Sotsiolingvistika va diskurs


- Ma’ruza. Arab mamlakatlari sotsiolingvistikasi


Download 0.66 Mb.
bet20/37
Sana26.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1126818
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
SotsiolingvistikaUMK

14- Ma’ruza. Arab mamlakatlari sotsiolingvistikasi.
15- Ma’ruza. Sotsiolingvistikada gender yondashuv.

Antroposentrik nazariyaning fanga tadbiq etilishi inson omiliga e’tiborning kuchayishiga olib keldi.Inson o’z hukuklarini, manfaatlarini himoya qilishda gender xususiyatlarga urg’u berdi.Buning natijasida barcha sohalar bilan bir qatorda tilshunoslik va unga yondosh sohalarda gender tadqiqka ehtiyoj kuzatildi.Gender nazariya bizning ijtimoiy jinsimiz biologik jinsdan kelib chikmasligi, balki insonning o’zi ayol yoki erkak bo’lishni tanlashi mumkinligi kabi g’oyalarni singdirishga harakat kildi. Bu ko’pgina mamlakatlarning diniy karashlariga zid kelgan, lekin ma’lum bir natijalarga erishganligi tufayli siyosiy ko’llab-kuvvatlashdan ruhlangan nazariyadir.Siyosiy mavkeda bo’lgan bu mafkura “Kompleks gender yondashuv” atamasi bilan nomlandi. Bu mafkuraning ilk boshlovchilaridan biri Judit Batler bo’lib, u Rokfeller fondida ishlagan xodim edi.1990 yilda gender masalalariga bag’ishlab yozgan “Проблемы гендера-феминизм и ниспровержение индивидуальности” kitobi gender steriotiplarning vayronkorona qayta taxlanishiga olib keldi. “Feminizm” lotincha “femina” ayol ma’nosini berib, ayollarning jamiyatdagi iktisodiy, siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy hukuklarini himoya qilishga karatilgan g’oyalar, harakatlar majmuidir. Feministik harakat o’tmishda va hozirgi kunda ayollarning barcha sohalardagi, xususan,saylov , mehnat, oilaviy hukuklarini erkaklar bilan tenglashtirishga karatilgan harakatdir. “G’arb adabiyotlarida ayollar nutqining o’rganilishi “Women study” 1atamasi bilan ko’rsatilib, ayollar tomonidan, ayollar uchun va ayollarni tadqiq qilishni maqsad qilib ko’ygan feministik yo’nalishdir. Ibtidoiy tuzumning patriarxat davri ayollarni uy va ro’zg’or ishlari bilan bandligini, erkaklarni esa ovchi, ta’minlovchi vazifalariga ko’ygan bo’lsa, I-jahon urushidan so’ng jamiyatdagi bu karash o’z ahamiyatini yo’kotdi. Natijada ayollar erkaklar bilan bir qatorda ta’minotchi, bokuvchi, og’ir yumushlarni bajaruvchi shaxsga aylandi.Ijtimoiy rolning o’zgarishi o’z navbatida ayollar xulqi va ularning til xususiyatlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay kolmadi. Ayollar nutqida erkaklarga xos bo’lgan varvarizm, vulgarizm vositalarining ishlatilishi, dag’allik bilan aytiladigan nutqiy birliklarda namoyon bo’ldi.Jahon va o’zbek adabiyotida bunga talay misollarni keltirish mumkin.Ayollarning uy bekasi vazifalaridan chikib, jamiyatning teng hukukli a’zolaridan biri bo’lishiga ularning oliy ma’lumotli bo’lishlari ham sabab sifatida ko’rsatildi.Oliy ma’lumotga ega bo’lgan, o’zini iktisodiy ta’minlay oladigan ayollar guruhi uchun jamiyatda turli imkoniyatlar berildiki, bu feministik harakatlar samarasida ayollar adabiyoti, ayollar kuni, ayollar hukuklarini himoya qilish yuzaga keldi.


G’arb va Sharq gender lingvistikasida farqli jihatlar mavjud bo’lib, bu milliy mentalitet,diniy e’tikod va shaxsiy karashlar umumlashmasi natijasidir. Sharkda ayollar va ularning jamiyatda erkin faoliyat yuritishi G’arbga nisbatan ancha cheklangan, bunga sabab bu davlatlarda islom dini va uning karashlari bilan singdirilgan konunchilikning,shariatning ishlashi bilan bog’lik.Shark,xususan,O’rta Osiyo hududida yashovchi ayollar nutqida hurmat, itoatkorlik mazmunini ifodalashga xizmat kiluvchi birliklar yetakchilik qiladi.Buni o’zbek milliy adabiyoti namoyondalari asarlari misolida ko’rishimiz mumkin.Masalan,Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar”asarida ayol nutqidagi turmush o’rtog’iga nisbatan ishlatilgan III-shaxsga oid murojaat buning yakkol dalilidir.Ammo zamonaviylik va globallashuv sharoitida bu holat o’z yo’nalishini o’zgartirmokda. Globallashuv nafaqat siyosat, mafkuraga,balki kishilar muloqotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.Tilshunoslikda gender mavzuga murojaat XX asrning 60-yillarida avj oldi. Gender lingvistika o’z tadqiqini uch yo’nalishda ko’rsatdi.
1)erkaklar va ayollar tilining ijtimoiy tabiati;
2)nutqiy ahlokning o’ziga xosligi;
3)farqliklarning kognitiv aspekti.
Gender lingvistikaga oid tadqiqotlar F. Mauter, E. Sepir, O.Espersen, R.Lakoff, N. Pushkarev, A. Arestova, E. Ryabseva, O. Ryabova, Yu.Apresyan,
A.Artemovalar ishlarida ochib berilgan.Bu yo’nalishda jiddiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchi O.Espersenning “Language” ( ‘Til”) asari bo’lib, unda “Ayol” bobi mavjud bo’lgan holda,“Erkak”bobi yozilmagan.Ayol va erkak jamiyatning turli ijtimoiy guruhiga mansub bo’lib, ulardan shunday muloqot xulqi talab kilinadi. Muloqot xulqini gender aspektda o’rganish yuzasidan Valentina Maslova assotsiativ eksperiment o’tkazgan.200 nafar kizlar, 200 nafar yigitlar (16-20 yoshli 10-11 sinf o’kuvchilari va I-II kurs talabalari uchun nazokat (женственность), мужественность(dovyuraklik ), красота (chiroy), сила (kuch), слабость (zaiflik), нежность (noziklik), надежность (ishonchlilik), измена (xiyonat), блуд (adashish ) kabi stimul so’zlar tanlandi. Bu so’zlar turli ijtimoiy guruhga mansub insonlar tomonidan nutqda qanday ifodalanishi keltirilgan. Bu tajriba rus tili tashuvchilari-ayollar va erkaklar lisoniy tafakkuridagi obrazlar o’ziga xosligini aniqlashdan iborat bo’lib, quyidagicha xulosalandi 2.Ayollar o’zini baholashda ichki va shaxsiy xususiyatlarga e’tibor karatib, shu xislatlarni ifodalovchi so’zlarni ishlatishgan bo’lsa, erkaklar tashki belgilar asosida baholovchi so’zlarni ko’llashgan.Ijtimoiy hayot da ifodalaniladigan bir qator tushunchalar ayollar va erkaklar tomonidan turlicha talkin qilingan.Ayollar nutqida efvimizmlar, qiyoslashlar, metafora, epitetlar va obrazli so’zlar ko’pchillikni tashkil etsa, erkaklar nutqida esa neologizmlar, texnika atamalar ishlatilishi kuzatilgan.
Madaniyat, til va jamiyat o’zaro chambarchas bog’lik tushunchalar bo’lib, bir-birini takazo etadi. Gender lingvistika o’z oldiga ko’ygan va uning yechimini o’rganadgan masalalardan yana biri tilda genderning aks etishi bo’lib, nominativ tizim,leksikon,sintaksis va bir qator yondosh hodisalardir. Bundan ko’zlangan maqsad turli jinsga mansub insonlarning tilida yuqoridagilarning qanday ifodalanishi, qanday semantik guruhlarda aks etadi va bu jarayonda qanday lingvistik mexanizm faoliyat olib borishini o’rganishdir.Nutqiy va kommunikativ jarayonda ayollar va erkaklarning o’ziga xosligi, kontekstda qanday vositalar bilan berilishi,bu jarayonga ijtimoiy faktorlarning ta’sirini o’rganadi. Bu bilan bir qatorida tildagi rod kategoriyasi va uning tarjimadagi muammolarini ham kiritish kerak. Chunki rod orkali ham ayollarga yoki erkaklarga xos bo’lgan tushunchalar yoritiladi.O’zbek tilidagi asarlarda bu muammo kuzatilmaydi, sababi bu tilda rod tushunchasining mavjud emasligi bilan izohlanadi. Ammo rus, nemis tilllarida bir tushunchaning turli rodlarga mansubligi tarjima jarayonidagi nutqiy va ma’noviy g’alizliklarni keltirib chiqadi.
Xulosa shuki, gender tilshunoslikning o’rganilishi va tadqiq kilinishi sohadagi bir qator muammolarni yechimiga olib keladi. Jamiyatdagi turli jinsga mansub aholining dunyoni anglashdagi lisoniy karashlarini yoritilishi insoniyat o’rtasidagi muloqot va kommunikatsiyaning muvaffakiyatli kechishini ta’minlaydi.Bir qator ijtimoiy va global kelishmovchiliklarning yechimi aynan gender yondashuv hisoblanadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling