Sotsiologik tadqiqot nima
Amaliy sotsiologik tadqiqotni ish jarayoni qismi
Download 58.5 Kb.
|
Sotsiologik tadqiqot muammosi va muammoli vaziyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Xulosa qismi.
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
Amaliy sotsiologik tadqiqotni ish jarayoni qismi:
2.1 Tadqiqotning umumiy rejasi; 2.2 Asosiy amaliy ish jarayonlari; 2.3 Tanlov ishlari; 2.4 Dastlabki olingan sotsiologik ma’lumotlarni tahlilqilish usullarining tasnifi.2.5 Tadqiqot natijalarini umumlashtirish nazarda tutilgan yo’nalishlar. 3. Xulosa qismi. 3.1 Tadqiqot natijalarining mazmunan tasnifi; 3.2 Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini takdim qilish shaqllari (asosiy xulosalardan iborat hisobot, amaliy taqliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat). Tadqiqot maqsadi va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o’rtasidagi munosabat o’zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy mehnat resurslari hisoblab chiqiladi. Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini kutarish muammosini sotsiologik tadqiqot qilish zarur bo’lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o’zgartirishdan iborat. Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoni asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob’ekti bo’yicha tadqiqot predmeti bo’ladigan bir necha yo’nalishlar bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shaqllanganda, mavjud muammoni yechish yo’llari bo’yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o’tkazish usullari va shaqllariga ta’rif beriladi. Sotsiologik tadqiqot ob’ekti deganda, sotsiologik yunaltirilgan ijtimoiy hodisa va jarayon va to’zilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot ob’ekti tizimli xususiyatiga asosan vaqt, makoniy imkoniyat va miqdoriy o’lchov chegarasiga ega bo’ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy-uslubiy darajasida tadqiqot ob’ektini tanlash muhim ahamiyatga ega. Hal qilinishi zarur bo’lgan muammo harakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifasi tadqiqot ob’ektining qanday bo’lishligini belgilaydi. Agar tadqiqot ob’ekti unchalik katta bo’lmasa, sotsiologik jihatdan uni tulaligicha kamrab olish imkoniyati bo’lsa, bir butun holda tadqiqot ob’ekti qilib olinishi mumkin. Ba’zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot olib borish yoki tadqiqot ob’ekti tulaligicha kamrab olish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun bunday vaziyatda tadqiqot ob’ektini nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi shart. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling