Soliqlar va sug‘urta fakulteti talabalarini fanlardan akademik qarzlarini topshirishni tashkil etish to‘g‘risida
Download 170 Kb.
|
1 2
Bog'liq2021 2022 2 semestr Қарздор талабаларга ўқишни ташкил этиш тўғрисидa
Soliqlar va sug‘urta fakulteti talabalarini fanlardan akademik qarzlarini topshirishni tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qaroriga asosan BUYURAMAN: Mazkur buyruqning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan fakultetning kredit-modul tizimi asosida tahsil oluvchi 2 va 3-kurs talabalarining 2021/2022 o‘quv yilining 2-semestrida o‘quv rejada belgilangan ayrim fanlardan akademik qarzdorligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2021/2022 o‘quv yili 2-semestrida o‘quv rejaga kiritilgan ayrim fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalar fanlarning kreditlariga mos ravishda to‘lovni amalga oshirganlaridan so‘ng darslarni qayta tashkil etilishi belgilansin. 2021/2022 o‘quv yili 2-semestrida o‘quv rejaga kiritilgan ayrim fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalar uchun fanlarni qayta tashkil etish muddati 2023-yil 1-apreldan 2023-yil 29-aprelgacha etib belgilansin. Fakultet dekani L.Zoyirov zimmasiga: Kredit-modul tizimi asosida tahsil oluvchi fanlardan akademik qarzlari mavjud bo‘lgan talabalar hisobini yuritish, talabalarni xabardor qilish, akademik qarzlarni topshirishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i I.Choriyev zimmasiga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori talablaridan kelib chiqib, akademik qarzdor talabalar uchun dars jadvalini tuzish va qayta topshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilsin. Bosh hisobchi Sh.Zokirov zimmasiga akademik qarzdor talabalar shartnomalarini shakllantirish, to‘lov pulini hisoblash va undirish vazifalari yuklatilsin. Kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i J.Sayfiyev zimmasiga akademik qarzdor talabalar hisobini yuritish, akademik qarzlarni topshirish natijalarini HEMIS axborot tizimida qayd etilishini nazorat qilish vazifalari yuklatilsin. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Mexmonov zimmasiga yuklatilsin.
Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling