Son lаvozim yo‘riqnomаsi


Download 31.89 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi31.89 Kb.
#1035390
  1   2   3   4
Bog'liq
1-TOIFALI MUHANDIS


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi
Jizzax filiali
Jizzax shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi

Texnik hisob va pasportlashtirish guruhi




_______ - son LАVOZIM YO‘RIQNOMАSI

1-toifali muhandis






TАSDIQLАYMАN


«O‘zbektelekom» АK Jizzax filiali direktori


_________ U. Karshibayev


_________





1. Umumiy qoidalar

1.1 Mazkur lavozim yo‘riqnoma “O‘zbektelekom” AK Jizzax filiali Jizzax shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi (keyinchalik - Bog’lama) Texnik hisob va pasportlashtirish guruhi (keyinchalik - Guruh) 1-toifali muhandisining asosiy majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi va o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.


1.2 Guruh 1-toifali muhandisi lavozimiga oliy ma’lumotli muhandis-texnik ma’lumotli lavozimlarida kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodim tayinlanadi.
1.3 Guruh 1-toifali muhandisi Bog’lama boshlig‘i tavsiyasiga ko‘ra, Filial direktori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
1.4 Guruh 1-toifali muhandisi bevosita Bog’lama bosh muhandisiga va guruh Oliy toifali muhandisiga bo‘ysunadi.
1.5 Guruh 1-toifali muhandisi o‘z faoliyatini Nizom hamda mazkur lavozim yo‘riqnomasiga asosan olib boradi.
1.6 Guruh 1-toifali muhandisi o‘z faoliyati davomida quyidagilarga amal qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlariga;
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyinchalik - Vazirlik) buyruq va farmoyishlari, qo‘llanma va qoidalariga;
- Kompaniya buyruqlari, farmoyishlari va qarorlariga;
- Kompaniya ustavi hamda yagona jamoa shartnomasi talablariga;
- Filial (bog‘lama) Nizomi, ichki mehnat tartibi qoidalari, buyruq va farmoyishlariga;
- Me’yoriy va me’yoriy-huquqiy hujjatlariga;
- Axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga;
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga hamda ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va qoidalariga.
1.7 Guruh 1-toifali muhandisi faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha quyidagilarni:
- Ishlab chiqarishni, mehnatni va boshqaruvni tashkil etishni;
- Bajarilayotgan ishga taalluqli qonun hujjatlari, normativ huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ishlashni;
- Mehnatga oid qonun hujjatlari asoslari, atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini;
- Kompyuterdan, shu jumladan Microsoft Office (Word, Exsel, Power Point), Internet Explorer va E-mail (Outlook Express) kompyuter dasturlaridan foydalana olishni bilishi lozim.



Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling