So’nggi yillarda fan va ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilishi tadqiqotchilar oldiga qator nazariy va amaliy sohalarda mas’uliyatli vazifalarni qo’ydi
Muammoning o’rganilganlik darajasi
Download 62.76 Kb.
|
K I R I SH
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Umumxalq tilining zaruriy, mazmunli, ta’sirchan birliklaridan biri bog’lovchilar bo’lib, ular tilning uslubiybo’yoqdorlik xususiyatlarini oshirishga ham xizmat qiluvchi boy manbadir. Fikrimizcha, bog’lovchi vositalarni ikki til materiallari asosida qiyosiy tadqiq etish tillarning o’ziga xos jilosini namoyish qilish, til va nutq madaniyatini yuqori ko’tarishda muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, tilning eng muhim vositalaridan biri bo’lgan bog’lovchi vositalar, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan keng miqyosda tadqiq etish borasidagi ishlar tarixi ancha oldinga borib taqaladi. Bu borada umumiy tilshunoslikda, shuningdek, o’zbek va koreys tilshunosligida ham qator e’tiborga molik ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratildi. Ayniqsa, bog’lovchilarning o’ziga xos grammatik va uslubiy xususiyatlari batafsil ishlab chiqilgan. Biroq, hozirgi kunga qadar bog’lovchi vositalarning o’zbek va koreys tili materiallari asosidagi qiyosiy talqini berilgan yirik tadqiqot ishini uchratmadik. Ushbu dalilning o’ziyoq biz tanlagan mavzuni tadqiq etish 1 Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Тошкент: Ўзбекистон, 1990. –Б. 150. 2 Кўрсатилган асар. – Б.137. 6 zaruriyati borligini tasdiqlaydi. Bizning tadqiqot bu xususdagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ularni sodda misollar va tushuntirishlar orqali bog’lovchilarga xos xususiyatlarni amaliy tarzda izohlashi bilan ajralib turadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishida bog’lovchilarni ikki til materiallari asosida tadqiqot obyekti sifatida o’rganish va uning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish maqsad qilib qo’yildi. Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot oldiga qo’yilgan masalalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarlarni bajarishga e’tibor qaratildi: - o’zbek hamda koreys tillari bog’lovchilarining hozirgi zamon tilshunosligida tutgan o’rnini belgilash; - bog’lovchi vositalarning asosiy lingvistik tabiatini ochib berish; - bog’lovchlar va ularning turlari xususida fikr yuritish; - koreys va o’zbek tillaridagi bog’lovchilarning o’xshash hamda farqli jihatlarini ko’rsatish; - bog’lovchilarning til sistemasida alohida o’rin egallovchi vositalardan biri ekanligini amaliy va nazariy jihatdan yoritish; - o’zbek va koreys tillarida bog’lovchilarning morfologik-sintaktik xususiyatlarini qiyosiy tavsiflash; - o’zbek va koreys tillarida bog’lovchilarning grammatik tabiatini ochish. Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Uyushiq bo’laklar qismlarini, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog’lash va shu yo’l bilan ular orasidagi turli munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiluvchi bog’lovchilar bitiruv malakaviy ishining asosiy tadqiqot ob’yekti bo’lib, ushbu jarayon bilan kechadigan hodisalarni aniqlash hamda ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’zbek-koreys tillari materiallari asosida tahlil qilish esa ishning predmetini taqozo etadi. Tadqiqotning metodologik va nazariy asoslari. Ishning metodologik asosini borliqning eng muhim uzvlaridan biri bo’lgan til tizimi va uni tashkil etuvchi unsurlarning doimiy dialektik taraqqiyotda ekanligini aks ettiruvchi 7 falsafiy qarashlar, sistem-struktur tavsifga doir ilmiy-nazariy mulohazalar, til birliklarini qiyosiy tavsiflash usullari tashkil etadi. Shuningdek, tilshunoslikning grammatika, stilistika borasidagi nazariy yo’nalishlar hamda taniqli tilshunoslarning nazariy qarashlari tadqiqotning metodologik va nazariy asoslarini tashkil etadi. Tadqiqot metodlari. Tadqiqot oldiga qo’ygan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishda sistem-struktur va qiyosiy tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari bilan bevosita bog’liq bo’lgan ilmiy-nazariy mulohazalar hamda amaliy tahlillar jarayonida quyidagi yangiliklarga erishildi: – tilshunoslikda bog’lovchilarning o’rni va uning lingvistik tabiati sistem talqin asosida tahlil qilindi; – bog’lovchi vositalarning semantik va grammatik xususiyatlari alohida yoritildi; – bog’lovchilarning til sistemasida tutgan o’rni hamda ularning ushbu jarayondagi roli tavsiflandi; – bog’lovchilarda namoyon bo’luvchi koreys-o’zbek til birliklariga xos jihatlar ochib berildi; – o’zbek va koreys tilidagi bog’lovchilarning umumiy va farqli tomonlari ilmiy asoslandi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati ishda bog’lovchi vositalarning lingvistik tabiatini ochish asosida namoyon bo’ladi. Shuningdek, bog’lovchilarning sistem talqinidagi semantik, struktur, funksional qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradigan farazlar umumlashtirildi. Xususan, bitiruv malakaviy ishida bog’lovchilarga xos ichki xususiyatlarning rivojlanishidagi sistem ko’rsatkichlar tavsiflandi, o’zbek va koreys tilidagi bog’lovchilarning o’ziga xos birligi hamda qarama-qarshiligi namoyon etildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati Download 62.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling