So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi 5-son respublika ilmiy-uslubiy jurnali
SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON
Download 32.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Amonova Mahliyo Safarovna
SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.12.2022 2 qilib, ularning har biri muayyan ma’lum vazifalarni bajaradi. Metabolizm bir-biriga teskari bo’lgan qismdan iborat. Bular katabolizm va anabolizmlardan tashkil topadi. Katabolizm (yunoncha-pastga) jarayonida moddalar parchalanib, energiya ajralib chiqadi. Anabolizm (yunoncha-tepaga) jarayonida oddiy birikma-monomerlarlardan tortib hatto murakkab molekulalar va biopolimerlargacha sintezlanib, bu jarayon uchun energiya talab etiladi. Energiya ajralishi natijasida katabolizm sodir bo’lib, ajralgan energiya qismlarga bo’linib, kichik ulushlardagi ATF shaklida to’planadi. Anabolik jarayonda energiyaning yutilishi sodir bo’lib, energiya manbai sifatida aksariyat, ATF xizmat qiladi. Demak, ATF katabolizm bilan anabolizm jarayonlarini bog’lovchi omildir. Ozuqa moddalarning katabolizmi uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda yuqori molekulali moddalar tarkibiy qismlarga parchalanadi. Jumladan, polisaxaridlar geksozalar va pentozalargacha ajraladi. Ikkinchi bosqichda hosil bo’lgan birikmalar oddiyroq molekulalarga parchalanadi, uch atomli fosforlangan gliseraldegid-3-fosfatga, so’ng pirouzum kislota orqali asetilkoenzim-A ga aylanib oksidlanadi. Ikkinchi bosqichda hosil bo’lgan molekulalar, uchinchi bosqichda katabolizmning umumiy yo’li bo’lgan oxirgi mahsulotlarga-SO 2 va suvga parchalanadi. Anabolizm jarayoni ham bir necha bosqichdan iborat bo’lib, uning so’nggi bosqichida hosil bo’lgan birikmalar bu jarayonda shakllanadigan molekulalarning struktura bloki sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, katabolizm jarayonining uchinchi bosqichida hosil bo’lgan birikmalar, anabolizm reaksiyalari uchun boshlang’ich mahsulot sifatida xizmat qiladi. Organizmda moddalar almashinuvi, energiya almashinuvini ham ta’minlaydi. Bu ikki jarayon bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, organizmning hayot faoliyatini belgilaydi. Tirik organizmda energiya almashinuvi termodinamika qoidalari asosida sodir bo’ladi. . Biologik jarayonlar ochiq tizim bo’lib, erkin energiyaga muhtojdir. Tirik hujayra erkin energiyani qabul qilmas ekan, u tezda noorganik tabiat bilan muvozanat holatiga kelib qoladi. Bu esa o’lim bilan barobardir. Tirik organizm noorganik tabiat bilan nomutanosiblikni, muvozanatsizlikni ushlab turadi. Bu holat erkin energiya hisobiga sodir bo’ladi. Tirik tabiat uchun Quyosh birlamchi energiya manbai hisoblanadi. Quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha yerdagi barcha jonzotlar ikki katta guruhga bo’linadi. Bular autotrof va geterotrof organizmlardir. Autoroflarga o’simlik hujayralari kirib, Quyosh energiyasini to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtirib, kimyoviy energiyaga aylantiradi. Geterotrof organizmlarga hayvon va odamlar kirib, bular Quyosh energiyasidan bevosita emas, balki bilvosita foydalanadilar. Autotrof organizm tayyorlagan kimyoviy birikmalardan geterotrof jonzotlar bevosita foydalanadilar. Uglevodlar, lipidlar, oqsillar va ularning parchalanishidan hosil bo’lgan mahsulotlar hujayradagi kimyoviy jarayonlar uchun to’g’ridan–to’g’ri “yoqilg’i” bo’la olmaydi. Balki, dissimilyasiya jarayonlari - to’qimalarning nafas olishi, achish va glikoliz jarayonlari energiya va modda almashinuvida markaziy o’rin egallaydilar. Mazkur kimyoviy jarayonlar natijasida murakkab organik birikmalar tarkibidagi energiya qisman ATF shaklidagi energiyaga transformirlanadi. ATF hujayraning universal “yoqilg’isi” hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling