Soliqqa tortish jarayonida deklaratsiyalash usuli, uning oʻziga xos xususiyatlari. Reja


Download 42.67 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1276088
  1   2   3
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish




Soliqqa tortish jarayonida deklaratsiyalash usuli, uning oʻziga xos xususiyatlari.
Reja.
1.Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortish tartib
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar
3. Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning xususiyatlari.
4. Foydalanilgan adabiyotlar .

1.Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortish tartib

Deklaratsiya – soliq idoralariga soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar tomonidan topshiriladigan va o‘z ichiga olingan daromadlar va ushbu daromadlar bilan bog‘liq xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradigan hamda soliq to‘lovchining hisoblangan soliqlarni ixtiyoriy ravishda va belgilangan vaqtda davlat budjetiga to‘lashga majbur etadigan hujjat hisoblanadi. Soliq kodeksiga ko‘ra jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi haqidagi deklaratsiya quyidagi hollarda soliq organlariga topshiriladi:


Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortish tartibi.
a) mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqqi tariqasida olingan daromad (agar bunday daromadlarga to‘lov manbayida soliq solinmagan bo‘lsa);
b) asosiy bo‘lmagan ish joyidan (O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan jismoniy shaxslar tomonidan (Asosiy bo‘lmagan ish joyidagi mehnat to‘lovi bo‘yicha daromad oluvchi jismoniy shaxs buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‘yicha daromadidan soliq ushlab qolinishi haqida ariza topshirganlar bundan mustasno); d)rezident — chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan; Jismoniy shaxslar doimiy istiqomat joyidagi davlat soliq xizmati organlariga jami yillik daromadlari haqida deklaratsiyani quyidagi muddatlarda taqdim etishlari kerak: asosiy bo‘lmagan ish joyidan (O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan rezident — jismoniy shaxslar hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay; rezident — chet ellik jismoniy shaxslar nazarda tutilayotgan daromadlar haqida — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kundan boshlab bir oy mobaynida belgilangan shaklda. Chet ellik jismoniy shaxsning faoliyati taqvimiy yil mobaynida to‘xtagan va u O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan bo‘lsa, amalda olingan daromadlar haqida jo‘nab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiya taqdim etilishi kerak. Yakuniy deklaratsiya belgilangan shaklda hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Agar chet ellik jismoniy shaxs – O‘zbekiston Respublikasi rezidenti joriy yilning 1-fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo‘lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lash chog‘ida deklaratsiya topshirish orqali soliqlar quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
a) asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad olgan rezident — jismoniy shaxslar — jami yillik daromad haqidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo‘yicha hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, yil mobaynida qayta hisoblanganda esa, deklaratsiya davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida;
b) jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valutasida to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valutasida qayta hisoblab chiqiladi.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling