Sonli va harfli ifodalar


Download 20.25 Kb.
bet2/3
Sana28.09.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1689334
1   2   3
Bog'liq
dars ishlanma MOM

Darsning borishi:
1-bosqich. Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga tayyorlab olish :
Salomlashish. Sinf tozaligini ko`zdan kechirish
O`qituvchi : Darsimiz qaysi dars ?
O`quvchilar : Matematika darsi.
O`qituvchi : Hamma darsga tayyormi ?
O`quvchilar : Tayyormiz.
O`quvchilar yaqinlashib kelayotgan davlat ramzlari bayroq va konstitutsiyamiz qachon qabul qilinganligi haqida ma’lumotlarni aytib o`tadilar.
Navbatchi hisoboti tinglanadi :
Bugun darsimizda 31 ta o`quvchi qatnashyapti. Shulardan 15 tasi qizlardir.O’lkamizda kuz faslining so’nggi oyi o’z jozibasini taratmoqda.
Ikkinchi navbatchi:
Sana, oy, yil haqida ma’lumot beradi. sinfimiz toza va ozoda .Gullarimizni yaxshi parvarish qilayapmiz
O`qituvchi : Barakalla,bugun navbatchilarimiz ishiga besh baho qo`yamiz.Ikki
navbatchiga “Eng dono” rasmlari beriladi.
2 – bosqich. O`tgan mavzuni so`rash
O`qituvchi : Qani bolajonlar , o`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgan edik ?
O`quvchi : “Natural sonlarni ayirish va uning xossalari” . Uy ishi 18-19 – masala va misol berilgan edi .
O`qituvchi o`quvchilarni daftarlarida uy ishlarini kim yozib bajarib kelgan kelmaganliklarini bir nazorat qilib chiqadi , daftarlar almashtiriladi .
18- misol
1) 4487-923=3564
2) 3010-2318=692 3) 19334-15722=3612
19- masala
Kit akuladan 20 metr uzunroq. Agar kitning uzunligi 31 metr bo’lsa, akulaning uzunligini toping.
Yechish: 1) 31-20=11
Javob: akulaning uzunligi 11 metr.
Demak o’tgan darsimizni qisqacha takrorlab olamiz:
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi : Aziz o`quvchilar endi sizlar bilan yangi mavzuni o`rganishga kirishamiz.
Yangi mavzu: Sonli va harfli ifodalar
O`qituvchi : Bolajonlar, biz siz bilan sonli ifodalar ustida misol va masalalar yechishni o`rganib kelganmiz. Endi harfli ifodalar ham qatnashgan misollarni qaraymiz:
(280 – 120) + 60 yozuv sonlar, arifmetik amallar va qavslardan tuzilgan. Bunday yozuvlar sonli ifodalar deb ataladi.
Sonli ifodada amallar ko’rsatilgan tartibda bajarilsa, sonli ifodaning qiymati hosil bo’ladi. Yuqoridagi sonli ifodaning qiymati 460 ga teng.
1- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 6 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Masalani sonli ifoda tuzib yechamiz. Ishchi ikkinchi soatda 12 + 6 dona detal tayyorlagan.
Demak, u ikki soat ichida 12 + (12 + 6) dona detal tayyorlagan.
12 + (12 + 6 ) yozuv sonli ifodadir. Uning qiymati 30 ga teng. Demak, ishchi ikki soatda jami 30 ta detal tayyorlagan.
2- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 8 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun 12 + (12 + 8) sonli ifodani hosil qilamiz. Bu ifodaning qiymati 32 ga teng. Demak, ishchi 2 soatda jami 32 dona detal tayyorlagan.
Harfli ifodalar
Yuqorida ko’rilgan ikki masala bir-biridan 6 sonini 8 soniga o’zgartirilgani bilan farq qiladi. Hargal bu masalalarni yangidan yechmaslik uchun, masaladan-masalaga o’zgarib borayotgan sonni m harfi bilan belgilaymiz. Unda bu ikki masala quyidagi yangi masalaga birlashadi:
3-misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan m dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun ham 1- misoldagidek ifoda tuzamiz:
12 + (12 + m).
Bu ifodada sonlar bilan bir qatorda m harfi ham qatnashyapti. m harfi o’rniga 6 sonini qo’ysak, 1-masala uchun tuzilgan sonli ifodani, 8 sonini qo’ysak, 2-masala uchun tuzilgan sonli ifodani hosil qilamiz. Bu sonli ifodalar qiymatini hisoblab mos ravishda 1- va 2-masala yechimlarini topamiz.
Son va harflar qatnashgan ifoda harfli yoki harfiy ifoda deb ataladi.
Harfli ifodadagi harf o’rniga turli sonlarni qo’yish mumkin. Bu sonlar harfning qiymatiari deb ataladi. Harf o’rniga son qo’yib hisoblaganda chiqqan natija harfli ifodaning qiymati deyiladi.
Dam olish daqiqasi 1) Nafas olishga doir mashqlar
Keyingi bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash :
1-topshiriq Sonli ifodalarni topish uchun darchalarni to’ldirish daftarda bajariladi
2-topshiriq b=20 bo’lganda, harfli ifodaning qiymatini aniqlang
3-topshiriq daftarda bajariladi:
O`qituvchi : Aziz o`quvchilar bugungi darsimizni tushundilaringizmi ?
O`quvchilar – ha :
O`qituvchi : Unda uyga vazifani belgilab olingizlar .
Uyga vazifa : 8-9– masala va misollar.
28-12=16 28-24=4 139-109=30 523-109=414
9-misol
(19-7*1)+(9*1-8)=12+1=13 (19-7*2)+9*2-8)=5+10=15
(5*1-3)+(8*1+16)=2+24=26 (5*2-3)+(8*2+16)=7+32=39
O`qituvchi: Sinfimizda faol qatnashgan o`quvchilariga rag`bat kartochkalati beriladi va ballar qo`yiladi.


Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling