Mustahkamtash uchun savollar;
1.Yaponiyada tilshunoslik fanlariga munosabat qanday?
3.Yapon dialektlarining eng turg‘un xususiyati nima hisoblanadi?
4.Yaponiyada dialekt qanday vosita sanaladi?
21- Ma’ruza.Rus tilshunosligida sotsiolingvistikaning o’rganilishi. Rossiyadagi sotsiolingvistik tadqiqotlar.
Reja:
Rus tilidagi dastlabki sotsiolingvistik tadqiqotlar.
Y.D.Polivanovning 20-yillardagi tadqiqotlari.
Rus sotsiolingvist olimlari
G‘arb davlatlaridagi sof tarixiy yoki rasmiyatchilik xususiyatiga ega Tadqiqotlardan farqli o’laroq, sobiq SSSRda I. A. Boduen de Kurtenening til
hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, shuningdek, tilning qoTlanishi va
rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar ta’siri borasidagi tadqiqotlari
katta rol o'ynagan. 1974-yilda “Русский язык за рубежом” jumalida e’lon
qilingan maqolada N. G. Mixaylovskaya I.A. Boduen de Kurteneni “rus va
sovet tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqotlarning asoschisi”, deb
atagan.XX asming 20-30-yillaridagi sotsiolingvistik yo‘nalishdagi dastlabki
empirik tadqiqotlar A. M. Selishev, L.P. Yakubinskiy, L. I. Barannikova,
U. Uspenskiy, V.M. Jirmunskiy, Y.D. Polivanov, V.V. Vinogradov,
BA. Larin, K. N. Derjavin va G. O. Vinokurlaming nomi bilan bog’liq.R.O.Shoming “Til va jamiyat” nomli kitobi (1926) til sotsiologiyasiga doir birinchi ilmiy asar edi. Unda til inson organizmining tabiiy biologik
funksiyasi sifatida emas, balki ijtimoiy shartlangan jamiyat mahsuli sifatida
tushuniladi.20-yillardagi izlanishlar sinxron sotsiolingvistik ruhda bo’lib, ular inqilobdan keyin tilda yuz bergan o‘zgarishlar va til gumhlari masalasiga bag‘ishlangan edi. Ularda til ijtimoiy hodisa sifatida marksistik ta’limot nuqtayi nazaridan o'rganildi. Sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan sotsiolingvistika tarixiy materializm va marksistik sotsiologiya nazariyasi - jamiyatning ijtimoiy struktura nazariyasiga, ijtimoiy tizimlar, shaxs sotsiologiyasi nazariyasiga asoslangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |