Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 474.72 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi474.72 Kb.
#1487034
  1   2   3
Bog'liq
2-мавзу


2-MAVZU. SONLAR BILAN BELGILANGAN PROYEKSIYALAR.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1. Nuqtaning proeksiyasi.
2. Тo’g’ri chiziqning proeksiyasi.
3. Тekisliklarning proyeksiyalari.
To’g’ri chiziq va tekislikning kesishuvi.


Tayanch iboralar: Nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik


Nuqtalarning proeksiyalari
Nuqtalarning N0 preksiyalar tekisligidan uzoqligini ko‘rsatuvchi sonlar bilan ko‘rsatilgan N0 tekislikdagi ortoganal proeksiyalar shu nuqtalarning (SBB) proeksiyalari deyiladi.
SBB proeksiyalashda uzunlik birligi qilib metr (m) qabul qilinadi. Musbat belgili nuqtalar N0 proeksiyalar tekisligidan yuqorida, manfiylari esa undan pastda olinadi. 1-shakldagi A5 va V-4, S0 nuqtalar A, V, va S nuqtalarning SBB proeksilari bo‘lib, ularning indekslari bu nuqtalarning N0 tekislikdan uzoqligini ko‘rsatadi.
Nuqtalarning SBB preksiyalarida, asosan, ularning fazodagi vaziyatlarini aniqlashda, pozitsion va metrik masalalarni echishda chizmalarda chiziqli masshtabdan foydalaniladi.


To‘g‘ri chiziqning proeksiyalari
To‘g‘ri chiziq o‘zining ikki nuqtasining SBB proeksiyalari bilan beriladi. Fazoda biror to‘g‘ri chiziq N0 proeksiyalar tekisligiga nisbatan quyidagi vaziyatlarda joylashgan bo‘ladi (2-shakl):
a) umumiy vaziyatda (a(A5V15));
b) parallel vaziyatda (v(S7D7));
v) perpendikulyar vaziyatda (A8qF25).





1—shakl 2--shakl

3—shakl

To‘g‘ri chiziq kesmasining uzunligini va N0 tekislik bilan hosil qilgan burchagi, hamda undagi izini aniqlash qo‘yidagi algoritm yordamida bajariladi. Biror umumiy vaziyatdagi AV to‘g‘ri chiziq berilgan (3-shakl) va A2V5 uning N0 tekislikdagi ortoganal proeksiyasi bo‘lsin:


To‘g‘ri chiziq proksiyasi A2V5 ga nisbatan uning A2 va V5 nuqtalaridan perpendikulyarlar chiqariladi.
Bu perpendikulyarlarga chiziqli masshtab yordamida A va V nuqtalarning N0 tekislikdan uzoqligi mos ravishda o‘lchab quyiladi va bu nuqtalar tutashtiriladi. Hosil bo‘lgan A0V0 kesma AV kesmaning fazodagi haqiqiy uzunligi bo‘ladi.
Kesmaning haqiqiy uzunligi |A0V0| va A2V5 orasidagi «φ» burchak AV kesmaning fazoda N0 tekislik bilan hosil qilgan burchagi bo‘ladi.
A2V5 va A0V0 ning kesishgan nuqtasi N0 AV kesmaning N0 tekislikdagi izi bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziq proeksiyasi ustida sonli belgilari butun son bo‘lgan nuqtalarning proeksiyalarini aniqlash to‘g‘ri chiziqni darajalash (interpolyasiyalash) deyiladi. To‘g‘ri chiziqni darajalash kesmani proporsional bo‘laklarga bo‘lish qonuniyatiga asoslanadi. 3-shaklda A6 V2 kesma orqali berilgan a to‘g‘ri chiziqni darajalash ko‘rsatilgan.



Download 474.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling