Сонли ҳАҚ эвазига хизмат кўрсатиш шартномаси


 Agentlikning majburiyatlari


Download 164.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.02.2023
Hajmi164.34 Kb.
#1147135
1   2   3   4   5
Bog'liq
offerta

2.2. Agentlikning majburiyatlari 
2.2.1. Bajaruvchi tomonidan talab etilgan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda shartnoma 
tuzilgani haqida o‘z vaqtida Bajaruvchini xabardor qilish. 
2.2.2.Bajaruvchining ish faoliyatini tashkil etish, uni xavfsizlik texnikasi qoidalari va 
boshqa normativ hujjatlar bilan tanishtirish. 
2.2.3. Intizomni ta’minlash.
2.2.3. Xizmat haqini o‘z vaqtida to‘lash. 
2.2.5. Qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish. 
2.3. Bajaruvchining huquqlari 
2.3.1. Oʻziga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan 
amaliy yordam olish. 
2.3.2. Test sinovlari qoidalariga amal qilmagan talabgorni Nizomda ko‘rsatilgan tartibda, 
bino rahbarini ogohlantirgan holda test sinovlari jarayonidan chetlashtirish. 
2.3.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan boshqa huquqlarga ega 
bo‘lish. 
2.4. Bajaruvchining majburiyatlari 
2.4.1. Amaldagi qonunchilikka, Nizom talablariga, odob-axloq qoidalariga rioya qilish. 
2.4.2. Agentlikning qonuniy talablarini bajarish. 
2.4.3. Texnika va yong‘inga qarshi xavfsizlik hamda sanitariya talablariga rioya qilgan 
holda, Agentlikning mulkiga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish. 
2.4.4. Guruh nazoratchisiga yuklatilgan quyidagi vazifalarni bajarish: 

test sinovini tashkil etish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarga qat’iy rioya 
qilish va test sinovlarining adolatli o‘tkazilishini ta’minlash; 
- test sinovlari o‘tkaziladigan kuni o‘zi biriktirilgan binoga belgilangan vaqtdan 
kechikmasdan taqiqlangan vositalar (sumka, uyali telefon, mikrokalkulyator va shu kabilar)siz 
pasporti bilan yetib kelish va bino shtabidan o‘ziga tegishli ruxsatnomani olish va o‘ziga 
biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy ta’sir etuvchi 
omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; 
- guruhdagi stollarning ketma-ketlikda raqamlanganini tekshirish; 
- oʻziga biriktirilgan guruhni test sinovlariga tayyorlash va guruhdagi har bir talabgor 
harakatlarining to‘liq kuzatilishini tekshirish;
- belgilangan vaqtlarda bino rahbaridan talabgorlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini 
hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish; 
- talabgorni ruxsatnomasi va pasporti asosida tekshirib, ularni guruh ro‘yxati bo‘yicha 
belgilangan joyiga o‘tirishini ta’minlash hamda test sinovlariga kelmagan talabgorlarning o‘rnini 
bo‘sh qoldirish; 
- test materiallari qutisida talabgorlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar 
varaqasi va muhrlar mavjudligini tekshirish; 
- talabgorlarga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini tarqatish; 
- test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda 
ularning tegishli bo‘limlarini rasmiylashtirish bo‘yicha talabgorlarga ko‘rsatma berish; 



-test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” 
deb yozish, almashtirilgan vaqtini ko‘rsatish hamda talabgorning familiyasi, ismi, otasining 
ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish; 
- test sinovlariga kelmagan talabgorning test topshiriqlari kitobini test sinovlari 
boshlanganidan so‘ng qutiga solish va talabgorlarning guruh bo‘yicha ro‘yxatlariga test 
sinovlariga kelmagan talabgor ismi-sharifining to‘g‘risiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish 
hamda uning javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qo‘yish; 
-belgilangan vaqtlarda talabgorlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini rasmiylashtirish; 
-guruh nazoratchilariga biriktirilgan guruhga kelgan har bir talabgor harakatini to‘liq 
nazorat qilish;
-talabgorlar bilan test topshiriqlari bo‘yicha savol-javob qilmaslik; 
-test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganini e’lon qilish, talabgorlarni o‘rinlaridan 
turishlarini talab qilish; 
-talabgorlarga test materiallarini topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berish; 
-test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganini, to‘g‘ri to‘ldirilganini 
(rasmiylashtirishda) tekshirib (videokuzatuv kamerasi oldida test topshiriqlari kitobining har 
bir varag‘ini va javoblar varaqasini sanab) qabul qilib olish; 
-barcha javoblar varaqalarini sanab javoblar varaqalari paketiga solish;
-test sinovlarida qatnashgan talabgorlarning javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb 
topilgan test topshiriqlari kitobini, talabgorlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining ikkinchi 
nusxasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash; 
- ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test 
materiallari qutisiga sanab solib muhrlash; 
- test sinovlari tugagandan so‘ng guruhda talabgorlar bo‘lsa, ularni tashqariga chiqarish; 
- test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganini 
tasdiqlash. 
2.4.5. Quyidagi qo‘shimcha majburiyatlarga ham rioya qilish:
- shartnoma tuzish uchun talab etilgan hujjatlarni ilova qilish, bunda Bajaruvchi ilova 
qilinayotgan hujjatlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 
- test sinoviga kelmaslik holati yuzaga kelganda o‘sha kunning o‘zidayoq belgilangan 
vaqtdan kechikmasdan kelmaslik sabablarini bayon qilgan holda buyurtmachi vakili (Agentlik
vakili yoki bino rahbari)ni xabardor etish; 
- korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l 
qo‘ymaslik va korrupsiyaviy holatlar yuzasidan Buyurtmachini o‘z vaqtida xabardor qilish; 
- o‘zining yaqin qarindoshlari yoki tanishlari test sinovlarida qatnashgan taqdirda 
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida Agentlik vakilini o‘z vaqtida xabardor qilish; 
- ishlarni bajarish davomida o‘ziga ma’lum bo‘lgan Agentlik faoliyatiga oid 
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash. 

Download 164.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling