonidan  to’langan  ortiqcha  to’lov  miqdoriga  teng  miqdordagi  soliq 
qarzi  summasiga  penya  hisoblanmaydi.  Ortiqcha  to’lov  soliq  organlari  tomonidan  tasdiqlangan 
bo’lishi kerak. 
Misol:                                                                                            ming so’m 
Soliq turi 
Soliq 
qarzi 
Ortiqcha 
to’lov 
Qoldiq 
(+,-)* 
Penya 
hisoblash 
davri 
Хisob-
langan 
penya 
Qo’shilgan qiymat solig’i 
300,0 

Х 
Х 
Х 
Foyda solig’i 

200,0 
Х 
Х 
Х 
Ta’lim 
muassasalarini 
rekonstruktsiya 
qilish, 
kapital 
ta’mirlash 
va 
jixozlash  
jamg’armasiga ajratma 
 

 
200,0 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
Respublika  yo’l  jamg’armasiga 
ajratma 
100,0 

Х 
Х 
Х 
Jami 
400,0 
400,0 
0,0 

0,0 
Ushbu misoldan soliq qarzi va ortiqcha to’lov miqdorlari bir biriga teng, ya’ni nolli qoldiq 
bo’lganligi uchun penya hisoblanmaydi. 
2.
 
Umumiy  ortiqcha  to’lov  summasi  umumiy  soliq  qarzi  summasidan  oshgan  holda  penya 
hisoblanmaydi. 
Misol:                                                                                            ming so’m 

 
59 
Soliq turi 
Soliq 
qarzi 
Ortiqcha 
to’lov 
Qoldiq 
(+,-)* 
Penya 
hisoblash 
davri 
Хisob-
langan 
penya 
Qo’shilgan qiymat solig’i 
250,0 

Х 
Х 
Х 
Foyda solig’i 

300,0 
Х 
Х 
Х 
Ta’lim 
muassasalarini 
rekonstruktsiya 
qilish, 
kapital 
ta’mirlash 
va 
jixozlash  
jamg’armasiga ajratma 
 

 
250,0 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
Respublika  yo’l  jamg’armasiga 
ajratma 
200,0 

Х 
Х 
Х 
Jami 
450,0 
550,0 
+100,0 

0,0 
*) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; 
     «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. 
Ushbu misolda umumiy ortiqcha to’lov summasi umumiy soliq qarzi summasidan oshadi va 
mos ravishda  penya hisoblanmaydi. 
3.
 
Hisoblangan  penya  summasi  har  bir  soliq  va  majburiy  to’lov  turlarining  umumiy  soliq 
qarzidagi  ulushidan  kelib  chiqqan  holda  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  turlari  bo’yicha 
taqsimlanadi. 
Misol:                                                                                            ming so’m 
Soliq turi 
Soliq 
qarzi 
Ortiqcha 
to’lov 
Qoldiq 
(+,-)* 
Penya 
hisoblash 
davri 
Хisob-
langan 
penya 
Penya-
ning 
taqsimlan
ishi  
Qo’shilgan 
qiymat 
solig’i 
100,0 

Х 
Х 
Х 
0,3 
Foyda solig’i 
325,0 

Х 
Х 
Х 
0,9 
Ta’lim  muassasalarini 
rekonstruktsiya  qilish, 
kapital  ta’mirlash  va 
jixozlash  
jamg’armasiga ajratma 
 

 
200,0 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
Respublika 
yo’l 
jamg’armasiga ajratma 
 

 
65,0 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
Jami 
425,0 
265,0 
–160,0 
15 kun  
1,2 
1,2 
*) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; 
     «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. 
Bu  misolda  160,0  ming  so’m  soliq  qarzi  qoldiq  summasiga  1,2  ming  so’m  miqdorida 
hisoblangan penya summasi qo’shilgan qiymat solig’i (24%) va foyda solig’i (76%) bo’yicha soliq 
qarzlarining jami soliq qarzidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi. 
5.  Shuningdek,  penya  summasi  soliq  to’lovchining  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 
bo’yicha  qarzdorligi (soliq qarzi) summasidan oshib ketishi mumkin emas.  
 
6. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy to’lov turlari 
bo’yicha  taqsimlanadi,  lekin  ilgari  hisoblangan  penya  summasi  soliq  qarzi  summasiga  teng  yoki 
oshib ketgan soliq turlari bo’yicha soliq to’lovchi shaxsiy hisob kartochkasida aks ettirilmaydi. 
 Misol:                                                                                            ming so’m 

 
60 
Soliq turi 
Soliq 
qarzi 
Or-
tiqcha 
to’lov 
Qoldiq 
(+,-)* 
Penya 
hisob-
lash 
davri 
Hisob-
langan 
penya 
Ilgari 
hisob-
langan 
penya 
qoldi-g’i 
Penya 
taqsim
oti 
Yaku-
niy 
penya 
summa-
si  
Qo’shilgan 
qiymat 
solig’i 
50,0 

Х 
Х 
Х 
50,0 
0,2 
50,0 
Aksiz solig’i 
50,0 

Х 
Х 
Х 
65,0 
0,2 
65,0 
Foyda solig’i 
200,0 
 
 
 
 
10,0 
0,7 
10,7 
Ta’lim 
muassasalarini 
rekonstruktsiya 
qilish, 
kapital  ta’mirlash  va 
jixozlash  
jamg’armasiga ajratma 
 

 
100,

 
Х 
 
Х 
 
Х 
 

 
Х 
 

Respublika 
yo’l 
jamg’armasiga ajratma 
 

 
50,0 
 
Х 
 
Х 
 
Х 
 

 
Х 
 

Jami 
300,0 
150,0  –150,0  15 kun  
1,1 
125,0 
1,1 
125,7 
*) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; 
     «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. 
Soliq qarzi summasining ortiqcha to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan oshgan 
qismiga penya hisoblash uchun soliq to’lovchining shaxsiy hisobvaraqlarida jismoniy shaxslarning 
daromad  solig’idan  tashqari  har  bir  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlari  bo’yicha  barcha 
operatsiyalar qoldiq summalari aks ettirilgan holda operatsiyalar amalga oshirilgan sanaga yoziladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling