-Soliq solishning adolatlilik tamoyili. Soliq solishning adolatlilik tamoyiliga muvofiq, soliqlar jamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb tan olingan umumiy obektiv qoidalarga binoan belgilanishi lozim. Adolatlilik tamoyili bir qancha asosiy guruhdagi soliq solish tamoyillariga bolinadi. Bularni ikki guruhga bolgan holda organish maqsadga muvofiqdir. Bunda gorizantal va vertikal adolatni bir-biridan farqlash lozim. Gorizantal adolat tamoyili daromad olishning turli sharoitlarida soliq tolovchilarga nisbatan soliq solishning taxminan teng shartlarini qollashni nazarda tutadi.
-Soliq solishning oddiylik va holislik tamoyili. Bu tamoyil soliq solish bazasini aniqlashda, soliqlani hisoblab chiqishda oddiylik bolishini, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni, shuningdek soliqlarning eng muxim turlari boyicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni kozda tutadi.
-Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili. Samarali soliq tizimiga qoyiladigan muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bolishidir. Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish kop hollarda soliqlarning soliq tolovchilarga yaxshi tushunarli bolishiga bogliq.
-Soliq solishning soliqlarni yigish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili. Ushbu tamoyil davlat va soliq tolovchilar tomonidan soliqlarni yigish uchun ketadigan harajatlarni mumkin qadar kamaytirishni kozda tutadi.
-Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi huddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, yani mintaqaning oziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bolgan hojalik faoliyati shart sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qoyilgudek bolsa, bu hol Respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkillashtirib yuboradi, aksincha, engil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy tasir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |