Sotsial psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish metodi Hujjatlarni o‘rganish metodi


Download 26.75 Kb.
bet5/5
Sana14.03.2023
Hajmi26.75 Kb.
#1268397
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sotsial psixologiyaning asosiy tushunchalari

Sotsial psixologik testlar
Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u yoki bu sotsial psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul – testda tekshiriladi. Testlar 20-30-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, ular hayotga, amaliyotga shunchalik chuqur kirib keldiki, hattoki maxsus soha psixometrika paydo bo‘ldi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni bir test yordamida bir ob’yektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish, bu testni faqat qanday turdagi ob’yektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’yektlardagina qo‘llash mumkin. Qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’yektlarda sinovdan o‘tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.
Masalan, ingliz olimi Kettel shaxs sifatlarini sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4,5 mingga yaqin sifatlarni o‘rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yordamida 171 juft dixotomik sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maqtanchoq, bosiq-tez va shunga o‘xshash). Nihoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-oqibat 21 xil shaxs xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashhur Kettel testi paydo bo‘ldi. Uning yordamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya, faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo‘ldi. Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z «kaliti» bo‘ladi va bu kalitning egasiga maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuviga ko‘ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. «Kalitsiz» esa maxsus testlarni hech kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi kerak bo‘lgan 35 testlarga kelsak, masalan, o‘sha Kettel testi yoki Ayzenkning testlarini bizning O‘zbekiston sharoitida ishlatish kerak bo‘lib qolsa, demak, uni tarjima qilgan va uni amaliyotda qo‘llagan kishida professional huquq va moslashtirish uchun kamida 2-3 ming kishilik ob’yekt, ya’ni odamlar kerak.
Shundagina bu metod moslashtirilgan va to‘plangan ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi. III.6. Sotsial psixologik eksperiment Sotsial psixologik eksperiment bu sotsial hodisalarni o‘rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir. Bunday muloqotning bo‘lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to‘playdi. Umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi, sotsial psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlari farqlanadi. Tabiiy eksperimentga misol qilib, rus pedagogi Anton Semyonovich Makarenkoning jamoaning shakllanishi va uni uyushtirish borasida olib borgan tadqiqotlarini olish mumkin. Amerikalik psixolog Muzafer Sherif esa guruhlararo munosabatlarga taalluqli fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja asosida tekshirib o‘rgangan. Uning asosiy maqsadi vaqtinchalik tuzilgan jamoa yozgi ta’til lagerlarida ziddiyatlarning paydo bo‘lishidagi psixologik sabablarni o‘rganishdan iborat edi. Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, maxsus xonalarda, kerakli asbob-uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Birinchi marta laboratoriya sharoitida sotsial psixologik tadqiqotni rus olimi Bexterev o‘tkazgan edi. U maxsus asboblar yordamida idrokning aniqligini, xotiraning sifatini, kuzatuvchanlik xususiyatlarini yakka holda va guruh sharoitida solishtirib o‘rgandi hamda guruhning borligi har bir guruh a’zosi psixik jarayonlariga bevosita ta’sir etishini isbot qildi. Laboratoriya eksperimenti keyinchalik B.G.Anan’yev, E.S.Kuz’min, V.S.Merlin, V.N.Myasishev, L.I.Umanskiy va boshqalar tomonidan yanada takomillashtirildi va sotsial psixologiyada apparatura uslubi keng qo‘llanila boshlandi.
Masalan. F.D.Gorbov va M.A.Novikovlar tomonidan gomeostat, L.I.Umanskiy tomonidan yaratilgan guruh uchun integratorlar paydo bo‘ldi va 36 amliyotda bir guruh hodisalarni tekshirishda keng ishlatila boshlandi. Masalan guruhiy gomeostat guruhni tashkil etuvchilar o‘rtasida harakatlardagi moslikning boryo‘qligini tekshiradi. Bu moslamaning mohiyati shuki, guruh a’zolari yumaloq stol atrofida o‘tiradilar, har bir qatnashuvchi ro‘parasida tablo va o‘zi xohlagan tomonga burishi mumkin bo‘lgan strelka bo‘lib, tekshiruvchi har birining harakatini kuzatib turadi.
Lekin ularga topshiriq quyidagicha beriladi: «Siz strelkani shunday buringki, sizning harakatingiz boshqalarnikiga mos bo‘lsin, aks holda, sizning beparvoligingiz tufayli butun guruh jazo oladi». Agar guruhda hamjihatlik, bir-birini tushunish bo‘lsa, ular o‘zaro kelishib olib, xatolarni minimal qiladigan bo‘lib qoladilar, shu jihatdan turli guruhlar turlicha xulq-atvor namoyon qilishi, bunda guruhning muloqot tajribasi, guruh peshqadamining qobiliyatlari yetakchi rol o‘ynashi eksperimental tarzda isbot qilinadi.
Download 26.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling