Sonli ketma-ketliklarning iqtisodiyotda
Download 69.32 Kb.
|
Sonli ketma-ket-WPS Office
K. munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda K. siyosati olib boriladi. K. siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan K.larning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, K.ning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning K. siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan K.lari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga K.lar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan K.lar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. K. tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. K. tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda K.tizimi faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi.Oddiy foiz deganda - doimiy (o’zgarmas) asosiy summaga ko’paytiriladigan foiz stavkasi tushuniladi. Murakkab foizlar - o’zgaruvchan asosiy summaga ko’paytiriladigan foiz stavkasi tushuniladi.Ko’rinib turibdiki, oddiy va murakkab foizlar orasidagi farq ularni hisoblash uchun olingan asosiy summani o’zgarishi yoki o’zgarmas bo’lishi ekan. Aso-siy summa deganda nima tushuniladi? Asosiy summa deganda qarzga yoki foyda-lanishga olingan yoki investitsiya qilingan va foiz hisoblanishi zarur bo’lgan summa tushuniladi.Gap moliyaviy muomalalarda keng tarkalgan asosiy tushunchalar ustida ketar ekan o’rni kelganda, ana shu moliyaviy muomalalarning mantiqi va u bilan bog’liq yana ayrim tushunchalarga ham to’xtalib o’tsak.Download 69.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling