Sotilmasin!


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana23.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1223999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Life management Maykl Rouch @bookshelf pdf

1-kun. Maqsadlar 
 
“G`alabaga imkoniyat hamma narsada
bor hamda u 100%ga teng” 
Chandra Kirti 
Avvalambor, 
yaxshilab 
oldimizdagi 
maqsadlarimizni 
aniqlab 
olishimiz kerak. Savol: siz yaqin vaqt ichida qanday proyektlarni 
muvaffaqiyatli yakuniga yetkazmoqchisiz? Nimani o`rganmoqchisiz? 
Qaysi 
maqsadlaringizga 
erishmoqchisiz? 
Qancha 
pul 
ishlab 
topmoqchisiz? Ushbu savollarning barchasiga javob yozing. 
Javob yozishdan oldin, biron bir tinch joy toping. Bu juda foydali 
mashq. Shunday joy bo`lsinki, u yerda o`zingizni xotirjam hamda baxtli 
his qiling. Bu biron qahvaxona, bog` yoki sevimli xonangiz ham bo`lishi 
mumkin. Sababi, o`zingizni yaxshi his qiladigan joyingizda, orzularga 
berilishingiz osonroq. 
Bitta yon daftar tutib oling va biroz chuqur nafas olib, xotirjam bo`lib, 
sekin yaqin nechchidir oy, kun yo hafta ichida, qaysi maqsadlaringizga 
erishmoqchisiz, hammasini to`liq yozing. Demak, maqsadlar hamda 
ularni tugatilish muddati! 
Nega maqsadlarni aniqlab olish lozim? Tasavvur qiling, maqsad – bu 
xuddi bir manzilga o`xshaydi. Sizga ma`lum bir manzilga yetib borishni 



aytishdi. Lekin aniq joyini ko`rsatishmadi. Siz manzilni bilmaysiz, bu 
holatda siz bir necha soat, hattoki kuningizni ham behuda sarflashingiz 
mumkin. Bir chetdan boshqa chetga uchib yuraverasiz. Yo`lda adashib 
ham qolishingiz mumkin. Manzil aniq bo`lganda esa, siz xotirjamlik bilan 
juda qisqa muddatda yetib borasiz. 
Shunday qilib, maqsadlarni hamda muddatlarni aniqlab olgacha, asosiy 
ishga o`tamiz, ya`ni harakatga! 
2-kun. Foyda keltirmayotgan ishlarni qilishni to`xtating 
 
“Barcha mag`lubiyatlar tushunmaslikdan kelib chiqadi” 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling