1. Bosqich. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish.
Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash;
Sotsiologik tadqiqot o’tkazish bo’yicha byurtma qabul qilish va uni o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzish:
Bajariladigan ishlar bo’yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan harajatlar smetasini) tuzish;
Dastur ishlab chiqish;
Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish;
2. Bosqich. Asosiy bosqich bo’lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o’z ichiga oladi:
Sotsiologik tadqiqot tanlovini o’tkazish;
Pilotaj;
Dastlabki sotsiologik ma’lumotlarni yigish;
Empirik ma’lumotlarning sifat va aniqlik darajasini na’zorat qilish;
3. Bosqich. Empirik ma’lumotlarni qayta ishlash.
Olingan empirik ma’lumotlarni guruhlarga ajratish;
Taksimiy jadval tuzish;
Empirik ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va modellashtirish;
4. Bosqich. Yakunlovchi bosqich bo’lib olingan ma’lumotlarni tahlilqilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy taqliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Tadqiqot ma’lumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan faxmlamok;
Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy taqliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish;
Berilgan vazifa bo’yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash;
Germaniyalik sotsiologlar amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 4 bosqichdan iborat deb ko’rsatadilar.
1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi:
Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash;
Empirik tadqiqot g’oyasini ishlab chiqish;
Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish;
Analitik muolaja tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |