Sonli qatorlar. Qator yaqinlashishining alomatlari Test topshiriqlari 1


Download 30 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi30 Kb.
#143517
Bog'liq
2. Sonli qatorlar


Sonli qatorlar. Qator yaqinlashishining alomatlari
Test topshiriqlari
1. Qator deganda nima tushuniladi?

A) cheksiz ko’p ko’paytuvchilardan tashkil topgan ko’paytma

B) soni ketma-ketlik

C) chekli qo’shiluvchilardan tashkil topgan yig’indi

D)* cheksiz ko’p qo’shiluvchilardan tashkil topgan yig’indi
2. Umumiy hadi geometrik progressiyaning umumiy hadidan iborat qator qachon yaqinlashuvchi bo’ladi?

A) maxraji birga teng bo’lganda

B) maxraji moduli birdan katta bo’lganda

C)* maxraji moduli birdan kichik bo’lganda

D) maxraji minus birga teng bo’lganda
3. Hadlari musbat sonlardan iborat qatorlarni … qatorlar deyiladi.

A) ishoralari almashinuvchi

B)* musbat hadli

C) uzoqlashuvchi

D) yaqinlashuvchi
4. Agar qatorning hadlari orasida musbatlari ham, manfiylari ham bo’lsa, qator … deyiladi.

A)* o’zgaruvchan ishorali qator

B) musbat hadli qator

C) yaqinlashuvchi qator

D) uzoqlashuvchi qator
5. O’zgaruvchan ishorali qatorning hadlarini absolyut qiymatlaridan tuzilgan qator yaqinlashuvchi bo’lsa, berilgan qator … deyiladi.

A) musbat hadli qator

B) uzoqlashuvchi qator

C) shartli yaqinlashuvchi qator

D)* absolyut yaqinlashuvchi qator
6. O’zgaruvchan ishorali qator yaqinlashuvchi bo’lib uning hadlari absolyut qiymatlaridan tuzilgan qator uzoqlashuvchi bo’lganda berilgan qator … deyiladi.

A) musbat hadli qator

B) uzoqlashuvchi qator

C)* shartli yaqinlashuvchi qator



D) absolyut yaqinlashuvchi qator
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling