So‘nggi yillarda milliy armiyani izchillik bilan isloh qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi
Download 43.41 Kb.
|
1 2
Bog'liq45-46 mavzu
2021 yil 12 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea – O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 29-yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari o'quv muassasasi faoliyatini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va u erda yaratilgan ta'lim infratuzilmasi ob'ektlari, shuningdek, Qurolli Kuchlarimizning zamonaviy qurol va harbiy texnika namunalari hamda milliy mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida Yuqori professional, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard harbiy xizmatchilarni tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy armiyani izchillik bilan isloh qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasining qabul qilingani, armiya va xalq birligini ta’minlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikdagi ishlarning kuchaytirilgani milliy armiyamiz saflarini mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilarning hayotiy va professional ko‘nikmalarini ilm-ma’rifat asosida qalbi va ongiga singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalarida to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Xususan, oliy harbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda dunyoqarashi va fikrlash doirasi keng bo‘lgan ofitserlarni tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy soha uchun zarur infratuzilmalar zamon talablariga javob bermaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan. Harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish ishlari lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan, burchiga sadoqatli, yuqori professional harbiy xizmatchilarni tayyorlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi 1-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish sxemasi 3-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish sxemasi 4-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” degan konseptual g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, harbiy xizmatchilarning bilimi va ma’naviy saviyasini oshirish, axloqiy-ruhiy xislatlari va huquqiy bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasining Qurolli Kuchlar tizimida izchil amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin. 3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasining (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin: harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan yagona tizimni yaratish; harbiy xizmatchilarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish; harbiy xizmatchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tizimli va izchil ravishda yetkazish hamda dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, burchga sadoqat, mas’uliyat, fidoyilik tuyg‘ularini oshirish; milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish hamda tahlil etish, Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish asosida harbiy xizmatchilarda “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” degan hayotiy e’tiqodni qaror toptirish; dinning asl mazmun-mohiyatini teran ochib berish orqali harbiy xizmatchilarga ezgulik va rahmdillik an’analarini singdirish, insonparvarlik va mehr-oqibat munosabatlarini shakllantirish hamda ularni milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom, fidoyilik va sadoqat, halollik va poklik, mustaqil fikr va sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash. 4. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib borish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish; davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida tatbiq etishda amaliy yordam berish hamda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilansin va ushbu kunda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin: buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyatidagi yorqin misollarni targ‘ib qilish orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish; harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, Qurolli Kuchlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish; harbiy-ma’muriy sektorlar rahbariyati, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirokida harbiy xizmatchilar oilalari turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha ish rejalari (“Yo‘l xaritalari”) ishlab chiqish; harbiy qism va bo‘linmalarda to‘plangan eng ilg‘or tajribalar, jangovar tayyorgarlikda erishilayotgan yutuqlar, mamlakatimiz tarixidagi yorqin voqealarni aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilib borish maqsadida uchrashuvlar, harbiy qismlarga tashriflar tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish, burchga va Vatanga xiyonat eng og‘ir jinoyat ekanini hayotiy va ta’sirchan misollar orqali yoshlar ongiga singdirib borish; erishayotgan yutuqlar hamda harbiylik kasbi nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash, shu jumladan, Internet butunjahon axborot tarmog‘ida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish. Xalqimiz tinchlikni yuksak qadrlaydi va o‘z orzu-intilishlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishining muhim kafolati deb biladi. Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti. Ommaviy axborot vositalari orqali dunyoning ayrim mamlakatlarida yuz berayotgan turli mojaro, notinchlik, tartibsizliklarni kuzatar ekanmiz, ona zaminimizdagi tinch hayot, musaffo osmon bilan faxrlanamiz. Bugungi kunda ba’zi mamlakatlar xalqlarining halovati buzilgan. Sayyoramizning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan bunday mudhish voqealarga uyg‘oq ko‘z, teran tafakkur bilan qarash va baho berish lozim. Dunyoning bugungi manzarasiga boqib, zolimlarning zulmi tobora haddan oshayotgani, mazlumlarning oh-dodi, faryodi esa tobora ko‘kka o‘rlayotganini kuzatish mumkin. Adolatsiz, ma’nisiz urushlar ro‘y beryapti. Ayrim siyosiy markazlar Yer yuzida zulm va buzg‘unchilik urug‘ini sochayotir. Mana shunday paytda tinch, xavfsiz, barqaror mamlakatda yashayotganingga shukr qilasan kishi. Ammo tinchlikni ta’minlashning o‘zi bo‘lmaydi. Uning ortida bu ishga mas’ullarning uyqusiz, bedor tunlari, mashaqqatli mehnatlari yotadi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimizning o‘tgan yilning 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarning yangi bosqichga olib chiqilishi, bu borada deputat va senatorlar, mahalla, nuroniy, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, butun xalqimizga qarata eng bebaho oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetish, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylashni ta’kid lab o‘tgani bejiz emas, deb o‘ylayman. Shunday ekan, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berish oldimizdagi kechiktirib bo‘lmas, muhim vazifalardan. Bugungi globallashuv va keskin raqobat davri, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojaro va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar bizdan doim ogoh va hushyor bo‘lishni taqozo etadi. Ana shunday g‘oyat mas’uliyatli vaziyatda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini kafolatlash va himoya qilishda Qurolli Kuchlarimiz, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning o‘rni hamda ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu haqiqatni hisobga olgan holda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Qurolli Kuchlarimiz qo‘mondonlik tarkibi joylardagi hokimiyat idoralari va xalqimiz bilan birgalikda bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilayotgani e’tiborga molik. Bu borada, eng avvalo, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, komandirlar tarkibining professional tayyorgarligini oshirish milliy armiyani yanada rivojlantirishning eng muhim sharti. Shundan kelib chiqqan holda Qurolli Kuchlar Bosh shtabi hamda harbiy okruglar boshqaruv apparatlari ofiserlarini, brigada komandirlari va ularning o‘rinbosarlarini o‘qitish bo‘yicha Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, soha uchun kadrlar tayyorlashda nazariya va amaliyotni imkon qadar yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ikkinchidan, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni tayyorlashda bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan harbiy mojarolar xususiyatlarini, qo‘shinlarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olinayotgani maqsadga muvofiq. Bu borada eng zarur qurol-aslaha va anjomlarni sotib olish, ularni yangi jangovar tizimlar bilan birgalikda qo‘llash va takomillashtirib borish davlatimizning doimiy e’tiborida. Zero, yon-atrofdagi notinchliklar xavfsizligimiz xususida bosh qotirishga undaydi. Uchinchidan, harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi, intellektual salohiyatini yuksaltirish, aholi, birinchi navbatda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi ishlarimiz izchil davom ettirilyapti. Hozirgi vaqtda butun jamiyatimizda, jumladan, Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda “Inson qadri uchun” degan muhim tamoyil birinchi o‘ringa qo‘yilayotgani hammamizga yaxshi ma’lum. Shubhasiz, hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olayotgan bunday jadal o‘zgarishlar yurtimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lib, yoshlar qalbida armiya bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Harbiy qism va poligonlardagi infratuzilma, askar va ofiserlarning sharoitlari yaxshilandi. Xususan, so‘nggi olti yilda 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi imtiyozli kreditlar asosida uy-joy bilan ta’minlandi. Ular xizmat muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin ish va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanishi ham e’tibordan chetda qolmayapti. Shundan so'ng Akademiyada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni raisligida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma'muriy sektorlar faoliyatining 2020 yil yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xavfsizlik kengashi a'zolari, Qurolli Kuchlarning rahbar va qo'mondonlik tarkibi, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirish yo'lidagi sa'y-harakatlar va ularning natijalari batafsil sarhisob qilindi. Vazirlik va idoralar hamda joylardagi davlat xokimiyati organlarining ushbu yo'nalishdagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Prezidentimiz tomonidan O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi asosida, mamlakat hayotining boshqa jabhalari bilan bir qatorda, harbiy sohaning eng muhim yo'nalishlari bo'yicha zamon talablariga mos qarorlar qabul qilinganligi, amalga oshirilgan tizimli va strategik kompleks chora-tadbirlar natijasida qisqa davr ichida milliy armiyamizning jangovar shayligi va umuman mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada oshgani ta'kidlab o'tildi. Yig'ilishda davlatimiz rahbari Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash hamda bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg'or innovatsiyalarni keng tatbiq etish bo'yicha muhim ko'rsatmalar berdi. Jumladan, barcha darajadagi qo'mondonlik va boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish, qo'shinlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari va komplekslarni joriy qilish orqali ularning hamkorlikdagi operativ va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash istiqboldagi dolzarb vazifalardan bo'lib qoladi. Harbiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda harbiy ilmni rivojlantirish borasida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni tomonidan harbiy mojarolar va zamonaviy jang amaliyotlarini hamda milliy harbiy san'at tarixini chuqur o'rganib, qo'shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo'yildi. Bunda harbiy ta'lim tizimida boshlangan islohotlarni uzviy davom ettirish, oliy harbiy bilim yurtlari, litsey va kollejlar, jumladan, “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari faoliyatini takomillashtirish, ularda ta'lim olayotgan o'quvchilar qalbida milliy ruh, ona-Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg'usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk ajdodlarimiz, jumladan, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Shohruh Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarimizning boy jang san'atidan keng foydalanish muhimligi alohida ta'kidlab o'tildi. Download 43.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling