Sosiy turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar


Download 29.43 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi29.43 Kb.
#156009
Bog'liq
sosiy turdagi dorivor o'simliklar huhudlari


sosiy turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar

RO‘YXATI

T/r

Dorivor o‘simlik turi

Ko‘paytirish organi

Ekinning tuproq-iqlim sharoitiga talabi

Ekish tavsiya etiladigan hududlar (viloyat, tuman)

1.

Achchiq bodom
(Amygdalus bucharica Korsh.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘ oldi hamda adir maydonlariga mos,
qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarining tog‘li tumanlarida

2.

Achchiq qalampir (Capsicum annuumL.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik
yer maydonlariga mos,
shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaningbarcha sug‘oriladigan hududlarida

3.

Achchiq ermon
(Artemisia absinthium L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, adirhamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot, Urgut tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida

4.

Bo‘yoqdor ruyan
(Rubia tinctorium L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

5.

Viktor qoraqobig‘i (omanqora — Ungernia victoris Vved. ex Artjush.)

Piyozbosh

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida

6.

Daraxtsimon aloye
(Aloe arborescens Mill.)

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining barcha tumanlarida (issiqxona sharoitida)

7.

Dorivor valeriyana
(asorun — Valeriana officinalis L).

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida,
Namangan viloyatining Pop va Chust tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron,


Piskent tumanlarida,
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida

8.

Dorivor qoqio‘t
(Taraxacum officinale F.H.WIGG.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

9.

Dorivor limono‘t
Melissa officinalis L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob va Yakkabog‘ tumanlarida,


Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,

Surxondaryo viloyatiningBoysun va Sariosiyo tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, O�angaron tumanlarida



10.

Dorivor mavrak (marmarak)
(Salvia officinalis L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop tumanida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida



11.

Dorivor moychechak
(Matricaria recutita L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan, sho‘r yerlarda ham o‘sa oladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

12.

Dorivor tirnoqgul
(Calendula officinalisL.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan, sho‘r yerlarda ham o‘sa oladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

13.

Dorixona ukropi
(Anethum graveolens L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (mezofit) o‘simlik

Andijon, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining barcha tumanlarida

14.

Yer bag‘ir temirtikan
(Tribulus terrestris L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Andijon, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo,
Namangan, Farg‘ona viloyatlarining barcha tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod, Piskent, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Chinoz tumanlarida

15.

Yer nok (Topinambup)
(Helianthus tuberosus L.)

Tugunak

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

16.

Jumrutsimon chakanda
(Hippopha rhamnoides L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida,
Navoiyviloyatining Xatirchi tumanida,

Samarqand viloyatining Oqdaryo, Jomboy tumanlarida,


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida

17.

Ikki uyli gazanda
(Urtica dioica L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida,
Farg‘ona viloyatining Quva, Rishton tumanlarida

18.

Ingichka bargli sano
(Senna alexandrina Mill.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro viloyatining Qorako‘l, G‘ijduvon, Shofirkon tumanlarida,

Toshkent viloyatining Quyichirchiq, Piskent, O‘rtachirchiq tumanlarida



19.

Itburun na’matagi
(Rosa canina L.)

Ko‘chat (qalamcha)

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Respublikaning barcha sug‘oriladigan hududlarida

20.

Katta zubturum
(Plantago major L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,


Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida



21.

Ketma-ket gulli afsonak
(Thermopsis alterniflora Regel & Schmalh.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida

22.

Qalampir yalpiz
(Mentha piperita L.)

Ko‘chat (qalamcha)

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal,tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,


Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

23.

Qizil zirk
(Berberis integerrima Bunge.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Qamashi, tumanlarida,


Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida,
Toshkent viloyati viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron,
Parkent tumanlarida,

24.

Qizilmiya (shirinmiya)
(Glycyrrhiza glabra L.)

Ko‘chat (qalamcha)

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan, sho‘r yerlarda o‘sadigan (kriptogalofit) o‘simlik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Sirdaryo, Xorazm viloyatlarining barcha tumanlarida

25.

Qirqbo‘g‘imsimon zog‘aza (qizilcha-Ephedra equisetina Bunge.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Zomin tumanida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,

Namangan viloyatining Pop tumanida,

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida


26.

Qush toron
(Polygonum aviculareL.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

27.

Mayda qirqilgan bargli kovrak (Shashir) - Ferula tenuisecta Korovin.

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka �idamli (kserofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

28.

Maydagulli tog‘rayxon — (Origanum thyiythanthum Gontsch.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘, Qamashi tumanlarida,
Samarqand viloyatining Urgut, Qo‘shrabot tumanlarida,

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida


29.

Oddiy dastarbosh (Tanacetum vulgare L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Urgut tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

30.

Oddiy arpabodiyon (Pimpinella anisumL.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (mezofit) o‘simlik

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida,

Samarqand viloyatining Jomboy, Samarqand,


Kattaqo‘rg‘on tumanlarida

31.

Oddiy bo‘ymadaron (Achellia mellifolium L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, suvga talabchan (mezofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Namangan tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonlik, Ohangaron tumanlarida


32.

Oddiy jag‘-jag‘
(Capsella bursa-pastoris (L.) Medik.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarining barcha tumanlarida

33.

Oddiy igr
(Acorus calamus L.)

Ko‘chat

Botqoqlashgan, tekislik yer maydonlariga
mos, suvga talabchan (gigrofit) o‘simlik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm
viloyatining barcha tumanlarida

34.

Oddiy isiriq
(Peganum harmala L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, sahro va yarim sahro hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro va Navoiy viloyatlarining barcha tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida



35.

Turkiston ayugasi/ Kapalakqo‘nmas
(Ajuga turkestanica)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida

36.

Ola o‘t
(Silybum marianum L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida,
Jizzax, Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida

37.

Samarqand bo‘znochi (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Jizzax, Samarqand viloyatlarining barcha sug‘oriladigan hududlarida

38.

Sariqandiz
(Inula grands L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘, Dehqonobod tumanlarida,

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlarida

39.

Sassiq kovrak
(Ferula foetida L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, sahro va yarim sahro hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining barcha tumanlarida

40.

Steviya
(Stevia rebaudiana Bertoni.)

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida

41.

Sudralib o‘suvchi tog‘jambil
(Thymus serpyllum L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida


42.

Teshik dalachoy/dag‘al bandli dalachoy(Hypericum perforatum L.)/

(Hupericum skabrum L.)

Urug‘

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida,
Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘, Qamashi tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,
Samarqand viloyatining Urgut, Qo‘shrabod tumanlarida

43.

Tikanli kovul
(Capparis spinosa L.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlar�ga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida,
Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish,
Namangan viloyatining Pop, Chust tumanlarida,
Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining barcha tumanlarida

44.

Tojik kovragi
(Ferula tadshikorum Pimenov.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida,

Surxondaryo viloyatining Uzun, Boysun, Qiziriq tumanlarida



45.

Tukli erva
(Aerva lanata (L.)
Juss. ex Schult.)

Urug‘ va ko‘chat

Tipik bo‘z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Qibray, Quyichirchiq tumanlarida

46.

Turkiston arslonquyrug‘i (Leonurus turkestanicus V.I.Krecz.& Kurrian.)

Urug‘ va ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (mezofit) o‘simlik

Andijon viloyatining Asaka, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida,

Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida,


Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy tumanlarida,
Qashqadaryo viloyatining Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

47.

Turkiston do‘lanasi (Crataegus turkestanica Pojark.)

Ko‘chat

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi yer maydonlariga mos, shartli sug‘oriladigan (kserofit) o‘simlik

Jizzax viloyatining Baxmal, Forish tumanlarida,

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida,


Samarqand viloyatining Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabod, tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Boysun tumanlarida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlarida

48.

O‘zgaruvchan bargli kovrak (shayir -Ferula varia L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) o‘simlik

Navoiy viloyatining Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlarida

49.

Uch bo‘lakli ittikanak (Bidens tripartita L.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tog‘oldi hamda tekislik yer maydonlariga mos, suvga o‘ta talabchan (gigrofit) o‘simlik

Namangan viloyatining Pop tumanida,
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq tumanlarida

50.

Shumgiyoh
(iloncho‘p, Sistanxe Cistanche salsa (C.A.Mey.) Beck.)

Urug‘

Mexanik tarkibi yengil tuproqlar, sahro va yarim sahro hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg‘oqchilikka chidamli (kserofit) parazit o‘simlik

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining barcha tumanlarida


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2020-y., 07/20/4670/0414-son)

O‘zbekiston dorivor o‘simliklarini madaniylashtirish 
 
Kimyoviy  sintez  yo‘li  bilan  olingan  kimyoviy  birikmalar  o‘simliklardan  olinadigan 
dorivor  moddalarni  batamom  o‘rnini  bosaolmaydi,  ularning  terapevtik  faolliklari 
ko‘pincha  toza  bitta  kimyoviy  moddaga  bog‘liq  bo‘lmay,  biologik  faol  moddalarni 
(BFM)  kompleks  ta’siri  bilan  belgilanadi.  Uning  ustiga  ayrim  BFM  ni  masalan 
xanuzgacha  sintez  yo‘li  bilan  yurak  glikozidlari  va  boshqalarni  sintez  qilishni  iloji 
bo‘lgani yo‘q.  
Ko‘pincha  DO‘larni  (dorivor  o‘simliklar)  chuqur  o‘rganish,  ular  tarkibidagi  yangi, 
fanga  no’malum  bo‘lgan  qimmatli  moddalarni,  yoki  ushbu  ishlatilib  kelinayotgan 
DO‘M  (dorivor  o‘simlik  mahsuloti)ni  yangi  xossalari  (farmakologik  ta’siri)  borligi 
aniqlanmoqda.  
Masalan,  strofantin  K  (yurak-qon  tomir  xastaliklarida  qo‘llaniladi)  Afrikada 
o‘sadigan  strofant  kombe  o‘simligi  urug‘idan  olinadi.  MDXlarida  esa  ushbu 
o‘simlikni  introduksiya  qilishni  iloji  bo‘lmadi,  shuning  uchun  strofantin  K  ni  olish 
uchun urug‘ini chet ellardan keltirilmoqda.  
Hozirgi  vaqtda  strofantin  K  introduksiya  qilingan  kendir  o‘simligini  ildiz  va 
ildizpoyasidan  olinmoqda.  Quyidagi  9  jadvalda  O‘zR  FAga  qarashli  Toshkent 
shahrida  joylashgan  Botanika  bog‘i  hududida  introduksiya  qilinib  o‘stirilayotgan 
ayrim  DO‘lar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  keltirilgan.  Botanika  bog‘i  olimlari 
O‘zbekistonda  Dorixonalar  Bosh  Boshqarmasi  buyurtmasiga  muvofiq  qizil 
angishvonagul,  dorivor  marmarak,  dorivor  valeriana,  qalampir  yalpiz  va  boshqa 
dorivor o‘simliklarni introduksiya qilish mumkinligini aniqladilar.  
1946  yili  Toshkent  farmatsevtika  instituti  farmakognoziya  kafedrasi  ishtirokida 
Botanika  bog‘ida  dorivor  o‘simliklarni  introduksiya  qilish,  madaniylashtirish 
maqsadida dorivor o‘simliklar maydoni (uchastkasi) tashkil qilindi va tadqiqot ishlari 
boshlab yuborildi.  
1953 yilga kelib Botanika bog‘ini dorivor o‘simliklar bo‘limidagi dorivor o‘simliklar 
kolleksiyasi soni 170 turdan ortib ketdi.  
Introduksiya  qilish  bo‘yicha  olib  borilgan  tajribalar  natijasida  Toshkentda  katta 
maydonlarda  kendir,  bo‘lakli  ituzum,  parpi,  sekurinega,  marmarak,  moychechak  va 

 
 
120 


 
boshqa qimmatli dorivor o‘simliklarni O‘zbekistonni iqlim sharoitida ekib hosil olish 
mumkinligi aniqlandi.  
 
 
Toshkent Botanika bog‘i, ya’ni tajriba o‘tkazilayotgan joyni yer va iqllim 
sharoiti 
 
Toshkent  tog‘  yon  bag‘ri  zonasiga  joylashgan.  YOz  bu  erda  issiq,  quruq  bo‘lib 
maksimal  harorat  eng  ko‘pi  bilan  43
o
S  gacha  bo‘ladi.  Er  yuzasi  yozda  60
o
gacha 
qiziydi, bu esa o‘simliklarni umumiy holatiga yaxshi ta’sir qilmaydi. Er harorati va 
havo sug‘orish natijasida bir oz pasayib, turli o‘simliklarni ekish imkoniyatini beradi.  
Kuz iliq va quruq, ertalabki shabnam ko‘tarilgandan keyin yana quruq va iliq ob-havo 
sharoiti  bo‘ladi.  Ayrim  yillarda,  masalan  1956  y.  kuz  quruq  va  uzoq  davom  etgani 
uchun  ayrim  o‘simliklar  (dastarbosh,  moychechak,  arslonquyrqu,  qoncho‘p  va 
boshqalar) ikki marta gullab, ikki marta hosil berishga ulgurdilar.  
Qish nam, yomg‘irli, kam qorli, ayrim sovuq kunlar, haftalar, hatto oylar iliq quyoshli 
kunlar bilan almashib turadi.  
Deyarli har yili er yuzasi qor bilar qoplanadi, ammo ular ko‘pincha tez erib ketadi. 
Toshkentda  faqat  eng  kuchli  va  uzoq  sovuqli  vaqtlarda  er  15-20  sm  gacha 
chuqurlikda yaxlaydi. Ko‘pchilik qishlarni past harorati taxminan  -18
o
,  ayrim  qattiq 
sovuqlarda harorat -29,5
o
 gacha pasayadi.  
Bahor  odatda  erta  keladi,  kamdan  kam  kech  keladi  va  yomg‘irli  bo‘lib,  bir  xil 
bo‘lmaydi.  U  tez  va  kutilmaganda  o‘zgarib  turadi.  Sovuq  kunlar  ko‘pincha  yaxshi, 
quyoshli, yana qisqa yomg‘irli kunlar bilan almashib turadi.  
Toshkent  bahorini  xarakterli  xususiyati  kuchli  sovuq  kunlar  kelib  qolishi  bilan 
bog‘liq bo‘lib, ayrim dorivor o‘simliklarga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Masalan 1956 va 
1957  y.y.  harorat  bahorda  -3
o
  gacha  sovub,  erdan  o‘sib  chiqqan  belladonna, 
obvoynik, solyanki rixtera va boshqalarni qismlari yaxlab qolgan.  
Toshkentdagi  bunday  sovuqlar  aprelni  o‘rtasigacha  va  hatto  oxirigacha  (1957y.) 
bo‘lishi mumkin. Eng ko‘pi bilan sovuqsiz davr 7-8 oy davom etishi mumkin.  
Ko‘p  yillik  ma’lumotlar  Toshkentda  bir  yilda  o‘rtacha  360  mm  yog‘ingarchilik 
bo‘lishi ko‘rsatadi.  
Qish va bahorda yog‘ingarchilikni asosiy qismi  yog‘gani uchun havo namligi ko‘p. 
YOzgi yuqori harorati havoni namligini nisbatan kam bo‘lishini ta’minlaydi.  
Toshkentda kun uzunlingi faslga qarab turlicha bo‘ladi. Yozda u 15-16 soatni tashkil 
qiladi.  Yozgi  kunlar  uzun  bo‘lgani  uchun  tropik  va  subtropik  o‘simliklar  yozda 
yomon o‘sadi va gullaydi. Masalan yapon parpisi, ituzum (qish) va sano yoz oxirida 
gullaydi.      
Toshkent  botanika  bog‘i  tog‘  yonbag‘rida  bo‘lib,  chirchiq  daryosi  (o‘zaniga) 
vodiysiga  joylashgan.  Eri  ekib  sug‘oriladigan,  ishqoriy  reaksiyaga  ega.  Namlikni 
etishmasligi  uchun  ular  ariq  suvlari  bilan  sug‘orish  orqali  qondiriladi.  Sug‘orishsiz 
Toshkentda  faqat  rixter  solyankasi,  viktor  ungerniyasi  va  boshqalarni  etishtirish 
mumkin. Hamma introduksiya qiinatgan o‘simliklar sug‘orilishga muhtoj.  

 
 
121 


 
Botanika  bog‘ida ko‘pchilik o‘simliklarni etishtirish  uchun  ularni urug‘lari 3  mahal 
sepiladi.  
Qishki ekish yanvar-fevralda issiqxonalarda (qizil angishvonagul, qalampirmunchoq 
evgenolli  rayhon,  bo‘lakli  ituzum  va  boshqalar),  bahorgi  –  mart,  aprelda  erga 
(arpabodiyon, tirnoqgul, xantal (gorchitsa),  kuzgi – avgust o‘rtalarida –qishlaydigan 
o‘simliklar (marmarak, lavanda, tmin (qora zira), tishli kella, belladonna va boshqalar 
ekiladi. 
 
Aconitum japonicum Decne – YApon parpisi 
Oilasi: Ayiqtovondoshlar -Ranunculaceae 
 
O‘simlik Xitoyni shimoli va Yaponiyani sharqiy qismlarida keng tarqalgan.  
Ko‘p  yillik  kuchli  zaharli  o‘simlik.  Poyasi  1  metrgacha  bo‘lib,  shoxlangan,  och-
yashil, biroz tukli, tik o‘suvchi baquvvat o‘simlik.  
Mahsuloti  ildizpoyasi.  Tarkibida  alkaloidlardan  akonitin,  mezokoniin,  gipokonitin 
topilgan.  Nastoykasi  surishga  ishlatiladi:  og‘riq  qoldiruvchi,  nevralgiyada, 
revmatizmda va boshqa shamollashlarda ishlatiladi.  
Botanika  bog‘ida  yapon  akoniti  1956  yili  birinchi  marta  ekilgan  bo‘lib,  tuganagi 
ekish uchun VILRdan olingan. 
Tor  bargli  ivan  chay  –  Chamaenerium  angustifolium  (L.)  seop.  o‘simligi 
introduksiyasi
 
 
 Sog‘liqni  saqlash  tizimini  dorivor  o‘simlik  mahsulotlariga  bo‘lgan  ehtiyojini 
qondirish  maqsadida,  xalq  tabobatida  keng  qo‘llanilib  kelinayotgan,  turli  biologik 
faol  moddalar  saqlaydigan,  rakka  qarshi,  shamollovga  qarshi,  o‘t  haydovchi  va 
boshqa  faol  ta’siri  bo‘lgan,  ilmiy  tibbiyot  uchun  kelajagi  bo‘lgan  ushbu  o‘simlikni 
introduksiyasini  o‘rganish  natijalari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  misol  tariqasida 
keltirilgan.  
Mahsulot  sanoat  miqyosida  tayyorlash  zaruriyati  bo‘yicha:  o‘simlikni  biologik 
tomonidan  o‘ziga  xosligi  va  o‘simlikni  fasldagi  (sezon)  rivojlanish  ritmlari,  hamda 
farmakologik  faol  moddalarni  to‘planishi  dinamikasi  va  shular  asosida  ilmiy 

 
 
122 


 
asoslangan  mahsulotni  yig‘ish  va  quritish,  hamda  mahsulotni  chinligi  va  sifatini 
aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan darajalar (kriteriyalar) asosida standartlanadi.  
Ivan-chay  o‘simligini  katta  hayotini  (siklini)  o‘rganish,  eng  kerakli,  qulay  bo‘lgan 
vaqtda  mahsulotni  tayyorlash  uchun  o‘simlikni  ontogenezida  o‘rganib  aniqlash, 
quyidagi masalalarni xal qilish bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi.  
Ivan-chay  o‘simligi  o‘ziga  xos  katta  hayot  yo‘li  (sikli)ni  sezondagi  rivojlanish  ritmi 
va biologiyasini o‘rganildi. 
O‘simlikni  morologo-anatomik  tuzilishini  va  biometrik  ko‘rsatkichlarini  o‘rganildi, 
o‘simlikni  ontogenezda  yoshini  aniqlash  indikatorini  aniqlash  va  ular  asosida 
mahsulotni  diagnostik  belgilarini,  mahsulotni  chinligini  aniqlash  imkonini  yaratish 
uchun o‘rganildi.  
O‘simlikni  fenofazasi  va  generativ  davrdagi  fazalarini  ontogenezda  va  o‘simlikni 
qaysi  geografik  kenglikdagiga  bog‘liq  holda  asosiy  guruh  farmakologik  ta’sir 
qiluvchi  moddalarni  to‘planish  dinamikasini  rayonlar  bo‘yicha  dorivor  o‘simlikni 
mahsulotini  yig‘ish  muddatlari  o‘rganildi  va  tayrlash  bo‘yicha  “Instruksiya”  ishlab 
chiqildi.  
Me’yoriy  hujjatlar  uchun  mahsulot  tarkibidagi  flavonoidlarni  aniqlash  usuli  ishlab 
chiqildi. Flavonoidlarni farmakologik faolligi aniqlandi.  
Ivan-chay  gulidan  laboratoriya  sharoitida  rakka  qarshi  “Xanerol”  preparatini  olishni 
(texnologiyasini) takomillashtirish masalalarini o‘rganish.  
Botanika bog‘ida introduksiya qilingan dorivor o‘simliklr 
Sinovdan o‘tgan o‘simliklar 27 oilaga, 55 avlodga (rod) va 67 turni tashkil qiladi.  
 
Jadval 8 
 
Dorivor 
o‘simlik 
nomi 
Dorivor 
o‘simlik 
mahsuloti 
Dori shakli 
Ishlatilishi 
Aconitum 
japonicum  Decne 
–YApon parpisi 
Ranunculaceae 
– 
Ayiqtovondoshlar 
Ildipoyasi– 
tugunaklari 
Nastoyka 
Og‘riq 
qoldiruvchi 
surtma, 
nevralgiya, 
revmatizm 
va 
boshqa shamollov 
kasalliklarini 
davolash uchun 
Adonis  parviflora 
L. – YOzgi adonis 
Ranunculaceae 
– 
Ayiqtovondoshlar 
yer 
ustki 
qismi 
Nastoyka 
Buyrak  va  yurak 
xastaliklarida 
Althaea  officinalis 
L. 
– 
Dorivor 
gulxayri 
Mavaceae 
– 
Ildizi 
Damlama 
YUmshatuvchi, 
o‘rab 
oluvchi, 
tomoq, 
yuqori 
nafas 
yo‘llari, 

 
 
123 


 
Gulxayridoshlar 
peshob  yo‘llari, 
ich 
ketganda 
qo‘llaniladi 
Ammi visnaga (L.) 
Lam. – Tishli kella 
Apiaceae 

Selderdoshlar 
Mevasi 
Tabletka 
Kellin, 
spazmolitik ta’siri 
tufay  yurak  toj 
qon 
tomiri, 
xastaligi, bronxial 
astmada 
Anisum 
vulgare 
Gaertn.- 
Oddiy 
arpabodin 
Apiaceae 
– 
Selderdoshlar 
Mevasi 
Efir moyi 
Grudnoy  eliksir, 
nashatirno–anis 
tomchisi,  mevasi 
ichni 
yumshatuvchi 
yig‘malar 
tarkibiga kiradi 
Apocynum 
androsae  mifolium 
L. – Kendir 
Apocynaceae– 
Kedirdoshlar 
Ildiz–
ildizpoya 
Simarin K–
strofantin 
YUrak xastaligida 
Artemisia 
absinthium  L.  – 
Achchiq 
ermon 
(shuvoq) 
Asteraceae 
– 
Astradoshlar 
yer 
ustki 
qismi 
Damlama 
Me’da– 
ichak 
kasalliklarida, 
ovqat 
xazim 
qildiruvchi, 
ishtaha ochuvchi 
Artemicia 
cina 
Berg.  –  Darmana 
shuvoq 
Asteraceae 
– 
Astradoshlar 
Urug‘i 
Santonin 
tabletka 
Gijja 
(askarida) 
haydovchi 
Atropa  belladonna 
L. – Belladonna 
Solanaceae–
Ituzumdoshlar 
Bargi,  yer 
ustki 
qismi, 
ildizi 
Nastoyka, 
quruq, 
quyuq 
ekstraktlar 
Og‘riq 
qoldiruvchi, 
spazmolitik, 
me’da–ichak 
kasalliklarida, 
grija, 
Brassica 
juncea 
(L.) Clern – Serept 
xantali 
Brassicaceae 
– 
Karamdoshlar 
Urug‘i, efir 
moyi 
Xantal 
qog‘ozi 
Revmatizmda, 
shamollovda 
Calendula 
Gullari 
Nastoyka 
YAralarni 


 
 


124 
 
officinalis 
L. 
– 
Dorivor tirnoqgul 
Asteraceae– 
Astradoshlar 
 
davolovchi,  rakka 
qarshi 
Carum  carvi  L.  –  
Tmin (qora zira) 
Apiaceae– 
Selderdoshlar 
Mevasi 
Efir moyi 
oziq–ovqat 
sanoatida, 
kamdan–kam 
ichak atoniyasida, 
yumshatuvchi,  el 
haydovchi. 
Cassia 
acutifolia 
Delile 
–  O‘tkir 
bargli sano 
Caesalpinaceae– 
Sezalpindoshlar 
Urug‘i, 
bargi 
Yig‘ima, 
damlama, 
tabletka 
Ichni suruvchi 
Chelidonium 
majus  L.  –  Katta 
qoncho‘p 
Papaveraceae– 
Ko‘knoridoshlar 
yer 
ustki 
qismi 
Surtma 
So‘gal 
kuydiruvchi, 
rakka  qarshi,  o‘t 
haydovchi, 
spazmolitik 
Datura 
innoxia 
Mill.  –  Meksika 
bangidevonasi 
Solanaceae– 
Ituzumdoshlar 
Meva, 
urug‘i 
Tabletka 
skopolamin 
Dengiz 
kasalligida, 
qusishga  qarshi, 
tinchlantiruvchi 
vosita 
Digitalis 
lanata 
Ehrh. 
–  Sertuk 
angishvonagul 
Scrophulariaceae- 
Sigirquyruqdoshlar 
Bargi 
Tabletka 
Yurak xastaligida 
Digitales  purpurea 
L. 
– 
Qizil 
anigshvonagul 
Scrophuloriaceae– 
Sigirquyruqdoshlar 
Bargi 
Tabletka 
Yurak xastaligida 
    
O‘rta Osiyo tabiiy florasi o‘simliklarni O‘zR FA Botanika bog‘ida, introduksiya 
qilish nuqtai nazaridan o‘rganishdagi ayrim uslubiy masalalar 
O‘rta  Osiyo  tabiiy  florasi  o‘simliklarini  Toshkent  sharoitida  introduksiya  qilishni 
o‘rganish bo‘yicha ishlar O‘rta Osiyo davlat universiteti (SAGU) olimlari tomonidan 
1921 yilda I.A.Raykova, S.N.Kudryasheva, keyinchalik Z.P.Boganseva, F.N.Rusakov 
va boshqalar tomonidan olib borilgan.  
Download 29.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling