21«fevral»2023 yil.
02-02/3-185-son
Barcha tuman, shahar maktabgacha
ta’lim bo‘lim mudirlariga
Nusxasi
Barcha davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti direktorlariga
Xabaringiz
bor,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2022-yil
28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni 1-ilovasidagi 39-maqsadga muvofiq kelgusida,
“Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish”
belgilangan. Mazkur yo‘nalishda maktabgacha ta’lim tizimidagi xodimlarnining
professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan
tizimini joriy etish maqsad qilingan.
Farmon bilan belgilangan 39-maqsadni hayotga tadbiq etish, viloyat
maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog xodimlarning bilim-ko‘nikmalarini tizimli
ravishda
oshirib
borish
hamda
Xorazm
viloyati
Maktabgacha
ta’lim
boshqarmasining 2023-yil uchun belgilangan ish rejasiga asosan, viloyat
miqyosida “1000 trener loyihasi”ni (keyingi o‘rinlarda loyiha deb yuritiladi)
amalga oshirilishi belgilangan.
Mazkur loyihani 3 bosqichda;
Birinchi bosqich: har bir tuman, shahardan tajribali, maktabgacha ta’lim
tizimiga oid bilim ko‘nikmalari yetarli, notiqlik mahoratiga va amaliy ish
tajribasiga ega bo‘lgan 6 nafar nomzod talabgorlar (talabgorlar ro‘yhati shu
xatning 2-ilovasiga muvofiq tartibda shakllantiriladi) orasida viloyat komissiyasi
tomonidan tanlab olinadi.
Ikkinchi bosqich: har bir tuman, shahardan tanlab olingan 6 nafar, jami
78 nafar pedagoglarimiz uchun Toshkent shahridagi Gersen, Puchon va
Maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlash institutlari mutaxassislari tomonidan masofaviy o‘quv seminarlar
tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |