Soʻnggi davr adabiy tanqidchiligida Choʻlpon asarlari tahliliga turlicha yondashilayotgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, biografik yondashuv asosida amalga oshirilayotgan tahlillar samarali kechmoqda
Download 26.02 Kb.
|
sherlarning ijroviy amaliy qalqini
Zamon senga tursa chap,
Sen zamonga boqaver. Zamonni goh olqishlab, Oʻz yoʻlingda oqaver. deydi shoir sheʼrlaridan birida. Mana shu oʻz yoʻlida oqa olish, oʻz yoʻlida yura bilish, oʻz yoʻlidan boraverish Anvar Obidjonning ijodkor sifatidagi badiiy zaminini belgilaydi. Bu juda muhim. Bu har bir shoirga zarur boʻlgan xususiyatdir. Anvar Obidjon sheʼriyatimizga ana shunday yangi xususiyatlarni olib kirdi. Yuqorida keltirilgan toʻrtlikdagi birgina “goh” soʻziga eʼtibor bering. U bir jihatdan asar yozilgan istiqlolgacha boʻlgan davrni va ayni vaqtda oʻz mustaqil yoʻlingdan qaytma degan chuqur, zarur va teran fikrni ayta olish imkoniyatini tugʻdiradi. Badiiy obrazlarda, sanʼatlarda namoyon boʻluvchi bunday topqirliklar Anvar Obidjonning lirikasi uchungina emas, nasriy, hajviy asarlari uchun ham xosdir. “Ogʻzingning kapotini yop” deydi uning qahramonlaridan biri tortishuvda suhbatdoshiga. Bu oʻzbek adabiyotidagi Abdulla Qodiriycha, Gʻafur Gʻulomcha, Abdulla Qahhorcha hajvning obrazlilik qatiga Anvar Obidjoncha obrazlilik boʻlib qoʻshiladiki, bunday misollarni uning barcha janrdagi asarlaridan koʻplab keltirish mumkin. Maqolamizni shoirning Vatan haqidagi sheʼrlaridan birini tahlil etishdan boshlagan edik, xulosani uning ona tilimizga oid kichik bir sheʼri toʻgʻrisidagi mulohazalar bila yakunlasak: Oʻquvchilar oʻtar hansirab, Orqalab bir uyum daftarni. Bu shovvozlar taniydi hatto Lomonosov, Arximedlarni. Garchi bugun olamga sirdosh Qishloqdagi pastqam maktablar, Ming shukurki derazalardan Eshitilar oʻzbekcha gaplar. Sheʼr oʻzbek tili nihoyatda xoʻrlanib ketayotgan 1981 yilda yozilgan. Ochiq-oydin aytish mumkin boʻlmagan zamonlarda oʻzbek tilidan gʻururlanish, uni ulugʻlash, unga alohida mehr-eʼtibor berish zarurligi oʻz davrining imkoniyati drajasida ustalik va mahorat bilan tarannum etiladi. Hozirga kelib, tilimiz ham, dinimiz ham oʻzimizniki boʻlgan zamonda oʻzligimizni yanada qadrlash, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yoʻlida bir-biridan jozibador yangi badiiy asarlar yaratishda hormay-tolmay mehnat qilayotgan Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon ijodiga ulkan yutuqlar yor boʻlaverishini tilab qolamiz. Download 26.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling